Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 011 (Peter’s Sermon at Pentecost)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

6. Havoriy Butrusning xutbasi (Havoriylar 2:14-36)


HAVORIYLAR 2:14-21
14 Unda Butrus o'n bir havoriy bilan birga oyoqqa qalqidida, ovozini balandlatib xaloyiqqa xitob qildi: “Ey barcha yahudiylar va Quddusda yashovchilar, so'zlarimga quloq solib, shuni bilib qo'yinglar: 15 Bu odamlar siz o'ylagandek mast emaslar, chunki hozir ertalab soat to'qqiz-ku! 16 Bu voqea bilan Yo'el payg'ambarning azaldan karomat qilib aytganlari bajo kelmoqda. U aytgan edi: 17 “Mana, oxirgi kunlarda voqe bo'ladi, - deydi Xudovand – Men butun jonzod uzra O'z Ruhimni yog'diraman. Sizning o'g'il qizlaringiz bashorat qiladilar, yigitlaringiz vahiy ko'radilar, Mo'ysafidlaringiz karomatli tush ko'radilar. 18 O'sha kunlarda Men qulu cho'rilarim ustiga O'z Ruhimni yog'inday yuboraman, Ular esa bashorat beradilar. 19 Yuksaklikda, osmonda g'aroyibot, Tubanlikda, yer yuzida esa ajoyibot, Qon, olov va pag'a-pag'a tutun barpo qilaman. 20 Xudovandning ulug' va nurafshon kuni kelishidan avval, quyosh qorong'ulikka, oy esa qonga aylanib ketadi. 21 O'shanda Xudovand ismini aytib chaqirgan har bir kichi najot topadi”.

Tillarda gapirish muhim, lekin bashorat qilish muhimroqdir. Tillarda gapirish o'zining so'zlarida va odatda tushunmasdan Xudoga shukrona aytib, ulug'lab, Unga ibodat qilib, to'la Xudo tomon qaytgan kishida bu Muqaddas Ruhdan sovg'adir. Biroq to'g'ri bashorat qilish tinglovchilarni yuragiga sanchiladi va Xudoning huzurida turish uchun uni boshqaradi.

Taajubdan keyin Yahudiylar hursandchilik va maqtov tillar bilan havoriylar Xudoni ulug'layotganini eshitdilar va Butrusning og'zidan chiqqan Muqaddas Ruhning va'zi ularning yuraklariga sanchildi. Havoriylar aniq Xudoning Ruhi kelganini va Uning kelishi uchun sababni ochib berganini ularga dalolat berdilar.

Butrus tinglovchilarni jalb qilish uchun gapdonlik bilan porlab, xalq oldida yakka turmadi. Balki hamma o'n ikki havoriylar birga kelib, hammalari so'zlovchining atrofida turib, ibodat jangchilari guruhi bo'lishdi. Butrus balki oldindan tayyorgarlik ko'rmasdan xalqqa gapirish uchun qiyinchilikni sezgan. Lekin Haqiqat Ruhi uning fikrlarini tinchlantirib, yuragini ruhlantirdi, go'yoki u Yahudiylardan qo'rqib berk eshikning orqasida shogirdlar bilan bir necha kun oldin yashagandek. Endi Xudoning kuchi ularga kirib, ularning tillari tutilmay gapiradigan bo'ldi. Muqaddas Ruhdan bo'lgan so'zlar ularning yuraklariga sanchildi va Xudo O'zining havoriylari orqali gapirdi. Butrus tinglovchilari oldida behush holatga tushmadi, balki ularning oldida tinch va hurmat bilan gapirdi.

Birinchidan, Butrus mazhara qilayotgan Yahudiylarga shunday dondor shaharda erta tongda soat to'qqizda kimdir mast bo'lishi shubhali ekanligini ularga qisqacha aytib javob berdi. Qo'shnilar bunga chidamaydi. Ayniqsa shunday xatti-harakat qattiq qo'l jazoga araqxorni hukm qilardi.

Ikkinchidan, inson ovchisi va'ziga ochiq bo'lgan kishlarga qaytib bordi. U Xudoning Ruhi ularga kelishi uchun quloqlarini ochib buni eshitishlarini so'radi. Butrus ko'z yoshi bilan, nazokat bilan yoki ruhiy ta'sirlar bilan xalqqa voizlik qilmadi, yoki u hosil keltirish uchun insonning xohishini parchalab tashlash uchun qattiq qo'l hukmni buyurmadi. Balki, u kutilgan vaqtda ularning burchlari bilan birga Eski Ahdning payg'omlarini ko'rsatdi. Butrus Muqaddas Kitobdan bo'lgan so'zlardan foydalanib ko'zlarining oldida nima sodir bo'lgani haqidagi izohni taqdim etdi. U ko'zlari bilan guvoh bo'lgan shogirdlarda Muqaddas Ruhning tushishi Xudo so'zida bergan va'dalar haqida oldindan aytib o'tilganligini ularga e'lon qildi.

Havoriylarning sardorida Yahudiylarga muqaddas yozuvning yaxshi tanilgan bayoniga dalil keltirish uchun jasorat bor edi: “Bu payg'ambar Yo'el orqali gapirilgan”. Bu payg'om amalga oshdi va aniq tushunib yetildi. Hozir Muqaddas Ruh bu dunyoda yashayapdi. Biz yana U pastga keltirilishini so'rashimizning hojati yo'q, balki bola ota-onasini qabul qilganiga o'xshab, Uni faqat qabul qilsak bo'ldi. Biz faqat U uchun Xudoga rahmat aytishimiz kerak. Bu Ruh ko'zlarimizga muqaddas yozuvning so'zlaridan boshlanadi, shu bilan birga Masihning xushxabari bizni o'zgartirib fikrlarimizni yangilaydi. Ro'za tutush, qattiq qo'llik va qattiq tartib yaxshi Ruh uchun tanamizni favvora qila olmaydi. Biroq bu uch birlikning ilohiy kishisi shu yerdadir va Uni qabul qilishimizni kutadi va O'ziga yuraklarimizni ochadi. Biz hursandchilik va minnatdorchilik bilan Isoning so'zlarini shogirdlariga eslatishimiz kerak: “Muqaddas Ruhni qabul qiling”.

Yo'el payg'ambar ayol va erkak, yosh va qari Xudoning Ruhini qabul qilishini oldindan aytgan. Faqat Yahudiylar Masihning Va'dasini olish uchun tanlangan kishilar emas edilar. Bu payg'om Yahudiylar uchun buyuk mo'jizani tashkil etadi, ruhiy o'ylanganligi uchun bu ayol va erkak, ota-ona va bola, ozod va qul, Yahudiy va G'ayriyahudiy o'rtasidagi hamma farqlarni bekor qiladi. Bugun hamma inson Xudoning rohatiga kira oladi. Uning hursandchiligi butun dunyoda hukm suradi va xochga mixlanib, qayta tirilgan Isoga ishongan singan yuraklarda seziladi.

Xudo bu Muqaddas Ruhning tushishi oxirgi vaqtning yaqqol belgisi bo'ladi deb Havoriy Butrus bilan birga payg'ambar Yo'el orqali gapirdi. Xudo ming yillardan beri yovuz insonlarga sabr-toqat bilan chidadi. Lekin Xudoning O'g'li xochda bizning barcha gunohlarimizni kechirdi. Shuning uchun Ruh to'sqinliksiz kuchda keldi. Muqaddas Ruhni qabul qiladigan kishi bashorat qiladi, Xudoni biladi, Unga olqishlar aytib Masihni ulug'laydi. Xudoning Ruhini qabul qilmaydigan kishi hukmga qulaydi va bu hukm faqat oxirgi kunda kelmaydi. Bu Muqaddas Ruh quyilganda tushishni boshlaydi. Abadiy hayotni qabul qilmaydigan kishi hukm qilinadi, Xudoning Ruhiga o'zini ochadigan kishi abadiy hayotga erishadi. Bu kishi Xudoni taniydi va Uning irodasining bilimida o'sadi. Ayniqsa uni ichida Muqaddas Ruh yashaydigan kishi Muqaddas Xudoning o'g'li bo'ladi.

Bu inoyat xushxabari bizning yer sharimizning havosi gaz va chang orqali qorong'ulashishini aytadigan olamning o'tib ketishining qo'rqinchli tasviri bilan birga sodir bo'ladi. Qon daryosi dunyo urushlarida bartaraf qilinadi va Masihning Ruhi bilan muhrlanmagan barchani vasvasaga solish uchun qaqshatgich tutunga o'xshab yomonliklar portlashi bilan yer qimirlashi orqali yer ajiraydi.

Keyin zulmatlikda Masih yashindek ravshan bo'lib bulutda paydo bo'lganida oxirgi soat Rabbiyning Kuni keladi. Keyin yer Kelayotgan Isodan qo'rqib qaltirashi aniq bo'ladi. Do'zaxning kuchlari ularning oxirgi qulashi oldida Xudoga qarshi oxirgi urush uchun o'zlarini tayyorlaydi. Bu Qiyomat Qoyim haqida bilim va o'rgatish o'zining sherik bo'lish belgilarini o'z ichiga olib Yangi Ahdning aniq asoslaridir.

Biroq unda yashaydigan Xudoning Ruhi bo'lgan kishi osmonlardan o'tgan va uning o'ladigan tanasida Xudoning hayoti bor. U javobli ibodatni qila oladi, chunki Muqaddas Ruh Uning ismini chaqirish uchun tiliga Masihning ismini oladigan ibodat Ruhidir. U aniq bizga javob beradi. Masihning qoni bilan purkalgan Muqaddas Ruhning kuchida ibodat qiladigan kishi o'sha zahoti qutqariladi. Bu Muqaddas Ruhdagi bizning daldamiz, ishonchimiz va kafolatimizdir. Masih Xudoning g'azabining alangasida O'zining izdoshlarini himoya qilib, Qiyomat Qoyimda najotining aniq mustahkamligini ko'rsatadi.

IBODAT: Ey Rabbim, biz Seni ulug'lab Senga rahmat aytamiz, chunki Sening Muqaddas Ruhing bizning umidsiz dunyomizda hozirdir. U Sening qoning orqali poklangan yuraklarda yashaydi. Biz xatti-harakatlardan tashqari bizga tekinga bergan abadiy hayot uchun Seni ulug'lab sajda qilamiz. Omin.

SAVOL 11: Butrusning va'zining birinchi qismining asosiy joylari nimalar edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)