Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 022 (Peter and John Imprisoned)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

11. Butrus bilan Yuhanno qamoqqa olinib birinchi marotaba sud qilinishdi (Havoriylar 4:1-22)


HAVORIYLAR 4:8-11
8 Muqaddas Ruhga to'lgan Butrus ularga dedi: <<Ey xalqning rahnamolari, Isroilning oqsaqollari! 9 Agar bugun bir xasta odamga qilingan ezgu ish, uning qanday shifo topgani haqida bizdan javob talab qilayotgan bo'lsangiz, 10 unda hammangizga – butun Isroil xalqiga ma'lum bo'lsinki, sizlar xochga mixlab qo'ygan va Xudo esa tiriltirgan nosiralik Iso Masih ismi haqi bu odam qarshingizda soppa-sog' turibdi. 11 Bu Iso – oyatdagidek: Siz binokorlar mensimagan, lekin peshtoqning boshi bo'lib qolgan toshdir. Boshqa hech kimdan najot yo'q>>.

Bu hodisaga bir necha hafta oldin Butrus hayoti uchun qo'rquvdan Isodan uch marta tongan edi. Butrus xuddi hech qachon Rabbiysining nomini eshitmagandek asabiylashdi. Endi bo'lsa u Muqaddas Ruhga to'lib gapirdi va unda Masihning shunday va'dasi amalga oshdi: Ular seni ibodatxonalarga va maxkamalarga olib borishganda, nima gapiraman deb tashvishlanma. Chunki shu payitda Muqaddas Ruh og'zingni to'ldiradi va U senga to'g'ri so'zlarni beradi. Buni sen gapirmaysan, balki Xudoning O'zi gapiradi. Hech kim senda ishlaydigan Xudoning donoligiga va kuchiga qarshi chiqolmaydi. (Mt. 10:18-20)

Ikki havoriylar Yahudiy xalqining boshliqlari oldida Masihning guvohlari bo'lib turishgan edi. Ular jaxl bilan gappirishmadi, aksincha Xudoning oldida ularning xalqini yetaklash uchun javobgar bo'lganlarga yumshoqlik bilan gapirishdi. Havoriylar ularga Xudo donolik, sabir-toqat, va odob-ahloq bergan kattalardek ularni hurmat qilishdi.

Bundan tashqari, ular tug'ma shol kishiga shifo berganlari uchun savol-javob qilganlari va ularni hibsga olganlari judayam g'alati ekanligini ularga aytishga Butrusni Muqaddas Ruh boshqardi. Butrus insofsiz bo'lish uchun, ular butun tun havoriylarni qamoqda olib ushlab o'tirganliklari uchun ularning hibsga olishlarini nazarda tutdi.

Ikki shogirdlar ularga insofsizlik qilish orqali ko'p ta'sir o'tkazishmadi. Ular so'zlarida shifo va kuch ta'siri haqida gapirishmadi. Buning o'rniga Butrus Iso Masihdagi Xudoning zafarini ochiqdan ochiq qilib, to'g'ridan to'g'ri shikoyatning po'stkallasiga bordi. U qo'rquvdan yoki gapdonlikdan gapirmadi, balki u bu soat muhimligini bilib bitta tilda hamma odamlarga va hukmlovchilarga gapirdi. Xudo Masihga ishonish uchun O'zining xalqining hukmdorlarini chaqirish uchun Butrusni tayinladi. Butrus Masih kim ekanligi haqida shubhalanib xonani tark etmadi. U hayoti tugagan oddiy odam emas edi. Butrus xochga mixlash uchun O'zining xalqining hukmronlari voz kechgan Nosiralik yosh kishi bo'lgan Masih Isoni aniqlik bilan e'lon qildi. Butrus ularga hushomad qilmadi, balki ularni qotillar va hatto Xudoning dushmanlari deb atadi. Ular Xudoning Masihini xoshga mixladilar. Qanday ajoyib surat! Ikkala baliqchilar ayiblanuvchi bo'lmadilar aksincha Xudoning O'g'lining qotillariga va qarshi bo'lganlarga to'lov olib kelgan qoralovchi bo'ldilar. Havoriylar yaxshi maslahat beradigan hukmdorlar Eski Ahd tarixining maqsadini e'tiborsizlik bilan chetlatib o'tishganini ularga aniq qilib ochib berdilar. Ming yillar oldin va'da qilingan Masihni o'limga olib kelish bilan ular Xudo va xalqlari o'rtasidagi ahdni buzishdi. Butrus Xudoning nomida bo'lgan qoralovchi edi, va ular o'zlarining Xudolariga qarshi jinoyat talabini hukmdorlarga qadadi. Muqaddas Xudo ularni yuksaltirmadi, balki o'limdan tirilgan Isoni yuksaltirdi. Shunday qilib ikki baliqchilar bosh ruhoniylarni mahkum qilib, Masihni ulug'ladilar Ular yolg'on dinga, oliy muassasaning rejasiga va mag'rurlikka qarshi turishdi. Xudo Eski Ahdning diniy tashkilotlarini hisobga olmasligini ochib berdi. Xudo endi O'zining hizmatkori Isoga ergashgan odamlar orasidagi oddiy imonlilarga hokimyatni berayotgan edi.

Isoning ismida buyuk bir sir yashiringan. Do'zax eng yomon zaharga qaraganda bu ismdan cho'chiydi, holbuki jannat doyim bu ismga ulug'vorlik bilan to'lgan. Muqaddas Ruh dunyoning Najotkorini ulug'ladi va Xudoning O'zi Isoni o'ng tomoniga o'tqazdi. Masih Muqaddas Ruhning kuchida barhayot bo'lgan Xudo bilan boshqaradi. Bugunlik kunda Iso yer yuzida bo'lgan payitiga qaraganda ko'proq mo'jizalarni ko'rsatyapdi, chunki U O'zining minglab hizmatkorlari orqali ishlayapdi. Unga ishongan millyonlab imonlilar Muqaddas Ruh orqali yangilanishdi. Barhayot bo'lgan Masih faol, sadoqatli va zafarlidir. Unga ishongan imonlilar Uning kuchida qatnashishadi.

Burchakning boshi bo'lib qoldi degan payg'om bilan Butrus hukmdorlarga Iso poydevorligini, kuch ekanligini, ajoyib imorat va Xudoning ruhiy ma'badi ekanligini aniqlab berdi. Bugun dunyoning hamma mamlakatlarida bu o'sib boryapdi, chunki Masihga ishongan kishi Uning ma'badini quradi. Masih O'zining hamma faol a'zolarini yo'naltiradigan ruhiy badanning boshidir. Masihning ruhiy badani bizning asrimizning siridir va xochdagi zafarining natijasidir. Aziz birodar, siz Masihga o'rnashib qurildingizmi, yoki Masihdagi Xudoning kuchli va buyuk sevgisini tushunib yetmaydigan Yahudiylarning hukmdorlariga o'xshab Uni rad etasizmi?

IBODAT: Ey Rabbim Iso Masih, Sen bizning yuraklarimizda O'zingni ma'badingni qurib minglab Senga ishonuvchilarni ko'tarib bu dunyoning odamlari orasida bugun ish olib borayotgan Najotkorsan. Sen O'zingni ruhiy ma'bading to'la bo'lishi uchun va uning ko'zlangan Boshi bo'lishliging uchun Seni Ruhingni rad etmay Senga sodiq qolishimiz uchun bizga yordam bergin. Omin.

SAVOL 22: Bosh ruhoniylarning oldida Butrusni murojatining hosiyati nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)