Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 059 (Replacing Hatred)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Hebrew -- Hungarian? -- Indonesian -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Spanish? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
1. INSONLARGA BO'LGAN BIZNING VAZIFALARIMIZ (Matto 5:21-48)

e) Dushmanlarning Nafratiga Sevgi bilan Qaytariladi (Matto 5:43-48)


MATTO 5:43-48
43 <<Yana: “Qradoshingni sevgin, dushmaningdan nafratlan”, - deb aytilganini eshitgansizlar. 44 Lekin Men sizga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar. [Sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qiling. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun,] sizga jabr-zulm o'tkazganlar uchun ibodat qilinglar. 45 Shunda siz osmondagi Otangizni o'g'illari bo'lasizlar. Chunki U O'z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg'irini solihlar ustiga ham, fosihlar ustiga ham yog'diradi. 46 Agar sizni sevadiganlarnigina sevsangiz, bundan sizga rahmat bo'lurmi? Solihchilar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 47 Agar siz faqat birodarlaringiz bilangina salomlashsangiz, qanday fazilatli ish qilgan bo'lasizlar? Butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 48 Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar>>. (Chiqish 23:4-5; Leviylar 19:2.18; Rimliklarga 12:14-20)

Eski Ahd kishi dushmanidan nafratlanishi kerak degan birorta ta'limni eslatib o'tmagan. Biroq, Farziy va xattotlar Leviylar 19:18 dan o'z ichiga olgan, yaqinini sevish amri dushmanlaridan nafratlanishni ulardan talab qiladi, chunki qabilalarning qonunlari huquqlarning ikkilanishini, rostgo'ylikka yopishib olishni va dushmanlardan saqlanishni talab qilgan. Masihning shohligi Xudoning sevgisiga erishishni hamma odamlarga berish orqali va Unga ergashishimiz uchun bizni chaqirishi orqali qabilalarning va xalqchilikning chegarasini buzib tashlaydi. Shuning uchun, Masihdagi imoningiz dushmaningiz uchun unga sabr iqlish orqali emas, sevgingiz orqali isbotlaniladi. Dushman uchun sevgi insoniy yaxshilikdan ko'ra yuqoriroqdir. Masihsiz inson uchun buni amalda qilish imkonsizdir.

Agar kimdir dushmanini sevishni istasa, u kishi takabburligini uloqtirib yuborishiga to'g'ri keladi va sevilgan haqida va unga g'amho'rlik qilish haqida o'ylashiga to'g'ri keladi. Agar Rabbingiz sizdan dushmaningizni sevishni so'rasa qanday bo'lardi? Masih va imonlilarning o'rtasidagi ruhiy birlik mustahkam bo'lmagan bo'lsa, hech kim bu amrni bajara olmaydi. Shuning uchun Najodkorimizga shukurlar bo'lsin, chunki Uning Ruhi nafratimizni yengib chiqish uchun bizni boshqaradi va hammani sevish uchun bizga yordam beradi. Biroq ehtiyot bo'ling! Siz kimdirdan yoki ba'zi odamlardan jahlingiz chiqqanida, Xudo Ruhi sizning yovuz maqsadlaringizni zo'rg'a yengib chiqadi.

Sizni quvg'in qiladiganlar uchun ibodat qiling. Bu dushmanlari uchun sevgini sezishdagi birinchi qadamdir. Do'sti va uning oilasining hayotlariga muammo keltirgan bir kishi bo'lgan ekan, lekin Xudoning Ruhi do'stiga bu jinoyatchi uchun ibodat qilishga turtki beribdi, shunda u Rabbiysidan o'zining oilasidan ko'ra dushmanini ko'proq duo qilishni so'rabdi. Osmondagi otamiz yuragimizdan chiqqan hursandchilik ibodatlari bilan dushmaningiz orqali duo qilishni xohlaydi.

Agar siz hasadgo'ylikdan ozod bo'lgan bo'lsangiz va ibodatlaringiz orqali dushmanlaringizga baraka olib kelgan bo'lsangiz, siz unikiga tashrif buyurishingiz mumkin. Agar u kishi tushkunlikda bo'lsa, u siz orqali uyalib qolmasligi uchun yordamingizni sezmaydigan yo'l bilan unga yordam bering. Agar u sizni qabul qilmasdan sizni rad etsa ham tanada, qalbda va ruhda uni va uyini saqlab qolish uchun ko'p vaqtingizni ketkazing, chunki itoatsizligimizdan qat'iy nazar, insonlardek Xudo bizga muomala qiladi.

Sizning holatingiz Xudo va Uning O'g'linikidan ko'ra yaxshiroq bo'lmaydi. Insonlar sevgini va Isoning qurbonligini mazax qilib rad etishganidek, ular sevgingizni qabul qilishmaydi va sizga ishonishmaydi, lekin haqoratlar bilan ularga yordam berishingiz uchun urunishlaringizga duch kelishadi. Ular sizni hokimyatlarga yolg'on va yovuzlikda ayiblab sizga qarshi shikoyat ko'tarishadi, chunki ularda ishlayotgan o'zgacha ruh bor. Biroq siz Xudoning tinchlik farzandi bo'ldingiz va boshqalarda bir necha maqsadlarni tushunib yetdingiz. Samoviy Otangizdan ularni yovuzliklaridan ozod qilishini va Xudo sizni sevgandek ularga sevgi bilan ko'rsatishni so'rang. U g'alaba qozona oladigan va dushmanlaringizning tosh yuraklarini parchalab tashlashga qodir bo'lgan Qudratlidir.

Xudo sevgidir. U bizni mehribonchilikning to'liqligiga bizni boshqarish uchun chaqirdi. Barkamollikka bo'lgan chaqiruvi bizni siniqlikka boshlaydi, shunda biz asosan dushmanimizni sevishda kuchsiz ekanimizni tan olamiz. Ammo osmondagi Otamiz O'zining to'liqligidan bizga to'lovni beradi, va O'g'lining qoni bilan gunohlarimizni to'liq kechiradi. Bu poklanish to'liqlikdir chunki xochga Mixlanganning kechirimidan ko'ra buyukroq poklik yo'q. Oxiri, Xudo tekin oqlanishingiz uchun imonlilarning yuraklariga O'zining to'liq sevgisi bilan Ruhini beradi. Masih mos kelmaydigan fikrlar haqida gapiradigan mavhum falsafachi emas, balki U O'zida komildir. U sizga dushmanlarni sevish uchun sevgingizda ko'rsatilgan barkamollikning dalilini yuragingizda Muqaddas Ruhining yashashida beradi.

Siz o'zingizning kuchingiz bilan to'liq seva olmaysiz, lekin bu Xudoning ruhiy farzandi uchun mumkin. Sevgining mohiyati birlikni talab qiladi, shuning uchun Xudo O'zini Isoning Otasidek ochib berdi. Shunga o'xshab imonlilar Muqaddas Ruhning birligida bir-birlarini sevishlari kerak. Siz birodarlar bilan Isoning ajoyib sevgisida va tinchlikda ko'rishasizlarmi? Xudoning to'liq sevgisi sizning hayotingizda qanday qilib namoyon bo'ladi?

IBODAT: Ey Ota, Senga o'xshab komil bo'lishimiz uchun O'g'ling orqali bizlarni chaqirganing uchun Senga rahmat. Lekin bizlar tez-tez itoatsiz va ojar gunohkorlarmiz va Sening sevging bizni biz to'liqlikda solih va pok bo'lishimiz uchun Isoning qoni bilan poklanishimiz orqali gunohlarimizning botqog'idan Sening darajanga ko'taradi. Sening Muqaddas Ruhing ilohiy kuch va bizdagi barkamolligingni belgisidir. Iltimos Sening hursandchiliging bizda amalga oshishi uchun dushmanlarimiz va yovlarimizni haqiqatdan ham sevishimiz uchun bizga ruhsat ber. Omin.

SAVOL:

  1. Samodagi Otamiz barkamol bo'lgani kabi, biz ham qanday barkamol bo'la olamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 12, 2012, at 07:20 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)