Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 126 (Sign of the Prophet Jonas)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

h) Yunus Payg'ambarning Alomati (Matto 12:38-45)


MATTO 12:43-45
43 Yovuz ruh insondan chiqib ketganidan so'ng, rohat izlab suvsiz yerlarni aylanadi va topolmagach: 44 “Men chiqqan uyimga qaytib boraman”,-deydi. U uyga kelgach uni kimsasiz, supurilgan va yig'ishtirilgan holda topadi. 45 O'shanda borib, o'zidan yovuzroq yana yettita ruhni o'ziga ergashtiradi va uyga kirib yashaydilar. U odamning so'nggi ahvoli esa avvalgidan battar bo'ladi. Bu yomon nasl bilan ham shunday bo'ladi”.
(Luqo 11:24-26, 2 Butrus 2:20)

Yahudiylarning ko'plari Masihning chaqiruvining boshida Unga ishonishgan. Ular Isoning aytgan gaplariga va soz'lariga hayron qolib, shunda Sevgi Kishisining oldiga kelishgan. Isoning xizmati ularda yangi fikrni keltirib chiqargan. Uning Ruhi ularning fikrlarining nopok ruhlarini quvib chiqargan va Isoning so'zlari ulardagi Muqaddas Ruhning abadiy yashashi uchun yo'lni hozirlash uchun ularni tozalab muqaddaslagan.

Ulardan ko'plari boshliqlarining do'q-po'pisasi tufayli va qonunni buzuvchilarga qonun majbur qilgan qattiq jazodan qo'rquvlari tufayli Masihda mustahkam turishmagan. Shuning uchun ular asta-sekin Masihdan ketib qolganlar.

Ular Isodagi Xudoning sevgisi va ko'pirtirilgan urf-odat bo'lgan hukmlar o'rtasidagi munosabatlarini tanlashlariga to'g'ri kelgan; ishlar orqali oqlanish va inoyat orqali oqlanish o'rtasida; Muqaddas Ruh va bu yovuz asrning ruhlari o'rtasida. Shuning uchun ular insonlardan qo'rqqanlari uchun Isoni va Uning najodini tark etdilar. Bu insonlarni qondirish uchun mehribon Masihdan bosh tortish va yiqilish uchun yangi imonlilardagi eng buyuk hatardir. Shunday bechora kishi Isoning voizligini eshitgandan keyin poklangan yovuz ruhlarga chalingan insonga o'xshatiladi. Keyin, u sodiq Najodkorini qoldirib, oldingidan ko'ra yovuz bo'lish uchun ko'proq yettita yovuz ruhlarga chalinib, do'zax o'g'li bo'ladi.

Xudo bilan munosabatingiz haqida unutmang, chunki siz na ozodsiz va na mustaqilsiz. Siz ham Xudo Ruhi bilan boshqarilasiz, ham iblisning ruhlari bilan ham to'lishingiz mumkin. Agar siz atayin Masihga bo'lgan imoningizni tark etsangiz, shunda do'zax buyuk kuch bilan kelib, sizni bog'lab olib, yovuzlik va nopoklik uchun sizni oladi.

Masihda qoling, Uning ovozini qabul qilib, Uning ruhining boshqaruvlariga bo'ysuning. Gunohlaringizni tan oling va Isoning so'zlari sizning fikrlaringizni poklab, vijdoningizni tozalasin. Agar siz Isoning oldiga kelsangiz, Uning Ruhining kuchiga to'lasiz. Bu Ruh sizdagi bo'shliqni to'ldiradi va yagona Qutqaruvchiga qo'shilish uchun sizni boshlaydi. Ammo agar siz Undan qaytsangiz, siz juda ko'p yovuz ruhlarga qul bo'lish hatarida bo'lasiz.

IBODAT: Ey Vafodor Najodkor, biz chin yuragimizdan Senga rahmat aytamiz chunki Sen bizni xizmatingga chaqirding, gunohlarimizni olib, yuraklarimizni tozalading va iblis bizda endi hokim bo'lmasligi uchun va kuch ishlatmasligi uchun bizni Muqaddas Ruhingga to'ldirding. Biz do'stlarimiz va qarindosh-urug'larimiz nopok ruhlarga o'lja bo'lishdan saqlanishlari uchun ularda Hayot Ruhi yashashi uchun va ular Senga qaytib, minnatdorchilik bilan Seni qabul qilib, tavba qilishlari uchun ularni iblisning qo'lidan qutqarishing uchun ibodat qilamiz. Biz Senga to'liq o'zimizni bag'ishlashimiz uchun, qo'llaringga o'zimizni qo'yamiz, va sodiqligingda qolishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Yovuz ruh nima uchun yovuz ruhi chiqib ketgan kishiga yana boshqa yettita ruhlar bilan qaytib kira oladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)