Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 230 (Christ’s Judgment on His Loving Followers)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

15. Masihning Sevikli Izdoshlariga Hukmi (Matto 25:34-40)


MATTO 25:34-40
34 Shunda Podshoh o'ng tomondagilarga aytdi: - Ey, Mening Otamni olqaganlari, kelinglar! Dunyo yaratilganidan beri sizlar uchun meros sifatida tayyorlab qo'yilgan Shohlikni egallangiz. 35 Chunki Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Chanqagan edim, Menga suv ichirdingizlar. Musofir edim, Meni mehmon qildingizlar. 36 Yalong'och edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Meni boqtingizlar. Zindonda edim, Meni kelib ko'rdingizlar. 37 Bunga javoban solihlar Unga shunday deydilar: - Yo Rabbiy! Qachon Sening ochligingni ko'ribmizki, yedirgan bo'lsak, yoki chanqaganingni ko'ribmizki, suv tutgan bo'lsak? 38 Qachon Seni musofir bo'lganingni ko'rib, mehmon qildik, yoki yalong'ochligingni ko'rib, kiyintirdik? 39 Qachon biz kasal, yoki zindonda bo'lganingni ko'rib, Seni yo'qlab keldik? 40 Podshoh javob berib ularga dedi: - Sizlarga chinini aytayin: sizlar Mening shu kichik birodarlarimdan biriga neki qilgan bo'lsangiz, bu menga qilganingizdir.
(Ishayo 58:7, Hikmatlar 19:17, Matto 10:42, Ibroniylarga 11:2)

Masih sodiq izdoshlarini, “Otamning olqaganlari,” deb chaqirdi chunki ular Unga bo'lgan imonlari orqali haqiqatda Xudoning bolalari bo'ldilar. Barhayot Muqadas Xudo ularning Otasidir. U ularga O'zining solih Ruhini yog'dirdi, sevgisi bilan yuraklarini to'ldirdi, va ularga ko'p marhamatlar berdi. Ular o'zlari yaxshi emas edilar, balki Masihga bo'lgan imonlari orqali ular hayotlarida o'zgarib yangi ijod bo'ldilar. Ular yuraklarida Masih kelganida yuzlaridan porlashi ko'rinadigan Xudoning yashirin shohligini olib yuradilar. Shunda Masih shunday deb takrorlaydi, “Pokdil bo'lganlar bahtlidir, chunki ular yer-yuziga ega bo'lur” va bu haqiqatdan bo'ladi.

Masih osmon shohligi haqiqatdan ham Otaning shohligi ekanini tushuntirdi. Uning shohligining xalqi bir Otadan tug'ilgan, Muqaddas Ruhdagi aka-uka va opa-singillardir, va Masih ularni O'zining ukalari va singillari deb hisoblaydi. Siz Xudoning oilasiga tegishlimisiz? Siz Muqaddas Xudo barhayot Otangizligini bilasizmi? Masihning qoni sizni to'liq poklaydi, va Ruhi sizni Uning xizmatida mehribonchiligining harakatlariga olg'a suradi. Bizga Muqaddas Ruh shohlikda aniq merosimizning garovi ekani aytilgan.

Hukm soatlarida, Masih sizning aqliy yoki hisli imoningizni emas balki sevgingizning mevasini o'lchaydi. U siz bilan ta'limotlarni va urf-odatlarni muhokama qilmaydi, yoki sizdan qaysi jamoatga tegishli bo'lganingizni so'ramaydi. U sizdan kunlik nonga va ruhiy oziqqa och bo'lganlarni qondirdingizmi yoki yo'qmi shuni so'raydi. U siz muhtoj bo'lganlarga bergan har bir piyola suv haqida xabardordir. U sizning quvnoq uchrashuvlaringizga bo'lgan yo'lni tushkunlikda bo'lganlarga ochib, ularni yupatgan har bir mehrli so'zlaringizni yozib olgan. Siz bechora kishiga yangi kiyimlarni yoki hatto foydalangan kiyimlarni berganmisiz? Masihning O'zi sizning sovg'angizni olib, uni kiygan, chunki U O'zini har bir kishidek muhtojlikda hisoblaydi. Boshqalarga qilgan har bir narsani Masihning O'ziga qilasiz. U judayam azob tortayotganlar uchun qayg'uradi.

Masih uchun bo'lgan xizmatingiz hukmda imtihon qilinadi, lekin oqlanishingiz uchun emas, chunki bu Galgotada bajarilgan. Sizning asl mohiyatingiz Hukm Kunida ochiladi. Siz kasallarnikiga borasizmi? Ko'rlarga o'qib berasizmi? Kuchsiz bo'lgan sinfdoshlaringizga yordam berasizmi? Tashvishlangan va yakka bo'lganlar uchun ibodat qilasizmi? Siz Xudoning Ruhi sizni sadoqatli xizmatkor qilishiga ruhsat berasizmi? Agar siz Masih orqali boshqalarga xizmatda amalih xizmat qilmasangiz, sizning barcha fikrlaringiz, ibodatlaringiz va ko'z-yoshlaringiz ko'p foydali emas. Masih xalqiga yordam beradi, va O'zini ularning qiziqishlarida qiziqtiradi. Masih ularda va ular Masihdadirlar. Agar Masihning O'zi bechoralar orasida tanilganda edi, biz qanday qilib Unga yordam berishga tayyor bo'lar edik? Biz qanchalik Uning oldiga tashrif buyurgan bo'lar edik? Qayerda Uning bechora xizmatkorlari bo'lsa, Masih ular uchun bizning mehribonchiliklarimizni qabul qilishga tayyordir, va ular bizning hisobimizga qo'yiladi.

Bu matalda, bu hukm kunida “Biz Senga qachon xizmat qildik?” deb Otaning olqaganlari Masihdan so'rashi g'alatidir. Ular sevgi ishlarining muhimligini yoki voizliklarining qadr-qimmatini tushunib yetmaydilar. Ular sevgi bilan oqib chiqib yuraklaridan gapirib, harakat qiladilar. Ular boy va mashxurlarga qaraganda nafratlanilgan va bechorahollar bilan o'zlarini kamtar tutadilar. Ular shunday qilib Masihning ko'rsatmalariga ergashadilar. Najodkor osmondan kasallarga shifo berish uchun va gunohkorlarni qutqarish uchun kelgan. Agar siz Masih bilan uchrashishni xohlasangiz, atrofingizdagi bechora va muhtojlarni izlang. Siz u yerda Masihni topasiz va Uning surati tomon o'zgarasiz.

IBODAT: Ey Sen, Muqaddas Xudo, Sen sevgidirsan. Mening takabburligimni kechir va men kamtarlik bilan Senga muhtoj bo'lganlarga xizmat qilishim uchun mag'rur yuragimni buzib tashla. Sen gunohkorlar bilan o'tirib, ularni qutqarganing kabi, men ham bechora gunohkorlarning oldiga borishni istayman. Men Otamizning barcha olqaganlari bilan o'liming orqali biz uchun sotib olgan ruhiy shohliginga ega bo'lishim uchun, meni sevging bilan to'ldirgin. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen barhayot Hukmdorsan. Mening hisobim Sening qo'llaringdadir. Sen bizning Qutqaruvchimizsan va umidimizni Sening o'liminga qo'yamiz.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun hukm haqidagi nutqida imon haqida gapirmasdan, balki faqat sevgi ishlariga qaratdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)