Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 025 (Rejecting Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?
2. Isoning Nikodim bilan gaplashadi (Yuhanno 2:23 – 3:21)

d) Masihni rad etish Hukmlovchiga boshlaydi (Yuhanno 3:17-21)


YUHANNO 3:17-21
17 Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O'g'li orqali qutqarish uchun O'g'lini dunyoga yubordi. 18 Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo'lgan, chunku u Xudoning yagona O'g'li ismiga ishonmagan. 19 Ilohiy hukm shundan dalolatdirki, olamga nur kelgan bo'lsa ham, odamlar nurdan ko'ra zulmatni a'lo ko'radilar; chunki ularning qilmishlari yomonlik edi. 20 Kimki yomonlik qilib yursa ,nurni yomon ko'radi, yomon qilmishlari fosh bo'lib qolmaslik uchun nurga qarab yurmaydi. 21 Kimki haqiqat yo'lini tutsa, nurga qarab yuradi, toki Xudoga tayanib qilgan ishlari oshkora bo'lsin.

Yahyo insonzotni hukm qiladigan va Uning halqidan kasal darAhdni kesib tashlaydigan Masih haqida voizlik qilgan. Lekin Iso Nikodimga o'tda yondirish uchun emas balki saqlab qolish uchun dunyoga kelganini aytdi. Bizning Najotkorimiz ajoyibdir. Yahyo suvga cho'mdiruvchi boshqa uchun to'lov to'lashning sirini tushunib yetganida , u Isoni Xudoning Qo'zisi deb nomladi.

Xudo sevgisida faqat Yahudiy halqiga O'g'lini jo'natmadi, biroq butun dunyo uchun Uni jo'natdi. "Dunyo" so'zi 17 oyatda uch marta uchraydi. Yahudiylar, G'ayriyahudiylar bilan itlardek munosabat qilishgani uchun bu ularni dovdiratib qo'ydi. Lekin Xudo Ibrohimni nasli kabi bu halqlarni ham sevdi. Hamma hukmga munosib, lekin Iso hukm qilish uchun kelmadi, balki saqlab qolish uchun keldi. Boshidan U insonzot uchun Xudoning hukmini olish uchun Uning xochida ilon ko'tarilganligining kinoyasini bajardi. Xudoning sevgisi irqchilik emas, balki hamma odamlarni O'zining sevgisi bilan qoplaydi.

Masih shunday kuchli iborani qo'llaydi, "O'g'ilga ishongan kishi hukm qilinmas." Bu hamma qo'rquvlar hukm kunidan olib tashlanadi. Shunday qilib Masihdagi imon bizlarni o'limdan ozod qiladi, va keyin biz munosib bo'lamiz. Agar Isoga ishonsang sen hukmdan ozod bo'lasan.

Biz muhtojmasmiz deb o'ylaganlar va Masihning Najotini rad etganlar ko'r va axmoqdirlar, va ular Uning beradigan inoyatidan ajralgandirlar. Masihning kuch-qudratini qabul qilmaganlar Muqaddas Ruhning nurini taqiqlab qo'yadilar. Masihning o'limidan nafratlangan yoki uni rad etgan kishi, Xudoga qarshi qo'zg'olon qiladi va o'zini vajini tanlaydi. Bizning hamma ishlarimiz yetishmaydi va biz Xudoning ulug'vorligiga qulaymiz.

Iso ba'zi insonlar Najotkorni nimaga rad etishini tushuntirib o'tadi: Ular Xudoning solihligiga qaraganda gunohni ko'proq sevishadi, va dunyoning nuri bo'lgan Masihdan toyishadi. Shunaqa ular o'zlarining gunohlariga yopishib qolishgan. Masih bizning yuraklarimizni biladi va vahshiy fikrlarimizning tomirlarini ham biladi. Insonlarning hatti-harakatlari nopokdir. Hech kim solih emas. Bizning fikrlarimiz, so'zlarimiz, va harakatlarimiz yoshligimizdan qabihdir. Bu iboralar Nikodimga qattiq tegdi, asosan uning mag'rurligini buzish uchun ularni sevish hissiyoti bilan uni tavbaga olib kelishni boshladi.

Iso, kim Masihga ishonmasa gunohiga yopishib, qabihlikni sevadi va yaxshilikdan nafratlanadi, deb qo'shib qo'ydi. Ko'plab insonlar ikkiyuzlamachi va yolg'on kulgi ostida gunohlarini yashirishadi. Ular maslahatlashgan holda yoki nodonlarcha Masihdan nafratlanishadi. Masihga gunohlaringizni tan olganmisiz? Agar gunohlaringizni tan olmasangiz, qayta tug'ula olmaysiz. Yuragingizni Xudoning nuriga oching, shunda tozalanilasiz; Xudoning Qo'zisidagi imon bizlarni muqaddaslaydi. Masihga ishonib kamtar bo'ling va nobud bo'lganingizni tan oling, va siz abadiy yashaysiz.

Imonimizning amaliy mashq qilishi degani haqiqatni bajarish deganidir. Bu Xudoning haqiqatini qabul qilishga tayyorlanish bizning yangilanishimizning holatidir. Masihning haqiqatiga kiradigan odam faqat zehn orqali emas, balki butun vujudi orqali o'zgaradi. Yolg'onchilar haqiqatgo'ylikka o'zgaradi, bukilganlar to'g'rilanadi, sotqinlar sodiq bo'lishga o'zgaradi. Qayta tug'ilganlar oldingidek yaxshi emas, lekin o'zlarini nuqsonlarini tan olganlar, va sodiq Xudo ularni kechirdi. Ularda muqaddas bo'lish boshlandi; U O'zining Ruhining ishini amalda qilish uchun ularga sevgi ruhini beradi. Xudo imonlilarda tinchlik ishiga erishish uchun Masih orqali ishlaydi.

Biz yaxshi ishlarni rad etmaymiz, lekin bular bizdan kelmaydi, aksincha Xudodan keladi. Biz olqish olmaymiz, bu Xudoning inoyatidir. Bu degani biz o'zimizni o'ylaydigan hatti-harakatlarimizga ko'ra o'z solihligimizdan ajiraymiz, va Masihning qoniga bog'liq bo'lgan inoyat solihligiga ochiq bo'lamiz deganidir. Masihda qo'lgan va qayta tug'ilgan hamma Xudoga manzur bo'ladi. Ularning hayotlari Uning inoyatiga minnatdorchilik bo'ldi. Yangi tug'ilish va muqaddas hayot Xudoga manzur bo'lgan sajda qilishdir.

IBODAT: Rabbimiz Iso, dunyo uchun hukmni O'zinga olishing uchun tashakkur aytamiz. Biz senga sajda qilamiz, chunki biz imon orqali Sen bilan birlashganimizdek hukm bilan yuzlashmaymiz. Sen bizlarni Xudoning qahridan ozod qilding. Biz Sening oldingda gunohlarimizni tan olamiz: bizlarni gunoh qilishdan tozala. Bizlarda Ruhning mevasini yarat, shunda bizning hayotimiz Osmondagi Otamiz Xudoni sevishni va sajda qilishni ko'rsatsin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Masihga ishonganlar hukmdan o'tmaydilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)