Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 108 (Paul’s defense)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

4. Pavlusning yurtdoshlari oldidagi himoyasi (Havoriylar 22:1-29)


HAVORIYLAR 22:9-16
9 Yo'ldoshlarim nurni ko'rib qo'rqishgan bo'lsada, lekin menga Gapirganning ovozini eshitmadilar. 10 Shunda men: - Yo Rabbiy, nima qilishim kerak? - dedim. Iso menga: - O'rningdan turib Damashqqa bor, qilishing lozim bo'lgan hamma narsa o'sha yerda senga aytiladi, - dedi. 11 U nurning yaltirashidan ko'r bo'lganim uchun, hamrohlarim qo'limdan tutgancha, Damashqqa yetaklab borishdi. 12 Damashqda yashagan butun yahudiylar orasida yaxshi nom chiqargan, Xudoning qonuniga amal qilib yurgan Hananiya ismli dindor bir odam bor edi. 13 U yonimga kelib turdi-da, menga: - Birodarim Shoul, ko'zlaring ochilsin! - dedi. Men esa o'sha zahoti uni ko'rdim. 14 Hananiya menga: - Otalarimizning Xudosi uning irodasini bilishing va Solih Kishini ko'rib O'zining ovozini eshitishing uchun seni tanladi. 15 Chunki ko'rgan va eshitganlaring uchun barcha insonlar oldida Uning guvohi bo'lasan. 16 Endi nimani kutib o'tiribsan? O'rningdan tur, suvda imon keltir va Isoning ismini chaqirib, gunohlaringdan forih bo'l! - dedi.

Shoulning hamrohlari Damashq eshiklari oldiga yetib kelganlarida, ular quyosh yorqinidan kuchli bo'lgan nur, Masihning chiroyli ulug'vorligini ko'rdilar. Lekin ular na tirik, va tirilgan Isoni tanidilar va na Uning ovozini eshitdilar. Shuningdek faqat o'liklardan tirilishda tanlangan imonlilar haqiqatdan Masihni ko'radilar va Uning ovozini eshitadilar. Faqat ular Uning sevgisining Ruhini taniydilar. Masihning hayoti ularda mustahkamdir. Imonsiz va ikkiyuzlamachilar Uning hukm qilish ulug'vorligidan umidsizlanadilar. Ular faqat qiyomatning chaqmog'ida Uning ovozini eshitadilar.

Masih Pavlusga ko'ringanda, u o'zining qonun ishlariga ko'ra ko'zlagan solihligidan chekindi va Rabbiy Masihga va Uning inoyatiga ishondi. Bu Rabbiy uning imonini tekshirish uchun uni Damashqqa yubordi. Pavlus u yerda Xudoning poydevorli irodasini eshitishi va u ushun Rabbiy Iso rejalashtirgan o'zgacha marhamatini bilishi kerak edi. Jinoyatdan oqlangan Pavlus G'ayriyahudiylarga muqaddas xizmat uchun topshirilayotgan edi.

Masih ta'limotli qonun mutahassisining mag'rurligini buzish uchun jamoatdan bir oddiy birodarni tanladi. Hananiya asl Yahudiyning imonlisi edi va Masihdagi imoni orqali Xudoning oilasining a'zosi edi. U Pavlusning oldiga Rabbiysining nomidan keldi va u yana ko'rishi uchun vositachi bo'ldi. To'satdan ko'r Shoul ko'rdi.

Masihning ulug'vorligi uni ko'r qilgan edi, lekin Muqaddas Ruh uni imon va tavbaga olib kelish uchun uning teran zulmatligi orqali buni buzdi. Hananiya uning boshiga qo'lini qo'yganida yana ko'rishni boshladi va Muqaddas Ruh bilan to'ldi. Pavlusning ko'zlari ochilib ketdi va darhol unda Muqaddas Ruh yashaydigan, Xudoning jamoatini bilish uchun kelgan Masihdagi bir birodarni ko'rdi. Bu jamoatning asri bo'lgan bizning jamoatimizning asrining siridir.

Biroq Masih bizning zavqlanishimiz uchun ruhiy ko'zlarimizni ochmadi, balki Xudoning irodasini tushunishimiz uchun va bizda Uning ishlashiga ko'ra yangilanishimiz uchun ruhiy ko'zimizni ochdi. Pavlus Hananiyadan Ibrohimning, Ishoqning va Yoqubning Xudosi qonun qotili bo'lgan u bu dunyoga O'zining yuragi uni yangilab, ochib berishini tushunishi uchun uni tanlaganini eshitdi. Xudoning asl irodasi nima? Bu faqat Muqaddas Ruhdan tug'ilgan Muqaddas va Odil Xudodek Isoni tanishimiz va Unda Xudoyimizning mujassamlanishi ekanligiga ishonchimizdir. Sizning ko'zlaringiz ochildimi?

Siz Isoning Shahsida ilohiy mehrni, Uning yumshoq sevgisini, xochdagi sabr-toqatini va hozirda Uning ulug'vorligini tushundingizmi? Isoning hayotini o'rganing, shunda Uni bilib olasiz va Uning ovozini eshitasizlar. Bizning Rabbimiz o'lik emas, tirikdir. U yashaydi, gapiradi, dalda beradi va buyuradi. Inson faqat non bilan emas balki Xudoning so'zi bilan tirikdir. Najotkoringizning ahdida va birligida sizni mustahkamlashi uchun Uning ovozini eshiting. Shunday qilsangiz siz Uning irodasiga ko'ra aziz va Xudoning irodasiga kamtar guvoh bo'lasiz.

Siz uchun Nasroniylik Iso oddiy inson emas, balki siz Xushxabarda uchrashgan qudratli Rabbiydir. Siz Uning hislatlaning ko'pini ko'rasiz va siz itoat qiladigan Uning kunlik rahbarligiga va Muqaddas Ruhning aniqligi orqali Uni bilib olasiz. Ogoh bo'ling siz Unga guvoh bo'lish uchun, U nima qilgani haqida barcha insonlarga e'lon qilish uchun va bugun U qanday qilib odamlarni qutqarishini e'lon qilish uchun Rabbingiz orqali tanlangansiz. Bu Xudoning irodasidir: barcha insonlarga bizning guvohligimiz orqali Rabbiy Isoni e'lon qilish.

Hananiya Pavlusga falsafa qilish uchun vaqt bermadi, balki darhol Xudoning irodasining tartibini unga tushuntirdi va uning og'ziga inoyat shahodatini qo'ydi. Bu ilohiy ish tasavvurni emas balki harakatni talab qiladi.

Biroq hali ham Pavlusning hayotida ruhiy to'sqinlik bor edi, ya'ni uning Xudoga bo'lgan dushmanligi, begunoh odamlarni o'ldirishi va qiziqqonlik nodonligi tufayli ko'plab gunohlari bor edi. Lekin Iso hammaning gunohini xochda yuvdi. Aziz birodar, ishoning, Masihgning qoni uning hamma gunohini butunlay yuvdi. Pavlus tug'ilishidan oldin inoyat orqali oqlangan. Biroq u bu haqiqatga ishonishiga, bu tekin berilgan oqlanishga ishonishiga va suvga cho'mish orqali bu qarorga suvohlik berishiga to'g'ri keldi. Savotli qonun mutahassisi cho'mish belgisi orqali o'lishiga to'g'ri kelgan. Pavlus faqat Masihdagi najodni qidirish orqali to'la poklanishning kerakligini tan olishiga va mutloqo Unga o'zini topshirishni tan olishiga to'g'ri kelgan.

Aziz birodar, siz cho'mganmisiz? Siz Masihning huzuriga mustahkam kirish uchun eski hayotingizni tark etganmisiz? Siz xoch tufayli solihsiz. Masihda tugallangan va tugagan najotingizga ishoning. Cho'mishingizning ma'nosini qabul qiling. Siz Masihning o'limining yo'llari bilan Muqaddas Xudo orqali qabul qilingansiz. Siz U orqali abadiy yashashingiz uchun bugun Rabbingizga ibodat qiling.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sening mening gunohlarimni butunlay artganing uchun rahmat aytaman. Men ayiblarimni va yomonliklarimni Sening oldingda tan olaman va Sen meni O'zingning huzuringdan olib tashlamasligingni so'rayman. Men cho'mishning ramzi orqali Sening birliginga kirish uchun va yangilanish uchun ko'zlarimning oldida suratingni ochib ber. Omin.

SAVOL 108: Xudoning irodasining mazmuni nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:18 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)