Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 076 (Paul’s Separation From Barnabas)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

1. Pavlusning Barnabodan ajrashi (Havoriylar 15:36-41)


HAVORIYLAR 15:36-41
36 Bir muncha vaqtdan keyin Pavlus Barnaboga: “Endi qaytib borib, Rabbimiz kalomini targ'ib etgan har bir shahardagi birodarlarimizni yo'qlaylik, ularning hol-ahvolini bilaylik”, - dedi. 37 Barnabo esa Mark degan Yuhannoni ham o'zi bilan birga olmoqchi edi. 38 Lekin Pavlus, Pamfiliyada o'zlarini tark etib, hamkorlikdan bosh tortgan odamni o'zi bilan birga olishni o'rinli deb hisoblamasdi. 39 Natijada oralarida shunday xafalik bo'lib o'tdiki, ular bir-birlaridan ayrilib qoldilar. Barnabo Markni ergashtirib, Kipr oroliga suzib ketdi. 40 Pavlusning o'zi esa Silani tanladi. Birodarlar uni Xudoning inoyatiga topshirgandan so'ng, u jo'nab ketdi. 41 U Suriya va Kilkiya o'lkalaridan o'tib borgan sari, Masih jamoatlarini imonda mustahkamlar edi.

Xudoning chaqiruvi bor joyda, Uning kuchi Uning havoriylarida seziladi. Rabbiy orqali xizmatchi chaqirilmagan joyda, kuchsizlikda va vayronalikda yashab, uning xizmati o'lik va lavozimi hayotsizligicha qoladi. Pavlus Antioxiyadagi gullab yashnayotgan jamoatida tinchlik bilan uxlashni davom etirmadi. U voizligi orqali Muqaddas Ruh ikkinchi tug'ilishni bergan Anatoliyaning ruhiy bolalari qanday do'stonasizlikdagi ruhiy go'daklikda yashaganlarini ko'rdi. Shuning uchun, Pavlus dunyoning cho'llarida “osmon vodiylari” ni sug'orish uchun Suriya va Asiya Minorining har hil jamoatlaridagi birodarlarni chaqirdi.

Pavlus aytmadi: “O'zim ketmoqchiman”, lekin Muqaddas Ruh uni va Barnaboni hamjihat hizmat uchun tanlaganini va U bu hamjihatlik hizmatini g'oyatda kuch bilan, huquq va hosil bilan marhamatlaganini bilib, u “Yuringlar birga boramiz”deb aytdi. Bu guruhning eng yoshu ulug' Barnabo yana bir marta uzoq safari bilan, ko'p havf-hatar, muammolar va quvg'inlar bilan ikkinchi xizmat safari bo'lgan qiyin ishda Pavlusga hamroh bo'lish uchun tayyor edi. Muqaddas Ruhdan bu xizmat safarida havoriylarni jo'natish haqida vahiy kelmadi. Bu yana bir bor birodarlarini ko'rishni islab, bu jamoatlarning birodarlarini sog'ingan va singan yurak bilan Pavlusning o'zidan bo'lgan taklif edi.

Balki Barnabo oldingidek biz hech qanday jamoat barpo bo'lmagan o'zining mamlakati Kiprga birinchi sayohat qilishni xohlagandir. Biroq Pavlus temir sovuguncha urushni xohlamasdan to'g'ri hosildor dalalarga bordi. (Gallatiyaliklar 2:18) da eslatib o'tilgan bu og'riqli hodisa G'ayriyahudiylar bilan ovqatlanishdan o'zlarini tiygan Yahudiy Masihiylari zavqlanish harakatida havoriylar Barnabo bilan Butrusning vijdonlari zid chiqqanda bu bir necha kunlar oldin sodir bo'lgandi. Bu ikki guruhning o'rtasida keng bo'linishni yaratishda natijaga keldi. Havoriylar Quddusda aqidaparast qonunchilarning tillaridan qo'rqishdan va qonun uchun sevgi tufayli xushxabar haqida ozodlikni pisand qilishmadi.

Oxiri, Barnabo o'zining jiyani Mark Yuhannoni olishni va ikkinchi xizmat safaridagi xizmatda unga o'rgatishni yana xohlaganda, Pavlus portlab ketdi. Bu ikki tajribali birodarlar o'rtasida baxtsiz raqobat chiqdi. Havoriy xizmatga havf olib keladigan va inoyatga halal beradigan yosh Markda qo'rqoqlik va kuchsiz kishini ko'rdi. Pavlus otalarcha vakil bo'lgan Barnaboning so'zlarini tinglamaslik uchun bu fikrga juda ko'p qarshi bo'ldi. Barnaboda imkonyat yo'q edi lekin o'zining jiyanini olib u bilan Kiprga suzib ketish bor edi.

Barnabo bu hodisada yana bir bor Xudoning shohligining muhim xizmatkori va jamoat o'rtasidagi aloqa zanjiri muborak bo'lishi uchun isbot qildi. U undan qo'rqqan havoriylar doirasiga Shoulni yangi imonlidek uni bir necha yillar oldinroq olib kelgandi. Rabbiy Barnobaning sherigi Markning hamrohligini muborakladi va bu sobiq kishi mashxur xushxabarchi bo'ldi. Bu hodisadan keyin biz Havoriylar Kitobida Mark haqida hech narsa o'qimaymiz. Holbuki, Pavlus o'zining maktubida guruhiga ehtiyotkor Markni qabul qilganini yozgan. Bu balki Barnaboning o'limidan keyin sodir bo'lgan. Shunday qilib Mark Pavlusning hamrohi bo'lgan va keyinchalik Butrusning ham. U o'zining ismini beradigan ta'sirli uchunchi xushxabarni yozgan.

O'sha zahoti bu kelishmovchilikdan keyin ikki xizmatchi guruhlar qo'zg'alishdi. Ularning ikkalasi ham haq edilar va ular orqali Xudoning sevgisi hatto o'zaro buyukroq kechirim va inoyatda ko'rindi. Pavlus o'zining hamkoridek Quddusdan yangi yahudiy imonli Silani tanladi. Havoriylik Kengashi ilgari qonunga dahildor zararda yangi G'ayriyahudiy imonlilarni tasdiqlash uchun uni Pavlus bilan Antioxiyaga jo'natib, Pavlusning to'g'ri fikriga guvoh bo'lishi uchun uni tayinladi. Silada Mediteraniya tumanlariga bo'lgan safarida unga juda ko'p yordam bergan Rim fuqoroligi ham bor edi.

U Tesiloniyaliklarga Maktub yozishda sherik bo'lgan va Oavlus bilan birga zindonda qanday qilib qurbonlik keltirishni o'rgangan. Keyinroq biz Pavlus qamoqda bo'lgan vaqtda, Sila nochor ahvoldagi jamoatlarni tekshirish uchun Butrusning safarida unga hamroh bo'ldi (1Butrus 5:12). Biz Mark ular bilan ko'rishib ularga qo'shilganligini ham o'qiymiz. Bu hodisalar sirli harakat bilan bizni tanishtirishga va rahbarlikda Muqaddas Ruhning ishlashiga va dunyoda jamoatning o'sishiga yordam beradi.

Antioxiyalik birodarlar Barnabo va Pavlusning o'rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli juda ko'p azob chekishdi. Ular ota bo'lgan Barnaboda sevgini bilib, va Pavlusni haqligini sezib uzluksiz ibodat qildilar. Ular Rabbiyning inoyati bu ikkala guruhda ham ko'rinishi uchun tirik Masihdan hizmat uchun ularga kechirim, kuch-qudrat ato qilishini so'rashdi. Biz oqsoqollar sayohatchilarning ustlariga qo'llarini qo'yishganini o'qimaymiz. Ular safarlarini nihoyasiga yetkazish uchun Rabbiyning kuchiga ishonib, o'ylab o'tirmasdan safarga chiqdilar.

Pavlus o'zining uzoq va ikkinchi xizmat safarini boshlaganda, u na maqsadni va na oxirini bilgan. U bu uchun reja qilmagan, lekin uning xizmati orqali ilgari bir necha barpo bo'lgan jamoatlar bo'lgan Tarshish tumanlarida va Suriyaning sharq tomonidagi jamoatlarga tahrif buyurish istagiga javob berdi. Biz bu jamoatlarning ismlarini yoki markazlarini bilmaymiz lekin chuqur ruhiy zulmat o'rtasidagi Asiya Minor va Antioxiya o'rtasidagi shaharlarda Rabbiy xushxabarining shamdonini tashkil qilganidan sevinamiz.

IBODAT: Ey Rabbimiz, biz janjallashayotgan birodarlarning ayiblarini kechirishingdan va yangi xizmatga ularni muqaddaslashing uchun Sendan minnatdormiz. Biz jamoatlarimizda dam olib yotmasdan dunyoga najot xushxabaringni tarqatishga borishimiz uchun bizni voizlik qilish uchun iroda bilan to'ldir va oxirigacha bizni kuchli qilgin. Omin.

SAVOL 76: Pavlusning ikkinchi xizmat safari uchun sabab va asosiy reja nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)