Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 231 (The Judge’s Judgment on the Evil Ones)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

16. Hukmdorning Hukmi Yovuz Kishilar ustida (Matto 25:41-46)


MATTO 25:41-46
41 So'ng U chap tomonidagilarga ham aytdi: - Ey la'natilar! Ko'zimdan yo'qoling, iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo'yilgan abadiy olovga mubtalo bo'ling! 42 Chunki Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, suv tutmadingizlar. 43 Musofir edim, Meni mehmon qilmadingizlar. Yalang'och edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal bo'ldim, zindonga tushdim, Meni kelib ko'rmadingizlar. 44 Shunga javoban ular ham: - Yo Rabbiy! Seni qachon och, chanqagan, musofir, yalang'och, kasal yoki zindonda bo'lganingni ko'ribmizki, Senga xizmat qilmagan bo'lsak? - deb so'raydilar. 45 U javob berib ularga shunday deydi: - Sizlarga chinini aytayin: sizlar shu kichiklarning biriga qilmagan muruvvatingiz Menga qilmagan bilan barobardir. 46 Shunday qilib, bular abadiy azobga, solihlar esa abadiy hayotga noil bo'ladilar.
(Yuhanno 5:29, Yoqub 2:13, Vahiy 20:10, 15)

Oxirgi hukm haqida fikr yuritganda, kimdir solihlar to'liq solih bo'lganmi va yovuzlar faqat qisman yovuz bo'lganmi yo'qmi so'rashi mumkin. Solihlar ko'pincha gunoh qilmaydimi, va yovuzlar onda-sonda yordam bermaydimi? Aziz do'stim, barcha solihlar tabiatdan yovuz bo'lganlar, lekin Masihning qoni ularning imoniga javoban ularni oqladi, Xudoning Ruhi ularni solihlikning yaxshi harakatlari bilan to'ldirdi. Ular ishlari orqali emas, balki imonlari orqali qutqarildilar.

Biroq, ular solih bo'ldilar va Masihga bo'lgan imonlari orqali qabul qilindilar. Masih ular poklanishi uchun va Muqaddas Ruh orqali o'zgarib, azizlar bo'lishlari uchun to'lov to'ladi. Gunohlarining hech qanday izi oqlanishlaridan keyin qolmadi. Muqaddas Ruh ularda yaxshi ishlar yaratdi, va Masih ularning hayotlarida har kuni ularni tozalshda davom etdi.

Biroq, yovuz yovuzligicha qoldi, chunki har bir kishi agar Xudoning muqaddasligi bilan o'lchansa, yovuzdir. Bahtimizga, Xudo yovuz insonlarning najodi uchun Masihning o'limi orqali gunohlari uchun to'lov to'lashni rejalashtirdi. Lekin Isoni rad etganlar poklanish kuchini bilolmadilar va da'vo topishlariga e'tibor bermadilar. Shuning uchun, ularning ishlari o'zbilarmon va o'zlarining solihliklari faqat ikkiyuzlamchi bo'lib qoldi.

Masih mehribonchiligida bechora va umidsizlar bilan a'loqa qildi. U gunohkorlarni hukm qilyotganida, ular na Isoni sevganliklarini va na U och, chanqoq, kasal, yalong'och, musofir, yoki zindonga tushganida Unga xizmat qilganliklarini aytdi. Ular Iso qiyinchilikda va yordamga muhtojlikda bo'lganini hech qachon ko'rmaganliklariga shikoyat qildilar. Rabbiy ularga muhtojlarni mensimiganliklari orqali Uni ham mensimaganliklarini tushuntirib berdi. Shuning uchun, ularning hamma ishlari foydasiz edi chunki ular Masih va Uning izdoshlari uchun g'amho'rlik qilishdan ko'ra o'zlari va qarindoshlari uchun g'amho'rlik qilgan edilar. Hayotlarining markazi Masih emas, balki o'zlari, pullari va ijtimoiy holatlari edi.

Najodkorni rad etadigan kishi Xudo sevgisining Ruhiga qarshi yuragini tosh qilib oladi. Shunda iblis uni mag'rurlikka to'ldiradi va u iblisning izdoshlaridan biri bo'ladi. Masih bu kishilarni faqat yovuzlar deb chaqirmadi, balki “iblisning farishtalari” deb ham chaqirdi. Qanday qo'pol nom! Iso ularni “la'natilar” deb ham chaqirdi, chunki Shaytonning o'g'illari va xizmatkorlari kabi, ular hayotlarini yolg'onga, zinoga, aldovga, nafratga va qasosga ochdilar.

Jannat bu hayot, bu muqaddas hursandchilikdir. Qalbimizning hayoti Iso Masihning vosetasi orqali Xudo bilan birlikda bog'lanadi; xuddi tanamiz qalbimiz bilan birlikda bog'lanishi kabi. Samoviy hayot Xudoning huzurida, U bilan to'la birlikda bo'ladi. Bu “abadiy” hayot deb nomlanadi chunki o'lim uni tugatolmaydi, yoki eski asr buning yupanchini buzolmaydi va hech qanday azob buning achchiqlanishiga sabab bo'lolmaydi. Shunday qilib, hayot va o'lim, yaxshi va yomon, duo va la'nat biz yo'limizni tanlashimiz uchun oldimizga qo'yiladi. Biz nimani tanlaymiz!

Aziz do'stim, Masih dunyoning yagona Najodkoridir. U gunohlaringiz uchun sizni kechirdi. Uning sevgisi sizning takabburligingizni yengishi uchun va sizni Xudoning nuri qilib, Oliy Janobning bolasi qilishi uchun Uning kuchiga ishoning. Shunda siz hurmatni yoki hashamatni emas, balki dushmanlari uchun Xudoga ibodat qiladigan azizlardan biri bo'lish uchun o'zingizni kamtar tutishni istaysiz. Sizni tinchlik o'rnatuvchi qiladigan va abadiy hayotga qo'yadigan Xudoning Ruhidir. Jannatdan umidsizlik bilan vayronagarchilik va noumidlikdan qayting! Masihdagi solihlik quyosh kabi porlashini bilib oling, chunki Masih ularda yashaydi va ularni sevgisi, haqiqati va muqaddasligi bilan qoplab oladi. U ularni huzuriga kirganlarida bag'riga bosadi, chunki Xudoning barhayot surati ularda namoyon bo'ladi.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Sen o'limdan tirilding. Biz Seni ulug'lab, Senga hamdu-sano aytamiz, chunki Sen bizni qutqarib, gunohimizdan saqlading. Bizning ustimizdan iblisda hech qanday kuch yo'q. Sen bizning buzuq tanalarimizda o'lim urug'ini yengib chiqding va bizni oltin va kumush bilan emas, balki biz Seniki bo'lib, qudratingning to'liqligida barcha azizlar bilan shohligingda yashashimiz uchun azoblaring bilan bizni qutqarding. Sen o'limdan tirilding va yashaysan va abadiy Ota Xudo va Muqaddas Ruh bilan birga boshqarasan. Biz hamma qarindoshlarimizning, do'stlarimizning va dushmanlarimizning ular tavba qilib, Senga ishonib, yangilanib va inoyating orqali poklanishlari uchun hayotlariga tegishimizni bizga hadya et.

SAVOL:

  1. Hukm kunida nima uchun solihlar gunohsiz namoyon bo'ladi va yovuzlar yovuz bo'lib namoyon bo'ladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)