Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 060 (Summary)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
1. INSONLARGA BO'LGAN BIZNING VAZIFALARIMIZ (Matto 5:21-48)

Summary of Our Duties Towards Men


Yuqorida eslatib o'tilgan Masihning yangi ahdlariga kirib borgan kishi U gunohkorlar Muso Qonuning buzishi haqida ham, va o'rnatilgan jazolar haqida ham gapirmasligini payqab oladi. Bu qoydalar ming yillar oldin eski Muqaddas Yozuvlarda yozilgan va ularni qaytarishga yoki yana bir bor ularni eslatib o'tishga muhtojlik bo'lmagan.

Masih Muso qonunini bajarish uchun kelgan. U gunohkorlardagi maqsadlarni tekshirib ochib berdi. Qonun talab qilgandek Masih bizni jazolashni istamaydi, balki U bizdagi yovuz maqsadlardan bizni qutqarishni istaydi va bizni buyuklikka boshqarib muqaddaslaydi. Shuning uchun, U bizning maqsadlarimizni yangilaydi, ularni o'zgartiradi, bizga sevgisini qo'yadi va bizni poklikka va o'zimizni tiyishga boshqaradi. Masihiy Qonun na yashiringan va na insonga bosim o'tkazdiradi. Masih gunohkorlarga jazolash orqali ta'lim berishni istamaydi va jazolar orqali ularni buzmaydi. U “Xudo insonni O'z suratida, ilohiy suratda yaratdi” (Ibtido 1:27) bizda yaratilish maqsadi bajo bo'lishi uchun O'zining suratiga, Samoviy Otasining suratiga o'zgartirishni istaydi. Masih gunohkorlarni sevadi va poklaydi, lekin U gunohni rad etadi va bizning ichki fikrlarimizni ochib beradi. Kuchsizligimiz tufayli, U yuragida gunohlarimizga chidadi va sevgi bizdan talab qilgan qattiq hukmlarimizni O'zida bajarilishi uchun O'ziga oldi. To'loviga asosan U bizni sevgani kabi biz ham bir-birimizni sevishimiz uchun bizda yangi tushunchani yaratish uchun yuraklarimizga Muqaddas Ruhini berdi.

Xudo Qonunining mohiyati sevgidir, chunki U sevgidir va Masih biz Uning qonuni bilan harakatlanishimiz uchun Muqaddas Ruhining kuchini bizga berib va maqsadlarimiz o'zgarishi orqali bizda qonunini bajaradi. Dovud payg'ambar shunday deb ibodat qiladi, “Menda toza yurak yarat, Ey Xudo; va menda to'g'ri ruhni yangila” (Zabur 50:10).

SAVOL:

  1. Muso Qonunining va Masihning Qonunining o'rtasidagi to'liq farq nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)