Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 028 (Jesus leads the adulteress to repentance)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?
4. Iso Samariyada (Yuhanno 4:1–42)

a) Iso hulqi buzuqlarni tavba qilishga boshlaydi (Yuhanno 4:1-26)


YUHANNO 4:1-6
1 Iso Yahyodan ko'ra ko'proq odamlarni daryoda tavba qildirib, shogird ortiryapdi, degan xabar farziylarning qulog'iga yetib bordi. 2 (Vaholanki, Isoning O'zi emas, shogirdlari xalqni daryoda tavba qildirar edilar). 3 Iso buni bilib qolgach, yahudiyani tashlab, yana jalilaga ketdi. Iso yo'l-yo'lakay Samariyadan o'tishi kerak edi. 5 Shunday qilib U Samariyaning Sihar degan shahriga keldi. Bu shahar Yoqubning o'g'li Yusufga bergan yeriga yaqin edi. 6 Yoqubning qudug'i ham o'sha yerda edi. Iso yo'l yurib charchagan edi, quduqning yoniga o'tirdi. Taxminan tush payti edi.

Xushxabarchi Isoni tarixdan ham yuqori bo'lgan abadiy Shohdek saltanatni boshqaradigan 'Tangri' deb nomlaydi. U jazolaydi va inoyatini ko'rsatadi. Iso ularni yetaklaydi va hukm qiladi. U Isoning ulug'vorligini ko'rdi va bu oliyjanob unvoni bilan Uni ulug'laydi.

Farziylar urush qilish uchun tayyor bo'lib, safarbar qilishni boshladilar. Masihning yahudiyadagi voizligi porlab turgan g'alaba edi. U Yahyo cho'mdiruvchidek odamlarni tavba qilishga va gunohlarini e'tirof etishlariga chaqirdi. U xuddi Yahyo cho'mdiruvchidan olgandek edi (U hatto O'zini suvga cho'mdirmadi, lekin U Yahyoning doirasidan ular kelguncha O'zining shogirdlariga buni topshirdi.) Iso suvga cho'mish hech narsa emas lekin bu Ruxga cho'mishning ramzi ekanligini o'rgatdi. Hali Uning vaqt-soati kelmagan edi , va U O'zini cho'mdirmadi.

Farziylarning qarshiliklari kuchaygan paytda, Iso shimolga jo'nab ketdi. U O'zining Otasining rejalariga ko'ra yashadi. Qonunshunostlar bilan ziddiyatchilik ochilish vaqti hali kelmagan edi. Iso tog'li yo'l bilan shaharga ketishni va Jaliliyaga qisqa yo'l bilan borib Samariyaga kirishni avzal ko'rdi.

Isroil qoni bilan ko'plari chachishgunlaricha Eski Ahddagi guruh o'sha Samariyaliklarni payqashmadi. Eramizdan oldin 722 yilda Asiriyaliklar Samariyaga bostirib kirishganda, va Ibrohimning avlodining ko'pchiligini Mesopotamiyaga surgun qilishganda ular boshqa guruhlarni Samariyaga joylashtirishgan. Bunda e'tiqodlarning qo'shilishiga etaklagan qorishuv yuz berdi.

Iso asl boshliqlar uchun markaz bo'lgan Shehem yaqinidagi Sixarga keldi. Bu Yoshuaning Xudo va odamlar bilan qilgan ahdi uchun joy ham edi ( Ibtido 12:6 va Yoshua 8:30-35). U yerda deyarli Yoqubniki bo'lishi taxmin qilingan eski quduq bor edi (Ibtido 33:19). Yusufning suyaklari Nablus yaqiniga qaygadir ko'milgan ( Yoshua 24: 32). Bu hudud Eski Ahddagi tarixiy markaz bo'ldi.

Iso quduq yoniga o'tirdi, U tushda issiqda uzoq yurib charchagan edi. U haqiqiy holdan toygan va chanqagan inson edi, U ruh yoki qandaydir xudo emas balki U insonning nimjon hislatlarga to'la bo'lgan.

YUHANNO 4:7-15
7 Shu vaqt samariyalik bir ayol suv olgani kelib qoldi. Iso unga:- Menga ichgani suv ber, -dedi. 8 Isoning shogirdlari esa ovqat sotib olish uchun shaharga ketgan edilar. 9 Samariyalik ayol: - Sen yahudiy bo'lsang, men samariyalik ayol bo'lsam, qanday qilib suv so'rashga jur'at qilsing?-dedi.( Chunki yahudiylar samariyaliklar bilan aloqa qilmaydilar). 10 Iso ayolga javob berdi: - Agar sen Xudoning in'omini va " Menga suv bergin", deb aytayotganing kimligini bilganingda edi, sen o'zing Undan suv so'rar eding va U senga hayotbaxsh suv berar edi. 11-Hazrat!- dedi ayol, -Senda suv oladigan hech narsa yo'q-ku, quduq esa chuqur. Axir Sening hayotbaxsh suving qayerda? 12 Bobokalonimiz Yoqub bu quduqni bizga bergan, o'zi ham, bolalari va chorvalari ham undan suv ichgan. Nahotki Sen undan katta bo'lsang. 13 Iso ayolga shunday javob qaytardi: - Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi. 14 Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suvdan ichganning vujudida buloq paydo bo'lib, abadiy hayot sari jo'shib oqaveradi.15- Hazrat, bu suvdan menga ham ber, men ham endi chanqamayin va suv olgani bu yerga kelavermayin,-dedi ayol.

Iso quduq yonida turgan payitda, Samariyalik ayol suv olqani yaqinlashdi. U ayol boshqa ayollarga o'xshab ertalab yoki kechqurun kelmadi balki tush payti keldi. U biror kim bilan uchrashishni xohlamadi; uning yomon sha'ni bilan qayerga borsa ham undan nafratlanishar edi. Iso uning yuragidagi dardni uzoqdan bildi va undan tozalanishi uchun uning chanqoqligini sezdi. Iso unga yordam berishga qaror qildi; Iso unga na O'nta Amrni berdi na uni haqoratladi, balki U oddiygina undan ichishga suv so'radi; Iso uni qanday bo'lsa ham Unga suv berishiga munosib ko'rdi. Lekin ayol Isoni yahudiyligini sezganda, u ikkilandi. Chunki uning xalqi bilan Isoning xalqi o'rtasida jarlik bor edi. Bu darajaga boshqa tarafdan ham bulg'anishdan qo'rqib boshqaning narsasiga tegilmaydi. Nima bo'lganda ham Iso hech qanday ularning o'rtalarida to'siq bo'ladigan udum yo'qday O'zini tutdi, va O'zining so'rovi orqali uni hurmat qildi.

Masihning maqsadi bu gunohkordagi Xudo uchun och bo'lganni uyg'otish edi. Uchrashish joyi quduq bo'lib, gap suv haqida ketayotgan edi. Xudodan bo'lgan sovg'a ayolning yuragida hohish uyg'otdi. Xudoning sevgisi maqsadidek Iso ayolning yoniga o'tirdi. U so'roq-sovol uchun ayolni kutib turgan hukmlovchi emas edi, balki bu inoyatdagi u uchun Xudoning tayyorlangan sovg'asi edi. Mana ajoyib mo'jiza.

Inoyat o'zidan o'zi shamoldan kelmaydi, balki u yagona Isodan keladi. U qobilyat va ilohiy inoyatlar beruvchidir. Hanuz ayol Isoni oddiy odamdek ko'rdi. Masihning ulug'vorligi hali ayolning ko'zlaridan yashiringan edi, lekin Uning toza sevgisi ayolning oldida aniq-ravshan chaqnab turdi. U, hayotbaxsh suv Unikiligi haqida ayol bilan gaplashdi. U taqdim qilgan samoviy ichimlik qalbning chanqog'ini qondiradi. Hamma inson sevgiga va haqiqatga muhtojdir, va Xudoga qaytishni xohlaydi. Kimki Isoga kelsa chanqovi qonadi.

Xudoning sovg'asini so'raganlarga Iso beradi. Iso suvga muhtojligini tariflab bergandek, biz ham muhtojligimizni tan olishimizga to'g'ri keladi. Kimki bosh egmasa va so'ramasa tekin izhor etilgan samoviy suvni qabul qilmaydi.

Ayol Isoni tushunishga aqli yetmagan. Ayol amaliyot terminlarida, "Senda suv olish uchun edishing yo'q va quduq chuqur, Sen qanday qilib menga suv berolasan?" deb javob berdi. Shu vaqtda u xuddi Isoning mehribonligini va sevgisini boshidan kechirganidek gangirab qoldi. Uning qo'shnilari ayolni yoqtirishmaydi, Iso undan nafratlanmadi. Iso olijonobligi orqali ayoldan ajiralib turar edi, lekin U ayolni O'zining muqaddasligi bilan sevdi. Ayol Isoga o'xshagan muqaddas inson bilan hech qachon uchrashmagan. Shunda u shunday deb so'radi, "Sen bobokolonimiz Yoqubdan ham ulug'roqmisan? Sen ajoyib ish qilishni va bizga yangi quduq berishni rejalashtirasanmi?"

Iso Unda dunyoviy suv yo'qligini va kimda kim o'z tanasini tabiy suv bilan qondirsa yana chanqashligini tushuntirib o'tdi. Tana oddiygina suvni shimib oladi va uni o'ziga joylashtiradi.

Lekin Iso hayotbaxsh suv beruvchi, va har bir ruhiy chanqoqlikni qondiradi. Masihiylar Xudoni qidirishadi va Uni topishadi. Ular Unga etmasdan turib haqiqatni ifodalaydigan faylasuflar emaslar. Xudo ularni topdi; ular mazmun-mohiyatda Uni biladilar. Uning sevgisi doim bizlarga yetarlidir. Uning vahiysi hech qachon zerikarli yoki eskirgan emas, lekin u hardoim buloq bo'lib kunda aniq yangilanib turadi va Xudoning bilimini yangilanishi faqat hayol emas, balki kuch, hayot, yorug'lik va tinchlikdir. Muqaddas Ruh esa Xudoning samoviy suv bo'lgan sovg'asidir.

Iso uch karra haqiyqiy hayotbaxsh suv beruvchiligini tasdiqlab o'tdi. Hech qanday din yoki bazm, qarindoshchilik yoki do'stlik sizning yuragingizni chanqovini bosa olmaydi, faqat sizning Qutqaruvchingiz Iso bosa oladi.

Kimki Xudoning sovg'asini qabul qilsa shu odam o'zgariladi. Chanqoq bo'lgan inson o'zidan suv oqib chiqib boshqalarga inoyat ulashib, va ular bilan Muqaddas Ruhning sevgisi va hursandchiligi va boshqa hosillar bilan bo'lishadi. Masihda sabr-toqat qilib biz ko'plarga Xudoning sovg'asi Uning O'zi bo'lib inoyat ustiga inoyat olamiz .

Ayol Iso u bilan suhbat qilganida sehirgar emas balki haqiyqiy Isoligini sezdi. U Isodan hayotbaxsh suvni so'radi. U o'zining muhtojligini tan oldi, lekin u hali ham Iso dunyoviy suv haqida gapiryapdimikin deb o'ylashda davom etdi. U suvni qabul qilishni,va u boshiga idishini qo'yib suv toshimaslikka muhtoj bo'lmasligini va undan nafratlanadiganlar bilan aralashmasligini tasavvur qildi.

IBODAT: Hayotbaxsh suv beruvchi Iso Tangrim. Bizning bilimga va sevgiga chanqoqligimizni qondir. Bizning buzuqliklarimizni kechirgin; har bir gunoxdan bizlarni tozalagin, shunda Muqaddas Ruh bizlarga tushsin va abadiy bizda qolsin. Bizlar buloq suvi bo'laylik, bizning yuraklarimizga quyilgan Sening Ruhingdan to'lib toshgan suvingdan ko'plar ichsin. Bizlarni muloyimlikka, ibodat qilishga, sevishga va ishonishga o'rgatgin.

SAVOL:

  1. Iso bizlarga beradigan sovg'a nima? Bu sovg'aning sifatlari qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)