Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 067 (Preaching in Antioch)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

3. Anatoliyaning Antioxiya shahrida Voizlik qilish (Havoriylar 13:13-52)


HAVORIYLAR 13:44-52
44 Kelgusi shanbada shaharliklarning qariyb hammasi Xudoning kalomini eshitish uchun yig'ilishdi. 45 Lekin shuncha xaloyiqni ko'rgan yahudiylar hasadga to'lib, Pavlusning aytayotgan so'zlarini inkor qilgach, haqoratga o'ta boshladilar. 46 Shunda Pavlus bilan Barnabo jasorat bilan javob berib dedilar: “Xudoning kalomini birinchi navbatda siz, yahudiylarga targ'ib qilmoq kerak edi. Ammo sizlar uni rad qilib, o'zlaringizni abadiy hayotga noloyiq ko'rdingizlar. Shundan buyon biz boshqa xalq vakillariga murojaat qilamiz. 47 Chunki Xudovand Tavrotda bizga vasiyat qilib degan: “Seni turli xalqlarga nur berishga qo'ydim, Zamin chetlariga qadar najot keltirgin deya”. 48 G'ayriyahudiylar buni eshitgandan so'ng sevinib, Rabbimizning kalomini ko'kka ko'tarishdi, abadiy hayotga tayin bo'lganlarning hammasi esa imon keltirishdi. 49 Shu tariqa Rabbimizning kalomi butun mamlakat bo'ylab yoyilib borar edi. 50 Biroq yahudiylar xudojo'y va e'tiborli ayollar va shuningdek, shaharning nufuzli odamlarini Pavlus va Barnaboga qarshi qo'zg'atib, ularni o'z yurtlaridan quvib chiqazdilar. 51 Shunda Pavlus va Barnabo oyoq changlarini ularga siltab qoqib, Ikoniya shahriga ketishdi. 52 Shogirdlar bo'lsa, sevinch va Muqaddas Ruhga to'lib-toshib borardilar.

Muqaddas Ruh Pavlusni boshqardi va uni Ruhning ishlashining mo'jizalari ko'ringan joy Anatoliyaning Antioxiya tumaniga Masihning xushxabarini rad etish bilan o'zini ayirgan go'zal Kipr orolidan unga boshchilik qildi. Butun shahar havoriyning shahodati orqali oyoqqa turdi. Yetti kun mobaynida shanbadan shanbagacha Pavlus va Barnabo solihlikka och bo'lgan odamlarga juda ko'p gapirdi. Ikkalalari ularga Isodagi umidni e'lon qilishdi, shunda Antioxiyadagi Rabbiyning dalasi haydalib sug'orildi.

Ibodatxona oqsaqollari ko'plab G'ayriyahudiylar Yahudiylikka yoki qonunga bo'ysunmasdan o'limdan tirilgan Isoga bo'lgan imon orqali gunohlar kechrilishini qabul qilish uchun ibodatxonalariga ketishyotganini ko'rishganda bu xushxabarni rad etib Isoga qarshi kufrlik qilishdi. Yuzlab najot xabari uchun kutayotgan ruhiy och odamlarni ko'rish daxshatli, holbuki Yahudiy oqsaqollari Pavlus xushxabarini davom etirib gapira olmasligi uchun unga qarshi bo'lib, unga qarshi baqirdilar.

Bu havoriy so'zlashdan to'xtab, Yahudiylarga jasorat bilan to'g'ridan-to'g'ri murojat qilishni boshladi: “Muqaddas Ruh sizning oldingizga meni boshladi, najot xushxabarini birinchi navbatda siz eshitishingiz kerak, chunki Xudo ota-bobolaringizni tanlashi orqali sizda Unda bo'lgan to'g'rilik va ulush bor. Holbuki, siz Masihning hayotini qabul qilish uchun o'zingizni noloyiq ko'rdingizlar va shuningdek sizlar qonunning xizmatkorlaridek o'lik ruhingizda davom etasizlar. Siz o'zini qutqarishdagi nohaqlikka ishonib, kechirimsiz yashaysiz; holbuki, siz Xudo bilan bo'lgan qattiq qo'l hukmga qulaysiz. Quddusda haqiqiy Masihni rad etgan birodarlarningizga o'xshab, sizlar ham xuddi shunday qilasizlar.

Biroq biz faqat Eski Ahdning a'zolariga bog'lanib qolmaymiz, chunki Masih bizni G'ayriyahudiylarga jo'natgan. Bu dunyo bo'ylab tarqalgan e'lon orqali biz G'ayriyahudiylarga Nur bo'ladigan va dunyoning oxirigacha najotning asoschisi bo'lgan Masih haqida dalolat bergan Ishayoning payg'omini amalga oshiramiz (Ishayo 49:6).

Pavlusda kuchli imon bilan Ishayo payg'ambarning bu payg'omi orqali G'ayriyahudiylarning havoriysidek lavozimini olgan u haqidagi bu payg'omni tushunish uchun jasorat bor edi. Pavlus “Masihda” edi va u o'zining nurini tovlantirmadi balki o'zida Masihning nurini porlatdi. Najotkor hozirgacha yuz milyonlab odamlarni saqlash uchun Pavlusning voizligidan foydalandi. Hech kim Xudoning sevgisi orqali boshqarilgan bu havoriy qilganiga o'xshab Masihdagi qutqarishni, muqaddaslikni va oqlanishning ma'nosini bizga hech qachon aniqlab bermagan.

Buyuk olomon Yahudiy va ikki havoriylarning o'rtasida chiqayotgan tanbehlarni va dakkilarni diqqat bilan tingladilar. Ular Pavlus va Barnabo kamtarlik, sevgi, achinish va og'irlik bilan to'lib, tinchlanishganda, Yahudiylar alanga, nafrat, g'azab va kufrlik bilan to'lgan edilar. Ular najot uchun faqat Yahudiylar tanlanmasligini balki haqiqatdan ham Iso Masihga ishongan har bir imonli tanlanishini aniqlab berdilar. Bu tinglovchilar Xudoning sevgisini so'zlovchilarda sezdilar va hatto ular havoriylar aytyotgan buyuk va chuqur narsalarga to'liq tushunmagan bo'lsalar ham ular orqali gapiryotgan Ruhga ishondilar.

Ko'p G'ayriyahudiylar hamma inson uchun najot tayyorlanganligiga ishonib ikki havoriylarning shahodatlaridan sevinib ketdilar. Hatto ularning hammalari imonda kuchli bo'lmasalar ham juda quvonib ketdilar. Ba'zilarning qiziqishlari ozayib ketdi. Faqat Najotkorga to'la o'zlarini bag'ishlab najotga chuqur kirib borganlar Masihda davom etishdi. Hammalari davat etilganlar lekin ozchiliklari tanlandilar. Luqo abadiy hayotni qabul qilishga tayyorlangan insonlarni va yuraklarni biladigan yagona Xudodagi bu sirni tushuntirib bergan. Agar osmondagi Ota uni chorlamasa, hech kim Isoga kelmaydi. Biz bilamizki Xudo barcha insonlarni saqlanib qolishini istaydi. Lekin ularning hammasi kelmaydi. Har bir imonli o'zidagi buyuk sirni boshqaradi. Bizning imonimiz Xudodan bo'lgan in'om va yorliqdir. Bu uchun Isoga rahmat aytasizmi? Siz hamma ishonchsizlik haqorat ekanligini bilasizmi va kim Isoni rad etsa Qiyomat Kunida hukm bo'lishini bilasizmi?

Najot bilan to'lganlar o'zlarining atroflariga Antioxiyadagi markazdan Muqaddas Ruhning hursandchiligini tarqatishadi. Har bir yaxshilanishning belgisi bunga o'xshab voizlik bilan ba'zi yo'lda boshlanadi. Xushxabarga dalil keltirganlar hech qanday to'lovni qabul qilishmagani yoki hech kim ularni mahsus manzilgohga boshlamaganligi shubhasiz edi. U Masihga ergashganlarni boshqaryotgan va ishlayotgan Muqaddas Ruh edi.

Hanuz shayton ruhi qonunni saqlash uchun bahona qilgan dindor mutahassislarda o'ylamasdan ham ishlayotgan edi. Anatoliyaning Antioxiyadagi Yahudiylar Antioxiyalik ayollarning oldiga kelib adashganlarni shaharlaridan quvib chiqarishlari uchun erlariga bosim olib kelishlari uchun ta'sir o'tkazishdi. Yolg'on va hokimyat xushxabar tarqalishiga qarshi bo'lish uchun qarshilik yo'lidir. Lekin Rabbiyning Ruhi quvg'inga sabr-toqat bilan chidagan imonlilarda zafar qozondi. Bosim o'rtasida ular Muqaddas Ruhning hursandchiligida kuchga kirdilar.

Masih shogirdlariga rad etilganlarida ustilaridagi changni qoqib ketishlariga buyrug' berganiday, Pavlus va Barnabo ham bunga qarshi oyoqlaridagi changni qoqib, shaharni tark etdilar. Ularni rad etganlarni Xudoning hukmiga topshirishlari kerak edi. Siz Muqaddas Ruhning xursandchiligi bilan to'lganmisiz? Yoki siz Xudoning hukmiga tushishingizni bilib Masihning najotini rad etasizmi?

IBODAT: Ey Rabbim Iso, Sen xochdagi o'liming orqali insonlarni saqlab qolganing uchun va hayot Ruhingni har bir imonliga berganing uchun minnatdormiz. Biz xushxabaring bilan to'lib, ular dunyoning nuri bo'lib, Sening chaqirig'ingni eshitish uchun tayyor bo'lganlarni tanlashing uchun, xalqimizning har bir shahri uchun Senga ibodat qilamiz. Omin.

SAVOL 67: Pavlus G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun o'zining haqligiga qanday qilib dalolat keltirdi? Dindorlar bu imonni qanday tushundilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)