Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 125 (Sign of the Prophet Jonas)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

h) Yunus Payg'ambarning Alomati (Matto 12:38-45)


MATTO 12:38-42
38 Shunda ulamolar va farziylardan ba'zilari Isoga: “Ustoz, biz Sendan shularning biron bir dalilini ko'rmoqchimiz”, - dedilar. 39 Iso ularga javoban dedi: “Bu yovuz va subutsiz nasl dalil izlayapdi, lekin Yunus payg'ambarning alomatidan boshqa unga dalil berilmaydi. 40 Yunus payg'ambar uch kunu uch tun kit qornida bo'lgani kabi, Inson O'g'li ham xuddi shunday uch kunu uch tun yer bag'rida bo'ladi. 41 Nineviya odamlari qiyomat kunida bu nasl bilan birga tirilib, uni mahkum etadilar. Chunki ular Yunusning va'zi sababli tavba-tazarru qilganlar. Va mana, Yunusdan buyukrog'i shu yerdadir. 42 Janub malikasi qiyomat kunida bu nasl bilan birga ko'tarilib, uni mahkum etadi. Chunki u Sulaymonning hikmatini tinglash uchun dunyoning olis burchidan kelgan edi. Va mana, Sulaymondan buyukrog'i shu yerdadir.
(Yunus 2:1, Mark 8:11-12, Luqo 11:29-32, Efesliklar 4:9, 1 Butrus 3:19)

Yahudiylar ishonchdan yoki sevgidan emas, balki Masihning ilohiyligiga bo'lgan ishonchsizliklarining kechirimini topishlari uchun Isoni sinash maqsadida Undan alomatni talab qildilar. Bular shunday insonlar; ular ishonishni xohlamaydi, balki ular tortishishni va Xudoning borligi uchun tanaviy dalillarni so'rashni xohlashadi. Ular Masihga qo'shilmaydilar, yoki Muqaddas Ruhni bilmaydilar. Hech kim ularga yuraklari toshligi sababli Muqaddas Ruhning birligini isbotlab berolmaydi. Biz ham birinchi ongimiz bilan ishonmaymiz, balki Masihning sevgisi bizni Xudoning i'nomi bo'lgan imon bilan ruhlantirgan. Imon ichimizdagi shubhalarni yengib chiqishimiz uchun yuragimizning roziligini va onglarimizning ishonch jasurligini talab qiladi.

Xudoga talablarni qo'yish uchun bu mag'rur kishilar uchun tabii holdir, va keyin ular Xudoga bo'ysunmaslik uchun kechirimni tuzadilar. Hatto Masih har doyim muqaddas istaklarni va ibodatlarni eshitib javob berishga tayyordir, U buzuq hirslardan va yolg'on fikrlardan mamnun bo'lmaydi. Yomon niyyat bilan so'raydiganlar, so'rashadi lekin erishmaydilar (Yoqub 4:3).

Xudo tanqidiy imonsizlarga shu yerda “Yunus payg'ambarning alomatlari” nomlangan xochga Mixlangan Masihning buyuk tirilishi bo'lgan amaliy tajribalar va ularning insoniy tushunchasidan nari bo'lgan ilohiy alomatni berdi. Bu hukmni olib kelish va Masih bo'lib Masihning buyuk alomat bo'lish uchun rejalashtirilgan edi. Iso tirilish orqali “Xudoning O'g'li ekanini qudratli ravishda namoyon qildi” (Rimliklarga 1:4). Bu bajarilgan, kamolotga yetgan va barcha qolganlardan o'zib ketgan alomat edi. Burungi alomatlarga “agar ular ishonmasalar”, ular bunga ishonishlari mumkin, (Chiqish 4:9), va agar bu ularni ishontirmasa, hech narsa ishontirmaydi. Biroq bu tarixiy hodisaga ishonmaydigan kishi zulmatdadir. Masih tirilgandan keyin Yunus nahang balig'ning qornidan chiqqandan keyin tavba qilish uchun Nineviya xalqini chaqirgandek, xuddi shu xabarni Masih shogirdlariga voizlik qildi. Masih tirilishidan keyin, Uning ko'rinishlari va so'zlari Uning ilohiyligining aniq isbotidir. Iso o'limidan oldin shogirdlariga va odamlarga bir necha marta Uning tirilishi sodir bo'lganda ular ishonishlari uchun buyuk tirilishi haqida oldindan aytgan.

Yahudiylarning ko'plari Masih hatto ilohiy kuch bilan gapirsa ham Uni rad etishgan. Uning shavqatli so'zlari ularning quloqlariga yo'llarini topolmagan va ularning yuraklari toshdek qotib qolgan edi. Yunus payg'ambardan Xudoning Kalomini achinish bilan qabul qilib, va tavba qilgan Nineviyaliklarga ishonish amri mahol. Biroq Yahudiylar hatto Xudolarining So'zi tanada bo'lgan bo'lsa ham va ularning oralarida yashagan bo'lsa ham, ular Xudolariga qaytmadilar. Shuning uchun ularning haqiqatni bilish uchun bo'lgan intilishlari oxiriga yetdi. Ulardan boshqa hech kim Muso Qonunida gapirilmaganiga va ular solih va komilliklariga ishonishgan.

Muqaddas Kitob bizga Sheba Qirolichasi shohdagi Xudoning donoligini eshitish uchun Arabiyaning olis joylaridan uning oldiga kelganini eslatib o'tadi. Biroq Masihga yaqin bo'lgan Yahudiylar masxara qilib ularga o'zini ochib bergan Xudoning donoligini rad etdilar.

Endi, sizchi? Siz Masihning so'zini eshitishni istaysizmi? Uning buyuk mo'jizalari va tirilishi sizni siljitadimi? Siz ichingizdagi Xudoning donoligining yashashini istaysizmi? Yoki yuraklarini tosh qilib olgan va o'zlarining solihliklariga yopishib olgan Yahudiylar bilan qadam tashlaysizmi? Siz yovuz kishilardan birimisiz? Yoki chaqiruvni eshitib, ko'z yoshlari bilan tavba qilgan, Xudoning Kalomiga ishongan va Uning g'azabidan qutilgan Nineviya xalqidek tirik Rabbiyga qaytganmisiz?

Endilikda, ba'zilar Masih uch kunu uch tun Yunus kit qornida bo'lgani kabi qabirda qolmagan deb da'vo qilishadi. Ular Yuhannoga ko'ra xushxabaridan Masih Juma kuni tushda o'lib, quyosh chiqmasdan Shanba kuni ertalab qayta tirilgan deb bir natijaga kelishadi.

Bu biz quydagidek javob berishimiz uchun mantiqiy savoldir: bu kunning qismini butun kundeb o'ylash uchun og'izda aytish osson emas. Misol uchun: agar sizdan siz shahar tashqarisida nech kun bo'ldingiz deb so'rashsa, siz uch kun deb aytishingiz mumkin hatto siz agar shahardan Dushanba kuni kechqurun chiqib ketib va Chorshanba kuni ertalab qaytib kelgan bo'lsangiz ham. Odatda, Ibroniylarning kalendar kuni tun soatlaridan boshlanadigan quyosh botishidan boshlanadi; keyin kun vaqtlarining boshini belgilaydigan quyosh chiqishigacha davom etadi. Isoning ko'milishini aniqlagan o'tgan vaqt Juma kungi vaqtlarning qismi, Shanba kuni tunni, Shanba kunni va Yakshanba kungi tunning qismi edi. Ibroniycha kalendar kunining qismi to'liq kun kabi hisoblanadi. Ibroniy kalendar kunining qismi bir kun va bir tun kabi ham ifodalanishi mumkin. Shuning uchun “uch kunu uch tun” Iso yer yuzining markazida bo'lgan o'tgan vaqtning xilofligini ifodalamaydi. Kun va tunning eslatmasi 1 Shamuil 30:12 da ishlatiladi: “chunki u uch kunu uch tun hech qanday non ham yemadi va suv ham ichmadi.” Haqiqatdan ham bu vaqt to'liq uch kun emas edi balki kamroq edi, chunki u uchinchi kuni yedi. Biz Ester kitobida shuni o'qiymiz: “Uch kunu uch tun yema ham ichma ham” (Ester 4:16), keyin 5:1 da bu shunday ifodalangan, “Ester shoh qasrining ichki hovlisida turgani uchinchi kunda sodir bo'lgan.” Hatto u bu kunda inoyat topgan bo'lsa ham, bu vaqtni uch kun deb aytilgan. Biz 2 Solnoma 10:5 da ham o'qiymiz, “Uch kundan keyin mening oldimga kel,” va 12 oyatda biz odamlar Rehoboamning oldiga uchinchi kunida kelganlarini o'qiymiz. Hatto uch kunning bir qismi o'tgan bo'lsa ham (to'liq uch kun emas), xalq u nimani boshqarganini tushundilar. Ibtido 42:17-18 da uch kunning bir kichik qismi uch kun kabi hisoblangan, chunki Yusuf birinchi kunning oxirida aka-ukalari bilan gaplashgan, keyin bir kun o'tdi va keyingi kuni ular bilan gaplashdi va bu kun uch kun kabi hisoblangan. Agar inson kun botmasdan oldin yarim soatda o'lsa, bu kun to'liq kun deb hisoblangan, hatto kunduzi tugab, faqat kun botishiga bir yarim soat qolgan bo'lsa ham.

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, iltimos sodiq Ruhinga qarshi ruhlarga bo'lgan bizning sevgimiz uchun bizni kechir. Bizga O'g'lingdagi haqiqiy imonni ber, tosh bag'irligimiz uchun bizni kechir va xushxabaringni eshitishga qiziqishimiz uchun bizni saqla. Biz Sening ulug'vor tirilishing orqali barcha imonlilar bilan birga chaqiruvingni eshitganimizdayoq haqiqatdan tavba qilaylik.

SAVOL:

  1. Yovuz va zinokor avlodga kim tegishli?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)