Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 124 (Blasphemy Against the Holy Spirit)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

g) Muqaddas Ruhga Qarshi Kufrlik (Matto 12:22-37)


MATTO 12:33-37
33 Yo daraxtni yaxshi der ekansiz, mevasini ham yaxshi deng. Yoki daraxtni yomon der ekansiz, mevasini ham yomon deng. Chunki har bir daraxt o'z mevasidan bilinur. 34 Voy ilonlar zoti-yey! Sizlar yovuz bo'la turib, qanday qilib yaxshi so'zlay olasiz? Axir, odamning dilida nima bo'lsa, tili o'shani gapiradi-ku! 35 Yaxshi odam yuragining yaxshilik xazinasidan yaxshilik chiqarur. Yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqarur. 36 Men sizga deymanki: insonlar aytadigan har bir bekor so'zi uchun qiyomat kunida hisob beradilar. 37 Sen o'z so'zlaring asosida yo oqlanasan, yoki ayiblanasan”.
(Luqo 6:43-45, Yoqub 3:6, Yahudo 15)

O'rik mag'izi hurmo daraxtini yetishtirmaydi. Insonning hulq-atvori va so'zlari uning ichki borlig'ini ochib tashlashi ayondir. Sizning so'zlaringiz yuragingizdagini ifodalaydi, yuragingizda jahl bormi yoki hursandchilik.

Yurak daraxtning ildizidir, til mevasidir. Agar darxtning tabiyati yaxshi bo'lsa, bu daraxt shunga ko'ra hosil keltiradi. Yurakda inoyat qoida boshqaruvchisi bo'lsa, til ta'limning tili bo'ladi. Bir tomondan, hirs yuraklarda hukmronlik qilsa, bu toshib ketadi. Kasallangan o'pka og'riqli nafas chiqaradi. Bir odamning tili ular qaysi mamlakatdan ekanini oshkor qiladi, shunga o'xshab, bir insonning harakatlari ular qanday ruhning tarzi ekanini ochib beradi. Yuragingiz pok bo'lsin va shunda siz pok og'izga va pok hayotga ega bo'lasizlar. Yoki “yomon daraxt yomon meva beradi.” Siz nordon olma daraxtini yaxshi bir daraxtdan butoqlash bilan buni yaxshi darxt qilishingiz mumkin, shunda hosili yaxshi bo'ladi. Lekin agar daraxt bir yerda tursa, siz istagan yerga o'tqazing, istaganingizcha uni sug'aring, hanuz hosil bermaydi. Agar yurak o'zgarmasa, hayot hech qachon o'zgarmaydi.

Farziylar Iso Masih haqidagi yovuz fikrlarini yashirishni izladilar. Masih bu ulardagi achchiq ildizni yashirishni izlash ular uchun qanday foydasiz ekanini eslatib o'tadi.

Kim har doyim faqat yaxshi narsalarni aytadi? Hech kim! Chunki yaxshilik qiluvchi hech kim yo'q. Yomon fikrlar, zino, hirs, qotillik, yolg'on gapirish, o'g'irlik, manman, nafrat va qasos yuragimizdan kelib chiqadi. So'zlarimizdan kelib chiqqan bu fikrlar buzuqligimizni ochib beradi. Masih shunday deb bizning holatimizni ochib bergan, “Hey ilonlar zoti! Siz yovuz bo'la turib, yaxshi narsalarni gapirasiz?” Xudo Ruhidan tug'ilmagan har bir kishi iblisning izdoshlaridan biri bo'lish uchun u tomonidan boshqariladi. Shunda u yovuzlik va qasos bilan to'ladi va undan hech qanday yaxshi fikr yoki yaxshi harakat kelib chiqmaydi.

Biroq Masihning qoni sizni tozalaganda, va Muqaddas Ruh yuragingizga kirganda, siz hursand, muloyim, pok va tinchlik o'rnatuvchi bo'lasiz. Bu mevalar sizdan emas, balki sizda ishlaydigan Xudo Ruhining in'omidir. Masih tok va biz novdalarmiz, va biz yetishtiradigan barcha yaxshi mevalar Undandir, chunki U yuragimizning yaxshi xazinasidir.

Og'zingizdan chiqadigan har bir so'zni Xudo yozib olishini unutmang. Inson yozib oluvchilardan foydalanish orqali odamlar o'rtasidagi gaplarni yozib olishga qodir bo'lgani kabi, Xudo ham sizning shubhalaringizni, yolg'onlaringizni va nopokliklaringizni bilishga qodirroq va ularni yozib ololadi. Siz oxirgi hukmda hukm bo'lasiz. Siz Taollo va insonlar oldida yer-yuzidaligingizda aytgan har bir gapingizni eshitasiz. Siz yer og'zini ochib boshqalar sizni ko'rishidan ko'ra sizni yutib yuborishini afzal ko'rishdan mag'lubiyatga uchraysiz.

So'zimizning doyimgi tarzi, bu ahloqiymi yoki ahloqsizmi bizga qarshi yoki biz uchun bu buyuk kunda shohid bo'ladi. Solih bo'lib tuyilgan lekin tillarini tiyib olmaganlar, o'z vijdonini aldagan bo'ladi va uning dindorligi befoyda (Yoqub 1:26).

Lekin agar siz Masihning qonining kuchiga ishonib, hamma gunohlaringizni tan olsangiz, Iso mehribonchiligi orqali sizning hamma yovuz so'zlaringizni yuvib tozalaydi, yozuvlar plastinkadan o'chirilgani kabi, hech narsa qolmaydi balki sizning iliq ibodatlaringiz, yaxshi guvohliklaringiz va foydali so'zlaringiz qoladi. Sizning imoningiz so'zlaringizda ko'rinadi, va bu sizni qiyomat kunida oqlaydi. Yovuz shaytonda sizning ustingizdan na kuch va na hokimyat bo'ladi, chunki siz gunohlaringizni olgan Masih bilan birlashdingiz. U sizni hukm qilmasdan oqladi va to'liq pokladi. Unga rahmat aytasizmi?

IBODAT: Rabbiy Iso, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen bizning hamma natog'ri so'zlarimizni va ayiblarimizni kechirding va biz toza fikrlarni o'ylashimiz uchun, hamma insonlarni sevishimiz uchun, hatto dushmanlarimizni sevib, tinchlikda yashashimiz uchun ichki borlig'imizni tozalaysan. Bizni mag'rurlikdan va Ruhinga qarshi turishdan saqla. Biz Senga itoat qilishimiz uchun va kundalik hayotimizda Sening irodangni bajarishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Ilonlar zoti kimlar? Va solih kishi kim?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)