Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 029 (The Apostle´s Imprisonment, and their Release by an Angel)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

16. Havoriylarning zindonbandligi, va farishta tomonidan ozod bo'lishlari. (Havoriylar 5:17-25)


HAVORIYLAR 5:17-25
17 Shuning ketidan oliy ruhoniy va uning saduqiy mazhabidagi barcha maslakdoshlarining g'ashligi keldi. 18 Havoriylarni qo'lga olib, davlat qamoqxonasiga tashladilar. 19 Lekin Xudovandning farishtasi kechasi zindonning eshiklarini ochib, ularni tashqariga chiqarib qo'ydi. 20 Boringlar, ma'badga chiqib, bu abadiy hayot so'zlarining barini xalqqa aytaveringlar! - dedi farishta. 21 Havoriylar bu so'zga quloq solib, erta tong ma'badga kirib ta'lim bera boshladilar. Shu payitda oliy ruhoniy va u bilan birga bo'lganlar kelib, Isroil o'g'illarining oqsoqollar majmui bo'lgan Oliy Kengashni yig'ilishiga chaqirdilar, havoriylarni keltirish uchun zindonga odam yubordilar. 22 Lekin xizmatkorlar borib, zindonda ularni topmay, qaytib kelib: 23 – Biz qamoqxonani butun ehtiyotkorlik bilan qulflangan va qorovullarni eshik oldida turgan holda ko'rdik. Lekin ochib qaraganimizda, ichkarida hech kimni topmadik, - degan xabarni berdilar. 24 Ma'bad mirshabboshisi va barcha oliy ruhoniylar bu so'zlarni eshitib, hayron bo'lishdi. Bu nima bo'lishi mumkin? deb o'ylanib qoldilar. 25 O'sha payitda bir odam xabar olib kelib: - mana, sizlar zindonga tashlagan odamlar ma'batda xalqqa ta'lim berib yurishibdi, - dedi.

Qayerda Xudo ma'badini qursa, Shayton uning ichida yashashiga o'zining yovuz ruhlari uchun uning yoniga ma'badini tashkil qiladi. Qayerda Isoning nomiga odamlar imon keltirsa, jaxannamning nafrati oshadi. Bu tabiy sodir bo'ladi, agar sizning topshirilgan urunishlaringizga yovlar zolimlik bilan hujum qilsa shunda aziz birodar hayron bo'lmang. Isoning O'zi qutqarish ishining markazida, xochda o'ldi.

Bosh ruhoniylar havoriylarni Isoning nomini gapirmaslilarini talab qilishganligi to'g'risida fikrlashmaganini ko'rishganda, ular sabr-toqatlarini yo'qotishdi. Odamlarning ko'plari o'limdan tirilganning zafarini chaqirib, va Xudo bilan to'la yarashish uchun Uning kuchida minglab guvohliklar bor bu imonga qo'shildilar. Oliy Ruhoniyning qoni qaynadi. Odamlarning cho'poni bu yangi bid'at buzilishi uchun muqaddas burch borligini o'ylab, balki u xalqning birligi uchun qo'rqqandir. Barcha o'zgarmas maqom, erkin fikrlar va ta'sirlar harakatga keldi. Din peshvolari Masihiylikni bartaraf qilishda ular Xudoga hizmat qilyapmiz deb tasavvur qilishdi. Ular bu e'tiqodni aniq rad etgan, tasdiqlangan imonni va o'limdan tirilgan haqidagi qo'yilgan e'tiqodni va Masihning xushxabariga asosan adovat solib ularga qo'shilganlar Sadduqiy mazhabidan edilar. Ular o'limni yengan Iso haqida shahodat bergan Isoning ergashuvchilariga nisbatan jaxlga to'lgan edilar.

Havoriylar va jamoat boshqalar ularni yomon ko'ryotganini sezishdi, lekin ular na qochib ketishdi va na yashirinishdi, aksincha ular odamlarning ko'z oldida ma'bad hovlisida birga to'planishdi. Masihiylikni yashirish uchun chaqirilmaydi, balki kuppa-kunduzi namoyon bo'lishi uchun chaqiriladi. Hukmdorlar belgilangan kunda Agar ilonni boshini uzsang, uning qaytishidan ogoh bo'lmaysan degan shu matalga ko'ra o'n ikki havoriylarni qo'lga tushirishdi va zindonga tashladilar.

Biroq Masihning O'zi qarshi o'yladi, chunki havoriylar, episkoplar, yoki boshliqlar jamoat tanasining boshi emasdilar. U kechasi tunda zindon darvozasini sekinlik bilan ochish uchun O'zining farishtasini yubordi. To'satdan bu basavlat mavjudot so'roq uchun ibodat qilib tayyorlanayotgan va gangib qolgan havoriylarning oldida turishardi. Ajablanarli narsa shundaki, bu farishta havoriylarni so'roqdan qutqarishni ko'zda tutmadi.

Yoki ularni yumshoq to'shakka yoki karavatga olib kelmadi, yoki ularga qochib ketishni buyurmadi. Aksincha, u ularga ma'bad hovlisiga kirib, Masih aytgan va qilgan ishini e'lon qilishlarini buyurdi. Xushxabarning bu so'zlaridan abadiy hayot tinglovchilarning yuraklarida jo'shib kirdi. Farishta ularga qarshilikdan va do'q-po'pisadan qat'iy nazar Xudodagi hamma hayot so'zlarini odamlarga gapirish uchun buyrug' berdi. Hamma so'zlar deganni kuzating, bu dushmanlarning qo'rquvi uchun be'tiborsizlikdir. Aziz birodar, hayot so'zlarini xalqingizga gapiring degani bu sizga va har bir imonliga Xudoning buyrug'idir. Sizning so'zlaringiz va zehningiz umuman muhim emas, chunki ular o'lim bilan to'lgan. Lekin Masihning hayoti haqidagi guvohlik imon keltirish uchun kelganlarda barpo bo'ladi.

O'n ikki havoriylar o'rnilaridan turib, posbonlarning o'ralarida zindonni qoldirib, tashqariga chiqishdi. Ular ma'bad hovlisiga kirib, erta kelgan ziyoratchilarga va mehmonlarga ta'lim berishni boshladilar. Ular Tangrilarining rejasi haqida noaniqlik bilan, gangib kutishardi. Ular o'zlari bilan buyuk nimadir sodir bo'lishi haqida sezishdi, chunki barhayot Tangri O'zining ulug' farishtasi orqali hodisalar sodir bo'lishiga nihoyatda aralashgandi.

Tongda barcha oliy kengashlari, Yahudiy xalqining buyuk kengashi yetmishta bosh ruhoniylarni, topingan oqsaqollarni va ayyor qonun mutaxasislarini chaqirib, yig'ishdi. Ayniqsa oliy ruhoniylar ham ko'zga ko'ringan odamlardan chaqirishdi. Uning rejasi umuman Nasroniylik Iso haqidagi bu bid'atni tugatish edi. Hamma kishilar kelib o'tirganda, kengash boshi ularning oldilariga zindonband etilganlarni olib kelish uchun buyuruvchilarni jo'natdi. Lekin amaldorlar zindonga yetib kelishganda maxkam qulflangan eshiklardan va mahkam zanjirlardan qat'iy nazar mahbuslar butunlay g'oyib bo'lishganidan ular juda hayron bo'lib qo'rqib ketishdi. Ularning izlari topilmadi. Bu kengash ular g'oyib bo'lganlarini eshitganda, ular churq etishmadi. Ular havoriylar ko'rsatgan mo'jizadan xabardor bo'lishdi, hatto Butrusning soyasi kasalni shifolagandi.

Bu gap kuzatuvchilarga zo'r zarba edi va bu sud uchun chaqirgan odamga sharmandalik olib keldi. Xudo bu xalqning sodiq bolalarining orasida begunoh imonlilarni hukm qilishyotgani haqida ularga aniq ko'rsatib, bu hukm ilgari qiluvchilarni siltab qo'ygandi. Masihning qo'li O'zining havoriylarini himoya qildi. Ular bo'ysunib o'zlarining xalqlariga hayotning to'la so'zini voizlik qildilar.

IBODAT: Ey Tangrim, Sen Xudosan, va Sening hayoting xushxabaringda mujassamlashgan. Biz Sening nomingni botirlik bilan, kamtarlik bilan, ehtiyotkorlik bilan va sevgi bilan solihlik uchun chanqoq bo'lganlar najod uchun Sening hayoting bilan to'lishlari uchun biz ularga buni e'lon qilishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 29: Qamoqqa olingan havoriylarga farishtaning buyrug'ining mohiyati nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)