Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 001 (Introduction)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish

Kirish


Mattoga Ko'ra Masih Xushxabarining bitigi

Ko'plab odamlar Masihning hayotiga, so'zlariga, o'limiga va tirilishiga guvoh bo'lganlar. Biz Masih hatto Ibroniy tilida yoza o lgan bo'lsa ham, kitoblar yozmaganini bu odamlarning shahodatlaridan o'rganamiz. U etdan bo'lgan Xudoning so'zidir. Masih aytganidek yashadi, va Uning hayot tarzining yo'li va hatti-xarakati haqiqatni sevadigan har bir kishiga xushxabarni ochib beradi. Uning so'zi o'qitishdan ko'ra kuchliroqdir. Bu Masihning qimmatli kuchidir. “Xushxabar” so'zi “yaxshi xabar” ni anglatadi, xuddi bu Iso Masih orqali Xudoning mehribonchiligining va inoyatining boyliklarini taqdim qiladigandek.

To'rtta Xushxabarlar

“Xushxabar” so'zi “yaxshi ma'lumot” yoki “yaxshi yangilik” ni anglatadigan “xushxabar” Yunon tarjimasidek fikr qilinadi. Xushxabar najod haqidagi yangi xabarning e'lonidir. Bu so'z ba'zan Rabbimiz Iso Masih hayotining yozuvi uchun (Matto 1:1) va Uning barcha ta'limotlarining qamrab olinishi uchun turadi (Havoriylar 20:24).

Lekin hozir “xushxabar” so'zi asosan Masihiylik aytadigan xabarni tasvirlab beradi. “Yaxshi xabar” bu uning ma'nosidir. Xushxabar Xudodan bo'lgan sovg'adir. Gunohlarning kechirimi va Xudo bilan o'g'illikning e'loni Masih orqali yangilanishdir.

Rabbiyning Ruhi O'zining yozuvchilari va xushxabarchilari bo'lgan Matto, Mark, Luqo va Yuhannolarga ochib berganidek Masihning hayotini yozadigan to'rtta kitoblarni bizning qo'llarimizga qo'yadi. Bu yozuvchilardan ikkitasi Masihning yaqin shogirdlari bo'lganlar. Qolgan iktasi havoriylarining sheriklari bo'lganlar. Ular aniq havoriylardan yangilikni olishgan. Biz Xushxabarga qaraganimizda, biz birinchi uch Xushxabarda ko'p narsa borligini topamiz. Ba'zan boshqalari eslatib o'tmagan Masihning hayoti haqida ulardan biri asosiy yangilikni eslatib o'tadigan dalildan qat'iy nazar, har birida bir hil yoki taaluqliy ibora ko'rinadi. Shunday qilib har bir Xushxabarda o'zining asosiy hislati bor.

Matto kim?

Matto Iso Masihning o'n ikki havoriylaridan biridir (Matto 10:1-4). U Jalilalik bo'lgan (Havoriylar 2:7). Uning asil ismi “Alfey o'g'li Leviy” bo'lgan (Mark 2:14; Luqo 5:29). “Matto” “Xudoning sovg'asi” ni anglatadi. Matto Iso uchun uyida ko'plab solih yig'uvchilar va gunohkorlarni taklif qilish uchun tashkil qilgan buyuk bayrami Rabbiyning chaqiruviga yoqimli javob edi. Lekin u kamtarligi tufayli buni ifodalab bermagan.

Mattoning boshlanishidagi kasbi Rim davlati uchun solih yig'ish edi. Shunday odamlardan Yahudiylar ularni Yahudiy xalqining noloyiq odamlari deb ularni hisoblab, ulardan nafratlanishgan. Solih yig'uvchilar tez-tez gunohkorlar va rad etilganlar bilan tabaqalanishgan (Matto 9:10-11, 18:17), va Farziylar ko'pincha Rabbiy solih yig'uvchilar bilan suhbatlashishi va ularning uylariga kirishi haqida shikoyat qilar edilar (Luqo 5:30, 15:1-2, 19:7). Lekin Xudoning inoyati nima bo'lishidan qat'iy nazar har bir kishi uchun rejalashtirilgan va eng yomon gunohkorlarni ham saqlashga qodirdir. Bu Rabbiy Iso Masihning havoriysi bo'lish uchun Mattoni Rim solih idorasidan chaqirgan. After he was a misfortune to the Jews by collecting taxes from them, God’s grace made Matthew their "gift of God" through his gospel. That is why he was not ashamed of calling himself "Matthew the tax collector" (Matthew 10:3).

Matto ulardan solih yig'ish orqali Yahudiylarga muammo bo'lgandan keyin, Xudoning inoyati Mattoni xushxabari orqali ularning “Xudoning sovg'asi” qilib qo'ydi. Shuning uchun u o'zini “Matto solih yig'uvchi” deb chaqirishdan uyalmagan (Matto 10:3).

Mattoga Ko'ra Xushxabarning mohiyati

Mattoga ko'ra xushxabar ko'rinishga olib keladi: Masihning horib-tolganlarni chaqirishi (11 bob); Xudo shohligining o'sishi haqidagi ba'zi masallar (13 bob); uzumzordagi yovuz xizmatkor va dangasa ishchilar haqidagi masal (20 bob); va o'nta dono va nodon kelinlar haqidagi va qiyomat-qoyim ta'rifi haqidagi masal (25 bob).

Asl Aram Xushxabari

Birinchi uch Xushxabarlar Masihning so'zlarini va hayotining tanlab olingan ko'rinishini birga hadya qiladi. Yunon tilida Xushxabarlarini yozishdan oldin bu uch havoriylar Masihning hayoti mobaynida sodir bo'lgan narsalarni va U Xushxabarlarini yozgan barcha xushxabarchilarda negiz bo'lgan Aram tilida aytgan so'zlarini yozib olib, to'plashganligi ayondir. (Luqo 1:1-4, Yuhanno 20:30).

Matto Xushxabarini kim yozgan?

Birinchi va eng uzun Xushxabarning yozuvchisi bo'lgan Matto bosh solih yig'uvchisi bo'lgan. U davlatga mohir rasmiy xizmat qilgani uchun odamlar undan nafratlanishar edi. Uning asl ismi “Leviy” bo'lgan (Mark 2:14, Luqo 5:27). Lekin Masih unga yangi ism bergan, Matto, ya'niy “Xudoning sovg'asi”.

Matto Xushxabari haqidagi eng eski shahodat jamoat oqsaqoli bo'lgan Papiasning bitiklarida topilgan bo'lishi mumkin. Biz uning bitiklarida Matto birinchi Aramik tilida Rabbiyning gaplarini to'plagan. Bu Xushxabarda Aramik talaffuzlarida yozilgan ko'p so'zlar orqali tasdiqlaniladi, “raca” (noloyiq), va “boylik” (boylik, pul, davlat). Bu havoriylarning g'amho'rligi ostida, Yunon tiliga Masihning gaplarining tarjimasi va to'plami bilan tillar bo'yicha ular orasida eng qobilyatli bo'lgan Mattoga ishonganliklari kutiladi.

Ichki dalillar ham boshqa Xushxabarlarga qaraganda ko'proq boshqacha mablag'larni eslatib o'tadigan bu Xushxabarni hisoblab, solih yig'uvchi Matto yozuvchi degan dalilga kuchli yordamni beradi. Haqiqatdan ham, bu Xushxabar Yangi Ahdda birorta boshqa joyni eslatib o'tilmaydigan uchta mablag' mavzularini zikr etadi. Matto Xushxabari faqat “ikki-diramlik” eslatib o'tadi (Matto 17:24), “diramlik” (Matto 17:27), va “yombi” (Matto 18:24), bular bu Xushxabarning yozuvchisi turli-hil pullar bilan tanish ekanligini va izdoshlarga ularning narhlarini ta'riflab berishga va farqiga borishga qiziqqan.

Matto xushxabarida “solih yig'uvchi” ning kamtar sifatini eslatib o'tmasdan, “Matto” dek uni zikr qiladigan Mark va Luqo uning kamtarligini ko'rsatishdek, “solih yig'uvchi Matto”dek Masihning boshqa shogirdlari orasida o'zini zikr qiladigan Matto o'zining Xushxabarida eslatib o'tilishi kerak. Mattoning bu kamtarligi yorqin terminlarda u haqida gapiradigan asosiy tafsilotda eslatib o'tmaslikda ham yuzaga keldi. U Iso uchun ziyofat qilgani haqida eslatib o'tmaydi. U bu kimning uyi haqidaligini aytmasdan “uy” da Isoning o'tirganligi haqida aytadi (Matto 9:10), holbuki Luqo Matto Masihga “buyuk ziyofat” bergani to'g'risida eslatib o'tadi (Luqo 5:29). Matto Xushxabarida Zakkayning hikoyasini va Farziy haqidagi matalni va solih yig'uvchi haqidagi hikoyani eslatib o'tmaydi (Luqo 19:1-10; 18:9-14) balki ikkovi ham solih yig'uvchining imoniga maqtovni ko'rsatishi uchun bo'lsa kerak.

Isoning oltita gaplari

Matto Xushxabaridagi Masihning so'zlari hech qanday qaytarilmagan fikrlarni olib, va metodika bo'yicha izchil bo'lgan oltita atroflicha qismlarga bo'lingan. Matto qadamma qadam Uztozining o'rgatishini tanlagan. Birinchi, u osmon shohligining hokimyatini fikrlashga olib kelgan (10 bob), keyin uning o'sishining sirlarini (13 bob), bundan keyin uning ichki tashkiloti (18 bob), Uning shohligining dushmanlariga qarshi achinishlar (23 bob), va nihoyat shohligining kelishidagi ko'rinishi (24, 25 boblar). Isoning bu gaplarini eslatib o'tish o'rganishga va fikr yuritishga loyiq bo'lgan Matto Xushxabaridagi eng qimmatbaho xazinadir.

Matto Xushxabarining maqsadi

Matto Xushxabaridagi asosiy maqsad Nasroniylik Iso Dovud o'g'li va Ibrohim o'g'li avvaldan aytilgan Masih ekanini Yahudiy xalqiga isbotlab berish orqali Masihning odati haqidagi tafsilotni taqdim qilishi kerak edi. Matto ko'pincha boshqa xushxabarchiga qaraganda Eski Ahddan va'da qilingan Masih Iso ekanini va Unda Eski Ahd payg'ambarlarining Masihiylik payg'omlari haqidagi tushunchani va bajo bo'lishi topilishi kerakligini isbot qilish uchun ko'proq dalil keltiradi. Shunga ko'ra, uning Xushxabari Masihning ta'limiga chuqurroq kirib borish bilan imonlilarni kuchli qilish uchun buni eng yaxshi kitob deb hisoblaniladi. Shu bilan birga, bu Ibrohim o'g'illariga voizlik qilish uchun va ularning o'rniga Xudoning hukmini O'zining bo'yniga olgan Najotkorlariga ularni olib kelish uchun yaxshidir.

Bu ikki maqsadlar “voizlik qilish va ta'lim berish” bu Xudoning Masihi bo'lgan Isoni ulug'lab, Yangi Ahddagi birinchi kitob ekanini Matto Xushxabarida shunday ajoyiblik bilan bog'lanadi.

Mattoga Ko'ra Xushxabar bitigining sanasi

Bu yagona Xushxabar Eramizdan Keyin 58 atrofida yozilgan – xochga mixlanishdan keyin 25 yillarda. Olimlar bu EK 70 da Quddus va ma'badning qulashini xabar qilmaydigandek, balki kelajakdagi bu hodisalarni tasvirlab beradigandek Quddusning vayronagarchiligidan oldin yozilganiga qo'shilishadi (iltimos o'qing 23:37-38; 24:1-2). Ayniqsa, Matto Quddusning buzilishidan keyin kuch qudrati yo'qolgan Sadduqiylarga qarshi o'zining Xushxabaridagi ko'plab ogohlantirishlarni xabar qiladi.

Biz bu Xushxabarda Iso Mattoni chaqirgandek, bizni Unga ergashishga chaqiradigan Uztozimiz Iso Masihning so'zlari va hatti-xarakati to'g'risidagi haqiqiy bayonlarni topamiz.

SAVOLLAR

  1. Matto kim, va u qanday qilib o'zini tanishtirgan?
  2. Mattoga ko'ra Xushxabarning hislatlari nimalar?
  3. Mattoga ko'ra Xushxabarning maqsadi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)