Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 107 (Paul’s defense)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

4. Pavlusning yurtdoshlari oldidagi himoyasi (Havoriylar 22:1-29)


HAVORIYLAR 22:1-8
1 “Ey erlar, ey birodarlar va otalar! Endi huzuringizda meni oqlovchi so'zlarimni tinglanglar!” - dedi. 2 Pavlusning ularga yahudiy tilida gapirayotganini eshitgach, ular yanada jim bo'ldilar. Pavlus so'zida davom etdi: 3 “Men yahudiyman. Kilikiyaning Tars shahrida tug'ilgan bo'lsam-da, ushbu shaharda Gamalielning qaramog'ida tarbiyalanganman. Bugun bu yerda yig'ilgan hammalaringiz kabi men ham ota-bobolar Qonuni yo'rig'ida jiddiy tarbiyalanib, Xudo uchun fidoyi bo'lib kelganman. 4 Hatto bu Iso yo'lining izbosarlarini – erkakmi, ayolmi demasdan hammasini bog'lab zindonlarga topshirar, o'lasi qilib quvardim. 5 Ana, oliy ruhoniy bilan oqsoqollarning hammasi mening guvohlarimdir. Men ulardan Damashqdagi yahudiy birodarlarga yozilgan maktublar olib, u yerda yashagan Iso imonlilarini jazolash uchun Quddusga kishanlab keltirmoq niyatida yo'lga tushgan edim. 6 Tush arafasida men yo'l bosib, Damashiqqa yaqinlashayotganimda, to'satdan osmondan tushgan kuchli bir nur atrofimni porlatib yubordi. 7 Men yerga yiqildim – u, bu ovozning menga: - Shoul, Shoul, nega Meni quvg'in qilyapsan? - deganini eshitdim. 8 Men: - Yo Rabbiy, Sen kim bo'lasan? - deb so'rasam, u: - Men sen quvg'in qilayotgan nosiralik Isoman, - deb javob berdi.

Pavlus o'zining qotil aka-ukalarini va otalarini chaqirdi. Pavlus ularning nafrati va qiziqqonliklari uchun ularni hukm qilamadi balki ularni sevib ularning nodonliklarini kechirdi. Yahudiy xalqi Yangi Ahdga ko'ra Muqaddas Ruhdan tug'ilgan Xudoning oilasining a'zolari emas. Biroq Xudo ularga Eski Ahddagi va'dalarga ko'ra bu nomlarni bergan. G'ayriyahudiylarning bu havoriysi olomondan o'zlarining ona tillarida jim bo'lishlariga murojat qildi va ularning otalari hurmati bilan ularni hurmat qildi. Pavlus yirtilgan kiyimi bilan, qonayotgan yaralari bilan va tanasining har bir harakatidagi zanjirlarning ovozi bilan gapirdi.

Pavlus o'zining nutqini himoya deb nomladi. Endi Yahudiylarning unga qarshi shikoyatlari nima edi? Havoriy muqaddas ma'badga G'ayriyahudiylarni olib kelish orqali bu ma'badni buzganiga da'vo qilgan yuzaki ayiblovchilarning darajasiga tushmadi. Bu javobga munosib bo'lmagan ahmaqona da'vo edi. Bu havoriy uning ustiga tushayotgan quvg'in uchun sababga to'g'ridan-to'g'ri keldi. Ular Pavlus Yahudiylikdan tashlashga odamlarga o'rgatyapdi va Xudo bilan ahdga sunnat qilinmagan G'ayriyahudiylarni qabul qilyapdi deb da'vo qilishdi.

Pavlus javobida tinglovchilariga inoyat xushxabarini ko'zlamaganligini yoki o'zi G'ayriyahudiylarga voizlik qilishni xohlamaganligini tushuntirdi. Tirik Xudoning O'zi shaxsan unga namoyon bo'lib, o'rnidan turib, barcha insonlar oldida Unga dalolat bo'lishiga amr berdi. Mana shunda, bu yangi ta'limot Pavlus bilan tashkil qilinmadi balki tirilgan Rabbiydan bo'ldi. Pavlusning hayotidagi Masihning rivoji inoyat Xushxabarinining vahiysini olib keldi va G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun javobgarlik olib keldi.

Pavlus o'zining nutqining birinchi qismida Yahudiy bolaligi bo'lgan qiziqishiga qaratdi. U asl Yunonning mashxur va chiroyli shahri bo'lgan Tarshishda tug'ilgan. Biroq muhimroq narsa shundaki, u Yahudiy ruhi va madanyatini o'zlashtirish uchun unga imkoniyat bergan Quddusda o'zib, ta'lim olgan.

Yuksalish ko'p yillardan beri qonun mutahasisi bo'lgan, Yahudiy qonunining doktori bo'lgan Gamaliyelning qo'l-ostida ta'lim olish uchun o'ziga itoat qilishda keldi. Alangali yosh Shoul yuragida faqat qonunning ikir-chikirlarini saqlamadi, balki kuchli amalda ham bajardi. Shoul tartib-intizomli edi, va Yahudiy dini amallariga itoat qilishda qattiq qo'l bo'lgan va Xudoga qiziqqan. U o'zining tirishqoqligi va insoniy kuchsiz qobilyatlari orqali Muqaddas Xudoni ulug'lashni, hurmat qilishni va Unga xizmat qilishni xohlardi.

U Masihiylardan ular inoyatga suyanishgani uchun, Xudoga yo'ldek qonunni rad etishgani uchun va to'la Muqaddas Xudoning sevgisiga umidlarini berishgani uchun ulardan o'lguday nafratlanar edi. Bu Muqaddas Xudo Masihda zohir bo'lib, Otaga boradigan bir yo'l bo'lish uchun O'zini e'lon qildi. Pavlus Xudo uchun va qonun uchun qiziqishida Masihiylarni quvg'in qilgan. U qaynab turgan nafratida faqat insonlarni yo'q qilish bilan qoniqmadi. U ruhsat etilmagan ayollarni ham o'ldirgan. Agar Yahudiylar Asiyadan kelib chiqsa va unga qarshi da'vo qilganlar unga ishonmagan bo'lsalar, ular Pavlusning so'zlarining haqiqati haqida oliy ruhoniylardan va barcha oqsoqollardan so'rasinlar.

Yahidiy kengashi bu yosh va qiziqqon kishini Damashqqa borish uchun va Isoning imonlilarini yo'qotish uchun topshiriq berdilar. Lekin yo'lda Nasroniylik Iso yalong'och cho'lda unga O'zini ko'rsatdi. Pavlus tanasini buzib, xochga mixlangandan keyin qabrda chirishini faraz qilgan ulug' va tirik Iso Pavlus hayotiga qurgan mag'rurlik, hurmat, nom va barcha poydevorlarni buzib tashladi. Masihning ulug'vor yuzining nurida Xudoning dushmani va bu qonun mutahassisining qonuni uchun bu xudojo'y g'ayrat bekor bo'ldi.

O'zining shavqatining to'laligida Oliy Xudo bu nodon va qiziqqon dushmanni yo'q qilmasdan, uni kechirdi. Xudo Muqaddas Ruhda jamoat bilan bir ekanligini jamoat uchun sevgisini unga e'lon qildi. Bu vahiy bilan yangi dunyo va yangi haqiqat Pavlusning hayotiga kirib keldi. Kechikmasdan, Pavlus yangi Rabbiysiga o'zini topshirdi va Undan nima qilishligini so'radi. Rabbiy so'zi bilan sizning oldingizga kelganmi? Yangi Ahdda sizga Uning ulug'vor Shahsining chiroyi namoyon bo'lganmi? Siz o'zingizni mutloqo Unga berganmisiz va Uning jamoatida o'rnashganmisiz?

IBODAT: E Rabbiy Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen quvg'in qiluvching Shoulga ko'rinib, uni O'zingning sevingning xizmatkoriga aylantirding. Bizni ham o'zgartir va Sening sevging uchun yashashimiz uchun Sening timsolinga Xudoning qidiruvchilarining ko'plarini o'zgartirgin. Omin.

SAVOL 107: Qonun uchun shunchalik qiziqqan Shoulga Rabbiyning ko'rinishining mohiyati nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:18 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)