Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 010 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:6-9
6 Ishaydan podshoh Dovud tug'ildi. Podshoh Dovud va Uriyoning sobiq xotinidan Sulaymon tug'ildi. 7 Sulaymondan Rahaba'm tug'ildi. Rahaba'mdan Abiyo tug'ildi. Abiyodan Oso tug'ildi. 8 Osodan Yoshafat tug'ildi. Yo'ramdan Uzziyo tug'ildi. 9 Uzziyodan Yo'tam tug'ildi. Yo'tamdan Ahaz tug'ildi. Ahazdan Hizqiyo tug'ildi.

Suloymon yosh bo'lganida bir ruhoniyning qo'lida ta'lim oldi. U donolik bilan to'lgan itoatkor yurak uchun Xudodan so'rab xudojo'ylikda o'sib-ulg'aydi. U shoh bo'lganida, asrlar uzra Yahudiy madanyatining rejalashtirilgan markazi bo'lgan Quddusda go'zal bir ma'bad qurdi. Sulaymon bu qurilish uchun Lebanonda ko'plab qimmatbaho sadar yog'ochlarini kesgan. Sulaymon bu ajoyib binolarning narxlari uchun odamlar to'lov to'lashiga majbur etgan. Odamlar shunday qimmatbaho hayot uchun yuqori soliqlardan azoblanganlar. Sulaymonning 700 xotinlari va 300 xonimlari bo'lgan. Bu shoxlikni to'ldirish uchun xotinlarining har biri o'zi bilan birga mamlakatlaridan but olib kelishgan va ular Sulaymon xotinlarini qondirishi uchun butlarga sajda qilishi uchun uni tor-tishgan (1Shohliklarga 11).

Sulaymon va Dovud vaqtida kuchli bir Isroillik davlati qo'zg'alib, faqat bo'linish boshlanishidan oldin 100 yillarda nihoyasiga yetdi. Bu Sulaymonning qaysar o'g'li “Rahobam” vaqtida sodir bo'lgan. Bu otalarning mamlakati Eramizdan Oldin 932 da bo'lingan va o'n qabilalar Samaryaning poytaxti Isroilning yangi shohligiga birlashdi. Biroq, Quddus e'tiqodidagi Yahudiy shohligi va Dovudga hos shohona oilasiga sodiq bo'lib qolgan Yahudo qabilasi bu qabiladan shakillandi. Isoning nasl-nasabidagi shohlarning ismlari uchun, ular Quddusdagi va uning xududlaridagi bu kichkina shohlikni boshqarganliklarni zikr etadi.

Bu bo'linish vaqtida, Xudo O'zining payg'ambarlarini shimoliy shohlikka jo'natdi. Bu payg'ambarlardan ba'zilari Elisha, Amos va Hosea edilar. Ular Xudoning nomidagi xalqlarga kirib kelgan butga sig'inishni to'xtatish uchun va suratlarga, muqaddas daraxtlarga sajda qilishdan va bolalarni bo'g'izlashdan Isroilni qaytarish uchun mexnat qilishgan. Ular barcha xudolarni foydasiz deb atab, faqat yagona Xudo borligini ta'kidlab, qudratli Xudoni e'lon qilishgan. Ular tarqalyotgan xudosizlikdan azoblanganlar va Xudoning hukmi va o'chi bilan xudosizlikni taxdid qildi. Shu bilan birga, ular ajrashgan ikki birodarlarni birlashtirish uchun keladigan va Quddusda tinchlikni o'rnatadigan kamtar va odil Xudoni kelishini e'lon qildilar.

They melted away among the nations and the history of Israel had ended in 722 BC. Biroq shimoliy shohlikdagi qabilalar payg'ambarlarga itoat qilishmagan. Ular o'zlarining butga sajda qilishlari va uyatsiz kechalarini davom ettirib, binobarin xudosiz va buzuqlar zafar qozondi. Xudo ishonarsiz kuch bilan Isroilga xujum qilish uchun Asiriyaliklarga ruhsat berdi. Asiriyaliklar Samariyani qurshab olib, uni barbod qildilar. Ular boyliklarni va boshliqlarni qurshab olib, uy-joylaridan 1,500 km uzoqlikda Mesopotamiyaga ularni quvg'in qildilar. Ular xalqlar orasidan yo'qoldilar va Isroilning tarixi Eramizdan Oldin 722 da nixoyasiga yetdi. Asiriyaliklar boshqa G'ayriyahudiylarni olib, ular Jalilada, Samariyada va qurshab olingan yerdagi Shimoliy Falastinda ularga uy-joy berishdi, shunda bu xalqlar Isroil xalqining qolganlari bilan birga chachishishdi va bir chachishgan dinni shakillantirishdi. Bu janubiy Yahudiylar shimoliy Yahudiylardan nopokdek nafratlanib, ularni rad etishga olib keldi chunki ular G'ayriyahudiylarga uylanib, qiz berishgan edi. Biroq “Joram Uzziahni olib keldi” degan bayon Joram Uzziahning otasi ekanini anglatmaydi; bu degani Uzziah Joramning naslidir. Nasl-nasabda ismlarni eslatib o'tilmagan Jo'ram va Uzziah o'rtasida uchta shohlar bor edi. (1 Solnoma 3:11-12). Ular Ahaziya, Joash va Amaziah. Bu uch shohlarning yo'q bo'lib ketishi (Chiqish 20:3-5; Qonunlar 29:18-20) da eslatib o'tilgan va'dalarga ko'ra ilohiy o'ldirish edi. Odamlar ular ustidan bo'lgan boshqaruvlarini ham tushunishmagan balki ularga qarshi ko'tarilib, ularni o'ldirishgan. Ular shohlarning qabirlariga ularni ko'mishmagan (2 Solnoma 22:8, 9; 24:25; 25:27, 28) va nasl-nasabnomalarning shohona ro'yhatidan ularni benasib qilgan. Matto o'zining Xushxabarida xuddi shunday qildi chunki bu Yahudiylarga taqdim etilgan edi. Ularning ismlari eslatib o'tilmasligi nasl-nasabning ishonarliligida hech qanday ta'sir keltirmaydi. Yahudiylar bunga e'tiroz bildirolmas edi, chunki yozilgan nasl-nasabdan ba'zi ismlarni olib tashlash Yahudiylarga tanish bo'lgan (Ezra 7:1-5 bilan 1 Solnoma 6:3-15 ni solishtiring).

Iso nafrat etilganlarni sevdi va Quddusning Yahudiylarida Uni rad etilishiga sabab bo'lgan shimoliy shohlikda va Nasroniyada O'zining tanlovi bilan yashadi. Iso davrida shoh Hirod Yahudiy tarixidagi ikkinchi ma'badni qayta tikladi. Masih va uning havoriylari toshdan qurilgan bu uyni rad etmadilar. Ular ma'badda to'planadigan odamlarni haqiqiy Xudoga o'zlarini bag'ishlashlariga va (o'zlarini) ruhiy uyni qurish uchun tirik toshdek Muqaddas Ruhi orqali yashaydigan Xudoga o'zlarini bag'ishlashlariga chaqirishgan.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sening shohliging bu dunyodan emas. Sen haqiqiy kamtar Shohsan. Hamma boshqa yo'l boshlovchilar gunoh qilgan, urishgan, qon to'kishgan va hazinalarni olib qo'yishgan; lekin Sen muqaddas yashab, meni uyatdan qutqarish uchun haqiqat uchun o'lding. Iltimos meni qabul qilib, men haqiqatdan Xudoning uyiga abadiy bag'ishlanishim uchun ruhiy ma'badinga meni o'tqazdir. Omin.

SAVOL:

  1. Bu bo'linish Eski Ahdning shohligida qachon sodir bo'ldi va qaysi guruhdan Iso kelgan?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)