Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 098 (The Night Sermon)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

7. Troasda Rabbiyning Kechligi va Tungi Va'zi (Havoriylar 20:6-12)


HAVORIYLAR 20:6-12
Bizlar esa Xamirturishsiz Non bayramidan keyin Filippi shahridan suzib, besh kun deganda ularning oldiga – Troas shahriga yetib keldik.U yerda yetti kun turdik. 7 Yakshanba kuni non sindirish uchun bir yerda to'plangan edik. Pavlus ertasi kuni jo'namoqchi bo'lib, imonlilarga nasihat berib, so'zni yarim kechagacha davom ettirdi. 8 Bizlar yig'ilgan boloxonada juda ko'p shamchiroq yongan edi. 9 Evtix ismli bir yigit deraza raxida o'tirardi. Pavlusning nutqi uzoq cho'zilib, yigitni qattiq uyqu bosdi. U uyqusida qimirlab, uchunchi qavatdan pasga tushib ketdi. Yerdan uning o'ligini ko'tarishdi. 10 Pavlus pastga tushib, yigitning ustiga o'zini tashladi va uni quchoqlab: “Xavotir bo'lmanglar, uning joni o'zidadir!” - dedi. 11 So'ng yana yuqoriga chiqib, non sindirib ovqatlandi. Tong otguncha ancha suhbat qilib, yo'lga chiqdi. 12 Shu orada o'smirni tirik olib kelishdi va behad hursand bo'lishdi.

Ko'plab Yunon pirlarining va Amaldorning qo'shiqlarining beshigi, Troas shahri Pavlus va uning hamkorlari orqali Yevropaning xushxabarlanishi uchun boshlanish nuqtasi bo'ldi. Efesda bu havoriy ustidagi jo'shqindan keyin, Pavlus Troasga keldi va u yerda Masih nomidan bir tirik jamoat barpo qildi (2 Korinfliklar 2:12). U Quddusga qaytib ketyotganida oxirgi vaqt uchun bu shaharga tashrif buyurdi. Luqo ular Asiyadan Yevropaga birinchi kesib o'tishlari uchun faqat ikki kun kerak bo'lgan bir masofa Filippi porti Kavalladan Troasga safar qilish uchun ularga besh kunu besh tun kerak bo'lganligini yozgan. Bu Pavlusning safarining oxirgi bosqichi mobaynida hamma narsa qiyinroq bo'lganini ko'rsatadi. Holbuki, ular sabr-toqat, umid va o'sayotgan kuch bilan hamma narsaga chidadilar.

Troasdagi bu uchrashuv Yahudiy Damolish Kuni emas, G'ayriyahudiy imonlilarining sajda qilish kunidek haftaning birinchi kuniga rioya qilish tajribasiga ilk tavsiyanomadir. Bu kunda ular Rabbiylari kelgunicha Uning o'limini eslab turishdek Rabbiyning Kechligini nishonlash uchun birga non sindirdilar. Bu Kechlikning sirida Masihning tirilishi va huzuri, va Muqaddas Ruhdagi Uning kuchi ularning imon hayotining negizlari ilk Masihiylar uchun edi. Ularning fikrlari Muqaddas Ruhdagi yaratilayotgan ishlar bilan yasangan, Masihning ikkinchi kelishida Uni qabul qilish uchun ular loyiq bo'lishlari uchun ularning ibodatlarini eshitgan, ularni oqlab muqaddaslagan, Xudoning oldida ular uchun shafoat qilgan, va ularni komil qilgan tirik Rabbiy atrofining o'rtasida bo'ldi.

Pavlus juda uzoq voizlik qildi. Yigirma minutdan keyin hech qaysi tinglovchi charchamadi. Ulardan hech biri bir soatdan keyin: “Yetadi! Kettik uyga” deb aytmadi. Lekin Muqaddas Ruhning alangasi ularni kuchlantirib, jonlantirib va ruhlantirib bu havoriyning yuragidan ularning yuraklariga ko'chirdi. Yuqori xonada yonayotgan ko'p shamlar Xushxabar orqali ruhlanyotgan ko'p fikrlarning ramzi edi. Bu buyuk nur zulmatlikda yorqin porlagan bu shamlardan jilvalandi.

Havo yonayotgan ko'p shamlar tufayli tutun bo'lib ketdi. Bu tinglovchilar xordiq chiqarish uchun uyquga ketishiga sabab bo'ldi. Evtix ismli bir yosh yigit toza havo olish uchun deraza raxida o'tirar edi. Bu balki u kuni bilan qattiq ishlab charchagani uchundir. U Pavlusning va'zini tinglashni xohlagandi, lekin uning qovoqlari boshi tebranib uyquga ketgunicha sekin sekin yumilishni boshladi. Keyin u suyanib uchunchi hikoyadan yerga qulab tushdi.

Bu Isoning so'zlari haqida bizga eslatadi: “Vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qiling. Ruh tetik, tana esa zayifdir.” Biz Muqaddas Kitobni o'qish va va'z paytida ogoh bo'lish qiyin narsa ekanligini tan olamiz. Qatnaydigan ko'p jamoatlar uzoq voizlik tufayli uxlash uchun egiladilar. Xushxabarning to'liqligidan qat'iy nazar ular gunohda, manmanlikda va yuzakiylikda ruhiy o'liklikga qulaydilar.

Troas jamoatining a'zolari bu yosh kishi derazadan qulab tushganda sarosimaga tushishdi. Pavlus ham zinadan shoshilib tushdi. U o'lgan edi va uning yuragi urishdan to'xtagan edi. Iblis tinglovchilaridan birini o'limga olib kelish orqali o'limdan tirilgan Iso haqidagi va'zni mazah qilishni xohladi. Pavlus iblisning omadida norizo edi va Muqaddas Ruh Xudoning kishisi va payg'ambar bo'lgan Elisha qanday qilib beva ayolning o'lgan o'g'liga o'zini cho'zib imon ibodati orqali uni hayotga olib kelganligini unga tasvir etdi (1 Shohliklar 17:17-24). Shunday qilib Pavlus Elisha qilganga o'xshab uch karra emas bir martada Iso nomi bilan butun daxshatli gala oldida bu o'lik kishiga o'zini otdi.

Pavlus uni quchoqladi va bu o'lgan kishi nafas oldi. Uning qalbi o'ziga qaytib keldi va u jonlandi. Masih o'lik tirilishi uchun Yappada Butrusdan foydalanganiga o'xshab Pavlusdan ham foydalandi. Bu havoriylarning sardorlari orqali Masih (Matto 10:7) dagi shogirdlariga bergan amrini amalga oshirdi: “Yo'lingiz qayga tushmasin, elga: “Osmon Shohligi yaqinlab qoldi”, - deb e'lon qilinglar. Xastalarni sog'aytiringlar, moxovlarni pok qilinglar, o'liklarni tiriltiringlar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar tekin beringlar.”

Troasdagi Evtixning tirilishi shunday tez sodir bo'ldiki, yuqori xonadan tushgan odamlar bog'ga yetib kelishlari bilan bu yosh tirik kishini ko'rishdi. Pavlus ularning oldilariga kelib, dedi: Xavotirlanmanglar! Yuqori xonaga boringlar. Va'zni davom ettiraylik. Bu yosh kishi tirik!” Havoriy bu mo'jizadan mag'rurlanmadi, va vrach Luqo bu haqida ozgina yozgan. Bu uchrashuvdan keyin yosh kishining qarindoshlari u kishining hayoti uchun bu havoriyga tashakkur aytish uchun Pavlusning oldiga u bilan birga borishdi. Biroq, Pavlus o'zidan barcha ulug'likni Isoga qaratdi. Pavlus faqat o'likni tiriltira oladigan, gunohlarni kechira oladigan, va jinlarni quvib chiqara oladigan Uztozini ulug'ladi.

Masihning zafari Pavlusning yarim kechagacha davom ettirgan va'zining qoniqishi edi. Pavlus faqat gapirmadi, balki tinglayotgan jamoa bilan muqaddas nonni ham sindirdi. Pavlus ular Masihning qimmatbaho qoni orqali muqaddaslanib, Uning hayotining kuchida qatnashib, Uning tanasining birlashgan a'zolari bo'lib bir bo'lishlari uchun najot kosasini ular bilan bo'lishdi. Imonlilarning yuraklarida Masihning yashashi va Uning ruhiy badanida izdoshlarining birligi asrlardagi Masihiy jamoatning buyuk siridir.

Birodar, siz uyqusirab charchaganmisiz? Siz Masihning so'zi haqida ko'proq eshitishni va najot Xushxabari orqali jonlanishni xohlaysizmi? Najotkor qullarni O'zining zafarli yurishida Uning jo'r bo'lishlari uchun gunohdan va o'limdan ozod qildi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, O'zingning sharaflangan havoriylar orqali o'lik odamlarni hayotga olib kelgan Senga sajda qilamiz. Biz Seni qo'msaymiz va O'zingning kuchli so'zing bilan bizni ham tiriltirishing uchun kelishingni intizorlik bilan kutamiz. Sen bizni ruhiy badaningda bir qilding va Muqaddas Ruhing orqali yuragimizda o'rin olding. Biz chin yuragimizdan Senga rahmat aytib, butun dunyoning jamoatlari uchun marhamatlaringni so'raymiz. Omin.

SAVOL 98: Pavlus orqali Rabbiyning bu yosh kishini tiriltirishining mohiyati nima? Nima uchun Troasda haftaning birinchi kunida Rabbiyning Kechligini nishonlandi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:56 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)