Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 011 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:9-11
9 Ahazdan Hizqiyo tug'ildi. 10 Hizqiyodan Manashe tug'ildi. Manashedan Amo'n tug'ildi. Amo'ndan Yo'shiyo tug'ildi. 11 Yo'shiyodan Yo'akim tug'ildi. Yoakimdan Bobilga surgun bo'lish davrida Yako'niyo bilan aka-ukalari tug'ildilar.

Asiriya imperiyasi buyuk kuch bilan O'rta sharqni boshqargan. Bu Tigris va Nil o'rtasida joylashgan. Quddus atrofidagi kichik Yahudiy shohlik mustamlakachining ko'zidagi taxt edi. Shunda Asiriyaliklar Eramizdan Oldin 701 da tinchlik shahrini qo'lga olishni boshladilar va Senakeibning lashkari kasallik bilan chalinib, chamasi 185 000 askarlar to'satdan o'lganda Xudoning yordami bilan kutilmaganda qurshovga olish to'xtadi.

Bu payitda, Hizekiya ismli xudojo'y shoh Quddusda yashagan edi. U solih payg'ambar Ishayo bilan birga ishlagan. Xudo Ishayoga ko'rinib, uni shohini va xalqini tavba qilishga va Qudratlining sodiqligidagi mustahkam imonga ularni chaqirish uchun qudratli payg'ambardek uni yubordi. Yahudiy xalqi titrab ketishdi, lekin ular o'zlarini xudojo'ylikka yangilab o'zgarishmadi. Buning o'rniga ular qulay va mag'rur hayotni tanlashdi.

Bu ilohiy mo'jizadan keyin yuz yil xudojo'y bo'lgan shoh Yosiya kelib, ijtimoiy masalalar va berkitilgan din bo'lgan asosiy islohatni yaratdi. U odamlarni to'plab, ularning quloqlariga ma'badda topilgan Qonun Kitobini o'qidi. U Xudoning ma'badini qayta tiklab, odamlar haqiqatdan ham muqaddaslanishi uchun uning marosimlarini tashkil qildi. Lekin, Qonunda gunoh ustidan g'alaba qozonish uchun hech qanday qobilyat yo'q edi va buzuqlik ko'rinishidan ko'ra chuqurroq bo'lgan.

Bu vaqtda, Xudo janubiy shohlik yo'q bo'ladi deb xalqini ogohlantirgan (Er oldin 626-580) Yeremiya ismli kuchli payg'ambarni jo'natdi. Bugunlik kunda tavba qilish uchun uning jo'shqin chaqiruvi bini o'ziga rom etadi. Bu payg'ambar shohlarining quvg'inidan juda azoblangan chunki u shohlikning yakunini ko'rgan va qabilasini siyosat bilan sababni tinglashga va dushmanlariga taqdim etishga chaqirgan.

O'sha vaqtda, Asiriyaliklar Mesopotamiyada yengilishdi. Bobil Asiriya madanyatini va mol-mulkining miqdorini olib, Yahudo qabilasini yangi Bobil shohiga o'taketgan bojini to'lashga majbur qilgan. Yahudiylar Er oldin 597 da Bobilga qarshi qo'zg'alon qilishganda, Nabuhadnazarning lashkarlari bostirib kirib, kechiktirmasdan Quddusni egallab olishgan va bu shoh Yahudiy xalqiga olijanoblarining imkoniyatini taqdim etib, ularni quvg'inga oldi. Bu qolganlar shunchalik ko'r edilarki, ular hatto ruhiyatlari va siyosiy kuchsizliklari haqida o'ylamadilar. Bu kichik qabila Zedekiya paytida Er oldin 587 da g'alayon qilgan va buning natijasida ularning shaharlari barbod bo'lib, hammalari qurshovga olinishgan.

Xudoning hukmi agar ular yo'ldan ozib, Undan ajirab va tavba qilmasalar Uning qarorini chegaralab qo'ymaydi. Ular uchun Xudoning muqaddas sevgisi shunday jazo uchun tavba qilishga olib kelishga sababdir va shunda U qurshovga olinganlarni ozod qilib, ularni yangilaydi.

IBODAT: Ey Rabbiy, iltimos mening tor fikrlarim uchun meni kechir. Men hayotimning xudosi qilib oltinni, yupanchni va qurol-aslahalarni olmasligim uchun fikrimni qanday qilib o'zgartirishga meni o'rgatgin. Yerda Masihingning hatti-xarakatidek, meni haqiqatda, poklikda, sevgida va o'zidan kechishlikda maqbul hatti-xarakat uchun meni muqaddaslashi uchun menga Muqaddas Ruhingni ber. Sening shohliging kelsin, osmonda bo'lgani kabi hayotimda ham Sening irodang bajo kelsin. Omin.

SAVOL:

  1. Xudo qanday qilib janubiy shohlikni himoya qildi va U qanday qilib qurshovdan uni qutqardi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)