Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 097 (The plot to kill Paul in Corinth)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

6. Korinfda Pavlusni o'ldirish uchun ig'vo – Quddus tomon unga jo'r bo'lib safar qilyotgan sheriklarning nomlari (Havoriylar 20:3b-5)


HAVORIYLAR 20:3b-5
3b Suriyaga suzib ketay, degan payitda yahudiylar unga qarshi suyiqasd uyishtirmoqchi bo'lishdi. Shuning uchun yana Makedoniya orqali qaytishga qaror qildilar. 4 Veriyadan Pir o'g'li Sosipatr, Salonikadan Aristaxr va sekund, Derviyadan Gay va Timo'tiy, asiyaliklardan esa Tixik va Trofim uni Asiyagacha kuzatib bordilar. 5 Ular avval jo'nab, bizlarni Troasda kutib turardilar.

Pavlus Quddusdagi quvg'in qilingan jamoatga yordam uchun hamma Makedoniya, Yunoniston, Asiya va Anatoliyadagi jamoatlardan hissalar bo'lishi uchun uyushtirdi. Biz (2 Korinifliklar 8:16-24) da bu haqida o'qiymiz. Quddusga bo'lgan safar tanlangan birodarlarning do'stligi orasida bag'ishlangan yolg'izlik yuzaga kelmaydi. Unga o'zi barpo qilgan har bir jamoatdan bir vakil hamroh bo'ldi.

Chunki Mediterraniya Dengizidagi bo'ronlar tufayli qishda kemalar yurmaydi, Pavlus bahorda Korinfdan Suriyaga dengiz orqali sheriklari bilan safar qilishni rejalashtiryotgan edi.

Biroq Korinfdagi yahudiylar Rim hokimyatining oldiga olib kelingan Pavlusga qarshi shikoyat rad etilganda uyat va rad etilishga sabab bo'lgan Pavlusni o'ldirish uchun achchiqlanish bilan hal qilgan edilar. Pavlusni o'ldirishni hal qilganlardan ba'zilari Pavlus Quddusdagi jamoat uchun to'plagan katta miqdordagi pulni undan talab olishni ham maqsad qilgan edilar. Lekin Masih xizmatkorini saqlab bu yovuz maqsaddan uni himoya qildi. Pavlus bu ig'voni o'rganib chiqqanda u tezda rejalarini o'zgartirib dengiz orqali suzib ketmaslikka qaror qildi, chunki uning ixtilofchilari birorta iz qoldirmasdan uni o'ldirish uchun fitna uyishtirgan edilar. Shuning uchun Pavlus kun oylar ketadigan, Efesga qaytish uchun yuz kilometr bo'lgan, uzoq va zerikarli safarni piyoda bosdi. Pavlus va uning hamrohlari Quddus uchun bosh bo'lgan bu yo'ldan o'tishdi.

Biz Pavlusning safar qilish uchun sheriklarini tuzgan hech yo'q sakkiz kishi haqida o'qiymiz. Bu kishilar ustidan bo'lgan mulohaza bizga Yunon va Anatoliyadagi jamoatning holatlariga bir zakovatni va Pavlusning xizmat ishining natijalarini tushunishni beradi. Agar sizda Yunon va Asiya xaritasi bor bo'lsa bu darsni o'qiyotgan paytda xaritaga qarang. Siz Xushxabarlardagi va mustaxkam o'rnatilgan bu jamoatdagi bepayon hududlarni ko'rasiz.

Birinchi, biz Quddusga o'zlarining hissalarini, birodarlarning nomidan yordam berishga hamroh bo'lish uchun sodiq ota Pavlusning qo'liga o'g'li Sosipatrni topshirgan joy Beriya jamoati haqida o'qiymiz. Shunday qilib, Pavlusning Beriyadan to'satdan jo'nab ketishi oldidagi qisqa vaqtdan qat'iy nazar Beriyadagi jamoat oxiriga kelmasdan Masihda o'rnashib sodiq bo'lish uchun unib o'sdi.

Aristaxr va Sekund Pavlusni Salonikaning birja shahridan kuzatib qo'yishdi. Aristaxr Efes shahrida allaqachon Pavlusning hamrohi bo'lgan edi. U Efes shahrida xalq Pavlus ustidan shovqin o'rtasida tiatr tomon tortgan ikki yosh kishilardan biri edi (Havoriylar 19:29). Arestaxr Masihning kuchli himoyasi orqali zarar ko'rishdan saqlanib qoldi. Bundan qat'iy nazar, U Pavlusni qoldirib ketmasdan Pavlusning uzoq va achchiq zindonbandligida unga dalda berib bu safarni u bilan bajardi va daxshatli havflardan qat'iy nazar Rimga bo'lgan safarida unga hamroh bo'ldi. (Kollosaliklarga 4:10; Filimo'nga 24).

Vrach Luqo Filippidagi jamoatni qoldirgandan keyin bu shahardan imonlilarning vakili bo'lib, Pavlus bilan karvonga qo'shildi (20:6). Bunday qilishda, xushxabarchi- vrach o'zining mashxur xushxabari uchun tafsilotlarni to'plagan vaqt mobaynida bu havoriy bilan uzoq va muhim safarini boshladi va u Havoriylar Kitobini guvohliklari ustiga qurgan insonlarni uchratdi.

Faqat Yunon va Makedoniya jamoatlari Quddus jamoatiga vakillarni va hissalarni jo'natishmadi, balki bu safarda Anatoliya va Asiyadan bo'lgan imonlilar ham qatnashishdi. Biz Pavlusning sodiq ishchisi Timo'tiydan tashqari Asiyadagi bu jamoatlarning o'rtasidagi munosabatni ko'rsatadigan Derviyadan Gayning ismini o'qiymiz va bu havoriy hech qachon ko'p yillardan qat'iy nazar tugamadi.

Pavllus orqali o'zining uzoq zindonbandligida qolgan birodar Tixik Efesdan keldi. U Efesliklarga, Kolosaliklarga va Filimunga maktublarni topshirgan yozuvchi edi. Bu sodiq imonli Yunondan Quddusga bo'lgan safarlarda hamma yili bu havoriyning hamrohi bo'lib qoldi. U Rimda Pavlusga xizmatkor va kotib bo'lib xizmat qilish uchun yana bir bor u bilan uchrashdi.

Biz Quddusda havoriyning zindonbandligi uchun sabab bo'lgan Efesdan Trofim haqida ham o'qiymiz. Aqidaparast Yahudiylar Pavlus bu sunnat qilinmagan G'ayriyahudiy bo'lgan yosh kishini olganiga va ma'badga olib kelganiga davo qilishdi.

Pavlusning Quddusga qaytib kelishi Masihning zafarli yurishiga o'xshash edi, chunki bu havoriy yuragida Xudoning boy sevgisi bilan qaytayotgan edi va G'ayriyahudiylarning vakillaridek sodiq kishilar unga hamroh bo'ldilar. Ular faqat so'zlar bilan muammoga uchragan jamoatga tashrif buyurishmayotgan edi, balki Muqaddas Ruhning ma'badiga pulni qo'yishni maqsad qilib, ahamyatli pul bilan kelishdi. Bu azizlarning ko'rinarli birligi edi.

IBODAT: Ey Rabbiy Masih, Sen Xudoning Qo'zisidek yo'lingda Senga ergashadigan va tanalarini taqdim qiladigan va Xudoga ma'qbul hadyadek yashaydigan odamlarni har bir mamlakatdan tanlab olganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz Sendan bolalarimiz, do'stlarimiz va qarindoshlarimiz bilan birga qabul qilishingni va abadiy xizmatga bizni moylashingni so'raymiz. Omin.

SAVOL 97: Pavlusning hamrohlarining buyuk sonining mazmuni nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)