Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 057 (Overcoming Revenge)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
1. INSONLARGA BO'LGAN BIZNING VAZIFALARIMIZ (Matto 5:21-48)

d) Yuvoshlik Yovuzlikni Yengadi (Matto 5:38-42)


MATTO 5:38-39
38 <<Sizlar: “Ko'z evaziga ko'z, tish evaziga tish”, - deb aytilganini eshitgansizlar. 39 Lekin Men sizga aytaman: yomonga qarshi chiqma. Kim sening o'ng chakkangga ursa, unga ikkinchisini ham o'gir. (Chiqish 21:24; Yuhanno 18:22-23; Rimliklar 12:19-21)

Bu eski qonun bugungi kungacha Yahudiy xalqining hukmdorlariga asoslanib o'rnatilgan. Ular bir tomondan sho'hlik qilish uchun rejalashtirgan har bir kishini qo'rqitish uchun va ularga sho'hlik bilan azob berilgani kabi shunga o'zini tiyish uchun zararlanish holatlarida jazo berishlariga to'g'ri keldi. “Ko'z uchun hayot”, yoki “tish uchun oyoq-qo'l” deb yozilmaydi. Balki har bir kishi faqat “ko'z uchun ko'z” degan o'lchovni aniq ko'rishi kerak. Bu holatdagi jazo pul bilan qutilish mumkin deb e'lon qilinadi; chunki “hech qanday to'lov qotilning hayoti uchun qabul qilinmaydi (Sonlar 35:31) deb talab qilinganda, qoniqarli maosh zarar yetkazyotgani uchun ruhsat etilgan deb taxmin qilinadi.

Haqiqat tabiati bo'lgan Masih O'zini sevgi deb e'lon qildi, chunki U mujassam bo'lgan haqiqatdir. Yahudiylar va Musulmonlar hech kimga qasd olishdan to'xtatishmaydi, chunki ularning qonunlari shunday qilish uchun ularga buyrug' beradi. Agar ular tekinga kechirsalar, ular gunoh qilishgan bo'lishadi. Biroq, Yangi Ahd har qanday qasdni gunoh deb hisoblaydi, chunki Masih ayibni oldi va hatto har bir gunohkor uchun jazo tortdi. Shuning uchun U bajonidil taxmin qilgan to'g'riliklarimizdan voz kechish uchun kechirimga va kamtarlik kuchiga bizga haqiqat bilan yordam beradigan sevgining yangi qonunini ochib berish uchun Unga huquq berildi. Isoning qoni Eski Ahd qonunining talablarini kamaytirdi: Qon to'kilmasdan kechirim bo'lmaydi! (Ibroniylarga 9:22). Chunki Xudoning ayibsiz O'g'li hamma uchun xochda o'ldi, qasos endi kerak emas. Iso bizni Muso Qonunining bu talabidan ozod qildi.

Muqaddas Ruh taxmin qilgan huquqlarimizni va shaxsiy maqsadlarimizni zo'ravonlik bilan bajarishdan bizni ta'qiqlaydi. U bizga yolg'on yo'llarni ishlatib xohishlarimizga erishishga ruhsat bermaydi. Xudo sevgidir va U itoatsizlarni qabul qilmaydi. Uning Ruhi qasosning asoslariga qarshi kurashadi. U sabr-toqatning ilohiy chashmasidir. Shuning uchun, biz Xudoning irodasini kutamiz va Uning to'g'ri boshqaruviga o'zimizni topshiramiz. Siz “Bu munosabat kuchsizlik va yovuzlikni oshirish uchun eshikni ochadigan inson huquqlarini bosishiga va uning irodasiga bo'lgan omadsizlik emasmi?” deb so'rashingiz mumkin.

Yo'q! Agar yuvosh kishi Xudoga o'zini bag'ishlasa, u kishi kuchliroqdir lekin qasoschi kuchsizroqdir, chunki u yuragini nafrat boshqarishiga ruhsat beradi. Kimga bo'lsa ham yovuzlikka yovuzlik qaytaradigan kishi dushmaniga o'xshab yovuzdir, lekin sevgi bilan gunohga duch keladigan kishi takabburligi ustidan g'olibdir. Urush va janjallar hech qanday jamoani qurmaydi. Ular buni zaxarlab yo'q qiladilar, biroq sevgi, ishonch, yuvoshlik, va sabr-toqat bizga umid eshigini ochadi.

Masih har doyim ham bizdan “Agar o'n chakkanga ursalar, chapini ham tutib ber” deb aytadigan so'zi bilan to'g'ri itoatkorlikni kutmaydi. Iso oliy ruhoniy Hananiya oldidagi sudi mobaynida Uni urishganda, U xizmatkorlardan Uni yana urishlarini so'ramagan (Yuhanno 18:22 va Havoriylar 23:2). Masih agar biz osmon shohligiga kirishni istasak, bizning ko'paygan his-tuyg'ularimiz parchalanishi kerak. Shuning uchun haq-huquqlaringizdan bosh torting va o'zingizni juda ko'p himoya qilmang. O'zingizni Rabbiyga topshiring, U siz uchun javobgarlikni oladi. Muqadas Ruh kurashyotgan qalbingizni yengib chiqadi. Agar kimdir sizni ursa, to'g'ri fikr bo'ladi: Men berilgan bir necha gunohlar uchun kaltak yeyishga loyiqman. Otamiz Xudoga shon-sharaflar bo'lsin, mening yuvosh Najotkorim xochda men uchun og'riqli kaltaklarga chidadi.

IBODAT: Ey osmondagi Ota, Sen sevgiga to'la haqiqatsan. Sen solihliging uchun har bir gunohni va gunohkorni jazolashing kerak; lekin Sen bizlarni sevding va bizni o'rnimizga azob chekish uchun hamma gunohlarimizni sevikli O'g'linga qo'yding. Sen bizni jazolarimizdan qutqarding va gunohlarimizni kechirding. Sening O'g'ling har bir inson uchun to'lov to'lab oldi. Shuning uchun biz ham dushmanlarimizni kechiramiz chunki Masih gunohlarimizni va jazolarimizni olib tashladi. Iltimos bizga qarshi yomonlik qiladiganlarga qarshi nafratni his qilmasdan kechirishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Masih bizni qasos va jazo qonunidan qanday qilib qutqardi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:10 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)