Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 065 (Preaching in Antioch)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

3. Anatoliyaning Antioxiya shahrida Voizlik qilish (Havoriylar 13:13-52)


HAVORIYLAR 13:13-25
13 Pavlu va unga hamroh bo'lganlar Pafos shahridan suzib ketib, Pamfilyaning Pergiya shahriga kelishdi. Yuhanno esa ulardan ajralib, Quddusga qaytib bordi. 14 Ular Pergiyadan yana yo'lga chiqib, Pisidya yurtidagi Antioxiya shahriga borishdi. Shanba kunida yahudiylarning ibodatxonasiga kirib o'tirishdi. 15 Tavrot va payg'ambarlar kitoblaridan qiroat tugagach, ibodatxonaning jamoaboshlari ularga kishi yuborib: “Erlar, birodarlar, agar xalqqa beradigan nasihat so'zlaringiz bo'lsa, marhamat qilib aytinglar”, - deyishdi. 16 Pavlus oyoqqa turdi va qo'li bilan ishora qilib: “Ey Isroil erlari va barcha Xudodan qo'rqqanlar, tinglangiz! - dedi. 17 – Bu xalqning, Isroilning Xudosi ota-bobolarimizni tanladi. Ular Misr yerida, g'urbatda yashaganida, Xudo ularning martabasini baland qildi. So'ngra O'zining muzaffar qo'li bilan ularni u yerdan olib chiqdi. 18 Qariyb qirq yil sahroda ularning kirdikorlariga chidadi. 19 Kan'on mamlakatida etti elatni halokatga yo'liqtirib, ularning zaminini Isroil xalqiga nasib qildi. 20 Bu hol qariyb to'rt yuz ellik yil davom etdi. Shundan so'ng, Shomuil payg'ambar zamonigacha Xudo ularga qozilarni berdi. 21 Buning izidan xalq podshoh talab qildi va Xudo Benyamin nasl-nasabidan Kish o'g'li Shoul degan mardni ularga qirq yil podshoh qilib berdi. 22 Uni taxdan tushirgandan keyin esa, ularga Dovudni podshoh qilib berdi. Xudo Dovud haqida shunday shahodat berdi: “Men ko'nglimdagiday bir odamni – Ishay o'g'li Dovudni topdim; butun istaklarimni u bajo keltiradi”. 23 Xudo bergan va'dasiga movofiq, Dovud zurriyotidan Isroilga Najotkorni - Isoni yubordi. 24 Isoning kelishidan burun Yahyo payg'ambar butun Isroil xalqini tavba-tazarru qilishga va suvda imon keltirishga undab yurdi. 25 Yahyo o'z faolyatini yakunlayotganda: “ Sizlar meni kim deb hisoblaysizlar? Men Masih emasman. Lekin mendan keyin Kelayotgan bor, ana men Uning choriq iplarini yechishga ham munosib emasman”, - degan edi.

Kiprdagi zulmat kuchi ustidan Masihning zafariga ergashib, hanuz oroldagi jamoatlar barpo bo'lishining qiyinchiligi tufayli u Barnaboning ona yurtida Muqaddas Ruh ularni voizlik qilishini xohlamaganligi Pavlusga ayon bo'ldi. Shunda u turib shogirdlari bilan baland Anatoliya tog'lariga va qirg'oqlari tomon suzib ketdi. Balki Barnabo va jiyani Yuhanno issiq Kipr orolida qolishni va u yerda jamoatlar barpo qilish uchun sabr-toqat bilan va qunt bilan ishlashni avzal ko'rgandirlar. Lekin Pavlus uning yo'li Anatoliya tomon ekanligini bilar edi. Rahimdil Barnabo o'zining hamkor ishchisi Pavlusdan ketib qolishni xohlamagan edi, shunda u bir xizmatda birga ularga qo'shilgan Muqaddas Ruhning buyrug'ini buzsa ham o'zining ona yerini tark etishni tanladi.

Pavlus qirg'oq yaqiniga Rabbiyning kuchida o'zining jamosi bilan suzib bordi. U Antioxiya shahriga yaqin bo'lgan Kesris daryosidagi Pergiyada uzoq qolmadi, balki chamasi 160 kilometr tomon jonadi. Ular mustahkam 8 kun safarlarida, havf-hatarlar o'rtasida, hordiqda, issiqda, ochlikda va chanqovlikda baland tog'lar cho'qqilarini oshib o'tdilar. Quddusdan bo'lgan yosh Yuhanno bu safar bilan yoki shunday uzoq narsalarning rivoji bilan rohatlanmadi. U ikki havoriylarni tark etib uyiga qaytib ketishga qaror qildi. Hanuz Barnabo yana bir bor o'zining qarindoshi bilan birga bo'lishdan ko'ra Shoul bilan qolishni afzal ko'rdi. U na Rabbiyning xizmatini davom ettiradigan va na bu topshiriq uchun tanlangan jiyani bilan zo'rg'a hayirlashdi.

Pavlu va Barnabo boshqa sheriklar bilan birga dengiz tepasidan 1000 metr bo'lgan Anatoliya kengliklarida joylashgan eng muhim savdo shahri bo'lgan Asiya Minoridagi Antioxiyaga siljishdi. Ular Antioxiyaga yetib kelishganda ular birdaniga umumxalq maydonidagi shaharga voizlik qilishmadi, balki birinchi Yahudiya ibodatxonasiga kirib kelishdi. Vaqtlar o'tishida Ibrohim bolalari haqiqiy Xudoning nuruni qabul qilishgan. Pavlus ularga butun dunyo uchun ilohiy nurning barkamoli bo'lgan Isoni va Uning ulug'vorligini ularga olib kelishi haqida voizlik qilishni xohladi. Vrach Luqo Pavlus u yerda topshirgan bu suhbat Yahudiy ibodatxonasida Pavlus topshirgan boshqa barcha suhbatlar uchun namuna deb yozgani hisoblansa bo'ladi.

Buning maqsadi Iso Masihning haqiqati haqida Eski Ahd odamlarini ishontirish edi. Agar biz bu suhbatga chuqur kirib borsak, biz Pavlus va Barnabo qanchalar Yangi Ahdga Aski Ahd kirish va negiz bo'lishini hisoblagan Payg'ambarlarga va Qonun voizligiga va o'zlarining imonlariga suyanishganini ko'ramiz.

Biz u yerda Eski Ahd odamlarining ahloqiy hayotining oliy navini qadirlagan va Xudo yagona fikri bilan zavqlangan, Xudoga sajda qilgan kishilar Yahudiylar bilan Antioxiyadagi jamoatda ba'zi G'ayriyahudiylar ham uchrashyotgan edilar. Pavlus Yahudiylarga qilganidek buyuk hurmat bilan urf-odatni mahkam tutadigan imonlilarga gapirdi. Pavlus qayerga borsa ham Xudoni hurmat qilib Undan qo'rqadiganlardan va shunday odamlar bilan sog'lom jamoatlarni barpo qildi.

Xudoning ishini tasvirlab beradigan 17 – 25 oyatlarda o'n to'rtta oyatlarni o'qishimizga diqqat qiling. Siz Eski Ahd hikoyasi na inson xurofotiga va na tiologik kashfiyotiga qurilganini balki Xudoning harakatlarining haqiqiy dasturiga qurilganini tushinib yetishingiz mumkin. Agar siz tubdan Xudo Jabborligini va barchaning Egasi ekanligini tushinib yetmasangiz Aski va Yangi Ahdni tushuna olmaysiz. Odamlarning taqdiri siyosatlar, ofatlar yoki imkoniyat orqali harakatlanmaydi, balki faqat Xudo orqali harakatlanadi. U odamlarni xizmati tufayli tanlamaydi balki inoyatli ekanligadan tanlaydi. U so'ziga bo'ysunmaydigan kishini rad etadi. Siz donolikni o'zlashtirishingiz uchun Xudoning ishini tushuntirib beryotgan barcha oyatlarning xar hil ma'nolarini o'rganing.

Uning ota-bobolarni tanlashida, Xudo dunyo najotining tarixini boshlab yurdi va Masihning kelishi haqidagi xohishining rejasini ham amalga oshirdi. Bu ilohiy tarixni bajarishda Rabbiy Eski Ahd xalqini qullikdan ozod qildi. Xudo buyuk sabr-toqat bilan cho'lda ularning g'alayoniga chidadi va ularning talabi bilan ularni boshqarish uchun solih hukmdorlarni tayinlab ularning ustidan shoh qo'ydi va Kan'onda ularga kelishuv yerini taqdim qildi. U G'ayriyahudiylarning havoriysi nomlangandan keyin o'zining saltanatining boshida ajoyib misol bo'lgan Shoulni ularning birinchi shohi bo'lish uchun duo qildi. U yosh kishidek “Shoul” degan shahona ismidan fahirlandi, lekin u Shohi Iso bilan uchrashganda, u misoldek Isoning kamtarligini oldi. U “Shoul” ismini olib tashlab “Kichik” degan ma'noni beradigan “Pavlus” deb o'zini nomladi.

Xudoning tarixi Rabbiyga ma'qul deb topilgan shoh Dovutda aniq bo'ldi. U gunohidan tavba qilib, Xudoning irodasini qidirdi. 3000 yillardan beri odamlar ibodat qilib kelayotgan ibodatlar va Muqaddas Ruh Zabur honishlari undan oqib chiqdi. Masihning O'zi Dovud aytgan ba'zi payg'omlarni tasdiqladi. Biroq Yahudiylar Xudoning va'dalari hali bajo bo'lgani yo'q deb o'ylashdi. Ular har doim ajablanishardi: “Abadiy Xudoning O'g'li degan Uning haqiqatidagi Dovudning naslidan kelishi uchun va'da berilgan O'g'il qayerda?” Barcha Yahudiylar ularning xalqini boshqaradigan va hamma odamlarni tinchlik olamiga boshqaradigan kutilgan ilohiy Shoh Masihni kelishini va bu va'dani bilishar edi. Pavlus tinglovchilariga dunyoning Najotkori, Xudoning O'g'li bu dunyoga kelgan Nasroniylik Iso bir tarafdan Dovudning O'g'li ekanligini tasdiqlab, bu qisqa bayonni ularga gapirdi. U hamma Rim Qaysarlaridan ham buyukroqdir, chunki U haqiqiy Inson, haqiqiy Xudo, abadiy, muqaddas va ulug'vordir.

Bu tortishuvdan keyin Pavlus ba'zi Yahudiylar suvga cho'mdiruvchi Yahyoni Masih deb o'ylashga sabab bo'lgan hatto Asiya Minoriga ham tavba qilib suvga sho'mish xabari tarqalgan Yahyo haqidagi haqiqatlarni eslatib o'tdi. Pavlus suvaga cho'mdiruvchi Yahyo o'zini Isoga solishtirilishga nomunosib hisoblaganligini aniqlab berdi. Hatto u Iso uchun eng ma'nodor lavozimda ham tadbiq etilishga nominosib va Uning yolg'iz xizmatkori edi. U shiddatli xohish bilan Masihning kelishini kutgan va shogirdlaridan Isoning yo'lini tayyorlashlarini xohlab, shogirdlarini Rabbiyning kelishi tomon boshlagan.

IBODAT: Ey ulug'vor, Hukmdor Rabbiy, biz fikrlarimiz va o'zligimizga fikrimizni qaratmasligimiz uchun balki Sening ishlaringa dalolat berish uchun va boshqalarga xushxabarni aytish uchun Sening tarixing zanjirida halqa bo'lishimiz uchun yordam ber. Bizning kelajak rejamiz boshqaruvchi emas balki bizning Rabbimiz bo'lgan Sensan. Sening shohliging butun dunyoga va bizga kelishi uchun ismingni tan olishga bizni o'rgat. Omin.

SAVOL 65: Insonlar bilan Xudoning tarixining maqsadi va kuchi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)