Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 121 (Blasphemy Against the Holy Spirit)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

g) Muqaddas Ruhga Qarshi Kufrlik (Matto 12:22-37)


MATTO 12:22-24
22 Shundan so'ng Isoning oldiga jinga chalinib ko'r va soqov bo'lgan kishini keltirishdi. Isoning shifolashi tufayli Uning tili ham chiqdi, ko'zi ham ochildi. 23 Bundan butun xaloyiq hayratlanib: “Bu Dovudning O'g'li – Masih emasmikan?” - dedi. 24 Farziylar buni eshitishgach: “U ins-jinslarning boshlig'i-iblisning kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapdi-ku”, - dedilar.
(Mark 3:22-27, Luqo 11:14-23, Yuhanno 7:42)

Masih asta-sekin hokimyatini ochib berdi. Uning oldiga olib kelgan bu kishining holati tasodifiy emas edi. U jinga chalingan edi va uni Qudratli Masihning oldiga olib kelishlari bilan, sevgiga to'la bo'lgan Isoning so'zi orqali bu kishi shifo topdi. Insonni yo'q qilishni va uni kuchsiz qilishni izlaydigan yovuz ruhlar ko'p. Bu soxta xudojo'ylik tufayli sodir bo'lishi mumkin. Farziylar o'zlarining hadyalari bilan Xudoni qondirishni izlagan va diniy qonun va urf-odatlarga qattiq yopishib olishni izlagan yuzaki diniy harakatlarga shunchalar o'ranib olgan edilar-ki, naryog'i yo'q. Ular kuchsizlar va kambag'allar uchun mehribonchiliklarini yo'qotganlar va Shaytonning o'ziga tegishli bo'lgan ruhiy mag'rurlikka ochiq bo'lganlar. Chunki boshqalardan ko'ra o'zini solih deb o'ylaydigan kishi haqiqatdan ko'rdir va o'zining yovuzligi haqida boxabardir. Lekin Isodan ruhiy zakovatni oladigan kishi uyatchan bo'ladi, tavba qiladi va mag'rurlikdan ozod bo'ladi.

Farziylar boshqa odamlarga qaraganda ilohiy qonun uchun g'ayratli va ko'proq bilim olishga o'zlarini soldilar; biroq ular Masihga va Uning ta'limiga bo'lgan doyimiy eng yomon dushmanlar bo'lishgan. Ular odamlar orasidagi hurmat e'tiborlaridan fahrlanishgan. Bu hurmat-e'tibor ularning mag'rurliklarini to'ydirgan, ularning kuchlariga ko'maklashgan, hamyonlarini to'ldirgan. Ular “Bu Dovud O'g'li bo'lishi mumkinmi?” deb odamlar aytganini eshitishganida, mo'jizadan ko'ra bunga ko'proq jahllari chiqdi. Ular Masihning hasadchilari edilar va ular Masihning qiziqishi odamlarning hurmatini oshirganda va ularga bo'lgan odamlarning hurmati yo'qolib borganda qo'rqib ketdilar. Ular xuddi Shoul Dovudga ayollar u haqida qo'shiq aytganlari uchun hasad qilgani kabi, ular ham Isoga hasad qildilar (1Shomuil 18:7-8).

Kamtar va kamsuqum insonlar Iso va'da etilgan Masih, Dovudning O'g'li ekanini sezishgan. Lekin Farziylar ko'r va soqov kishining shifo topishidan hursand bo'lmadilar. Ular Masih va jinlarning boshlig'i o'rtasida kelishuv bor deb hisoblab, Masihni la'natladilar. Ular o'zlarining solihliklarini amalda qilish bilan, toshbag'ir bo'lib ketdilar. Ular o'zlarini Xudoga xizmat qilyotgandek o'yladilar, biroq ular Uning Muqaddas Ruhiga qarshi edilar. Ular qonunni bajarishni izlaganlar ammo shunday qilishlari bilan sevgilari va mehrlari kamaygan. Ularning barcha sajdalari shaytonga hos bo'lgan, chunki Shayton o'zini nurli farishtaga aylantiradi holbuki u o'zi zulmatlikning boshlig'idir.

IBODAT: Samoviy Ota, biz chin dilimizdan Senga rahmat aytamiz chunki O'g'ling Iso kasallarni, soqovlarni, ko'rlarni va Uning oldiga kelgan jinga chalinganlarni shifoladi. Sevgingning kuchi qanday buyukdir. Iltimos biz boshqalarning qiyinchiliklarida va azoblarida ular bilan haqiqatdan qayg'urmaganimiz uchun bizlarni kechir. Ularning jahillari chiqib, bezovta bo'lganlarida hursand bo'lmaylik. Biz do'stlarimizning muhtojliklarini his qilishimiz uchun va kuchingni olib, ularga yordam berishimiz uchun sevgi va sabr-toqat bilan bizlarni to'ldir. Ruhiy kar va ko'r bo'lganlarga rahm qil, chunki ular nopok ruhlarga chalinganlar. Faqat ulardan bir nechtasi ruhiy holatlari uchun qayg'uradilar. Najodga chanqoq bo'lganlarga yordam berish uchun va ularni ruhlantirish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Yahudiylarning boshliqlari nima uchun Isoni yovuz ruhlarning boshlig'i tomonidan yovuz ruhlarni haydab chiqarishdan Uni ayibladilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 09, 2023, at 07:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)