Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 203 (The Fourth Woe)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

6. To'rtinchi Voy (Matto 23:16-22)


MATTO 23:16-22
16 Ey basir peshvolar, holingizga voy! Sizlar: “Ma'bad haqiga ichilgan qasam o'tmaydi, lekin ma'baddagi oltin haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart”, deysiz. 17 Hoy nodonu ko'rlar! Qaysi biri buyukroq: ma'badning oltinimi, yoki oltinni muqaddas qilgan ma'badning o'zimi? 18 Shuningdek, sizlar yana: “Qurbongoh haqiga ichilgan qasam o'tmaydi, lekin qurbongohdagi qurbonlik haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart”,- deysizlar. 19 Hoy nodonlar, ko'rlar! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi? 20 Axir, qurbongoh haqiga qasam ichgan, ham qurbongohni o'zi , hamda undagi barcha narsalar haqiga qasam ichgan boladi. 21 Ma'bad haqiga qasam ichgan esa, ham ma'badning o'zi , hamda ma'badda yashaydigan Xudo haqiga qasam ichgan bo'ladi. 22 Osmon haqiga qasam ichgan esa, ham arshi a'lo, hamda arshi a'lodagi Xudoning O'zi haqiga qasam ichgan bo'ladi.
(Matto 5:34-37, 15:14)

So'zlarini isbotlash uchun qasam ichadigan kishi gumonsiraydi, chunki u qasam ichish orqali so'zlarining noaniqligini berkitish uchun reja tuzishi mumkin. Farziylar qiyinchilikka tushgan: Ular kuchli ont ichish orqali yolg'onlarini yashirishni istashgan. Lekin, ularga behuda Xudoning nomini chaqirishga ruhsat etilmagan, chunki Uning ismini shunchaki eslash kufrlik deb bisoblangan. Shuning uchun ular inson Xudoning ma'badi haqi emas, balki ma'badning oltin qavati haqi qasam ichishi kerak deb maslahat berishgan. Ular Xudoning qurbongoh haqi ham qasam ichish daxshatli narsa deb hisoblashgan. Shuning uchun, ular pul bilan sotib olingan qurbonlik qasam ichish uchun qulay deb ifodalashgan. Shunday qilib, ular odamlarga hukmlarining to'rlarini tashlab, ularni tortib, ularni Xudodan yuroqlashtirishgan.

Masih har bir so'zlarimiz haqiqat bo'lishi kerakligini aytib, haqiqatni isbotlash uchun qasamdan foydalanishga ruhsat bermaganida bunga murojat etdi. Farziylarning qasam ichishi haqida tushuntirishlarida, Iso biz hech qachon qasam ichmasligimiz kerak bo'lgan buyrug'ini bekor qilmadi, balki U bizga biz Xudo oldida va taxti oldida javobgar ekanimizni eslatib qo'yishni xohladi. U bizning “ha” so'zimiz “ha” ni bildirishi kerak va “yo'q” so'zimiz “yo'q” ni bildirishi kerakligini aytdi. Biz endi qanday qilib namoyon bo'lamiz? Sofdil kishilar yoki ayollardekmi, yoki yolg'onchilar kabimi?

IBODAT: Rabbimiz Iso, Sen muqaddas Hukmdorsan. Sen hukmlaringni biz bilan boshlaysan. Biz Sening izdoshlaringmiz, va Sen ikkiyuzlamachilarning holiga voy deb aytding. Biz yolg'on gapirishdan, aldashdan va mag'rurlikdan yiroqda bo'lishimiz uchun har bir ikkiyuzlamachilikdan bizni ozod qil. Sening haqiqatingni, sofdilligingni va sodiqligingni qabul qilish uchun bizga yordam ber. Biz hamma gunoh, ahmoqlik, nodonlik va to'liqsiz tavba uchun kechirimingni so'raymiz. Biz halok bo'lmasdan balki Muqaddas Ruhingning donoligi bilan har doim to'g'ri va haq gapirishimiz uchun bizni poklagin.

SAVOL:

  1. Masih qanday qilib yuzaki qasamlarni yengib chiqdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:20 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)