Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 092 (The Baptist´s Disciples Question)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- English -- French -- Hebrew -- Hungarian? -- Indonesian -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Spanish? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

9. Yahyoning Shogirdlarining Ro'za tutish haqidagi Savoli (Matto 9:14-17)


MATTO 9:16-17
16 Hech kim eski kiyimga yangi matodan yomoq solmaydi. Chunki yangi yamoq eski kiyimdan so'kilib, kiyimni battar sitib yuboradi. 17 Shuningdek, yangi sharobni ham eski meshga quymaydilar. Chunki eskining tagi tushadi, sharob to'kiladi va mesh ham nobud bo'ladi. Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyadilar, u ham, bu ham saqlab qolinadi.
(Rimliklarga 7:6)

Eski Ahd va Yangi Ahdning, xushxabar va boshqa dinlarning o'rtasidagi farq biz o'ylaganimizdan va his qilganimizdan ham chuqurroqdir. Dinlar hukm kuni haqida insonni ogohlantiradi va Masihning xushxabaridan boshqa ularning hammasi izdoshlarini ko'p qonunlarni bajarish Xudoni mamnun qilish uchun eng yaxshi yo'l deb buyuradi. Xudo uchun qurbonliklar, hayr-ehson berish, ro'za tutish, ibodat qilish, yaxshi xatti-harakatlar va kurashishlar burchdir va mukofat bilan uchrashgan qonun-qoidalar Xudodandir. Ko'p urf-odatlar va dinlar Xudo qo'lida katta muvozanatni ushlab turgan savdogardek Xudoni aks ettiradi. Gunohlar muvozanatning oxirgi biriga joylashgan, va yaxshi harakatlar va ibodatlar boshqa birining oxiriga joylashgan. Torozilar o'g'irroq tomoniga bosadi va bu inson tashvishining taqdirini tekshiradi. Bu ishonch Yangi Ahddagi Masihning xabari bilan umuman muvofiqlikda emas.

Iso Masih bizga barcha inson to'liq farqsiz yovuzligini va hech kim yetarlicha yaxshi ish qilolmasligini o'rgatadi. Bu nima uchun Masih Xudoning sevgisi bizning gunohlarimizni olib tashlashi uchun biz haqimizdagi mehribonchilikda Xudoning muvozanatining torozisida O'zining yaxshi ishlarini, solihligini va inoyatini o'rnatishidir. Uning qurbonligi bizning hukmimizni bartaraf qiladi, chunki biz o'zimizning xudojo'yligimiz bilan emas balki Uning tekin inoyati orqali qutqarilganmiz. Siz ham xatti-harakatlaringiz orqali emas, balki imoningiz orqali qutqarilgansiz. Faqat imon sizni Najodkoringiz bilan birlashtiradi va sizdagi Muqaddas Ruh yangi hayotdir.

Shuning uchun hayotingiz Qutqaruvchingizga shon-sharaf, bag'ishlanish va xizmat bo'ladi. Adashib va hafaligingizcha qolmang, balki Xudoning himoyasida quvoning. Xudoga qulog'ingizni berkitib olmang, balki boshqalarning najodini izlang, chunki siz xochga Mixlangan orqali tekinga oqlandingiz. Masih Otasi bilan sizni birlik uchun tayyorlagan va (mataldek) Masihning qoni siz hamma gunohlaringizdan to'liq tozalanasiz degan sharobdek nomoyon bo'ldi. Muqaddas Ruh sizni sevgi va xizmatga asoslangan Xudoning bolalarining ozodligiga oladi.

Bu ikkala fikrlarni chalkashtirmang chunki ular hech qachon to'g'ri kelmaydi, chunki qonun orqali oqlanish va boshqa urf-odatlar imon orqali oqlanishga qarama-qarshidir. Qonunlarga asoslangan xudojo'ylik inoyat orqali najod olib kelmaydi; va Xudoning bolalarining ozodligi qonun xalqining va ularning urf-odatlarining shaklini portlatadi. Tuzumlarni muzlatishga yopishib olgan guruhni yangilashga harakat qiladigan kishi omadsizlikka uchraydi, chunki inoyatning yangi ruhi yangi tug'ilishni va yangi buyrug'ni talab qiladi. Bu ichdan ruhiy o'zgarish uchun tayyorlanmagan va o'lik urf-odatga yopishib olib katta guruhga tegishli bo'lishdan ko'ra xushxabar hursandchiligining ruhidagi kichik guruhlarni yaratish yaxshiroqdir.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen bizni yangi ahdga taklif etding va bizning takabburligimizning yolg'onidan bizni ozod qilding. Bizlar gunohkormiz, lekin Masihing bizni to'liq oqladi. Iltimos bizni osmon hursandchiligida Senga qanday qilib xizmat qilishni o'rgat va biz birligingda birga saqlanib qo'shilishimiz uchun inoyat va tirik jamoatlarga asoslangan jamoatlarni sezish uchun bizga qobilyat ber. Omin.

SAVOL:

  1. Qonunning eski sharob idishiga xushxabarning yangi sharobini quyish nima uchun mumkin emas?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:44 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)