Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 039 (Tabernacle of Meeting)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

c) Uchrashuv Chodiri va Ma'badning O'rnatilishi.(Havoriylar 7:44-50)


HAVORIYLAR 7:44-50
Sahroda otalarimizning shahodat chodiri bor edi. Bu chodir xuddi Xudoning Musoga buyurgan tasvirida yasalgan edi. 45 Chodirni qabul qilgan otalarimiz Nabi Yasu bilan birga yurishdi. Xudo quvgan xalqlarning mol-mulkini egallab olgan sayin, chodirni o'zlari bilan olib borishardi. Dovudning kunlariga qadar chodir oralarida qoldi. 46 Xudoning mexrini qozongan Dovud: Yoqubning Xudosiga bir maskan qurib beray,– deb orzumand bo'ldi. 47 Nihoyat Dovud o'g'li Suloymon Xudoga uy qurib berdi. 48 Shunga qaramasdan, Xudoyi Taolo inson qo'li bilan qurilgan ma'badlarda yashamaydi. U payg'ambar og'zi ila aytganki: 49 Osmon – Mening taxtim, Yer esa – poyandozim ekan, Sizlar Menga qanday uy qurasizlar? - deb aytadi xudovand, - Yoki Mening orom topishim uchun qanday maskan bor ekan? 50 Bularning hammasini yaratgan Mening qo'lim emasmi?

Stefan Xudo birinchi hashamatli ma'badda yashamagan, biroq qurilgan shahodat chodirida Muso bilan uchrashganligini tasdiqlab berdi. Bu Muso payg'ambar bilan qilinyotgan ahdning buyuk kunlari mobaynida yuz berdi, biroq bu Yeshuaning g'alabalari va Dovud vaqtidagi yaxshilanishi mobaynida ham yuz berdi. Halokatli chiroy va ma'badning chiroyi o'zlarida insonlar orasidagi Xudoning huzurining belgisi emas edi, holbuki uchrashuv chodiri so'nib borgan Eski Ahding o'zgarish davrini aks ettirgan va bu cho'lda qurilgan.

Bu Xudoning inoyati ma'badni qurishdan Dovudga halal bergani Stefanga ko'rinadi. Bu Xudo O'zining izdoshlarining orasida yashash uchun U uchun insonlar oltindan qurilgan qurulmalar va binolarga muhtoj emasligiga ishora edi. Cho'ldagi oddiy chodir Xudo bechora insonlar bilan uchrashganini isboti edi. Xushxabarchi Yuhanno o'zining Yunon tilidagi xushxabarida (Yuhanno 1:1-14) Isoning zamirini tushuntirish uchun eng oddiy Kalom so'zidan foydalangan, va shunday degan: Xudoning so'zi yoki Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi. Bu kamtarlik pasga tushib halokatli tananing ma'badida yashagan Xudoning buyuk inoyatini ko'rsatadi.

Dono bo'lgan Sulaymon xalq undan keyin bo'linib ketgunicha bu maqsad uchun odamlardan foydalanib mashxur ma'badni qurgan. Bu ma'bad Yahudiylar madanyat va marosimlar sajdagohining markazi bo'lishi uchun va odamlarni birlashtirish uchun qurilgan. Buning natijasi bo'linish va tarqalish edi, chunki Xudo aniq bir joyda yashamaydi yoki U toshlar ichida yashamaydi. Sizning barcha chamadonlaringiz va moddiy buyumlaringiz Xudo uchun keraksizdir, chunki U siz dengizda bo'lasizmi yoki yerda bo'lasizmi, havoda bo'lasizmi yoki yer ostida bo'lasizmi, qayerda bo'lsangiz ham siz bilandir. Xudoning so'zini eshitib buni bajaradigan kishi Xudoning huzurida va U bilan birlikda davom etadi.

Stefan o'zining hukmdorlari oldida agar u oltin toshlarga sajda qilmagan bo'lsa ma'badga qarshi kufrlik qilmayotganiga dalolat berdi, chunki Taolo inson qamoqxonasida yashamaydi, chunki butun yer yuzi Uning poyondozidir. Yaratguvchi hordiq chiqarish uchun qo'l bilan tuproqdan qurilgan uyga muhtoj emas. Osmon va yerni, dengizni va barcha suv chashmalarini yaratgan Xudo hech narsaga muhtoj emas.

Bugun biz yer butun olam emas, balki milyardlab sayyoralarning atrofida aylanib suzib yurgan milyonlab quyoshlarning o'rtasidagi faqat tuproqning zarrasi ekanligini bilib olamiz. Aziz birodar, olam siriga chuqur kirib boring. Shunday qilsangiz, fikringiz ochiladi va yuragingiz Xudoning ulug'vorligiga va oliyjanobligiga sajda qiladi. Bizning Yaratguvchimiz butun dunyoni to'ldiradi; Unga mos keladigan hech qanday uy yo'q. U hamma suvliklar va barcha yulduzlarni birlashtirsa ham ulardan kattaroq. Xuddi shu vaqtda, Xudo har bir zarrachaning nurlarini nazorat qilib turadi. Extiyotkorlik bilan zamonaviy tabiy ilmni o'rganadigan kishi xudosiz bo'lmaydi, balki Xudoning kamtar sajda qiluvchisi bo'ladi.

Muqaddas Kitob Xudoning buyukligi sizning badaningiz Muqaddas Ruhning ma'badi bo'lishi uchun yuragingizda jon deb yashashligini sizga aytadi. Sizning ongingiz Xudo uchun istiqomad qiladigan joy bo'ldimi? Yoki siz hali ham nopok ruhning inimisiz? Agar siz Isoninig xohishiga o'zingizni ochsangiz, Masihning qoni sizni tozalaydi. Uning Muqaddas Ruhi sizning sovuq o'zligingiz tugaguncha sizni to'ldiradi, siz Xudoning huzurining va mohiyatining ma'badi va Uning sevgisining birligida boshqa barcha imonlilar bilan birga bo'lasiz. Siz bu ruhiy ma'badning ulug'vorligini va chiroyi bilan yuzma yuz keldingizmi? Buning hislatlari sevgi, kamtarlik, hursandchilik, mo'minlik, tinchlik, to'g'rilik, o'zini nazorat qilish, va barcha solihliklardir. Siz Masihiy imonning mevasi bilan bezandingizmi? Siz o'zingizning hulqingiz orqali siz nopok ruhlar bilan to'lgan bu dunyoning o'rtasida Xudoni kengaytirib borsangiz.

IBODAT: Ey buyuk Xudo, Sen ibodatxonada, yoki ma'badda, yoki toshdan qurilgan uyda yashamay, balki haqiqatdan ham Masihga ishongan barcha imonlilarda yashayotganing uchun Senga rahmat aytamiz. Sen doyim mening yuragimning to'rida bo'lishing uchun va men doimiy hursandchilik bilan Senga itoat qilishim uchun mening yuragimga kelib, vijdonimni tozala va Muqaddas Ruhing bilan fikrlarimni to'ldirgin. Omin.

SAVOL 39: Stefan nima uchun ulug' ma'bad,oltindan bo'lgan sajdagoh chodirini afzal ko'rdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)