Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 061 (Peter’s Deliverance)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

12. Farishtaning Qo'lida Butrusning qutqarilishi (Havoriylar 12:7-17)


HAVORIYLAR 12:7-17
7 Nogahon Xudovandning farishtasi Butrusning yonida paydo bo'lib, hujrada nur porladi. Farishta Butrusning biqiniga turtib: - Tezroq o'rningdan tur! - deb uni o'yg'otdi. Shu ondayoq qo'llaridagi zanjirlar tushib ketdi. 8 farishta Butrusga: - Kamaringni bog'la, choriqlaringni kiy! - dedi. U shunday qildi. Keyin farishta: - To'ningni kiy, orqamdan yur! - dedi. 9 Butrus chiqib, uning orqasidan ketdi. Faqat farishta qilayotgan ishning o'ng yoki tush ekanini uqmay, vahiy ko'rayotganini o'ylar edi. 10 Birinchi va ikkinchi qorovulxonalardan o'tib, shaharga chiqadigan temir darvozaga kelishdi. Darvoza o'zidan-o'zi ularga ochildi. Tashqariga chiqib, bir ko'chani bosib o'tishdi. Nogahonda Butrusning yonidagi farishta g'oyib bo'ldi. 11 Butrus o'ziga kelgach: Endi men chindan ko'rdim, Rabbim farishtasini yuborib, meni Hirod qo'lidan va yahudiy xalqining butun qasd-adovatidan qutqazdi, - dedi. 12 U bo'lib o'tgan voqealarning farqiga yetgan zahoti Mark laqabli Yuhannoning onasi Maryamning uyiga yetib keldi. U yerda bir talay odam to'planib, ibodat qilayotgan edi. 13 Butrus darvozani taqillatgach, Roda ismli bir xizmatkor qiz quloq solgani chiqdi. 14 Butrusning ovozini tanib, sevinganidan darvozani ochmay ichkariga yugurib, uning tashrifini bildirdi. 15 – Aqling joyidami? - deyishdi ular qizga. Lekin qiz o'z aytganini tasdiqlayvergach, ular: - uning farishtasidir, - deyishdi. 16 Shu orada Butrus taqillatishda davom etdi. Ochganlarida uni ko'rib hayron qolishdi. 17 Butrus ularning jim turishi uchun qo'li bilan imo qilib, Rabbimiz uni qanday zindondan chiqarganini gapirib berdi. So'ng: - Ularni Yoqub va boshqa birodarlarga bildiringlar! - deb, u yerdan chiqdi-da, boshqa joyga ketdi.

Antoixiyadagi jamoati Quddus jamoati quvg'in ostidaligida gullab yashnayotgan edi. Isoga yaqin bo'lgan uch shogirdlarning biri Yoqub Butrus mo'jizaviy qutqarilgan payitda o'ldirildi. Bizga Xudoning yo'llari yashiringan bo'lishi mumkin, hanuz biz samoviy Otamiz O'zida sevgi ekanligiga ishonsak bo'ladi. Shuning uchun biz Undan Uning mehribonligiga va shavqatiga ishonib, hayotimizning hamma bosqichlari davomida Uning mexru shavqatiga to'la ishonchni bizga hadya qilishini so'raylik.

Butrus bu havfdan qo'rqib ketmadi, hatto bu haqiqat va bo'sag'ada bo'lsa ham. U tinch vijdonining solihligi va samoviy Otasining qo'llab-quvvatlashiga ishonishi orqali tinchgina uxlab yotdi. U qo'llarini bog'langan zanjirlarni yoki ikki yog'idagi soqchilarni payqamadi. Tunda uning oldiga farishta kelganida samoviy alanga yonganidan ham qo'rqmadi. U juda qattiq uxlab yotgan edi shunda farishta uni uyg'otish uchun qattiq siltashiga to'g'ri keldi. U ovoz chiqarmasdan zanjirlar qanday qilib qo'lidan tushib ketganini ko'rdi. U hali ham charchov alanjida kiyimlarini kiydi. Onalar bolalari maktabga borishlaridan oldin ularni uyg'otib ularga kiyinishga yordam berishganida ularga g'amhorlik qilishganidek farishta unga g'amho'rlik qildi. Juda qattiq berkitilgan temir darvoza g'irchillamasdan ochildi va tovushsiz ularning orqalaridan bekildi. Uxlab yotgan posbonlar bu sekingina qochishdagi birorta harakatni payqashmadi. Xudoning qudrati barcha to'siqlar ustidan g'olib keldi. Biror kim qutqarish imkoniyatini hatto o'ylay olmagan joyda Xudo qutqarishga qodir. Otamizning kuchi biz bilgandan ham buyukroqdir.

Farishta bir shahar ko'chasiga yetib borishganda Butrusni tark etdi. Tunning sovuq shamoli Butrusni to'la uyg'otib yubordi. U darhol uning qochishida aralashgan havf haqida, uning ushlanishining imkoniyatini va boshqatdan qo'lga olinganligi haqida ogoh bo'lmadi. Biroq u samoviy Otasi u haqida g'amho'rlik qilganini tushunib quvonib ketdi. Dunyoda hech kimsa uni ko'plab posbonlardan qutqara olmagan. U Shoh Hirodning havfsalasini pir qilgan va O'zining jamoatini qutqargan Rabbiy edi.

Butrus havoriy Markning onasining uyiga hursand bo'lib shoshildi. U yerda imonlilar qanday bo'lsa ham Xudo havoriylarning orasidagi eng mardini yovuz maqsatdan qutqarishi uchun to'planib kunu tun ibodat qilayotgan edilar. Butrus eshikni taqillatganda, xizmatkor qiz javob berish uchun yaqin keldi. Bu qiz uning ovozini tanishi bilan, u hursand bo'lib va hayajonlanib orqasiga yugurib borib ularga aytdi.

Lekin hech kim unga ishonmadi. Ular qiz balki arvoh ko'rgandir, yoki yolg'on nayrangni eshitgandir deb unga aytishdi. Boshqalar Butrusning himoyachi farishtasi qizga ko'ringan deb maslahat qilishganda, ba'zilar uning tovushi haqida gumon qilishdi. Ular Butrus qutqarilishi uchun ibodat qildilar, lekin ular Xudo ularning ibodatlariga javob beradi deb ishonishmagan, asosan ular Yoqub uchun ibodat qilishganda bir necha kun oldin kallasidan judo bo'lgan edi. Ular bu soatda Xudoning irodasini bilmasdan umid va gumon o'rtasida ibodat qilishdi. Ular samoviy Otaning irodasi bo'lishini so'rab, samoviy eshikni taqillatishni davom ettirishdi.

Tunning sovug'ida eshikning oldida turgan kishi ham taqillatishni davom ettirdi. Oxiri ibodat qilayotganlar eshik ochilishini istab, haqiqatdan ham tashqarida kimdir turganini payqashdi. Ular Xudo ularning ibodatlariga javob berganiga va Uning qudrati yovuz shoh ustidan ochib berganiga hayron qolishdi. Ular farishtaning qo'lida uning qutqrilish mo'jizasi haqida eshitishganida, ularning maqtovlari hatto buyukroq bo'ldi va samoviy Otalarining donoligiga bo'lgan ularning ishonchi kuchaydi.

Keyin Butrus Quddus jamoatining boshi bo'lgan va bag'ishlangan ibodat uchun tanilgan Isoning ukasi Yoqub uning zindondan ozod bo'lganligi haqida xabardorligini so'radi. Balki Yoqub Yahudiy Oliy Kengashidan ba'zi qabul bilan uchrashgandir, chunki hatto u Masihiy bo'lsa ham, u savob ishlarsiz imon o'likdir deb hisoblab qonunga sodiq qolgan edi. Uning xudojo'yligi va ulug'lanish uchun ko'tarilgan uning yarim akasi bo'lgan Isoga uning itoatkorligi ko'plab samimiy ibodatlar va amaliy xizmatlar orqali ko'rsatildi.

Bu hukumdor barcha Masihiy sardorlarni o'ldirishni rejalashtirayotgan bo'lishi mumkin edi. U Butrusning ikkinchi marotaba qutqarilishidan juda qo'rqar edi. U o'zinikidan ko'ra buyukroq kuchni sezdi. Shuning uchun u sekingina va ikkilanib Quddusni tark etdi, chunki odamlar to'satdan g'oyib bo'lgan Butrusning umumiy sudini hali ham kutishyotgan edi. Hirod zaharlanish orqali tashvishlanishi va ayiblari bilan birga nufuzi haqida unutishni qidirib Kesariyaga ketdi.

IBODAT: Ey Rabbim, Sen Butrusni zindondan olib chiqqaning uchun va Quddusdagi jamoatingni doimiylik quvg'inlardan saqlab qolganing uchun minnatdormiz. Sen hatto bugun ham Zafarli Xudosan. Muqaddas Ruhing bilan bizlarni to'ldir va bizga imonni, ibodatni va qunt qilishni o'rgat. Omin.

SAVOL 61: Ibodat qilish uchun to'planganlar Butrus eshik oldida turganini ko'rganlarida nimaga hayron bo'lishdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)