Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 090 (The Calling of Matthew)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

8. Soliq Yig'uvchi Mattoni Chaqirishi (Matto 9:9-13)


MATTO 9:9-13
9 Iso u yerdan o'tayotganida, soliq yig'adigan joyda o'tirgan Matto ismli odamni ko'rib qoldi-da, unga: - Mening orqamdan yur! - dedi. U esa o'rnidan qalqib, Isoning orqasidan yurdi. 10 Iso uyda yeb-ichib o'tirar ekan, ko'pgina solihchilar va har hil gunohkor kishilar ham kelib, dasturxon atrofida Iso bilan shogirdlariga qo'shilishdi. 11 Farziylar buni ko'rib, Isoning shogirdlaridan: - Nega Ustozingiz solihchilaru gunohkorlar bilan birga yeb-ichib o'tiribdi? - deb so'radilar. 12 Iso buni eshitgach, ularga dedi: - Sog'lar emas, bemorlar tabibga muhtojdir. 13 Yaxshisi sizlar borib, Tavrotdagi: “Men qurbon emas, rahim-shavqat istayman”, degan oyatning ma'nosini o'rganib olinglar. Chunki Men taqvodorlarni emas, balki gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
(Hesheya 6:6; Matto 10:3; Mark 2:13-17; Luqo 5:27-32)

Matto kechirimga asoslangan xushxabarida eslatib o'tadigan hayotidagi keskin vaqtga dalil keltiradi. U bu shol gunohkordan ko'ra kichikroq ekanini ko'rsatish uchun sholning shifo topishidan keyin hayotida bu burilish hadisasini o'rnatadi. Soliq yig'uvchilar bu vaqtda yolg'onni, ochko'zlikni, nohaqlikni va mustamlaka qilish hokimligining agentlari bo'lib, hiyonatkorlikni anglatgan. Ularni zinokorlar bilan, o'g'irilar va qotillar bilan hisoblashgan va qonun orqali hukm qilishgan. Iso soliq yig'uvchi Mattoni O'ziga ergashish uchun chaqiruvida Iso uning hayotini to'liq o'zgartirdi va uni osmonu yerda vakolat berilgan havoriysi qildi. Bu shuni ko'rsatadiki, Isoda eng yomon gunohkorlarni poklash uchun iroda va qobilyat bor. Uning sevgisi gunohga berilishingizda sizni ham o'z ichiga oladi va sizni to'liq bundan ozod qiladi.

Biz Matto Masihni qidirgani haqida yoki Unga ergashish uchun birorta moyillik bo'lgani haqida, hatto balki qarindoshlarining ba'zilari allaqachon Masihning tinglovchilari bo'lganliklari haqida ham o'qimaymiz. Lekin Masih unga solihligining marhamatlari bilan yog'dirdi. Masih birinchi Mattoni chaqirib gapirdi va unga dedi, “Mening ortimdan ergash.” Biz Uni tanlamadik, balki U bizni tanladi. Iso unga “Menga ergash” deb aytdi va xuddi shu ilohiy va qudratli kuch shol bo'lgan kishini shifolash uchun “O'rningdan tur va yur” degan so'zga diqqat etgan Mattoga abadiy hayotni o'rnatish uchun bu so'zni ko'rsatgan.

Masih qalblarda qutqarish o'zgaruvini ishlaydi, va Uning so'zi ma'nolidir. Uning xushxabari “najod uchun Xudoning qudrati” dir (Rimliklarga 1:16).

“Mening orqamdan yur” degan gap Mattoning yuragiga urilgan va kirib borgan Masihning o'qi edi. Uning ismi oldin “Levi” bo'lgan, endi u “Xudoning sovg'asi, Matto” bo'ldi. Masihning og'zidan chiqqan Yaratguvchisining so'zlari minglab ma'nosiz insoniy kitoblardan ko'ra kuchliroqdir. Bu yagona so'zdan, Mattoning xushxabari rivojlandi, chunki soliq yig'uvchi bu dalillarni yozib olishga odatlangan edi. U bir necha tillarni o'rgangan shogird bo'lgan. U kasbining in'omlari orqali Isoga xizmat qilgan. Uning ismi xushxabarida faqat shu yerda eslatib o'tilgan, chunki u Masihning qudratli so'zlarini, harakatlarini va ismini fikrlashga olib keladi.

Matto Masihning chaqiruvidan juda hayajonlangan, shunda u Xudo talab qiladigan narsalarni qilishni xohlaganlarni taklif qilgan, Iso uchun uyida katta ziyofat uyushtirdi. Mehmonlarning orasida o'g'irilar, yolg'onchilar, zinokorlar va past tabaqadagi odamlar bo'lgan. Ular dunyoning nuri bo'lgan Masihni yaqindan ko'rdilar, Uning shavqatli so'zlarini eshitdilar va Uning kuchli yupanchini qabul qildilar. Masihga ergashish vaqtidan, Matto xizmatkor va havoriy kabi namoyon bo'ldi.

Xudojo'y, ma'lumotli va o'zlarining solihliklari haqida gapiradiganlar Masihning shavqatini tushunmadilar. Ularning yuraklari qotib qoldi. Ular o'zlarini imonda yaxshi va Xudo bilan bo'lgan ahddagi ruhlanish ustozlari deb o'ylab o'zlarini-o'zlari aldadilar. Haqiqatdan ham, ular ruhiy hasal edilar. Gunohga berilgan kasallar agar tavba qilib, Masihga kelsalar yaxshi bo'lib ketadilar. Lekin bu bilan o'zini qoniqtiradigan kishi do'zaxga qulaydi. O'zingiz haqingizda nima deysiz? Siz solihmisiz yoki fosihmi?

Masihning Mattoga bo'lgan chaqiruvi ta'sirli edi, chunki u darhol bu chaqiruvga javob berdi. “U o'rnidan turib, Isoga ergashdi”. Matto na bosh tortdi, na itoat qilishni kechiktirdi. Ilohiy inoyatning kuchi hamma e'tirozlarga yaqinda javob beradi va buni yengib chiqadi. Masih uni chaqirganda na uning lavozimi va na bu orqali erishganlari uni ushlab qoldi. U tana va qon bilan fikrlarini o'zgartirmagan. U holatini va umidini tashlamadi. Hatto biz yana baliq tutayotgan baliqchi bo'lgan boshqa shogirdlarni topamiz, lekin biz hech qachon qayta urf-odatni davom ettirishda Mattoni topmaymiz.

Matto chaqiruvni va Masihning ergashishini qabul qilgandan keyin, u ko'plab soliq yig'uvchilarni va gunohkorlarni Iso bilan birga taklif qildi. Mattoning maqsadi eski sheriklarini Masih bilan tanishtirish edi. U Masihning inoyati nima qilishini boshidan kechirish orqali va bular uchun umididan voz kechmasligini bilar edi.

Masihga chaqirilganlarda boshqalar ham Unga kelishlarini uchun xohish bo'ladi, va bu haqida nimadir qilish uchun harakat ham bo'ladi. Haqiqiy inoyat faqat o'zining og'zidagini qoniqish bilan yemaydi, balki boshqalarni ham taklif etadi.

Soliq yig'uvchilar va gunohkorlar bilan Masih va Uning yaqinligi Farziylarni nafratini qo'zg'atdi. Gunohkor odamlar bilan yaqin bo'lish Xudoning qonuniga qarshi edi (Zabur 118:115). Balki Uning shogirdlariga bundan Masihning kechirimi orqali, ular “yer va dengizga yangi imonlini g'alaba qozonish uchun safar qilishlari” uchun, ular yaxshiroq sheriklikni saqlagan o'zlarining shogirdlari bo'lish uchun o'zlariga ularni olib kelish uchun, Iso bilan marhamatdan ularni olib qo'yish uchun va ularni Undan uzoqlashtirishga vasvasaga tushurishga umid qilganlar.

Iso diniy qoidalarda buyuk o'zgarish olib keldi, chunki U bir qo'lda xudojo'y va dindor halokatli va yoqolganlarni chaqirdi va boshqasida tavba qilgan solih va marhamatli gunohkorlarni chaqirdi. O'zini Xudoga va insonlarga ma'qul va to'g'ri deb o'ylaydigan kishi haqiqiy gunohkordir, lekin ayiblarini tan olib yovuzliklaridan uyaladigan kishi Xudoni mamnun qiladi va Unga ma'qul bo'ladi. U “Mening ortimdan ergash” degan Masihning chaqiruvini eshitib javob beradi.

E'tirozchilar Matto 9:9 soliq yig'ish idorasida Masih chaqirgan kishi bu Matto deb atalganini eslatib o'tishini aytishadi. Mark 2:14 da bu kishi Alfey o'g'li Leviy deb atalgan, va Luqo 5:27 da u faqat Leviy deb atalgan.

Havoriylarning har biri orqali eslatib o'tilgandek, bu kishini nomlagandagi holatlar u bitta kishi ekanini ko'rsatadi. Ularning har biri uning yaxshi tanilgan ishini eslatib o'tgan va u soliq yig'ish idorasida o'tirganligini va Masih uni Unga ergashish uchun chaqirganini aytgan.

Bu kunlarda bir kishiga Semitic va Yunoncha bo'lgan ikta ism berish odat bo'lgan. Shuning uchun Butrus Kefas deb nomlangan. Bu agar bir kishi bir holatdan boshqa holatga o'tgan bo'lsa, ilgarigi holatdan rad etishni ko'rsatishdek (bir dindan boshqasiga o'tsa) bu odam ismini o'zgartirishi bizga tanishdir.

Havoriylarning ba'zilari otasining ismini ta'kidlamasdan faqat uning ismini eslatib o'tishgan, chunki matinning ifodasi uning kasbi va yetarlisidan ko'proq bo'lgan soliq yig'ish idorasida o'tirganidek asosiy holatdir. Matto Rabbiysi va Ustozining chaqiruviga ergashgani uchun Rabbiyga rahmat.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, men Senga tanilgan yovuz va gunohkordirman. Meni O'g'ling chaqirgani uchun Sendan minnatdorman. Sen meni rad etmaysan. Men eski yo'llarimda yurmasdan, balki O'g'ling Iso Masih bilan birlashib va bog'langan yangi inson bo'lishim uchun va har doim tavba qilgan gunohkorlar bilan sevgingga xizmat qilish uchun har bir gunohdan, mag'rurlikdan va yolg'ondan meni tozala. Omin.

SAVOL:

  1. Mattoga bo'lgan Masihning chaqiruvi nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)