Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 045 (Simon the Sorcerer and the Work of Peter and John; The Ethiopian Treasurer)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

2. Sehrgar Simun va Samariyadagi Yuhanno va Butrusning Ishi (Havoriylar 8:9-25)


HAVORYLAR 8:14-25
14 Quddusda qolgan havoriylar esa, samariyaliklar ham Xudoning kalomini qabul qilibdi, deb eshitganlarida, Butrus bilan Yuhannoni ularning oldiga yuborishdi. 15 Butrus bilan Yuhanno u yerga kelgach, samariyalik imonlilar Muqaddas Ruhni qabul qilishi uchun ibodat qilishdi. 16 Chunki ularning birortasiga ham Muqaddas Ruh tushmagan edi. Ular Isoni Rabbimiz deb tan olib, suvda imon keltirishgan edi, holos. 17 Havoriylar ularning boshiga qo'l qo'yishi bilanoq ular Muqaddas Ruhni qabul qilishdi. 18 Havoriylarning qo'l qo'yishi bilan Muqaddas Ruh berilganini Simun ko'rib, ularga pul keltirdi-da: 19-Menga ham bu qudratni beringlar, toki kimning boshiga qo'llarimni qo'ysam, Muqaddas Ruhni qabul qiladigan bo'lsin!-dedi. 20 Lekin Butrus unga: - Kumushing sen bilan birga halok bo'lsin; sen Xudoning hadyasini pul bilan olish mumkin deb hayol qilding,-dedi. 21-Bu ishda sening na hissang bor va na qismating bor, chunki tavba qilib Xudoga yolvor, balki yuragingning niyyatidan kechar. 23 Chunki sening achchiq zardaga to'lgan va yovuzlik zanjiriga bog'langaningni ko'ryapman. 24 Simun bunga javoban: - Men uchun sizlar Rabbingizga yolvorib sig'ininglar, tag'in aytganlaringizdan biri boshimga tushmasin!-dedi. 25 Butrus bilan Yuhanno u yerda Xudoning kalomini va'z qilib, shahodat bergandan keyin, Samaryaning yana ko'p qishloqlariga Xushxabarni yetkazib, Quddusga qaytib keldilar.

Quddus jamoatining a'zolari Samariya Xudoning so'zini qabul qilibdi deb eshitishganida juda hursand bo'ldilar. Faqat odamlar suvga cho'mishmadi, balki tumanning barcha atrofidan bo'lgan olomon suvga cho'mdi. Mana Xudoning shohligi boshqalarning qoldiqlaridan iborat bo'lgan asosan din bo'lgan Samariya tumanining o'rtasiga tarqaldi.

Ozodlik ruhi orqali ta'riflangan havoriylarning oralarida bo'lganlar shunday deyishdi: Kelinglar bu olomonni ular qanday ruh ekanliklarini ko'rish uchun sinovdan o'tkazamiz! Biz allaqachon Samariyaliklar ilgari Iso ularning mamlakatlaridan o'tib ketyotganida halal berishganini ko'rganmiz. Yuhanno va uning sheriklari jahli chiqib Xudodan bu qishloqdagi itoatsizlarni yo'q qilish uchun osmondan olov yog'ilishini so'rashgan. Lekin Iso ularning yuraklariga shunday savolni so'rab sanchgan: Siz qaysi ruhdanligingizni bilmaysizlarmi? Endi Butrus va Yuhanno bu yangi shakillangan hududga guvohlik berish uchun borishdi. Ular ham o'zlarining xizmatlari orqali imonlilarning hursandchiligiga ko'proq qo'shish uchun qobilyatli bo'lishga umid qilishar edi.

Samariyaga ikki havoriylar kelishganda, ular o'shazahotiyoq nimadur zarurligini payqashdi: shubhasiz mo'jizalar tufayli kelgan g'ayrat va imondan qat'iy nazar eng muhim narsalar qolib ketyotgan edi – insonlardagi ichki o'zgarish, jin bilan shug'ullanishdan ozod bo'lish, va Muqaddas Ruh bilan to'lish. Bu olomon Isoga ishonishdi, o'zlarining imonlaridan va suvda cho'mishlaridan qat'iy nazar, ular Muqaddas Ruhning cho'mdirilishini qabul qilmadilar.

Masihiylarning ko'plari uchun bu imon bu ruhiy ishonch, biz xohlamasak ham tan olishimizga to'g'ri keladi. Ular suvga cho'mishda mashiq qildilar, muqaddas ramzlarga bo'ysundilar va Xudoning mo'jizalarini va rahbarligini ko'rishni xohladilar. Biroq haqiqatda ular hali ham najodni qabul qilishmadi. Hali ham ularning yuraklari yovuz ruhlarining zanjirlari bilan bog'langan va ular eski aqidalarning qoldiqlari bo'lgan fikrlari orqali ular kuchayishgan. Gunoh ularning tanalarini egallab olgan va Xudoning kuchi sevgi, kamtarlik, o'zini qurbon qilish va o'zidan kechish orqali ularda namoyon bo'lmaydi.

Odamlar va jamoatlardek, biz xushxabarning nurida o'zimizni tekshirishimizga to'g'ri keladi: Biz haqiqatdan ham Masihiylik imonga birlik bilan ishonadiganlarning sheriklarimizmi? Biz sevgi ruhi bilan to'lgan azizlarmizmi va biz Xudo uchun hayot, o'zimiz uchun o'likmizmi? Masihni tushinish, imon bilimi, yoki jamoat odatidagi betinimlik sizni saqlab qolmaydi. Muqaddas Ruhdan keladigan Xudoning hayotisiz, dini fikrlaringizdan va ko'rlik aqidaparastlikdan qat'iy nazar ruhiy o'likligingizcha qolasiz.

Haqiqatdan ham siz Muqaddas Ruhning sovg'asini qabul qilganmisiz? Biz Isoning Otasining va'dasini qabul qilishimiz uchun va Uning kuchi, hayoti, rohati, solihligi bizning halokatli tanamizga kirishi uchun Masih xochda gunohlarimizni kechirgan. Siz o'zingizning o'rinsiz xudojo'yligingiz bilan qanoatlanmang, va e'tiqodingizning hayolini ulug'lamang, biroq tavba qilib o'zgaring. Siz yovuzligingizni ko'rishingiz uchun va gunohkor o'zligingizdan voz kechishingiz uchun Masihdan uzliksiz Uning Muqaddas Ruhi bilan to'lishingizni so'rang. Shunda Masih sizni abadiy hayot bilan to'lgan yangi ijod qiladi.

Aziz birodar, Masihiy jamoatda Shaytonning ruhi bilan boshqarilayotgan sehrgar Simunga o'xshagan tartibsiz bo'lmanglar. U havoriylardan oqib chiqayotgan Xudoning kuchiga qaradi, va bunga ko'z tikdi. Simun boshqalar ustiga bu sovg'ani beraolishi uchun havoriylar unga bu kuchni jo'natishadi deb xohlagan. Bu shunday bo'lganda u Filipga qaraganda kuchliroq bo'lardi va odamlar bu faol xizmatkorni qoldirib, qari sehrgar Simunga qaytishgan bo'lishardi.

Bu suvga cho'mish va ikkiyuzlamachilik tavbadan qat'iy nazar bu kishi mag'rur iblis bo'lib qoldi. U ichki dunyosida obro'-e'tiborning va mag'rurlikning tamagiridir, u Xudoning so'zining qilichi orqali gunohidan qutqariladi. Bizning najodimizning iblisning kuchidan va hokimyatlaridan qutqarilish ma'nosini beradi. Bu faqat diniy sezish yoki ruhiy zehn emas.

Simonning iblisligi tezda uning pulga ishonganligi orqali zohir bo'ldi. U qo'lni uzatishning kuchi va imkoniyatini pul bilan sotib olinadi deb o'yladi. U Masihning xochdagi bepul qurbonligini hisoblab Masihiy xabarining mohiyatini tushunmadi. Xudoning inoyatini pul, savob ishlar, yoki har hil sadaqalar orqali olish mumkin emas. Bizning Xudoyimiz shunday muomala qilishga ochiq emas, chunki U tekinga va cheksiz berishni istaydigan mehribon Otadir. Rostan ham, Sevgi Xudosini savdogar qilishga haqakat qilgan kishi yovuzlikning panohi bo'lgan jaxannamga qulaydi.

Butrus o'sha zahotiyoq ikkiyuzlamachiga shunday dedi: ''Puling sen bilan halok bo'lsin. Sen o'zingni o'ylash bilan, hokimlik takabburi bilan, mag'rurlik va yolg'onchilik bilan to'lgansan. Sen Xudoning Ruhidan tug'ilmagansan, balki sen iblisning o'g'lisan. Sen Masihga ishonishga davo qilasan va suvga cho'mding, lekin sen Xudoning shohligining qatnashuvchisi emasan. Sening yo'ling oldingidek hali ham egridir. Holbuki, sen mag'rur, buzilgan, yovuz va uyatsizsan. Sen insoniy yo'llar bilan o'ylaysan lekin Muqaddas Ruhning ma'rifatida o'ylamaysan. Sen, bechora Simun hamma narsaga pul bilan erishsa bo'ladi deb o'ylaysan. Sen Xudoning Ruhini inoyatini sotib olishga harakat qilasan. Manmanligingdan va takabburligingdan tavba qil.

Sening yovuzliging sinsin va hayotingning rejasi o'zgarsin. Xudoning oldida yovuzligingni kechirishini so'rab va yovuz zanjirlaringdan seni ozod qilishini so'rab, Xudoning oldida ko'z yoshi bilan gunohlaringdan tavba qil. Sen yuragingni qaxshatgich havfga ochding. Hoziroq uni rad qilib, Xudoning kechirimini so'ra, shunda U seni kechiradi. Agar sen to'la va xohlab gunohingda o'zingni ajratmasang U kechirmaydi. Keyin sen qutqarilasan va tavba qilganlar uchun tayyorlangan kechirimni olasan.

Shuningdek, aziz birodar va singil, agar siz o'zgarmasdan va tavba qilmasangiz, siz jamoatingizga Xudo va Shaytonning o'rtasida u yoqqa bu yoqqa to'lqinlanishingiz orqali ko'p yuraklarni zaharlab havfli bo'lib qolasiz. Siz sheriklaringizni nohaqlikning iplari bilan bog'lab, jannatga emas, balki jaxannamga boshlovchi eshik bo'lasiz. Sizning so'zlaringiz hech kimni qutqarmasdan, odamlarni yo'ldan ozitadi.

Afsuski, sehrgar Simun samiymiylik bilan tavba qilmadi. U havoriylarning oldida tizza cho'kib, gunohini tan olmadi. Buning o'rniga, u faqat Havoriy Butrusning so'zlaridagi ruhiy tahdiddan qo'rqdi. Muqaddas Ruh Quddusda Hananiya va Saffiraga qilganiga o'xshab, o'shazahotiyoq bu sehrgarga o'lim keltirmadi. Simun qayta tug'ilmadi, va Muqaddas Ruhni qabul qilmadi. Holbuki, tavba qilish imkoniyati hali ham unga ochiq edi.

Biz jamoat tarixidan ikkiyuzlamachi sehirgar qaytmasdan xudo bo'lishi uchun o'zini e'lon qiladigan bid'atni yaratishda davom etib, nopok fohishalik va barcha har turli jinsiy aloqalarga ruhsat berdi. Shaytonning ruhi diniy hursandchilikda va qiziquvchanlikda paydo bo'lsa, u yerda pul va jinsiy aloqa to'g'risida farqlar paydo bo'ladi. Shuning uchun, aziz birodar, juda extiyot bo'ling! O'ziningizni diniy qiziquvchan harakatlardan ajirating. Tavba qiling va Masihning yo'qchiligini va qanoatlanishini so'rang. Muqaddas Ruhning iffatini tanlang va Uning kuchi orqali o'zingizni yekshirib yuring.

Havoriylar ko'plab Samariyaliklar samiyimy tavba qilib Muqaddas Ruh orqali o'zgarishganliklarini sezishdi. Bu havoriylar yuzakilik va qiziqish bilan voizlik qilmadilar, balki yurakning tozalanishida turib olishdi. Ular haqiyqiy yangilanishni takidladilar, chunki qayta tug'ilishsiz hech kim Xudoning shohligiga qabul qilinmaydi. Aziz birodar, biz sizdan bugun Xudoning Ruhiga o'zingizni topshirishingiz uchun sizdan so'raymiz. Siz Xudodan gunohingizni hukm qilib, uninig ustidan g'olib kelib, ularni o'ldirishini so'rang. Siz Undan Masihning qonidagi imon orqali sizni muqaddaslab, O'zi bilan sizni to'ldirishini so'rang. Siz boshqalarga zarar bo'ladigan yo'lninig o'rtasida turib qolmang.

IBODAT: Ey muqaddas Tangrim, iltimos meni barbod qilmasdan Masihning qoni orqali barcha gunohlarimdan meni poklagin. Men barcha yovuz ruhlardan ozod bo'lib Masihda yangilanishim uchun va imonimizning natijasiga yetkazuvchisi va muallifi bo'lishim uchun Muqaddas Ruhing mening hamma takabburligimni, nopokligimni, talonchiligimni va ikkiyuzlamachiligimni parchalab tashlasin.


3. Habashistonlik Hazinachining Suhbatlashishi va Suvga cho'mishi (Havoriylar 8:26-40)


HAVORIYLAR 8:26-40
26 Shu payitda Filpga Xudovandning farishtasi gapirib: O'rningdan tur va janub tomon, Quddusdan G'azaga boradigan sahro yo'liga bor! - dedi. 27 Filip esa yo'lga ravona bo'ldi. O'sha vaqtda Habashiston malikasi Kandakining vaziri, malikaning butun hazinalari mudiri bo'lgan habashistonlik bir amaldor o'z vataniga qaytib ketayotgan edi. U Xudoga topinish uchun Quddusga borib kelgan, 28 aravasida Isha'yo payg'ambarning kitobini o'qib o'tirgan edi. 29 Muqaddas Ruh Filipga: Yaqinlashib bu aravaga hamroh bo'lgin! - dedi. 30 Filip habashning oldiga chopib bordi. Uning Isha'yo payg'ambarning kitobini o'qib turganini eshitib: - O'qiyotganingni tushunyapsanmi? - deb so'radi. 31-Menga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi bo'lmasa, qanday tushuna olaman? - dedi habash. Filipdan o'z yoniga chiqib o'tirishini iltimos qildi. 32 Uning Tavrotdan o'qiyotgan joyi esa bu edi: U qo'y kabi bo'g'izlashga yetaklandi. Qo'zi jun qirquvchisi oldida qanday indamay tursa, U ham O'z og'zini ochmadi. 33 U xo'rlanib haqqoniyatdan mahrum bo'ldi. Yer yuzidagi umriga xotima berildi. Uning nasl-nasabini kim zikr etur? 34 Amaldor Filipga qarab: - Sendan iltimos qilaman, payg'ambar buni kim haqida aytyapdi? O'zi haqidami yoki boshqa kishi haqidami, menga aytchi, - dedi. 35 Filip esa o'sha oyatdan boshlab, Iso haqidagi Xushxabarni unga bayon qildi. 36 Yo'lda davom etib ketayotganlarida, suv bor bir joyga keldilar. Amaldor: - Mana, suv! Mening cho'mib imon keltirishimga nima to'sqinlik qiladi? - dedi. 37 [Filip unga: - Agar butun qalbing bilan ishonsang bo'ladi, - dedi. Amaldor: - Iso Masih – Xudoning O'g'li deb ishonaman, - dedi.] 38 O'shanda aravani to'xtatishga buyurib, Filip bilan amaldor ikkilasi suvga tushishdi, Filip amaldorni suvga cho'mdirib imonga kiritdi. 39 Ular suvdan chiqqach, Muqaddas Ruh [ amaldorning ustiga tushib keldi va Xudoning farishtasi] Filipni ko'tarib ketdi. Amaldor boshqa uni ko'rmadiyu, quvonib o'z yo'lida davom etdi. 40 Filip Ashdo'd shahrida paydo bo'ldi va Kesariyaga kelguncha yo'l yurib, hamma shaharlarda Xushxabarni targ'ib qildi.

Barhayot Masihning farishtasi hizmatchi Filipga Nablus tumanidagi o'zining gullab yashnayotgan xizmatini qoldirib, inson ham hayvonlar ham yashamaydigan cho'l yo'li va issiq bo'lgan janubga borishi uchun buyrug' berdi. Vo'izhonning yuragi itoatsizlik qila olmasdan, o'zidan voz kechib, o'rnidan turib, Rabbiysiga bo'ysundi. O'zining itoatkorligi orqali u Masihning zafarini oshirdi va xushxabarning harakati uchun butun mamlakat erishishga yordam berdi. Bu Habashiston malikasi Kandakning saroyidagi hazinachidek lavozimni boshqaradigan boy kishi, Quddusga borib kelganidan keyin o'zining mamlakatiga qaytib kelayotgandi. U balki Nilning o'rtasidagi Elefantin orolida qolib, Yahudiy ruhoniylari orqali Xudoni yagonaligi va Uning qonuni haqida biror narsa eshitgan bo'lishi mumkin. Hatto Xudo uchun chanqoq bo'lgan barcha kishilar, faqat hamma dinlarda oliy janob fikrlanganni va haqiyqiy Xudo bilan uchrashadigan insonni topish uchun madaniyatlarida qidirishadi.

Bu bosh hukumat xizmatchisi malikasining ishonchli maslahatchisi o'zi uchun va butun mamlakati uchun Xudoning marhamatiga sazavor bo'lishi uchun muqaddas yeridan uzoqga ketdi. U Quddusda Rabbiysiga sajda qildi, lekin uning yuragi bo'shligicha qoldi. Qo'riqchilar mabad ichidagi sajda qilish joyiga kirishga ruhsat berilmaganlar. Mana u Qumran g'orlarida ancha yil bo'lmasdan oldin topilganga o'xshab, bezak bilan bezatilgan Isha'ya Kitobini qimmat narxga xattotlarning biridan sotib olgan. Biz bu hazinachi Yunon tilida bu kitobni o'qiganimi yoki undan yunon tarjimasini sotib olganmi bilmaymiz. Eng muhim narsa shuki, u buni o'qib va tushuna olgan. U uyga yangi fikrlar bilan, kuch va ruhlanish bilan borishi uchun Eski Ahd ruhi bilan yuragi to'lishini istagan. U qo'llarida ulkan hazinani ushlab turgan edi. Bu kitobxon Xudoning yuvosh Qo'zisidek Masihni tasvirlagani haqidagi bashoratlarga kelganida, Muqaddas Ruh Filipni bu Xudoni qidiryotgan G'ayriyahudiy tomon kelishi uchun boshqardi. Filip dono savol bilan Xudoga zoriqib, Uni qidirishni boshlaganligi haqida shunday savol berdi: O'qiyotganingni tushunyapsanmi? Xudoga shukurlar bo'lsinki, bu oliy janob kishi mag'rur emas edi! U shunday demadi: Men Muqaddas yozuv bilan yaxshi tanishman, va hamma narsaga tushunaman biroq u kamtarlik bilan kuchsizligini tan oldi. U kamtarligi orqali Xudoning donoligiga erishdi. Hamma narsani bilaman va qila olaman degan kishining holiga voy. Uning yuragi va fikri xushxabarga yopiqligicha qoladi.

Uzoq suhbat boshlandi, va Filip Iso dunyoning gunohini olganligini va kamtarlikda va sevgida Xudoning haqiqiy Qo'zisi ekanligini unga ko'rsatdi. U barcha insonlar hatto ruhoniy va Uning xalqi qutqarilishi uchun xochga mixlanganda, Xudoning g'azabini oldi. Xochga mixlanganga bo'lgan imon o'tgan alamlarni hisoblab yurakka tushinish olib keladi. U hozirgi va kelajakdagi imonlilarning yuraklarini Xudoning hayotiga ham ochadi. Filip yagona xoch va Xudoning Qo'zisi orqali o'ttizta tinglovchilarni hayot yo'liga boshladi.

Muqaddas Ruh hayotiy suhbat va bu jo'raning shahodatini tasdiqladi, chunki bu Xudoni qidiruvchi eshitib tushundi va ishondi. Bu kishi o'shazahotiyoq Masihga hayotini bag'ishlab va Uni Rabbim va Najodkorim deb qabul qilishga qaror qildi. U cho'lda ozgina suv ko'rganida suvga cho'mishni so'radi.

Filip Samariyada o'zining tajribasiga ergashib, uni suvga cho'mdirishda sekin bordi. U unda suvga cho'mish yutig'i bor asos terminlarini e'lon qildi: '' Agar sen butun yuraging bilan ishonsang, suvga cho'mdirilishing mumkin – faqat fikirlaring, miyyang, tuyg'ularing va irodang bilan emas, butun yuraging bilan. Siz Masihga to'la yuragingizni ochdingizmi? Siz Uni faqat abadiy hayotning sharti va holati qildingizmi? Xudoning Ruhi yarimi dunyoga, yarimi Isoga buriladigan yurakda yashamaydi. Isoni to'la tanlang, shunda U abadiy sizni qabul qiladi.

Bu hazinachi qaror qilib, suvga cho'mish uchun qattiq turib oldi. U imtihondan o'tdi, va bir bayonda Isodagi imonini jamladi: Men Iso Masih Xudoning O'g'li deb ishonaman. U bu bayon bilan Muqaddas Uch Birlikning sirini tushunganini va Masihning qutqarishi bilan kelishuvga kelganligiga dalolat berdi. U Xudoning otaligiga ishondi va abadiy hayotda ishtirok etdi. Bu tan olish noaniq aqida emas edi, lekin dunyodagi barcha atom bombalarga qaraganda kuchliroqdir. Aziz birodar, siz Xudoning farzandi bo'lishingiz uchun bu shahodatning ma'nosiga chuqur kiring. Barhayot Xudo O'g'li Iso orqali bizning Otamizdir.

Filip tavba qilgan imonlini suvga cho'mdirgandan keyin, Muqaddas Ruh shu zahotiyoq uni yangi imonlidan ajratdi. U o'zini va'zhonga qo'shmasdan, faqat Isoga ishonishda davom etdi. Bu hazinachining holati Masihga emas, Filipga yaqin qo'lgan sehrgar Simundan juda farqi bor edi. Yangi suvga cho'mgan hazinachi uyiga Xudoga ibodat qilib, ulug'lab va sajda qilib qaytdi. U Quddusda Taoloni uchratmadi, balki cho'lda uchratdi. Bu kishi u yerda Masihning gumbazlariga to'la kirdi. Tangri Xudo Yahudiylar rad qilganidek, Habashistonlik xizmatchini rad qilmadi, ammo uni qabul qildi, uni bag'riga olib, u uchun g'amho'rlik qildi. Muqaddas Ruh Filipni cho'ldan Tangrisi uchun yo'l hozirlab, Isoning ismi bilan barcha yerlarni to'ldirib, janubdan shimoldagi Karmel Tepaligiga kelgan Palastinning qirg'oq shaharlariga jo'natdi.

IBODAT: Bizning muqaddas Tangrimiz, Sening buyrug'inga bo'ysunib, Sening Ruhingning kuchi orqali Habashistonlik hazinachiga xushxabarni voizlik qilgan va Sening xochga mixlangan O'g'linga bo'lga imon orqali o'limdan hayotga uni olib kelgan xizmatching Filip uchun Sendan minnatdormiz. Seni izlayotgan barcha odamlarni topish uchun Muqaddas Ruhing orqali bizlarni boshqar. Ular Senda abadiy yashashlari uchun hamma savollariga javob berish uchun xochga mixlangan O'g'lingni ko'zlarining oldiga olib kel. Omin.

SAVOL 45: Filip Xabashistonlik hazinachiga tushuntirgan xushxabar nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)