Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 02 (God, be Merciful to Me a Sinner!)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean -- Lingala -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai -- Turkish? -- Twi -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 2 -- Xudo, Men Gunohkorga Shavqat qil!


Bir ko'r o'qituvchi bir necha oilalarga borib ularning uylarida Brayil yozuv tuzimidan foydalanib, o'zining barmog'lari bilan so'zlarni ajratib, ularga Xushxabardan tanlangan oyatlarni o'qib berar ekan. Uning tinglovchilari uning o'qiyotganda qobilyatiga hayron qolisharkan. Ular ko'zlari bilan uning to'liq so'zini tinglab, yozuvni qidirishda harakatlanyotgan barmog'laridan ergashishar ekan. Bu ko'r kishi o'zlarining mamlakatida asosiiy ma'baddan ajoyib joyni tanladi.

"Biri farziy, boshqasi soliqchi bo'lgan ikki kishi ibodat qilish uchun ma'badga kiribdilar. Farziy alohida turib, o'zicha shunday ibodat qilibdi: - Yo Xudo! Men boshqa odamlarday talonchi, jinoyatchi, zinogar va hatto shu soliqchi singari bo'lmaganim uchun Senga shukur aytaman. Haftada ikki marta ro'za tutaman. Topganimning o'ndan birini ushr uchun ajrataman. Soliqchi bo'lsa uzoqda turib, hatto ko'zlarini osmonga qaratishga ham botina olmay, ko'kragiga urgancha:- Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil! - debdi. (Luqo 18:10-13).

Bu o'qituvchi o'qishni to'xtatib atrofidagi odamlarga murojat qilibdi, "Kelinglar har bir kishi o'ylab o'zidan so'rasin 'Men kimman? Men kim bilan bo'lishim kerak? Bu so'zlayotgan xudojo'y kishi bilanmi yoki bu tavba qilayotgan o'g'iri bilanmi? Bu xudojo'y kishi zinoga berilmagani, qaroqchilik qilmagani, yoki hech kimga nohaqlik qilmasdan, balki o'zining diniy qonuniga qattiq ergashib, haftada ikki marta ro'za tutib, ushr berib, muhtojlarga yordam berganini aytishda xalqimizga namuna bo'lmaydimi?"

Xonani chuqur skunat qoplagan edi, keyin bir qarya shunday javob berib skunatni buzdi, Xudoga hamdu sanolar bo'lsinki, inson samimiy ibodatlari orqali, muhtoj va kambag'allarga yordam berishni istagan paytida Xudoga yaqinlashishi mumkin. Biroq bu e'tirof etayotgan imonli o'zini ulug'ladi va o'zining ajoyib hatti-xarakatlari uchun Xudoni ulug'lash o'rniga o'zini ushrlarini ulug'ladi. Xudoni e'tirof etmaydigan shunday taqvodorlik takabburlikdir."

Ko'zi ojiz o'qituvchi bu qari kishining maslahatini tasdiqlab shunday deb qo'shib qo'ydi, "O'zining xudojo'yligini aytib mag'rurlanadigan kishilar o'zlarini yuraklarini va onglarini tosh qilib oladilar. Ular Xudoning haqiqatini anglab yetmaydilar, yoki hatto ular ilohiy matnlarni yod olsalar ham, o'zlarini shartlarini tan olmaydilar, Bundan ko'rinadiki Xudodan qo'rmasdan dindor xudojo'ylikdan yolg'on va sevgi yo'q ekanligi tushiniladi. O'zlarini ulug'lab ibodat qiladiganlar mag'rur va itoatsizdirlar. Ular o'zlaridan shunday deb so'rashlari kerka, 'Bizning ibodatlarimiz Xudoga murojat qilyapdimi yoki o'zimizgami? Biz Xudo haqida o'ylab Unga hamdu-sano aytyapizmi yoki o'zimizni xalqimizni ulug'layapizmi?' "

Tinglovchilar orasidan bir yosh kishi ko'zi kor' kishidan so'radi, "Nima uchun biz ibodat qilamiz? Ibodat qilishdan biror foyda bormi? Kim bizning so'zlarimizni eshitadi?" Ko'r kishi yumshoqlik bilan javob berdi, "Ko'zi ko'radigan kishi ufq tomonda nima borligini ko'radimi? U kishi ufqda nima borligini ko'rmasdan yer yuzi dumaloqligiga ishonadi; Xuddi shunday biz Kairodan Parijga qo'ng'iroq qilganimizda yoki Kasablankadan Tokiyoga qo'ng'iroq qilganimizda, biz qo'ng'iroq qilgan insonlarning ovozini eshityotganimizga ishonamiz, hatto biz uning ko'rinishini ko'rmasak ham. Bir imonli qanchalik Qudratli Tangri uning ibodatlarini eshitishiga, uning talablariga javob berishiga, kamtar va sevgi yuragidan oqib chiqadigan minnatdorchiligini eshitishiga ishonadi!"

Ko'zi ojiz kishi o'zining fikrga cho'mishida davom etdi. U talonchining ibodatiga o'tdi va dedi, "Qaroqchini o'zining gunohlaridan yuz o'g'irishiga va vijdonining dovushiga quloq solib, Shavqatli Tangri tomon ibodatlarini aytib, o'zining Rabbiysiga qaytishga boshqargan Xudoga hamdu-sanolar bo'lsin. Uning ibodati uning borliqqa, Xudoning hokimligi va kuchiga hanuz ishonishini o'z ichiga oladi, chunki u Xudo kuchida, so'zida va ruhida bir ekanini bilib, Uni "Xudo" deb chaqirdi. Tavba qilgan qaroqchi bir tomondan Shavqatli Tangrining shavqatiga ishonib va boshqa tomondan o'zining gunohlari ustidan bo'lgan Uning hukmidan qo'rqib, Uning muqaddasligini his qildi. Bu kishi Xudoning mehri va odilligi o'rtasida tebranar edi. U uning Rabbiysi odillik tufayli uni hukm qiladi va uni do'zaxga tashlashidan qo'rqar edi - lekin shu bilan birga, u kishi Muqaddas Xudoning shavqatiga bo'lgan imonga yopishib oldi. U Xudoning shavqati hukmdan ustun ekaniga ishondi va Qudratli Xudo sevgisidan kelib chiqib, uning gunohlari uchun to'lov to'laganiga ishondi. Shunday qilib, bu kishi Shavqatli Hukmlovchidan kechirimni so'rab, Uning qo'liga o'zini otdi. Bu u nima uchun shunday deb baqirganidir, 'Xudo, men gunohkorga rahm qil!' "

Bu ko'zi ojiz kishi tavba qilishning mohiyatiga chuqurroq kirib bordi va shunday deb qo'shib qo'ydi, "Jinoyatchi faqat gunoh qilganini emas, balki u nopok, buzuq bo'lganini ham va Xudo uni butunlay rad etganini ham tan oldi. Muqaddas Xudoning oldida, uning haqiqiy holati unga namoyon bo'ldi. Unda Xudoning ko'z o'ngida hech qanday yaxshi narsa topilmadi; u juda yomon gunohkor bo'ldi."

O'qituvchi davom etdi, "ko'plab odamlar o'zlarining holatlaridan kelib chiqib o'zlarini aldaydilar va o'zlarini hurmatga sazavor va to'g'ri deb o'ylaydilar. Lekin Xudoning nurida turadigan kishi darhol Xudodan boshqa solih kishi yo'qligini ko'radi! Pushaymon bo'lgan qaroqchi bahtli edi chunki u dono bo'ldi; u o'zining holatini tushunib yetdi, Yaratguvchisiga qaytdi, Uning shavqati uchun yalinib yolvordi, Uning oldida buzuqligini tan olib, Xudoning shavqatini va mehrini qabul qildi. Xudo tavba qiladigan, yuragi o'zgarishini istaydigan va toza vijdonni hoxlab, o'zining yurish-turishini yaxshilashga umid qiladigan odamni rad etmaydi. Xudo insonga qutqaruvini taklif qiladi va barcha tavba qiladigan odamlar uchun tayyorlab qo'yilgan oqlanish bilan ilohiy to'lovni unga hadya qiladi."

Mehribon bo'lgan ko'zi ojiz kishi davom etib, tinglovchilardan so'radi, "Siz asossiz da'vo qilgan xudojo'y kishi va afsuslangan qaroqchiga ko'ra, Maryam O'g'li Masih orqali aytilgan oxirgi qarorni bilishni istaysizmi?" U Xushxabarni ochib bosilgan nuqtalar tomon barmog'larini qimirlatishni boshladi va Masihning qarorini o'qidi,

"Sizga aytamanki, bu odam boyagidan ko'ra oqlanib uyiga qaytibdi. Chunki o'zini yuqori olgan har bir kishi pasaytiriladi, o'zini past olgan esa yuksaltiriladi" (Luqo 18:14).

Aziz kitobxon,
o'zingizni yana imtixon qiling. Siz o'zingizni taqvodorligingizdan qoniqasizmi, savob ishlaringiz bilan mag'rurlanasizmi va hulq-atvoringizdan mamnunmisiz? Yoki siz hayotingizda qilgan ishlaringizdan uyalib, Muqaddas Xudo oldida kamtarmisiz? Ogoh bo'ling kimki mag'rur bo'lib o'zini yuqori qo'ysa, aniq yiqiladi. Biroq kimki tavba qilib Rabbiysiga burilsa va Uning oldida gunohini tan olsa, bu kishi Rabbiysining to'lovidan va mo'l-ko'l shavqatdan tayinlanayotgan shavqatni va oqlanishni qabul qiladi.

Tavba qilish uchun ibodat Bir ayol bilan zino qilib uning erini o'ldirishga buyurgandan keyin, o'zining sharmandali hatti-xarakatlari uchun Xudo uni hukm qilganida gunohini tan olgan Dovud payg'ambarning ibodatini biz bilan ayting.

"Ey Xudo, menga inoyat qilib, mehribonlik ko'rsatgin! Cheksiz rahm-shavqating tufayli, qonunsiz ishimdan kechib yuborgin! aybimni tamoman yuvib tashlagin, gunohimdan meni tozala! Qilmishimni qonunsizlik deb tan olaman, qilgan gunohim ko'z o'ngimdadir mudom. Men Senga, faqat Senga qarshi gunoh qildim, Sening ko'z oldingda yomonlik qildim. Sen esa so'zingda doyim barhaqsan, hukm qilganingda faqat odilsan. Men gunohkor bo'lib dunyoga kelganman, onam meni gunoh ichida tuqqan ekan. Sen ko'ngillardan haqiqatni qidirasan, yashirin qalbimga hikmatni o'rgatasan. Meni issop bilan tozala, pok bo'lay, Meni yuvgin qordan ham oq bo'lay! Menga shodligu hursandchilik mujdasini keltir. Sen ezgan suyaklarimga yana jonu quvonch kirsin! Gunohlarimdan yuzingni o'girgin, barcha yomonliklarimdan kechib yuborgin! Ey Xudo, menda pok yurakni yaratgin, ichimda yangi, sobit ruhni bunyod etgin. Meni O'zingdan uzoqlashtirib tashlama, O'z Muqaddas Ruhingni mendan olma. Najoding ila meni qayta quvontirgin, irodali ruh ila meni mustahkamlagin. Qonunbuzarlarga Sening yo'llaringni o'rgataman, gunohkorlar Senga qaytib kelsinlar. Qonimdan o'tavergin, ey Xudoyim, Najodkorim, Sening adolatingni tarannum etsin tilim. Qulfi dilimni O'zing ochib yuborgin, yo Rabbiy, Tilimdan tushmasin endi Sening sanolaring!" (Zabur 50:1-17)


Xudoning so'zini o'rganish

Agar siz Xudoning muqaddasligini va buyuk sevgisini ko'proq bilishni istasangiz, bizga yozing va biz sizga fikrlash va ibodatlar bilan Masihning Xushxabarini sizga chin ko'ngildan yuboramiz.


Najod Xushxabarini atrofingizdagilar bilan bo'lishing

Agar bu sahifa sizga tekkan bo'lsa, va buni do'stlaringiz bilan bo'lishishni hoxlasangiz, agar siz imonsizlar orasida buni bo'lishsangiz biz sizga bu sahifaning sonidan jo'natishdan hursand bo'lamiz.

Biz sizning hatingizni kutyapmiz va bizning javoblarimizni qabul qilish uchun biz sizdan aniq va to'liq manzilingizni yozishni unutmasligingizni so'raymiz.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)