Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 035 (God works with His Son)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
A - Quddusga ikkinchi safar (Yuhanno 5:1-47) -- Mavzu: Iso va Yahudiylarning orasidagi dushmanlikningkelib chiqishi

2. Xudo O'g'li bilan ishlaydi (Yuhanno 5:17-20)


YUHANNO 5:17-20
17 Ammo Iso ularga shunday dedi:-Mening Otam shu kungacha O'z ishini qilib kelyapdi, Men ham O'z ishimni qilyapman,-dedi. 18 Ana shu so'zi uchun yahudiylar Isoni o'ldirishga yana ko'proq harakat qilishdi. Chunki U dam olish kunini buzibgina qolmay, balki Xudoni Otam deb, O'zini Xudoga tenglashtirgan edi.

Bayt-Saydadagi shifolash uchun Isoga qarshi bo'lgan g'alayon kichkina masshtab edi. Lekin bu hodisadan keyin u kuchaydi. Uning dushmanlari Uni o'ldirish yo'lini ko'rib chiqishdi. Shunday qilib bu mo'jiza Yahudiylar bilan bo'lgan munosabatdagi qaytish joyi edi. Iso quvg'in qilingan yomon otliq bo'ldi. Bu hodisalarning qaytishi uchun qanday sabab bor edi?

Zo'ravonlik Masihning sevgi jarayoni va Qonunning dag'alligidagi hokimyatining o'rtasida sodir bo'ldi. Eski Ahdda odamlar qamoqxonada yashagandek yashagan. Ko'plab hukmlar sinchiklab Qonunni saqlash uchun odamlarni taqiqlash uchun chiqarilgan; chunki solihlik hayrli ishlarning natijasidir. Ruhoniy halqi amrlarni o'g'irlash va ilohiy inoyatni to'plash uchun ehtiyot bo'lmadi. Qonunni saqlash o'zini o'ylash va sevgisizlik uchun bahona bo'lib qoldi. Xalq Xudo bilan Ahdda yashagan va butun uyushma bo'lishni ep ko'rdi, dinga berilganlar hammani bir necha qoidalarga rozi bo'lishlari uchun majbur qilishga harakat qilganlar. Eng muhimi Dam olish kunida ishlash taqiqlangan. Xudo yaratgan ishining yettinchi kunida dam olganidek hatto shunday odamlar ulug'lash kunida har qanday ish qilishdan taqiqlanganlar.

Mana Dam olish kuni Yahudiylarning va ularning Xudolarining o'rtasidagi ahillikning belgisi bo'lib qoldi, va ularning oralarida Uning huzuri Xudoga qarshi bu ahillikni buzish uchun ular orqali hech qanday gunoh qilinmagandek ko'rsatildi.

Dam olish kunining zo'ravonligiga qarshi shikoyat qilgan Farziylarga Isoda oddiy "Xudo ishlaydi" degan javob bor edi. Fariylarga Isoning shundek tasdig'idagi yetti marotaba ishlashini, biz "ish" so'zini va uning yasamalarini o'qiymiz. Ularning sovuqqonli qonunshunosliklariga Isoning javobi, Xudoning sevish faoliyatini e'lon qilish edi. Xudo qanday qilib hozirgacha O'zining yaratish ishidan dam ololadi, lekin hozir U to'htovsiz ishlayapdimi? Modomiki bu dunyoga gunoh kirib keldi va o'lim butun maxluqotni xonavayron qildi va olam o'zining manbasidan ajiradi, Xudo darbadarlarni saqlab qolishga va O'zining hamrohdoshlariga qo'zg'olonchilarni qaytarib olib kelishga jon jahdi bilan tirishdi. Biz poklikda Uning sevgisini anglashimiz uchun bizning muqaddasligimiz Uning maqsadidir.

Dam olish kunidagi shifolash zamirdagi Xudoning ishining ko'rinishidir. Isoning ishi hatto Qonunga teskari tuyulgan bo'lsa ham Uning voizlik qilgan inoyati mehribonlik hatti-harakatlarini bajardi. Sevgi Qonunni ijrochisidir. Dam olish kuni yolg'onchi ruhoniylar va sevgidan mahrum bo'lganlar ustidan oldingi hujum edi.

Keyin Yahudiylar, "Iso Dam olish kunini buzyapdi! Yordam bering! Ahdning ustunlari barbod bo'lyapdi. Qonunning dushmani shakkokdir, va O'zini yangi qonun beruvchi deb o'rnatyotgan Bu bizning halqimizga hatarlidir" deb baqirishdi.

Ularning hech qaysisi na qashshoqlar uchun Masihning sevgisiga e'tibor berdilar, na yerdagi Uning shon-shuhratini ko'rdilar. Ular aqidaparastliklaricha ko'r bo'lib qoldilar. Agar bugun odamlar shunday qarshilik tufayli Isoni Qutqaruvchidek bilmasalar hayron bo'lmang.

Yahudiylar Iso bilan 'shakkoklar' tufayli ham g'azablanishgan edi, ular tinglayotgan bu Xudoni Uning Otasi deb o'ylashdi. Bu ularga bemazagarchilikka o'xshadi. Shunda ular shunday deb baqirishdi, "Xudo bitta; Uning O'g'li yo'q." Qanday qilib Iso Xudoni O'zining Otasi deb aytadi?

Bu turish ularning nodonliklarini ochib beradi;Ular Ruhning ilhomida yashamayotgan edilar,na Yozuvlarda chuqur kirishmagan.Chunki ularda Xudoning Otaligining ko'rinarli karomatlari bor.Xudo"Mening O'glim" deb odamlarni Axd odamlari deb chaqirdi( Chiqish 4:22; Nabiyasu 11:1). Holbuki halq Xudoni "Ota" deb aytadi (Iklamchi Qonun 32:6; Zabur 102:13; Ishayo 63:16; Yeremiya 3:4,19 va 31:9). Xudo O'zining ishonchli shohini "Mening O'g'lim" deb atadi (2. Shamuil 7:14). Lekin bu Ahd tuzgan halqining hech qaysi a'zosiga Xudoni "Ota" deb chaqirish uchun ruhsat berilmagan. Bu Yahudiylarning fikri bo'yicha mumkin emas edi, buni ular bag'oyatda kibirlilik bilan shunday deb hisoblashgan. Yahudiylar Isoni abadiy hayot olib keladigan va asl ilohiylikdan bo'ladigan Masih haqidagi va'dani bilishar edi. Ularning Isoga bo'lgan nafratlari Uning Masihiyligiga ishonmaganliklarini ko'rsatadi.

Iso sevgi va donolikda Uning Otasi bilan bir hil ish qilishini aniq aytib, O'zining so'zlarida Yahudiylarning qo'rquvlariga javob berdi. Iso Xudo bilan teng hamma narsa qila olishini tasdiqladi. Yahudiylarning shunday fikrlarga tasir qilishi qattiq qo'l va murosasiz edi. Kimki Xudoning darajasiga ko'tarilsa chetga chiqariladi. Yahudiylar o'limga loyiq shakkokdek Isodan nafratlandilar.

YUHANNO 5:19-20
19 Bularga qarshi Iso dedi: "Sizlarga rostini aytay: O'g'il Otaning qilgan ishlarini ko'rmaguncha, O'zi kech narsa qila olmaydi. Ota nimalarni qilsa, O'g'il ham huddi shularni qiladi. 20 Chunki Ota O'g'lini sevadi, O'zi qilgan hamma narsani O'g'liga ko'rsatadi. Sizlarni taajubda qoldirgudek, bundan kattaroq ishlarni ko'rsatadi.

Iso sevgi bilanYahudiylarning nafratlanishiga javob berdi va Xudoning sevgisining ishini ko'rsatish orqali ularning nafratlanishni yuziga aytdi. Ha, O'g'il Ota qilgandek qiladi. Iso O'zi ish qilmaydi. Uning Xudo bilan birligi, bola otasini yaqindan tomosho qilib, qanday qilinayotganini ko'rish uchun qo'llariga qarab turgan yaqin bolaga o'xshagan edi. Xullas U O'zini kamtar tutdi va Otasiga ulug'vorlikni qaytarib berdi. U Otasini sharafladi. Keling biz o'zimizni Iso qilgandek Otamizning nomi bilan muqaddaslanishga chaqirilgan foydasiz xizmatkorlar deb tushunaylik.

O'zidan kechib va andisha bilan, Iso Otasining ishlarini qilib obro'-e'tibor to'pladi. Otaning hislatlari, ismlari, va ishlari Uniki hamdir. U haqiyqiy va abadiy, qodir, mehribon va ulug'dir. Uning Xudo bilan birligi mukammaldir.

Ota Xudo Masihni O'zidan kechgani uchun va Undan hech narsa yashirmagani uchun sevadi. U O'zining haqqoniyliklarini, rejalarini va ishlarini O'g'il bilan bo'lishadi. Bu iboralarda biz hatti-harakatdagi sevgining birligini, Uch birlikning uyushqoqligini aniq tasdig'ini ko'ramiz. Modomiki Ota O'g'il va Muqaddas Ruh hamma narsada hamkorlikdadir, biz Muqaddas Uch Birlikning bitmas-tugamas ishlarini faxm-idrokida dunyodagi barcha urushlarga, nafratlarga, qarshiliklarga chek qo'yishdan tasalli ololamiz. Ishda qonunchilik va sevgining o'rtasidagi zidma-zidlik qanchalik buyukdir.

IBODAT: Osmondagi Otamiz, bizlarga O'g'lingni jo'natganingdan minnatdormiz. Sen Uning ishlarida kimligingni va nima qilishligingni bizlarga ko'rsatib berding. Bizlarni sevgi ishlarini tanlash uchun hamma qonunchilik ishlaridan ozod qil. Biz aqidaparastlikdan tavba qilaylik, va o'sha ruhiy ko'rlar uchun Sendan o'tinaylik-ki ular Sening sevgingni ozodligini ko'rishsin va muloyim itoatkorlik bilan Senga bo'ysunishsin.

SAVOL:

  1. Qanday qilib va nima uchun Xudo O'g'li bilan ishlaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)