Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 112 (Answer to the Baptist’s Disciples)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

a) Isoning Yahyoning Shogirdlariga bo'lgan Javobi (Matto 11:2-19)


MATTO 11:2-6
2 Zindonda yotgan Yahyo esa Masihning qilayotgan ishlarini eshitgach, o'z shogirdlaridan ikkitasini Uning oldiga yuborib: 3 “Keladigan Qutqaruvchi Senmisan, yoki biz boshqsini kutaylikmi?” - deb Undan so'ratdi. 4 Iso javob berib ularga dedi: “Boringlar, eshitib ko'rayotganlaringizni Yahyoga bildiringlar: 5 Ko'rlar ko'ryapti, cho'loqlar yuryapti, moxovlar tuzalyapti, karlar eshityapti, o'liklar tirilyapti va bechoralarga Xushxabar e'lon qilinyapti. 6 Meni deb vasvasaga tushmagan bahtlidir!”
(Malaxi 3:1; Ishayo 35:5-6, 31:1; Luqo 7:18-23)

Masih xabarchilarini shahar va qishloqlarga yuborgandan keyin, U ularga ergashdi, ularning ishlarini yo'lga qo'ydi, xizmatlarini tugatdi va ularning tinglovchilarini osmon shohligi haqidagi xushxabarda mustahkamladi; shunda U hamma yerda yaxshi tanildi. Shunda ular bir-birlari bilan pichirlashni boshladilar, “U Xudo tomonidan yuborilgan payg'ambarmi?” Chunki U kelish kerak bo'lgan Masih kabi ajoyib mo'jizalar ko'rsatgan edi, Undan boshqa hech kim o'limdan tirila olmaydi.

Xizmat davom etdi, hatto Yahyo zindonda bo'lsa ham, bu hech qanday azob qo'shmadi, balki zanjirlariga dalda haqida ko'p hissa qo'shdi. Umidsizlikda Xudoning xalqini “Masihning ishlarini” eshitishdan boshqa hech narsa ko'proq yupatmaydi – asosan o'z qalblarida ularni ko'rishdir. Bu zindondan koshonaga aylanish mumkin. Ba'zi yo'llar yoki Masih qiyinchilikda bo'lganlarga sevgi haqiqatini ifodalab beradi va ularning vijdonlariga tinchlik olib keladi. Yahyo Masihning ishlarini ko'rolmagan, lekin u bularni rohat bilan eshitgan. Ko'rmasdan eshitganlar va ishonganlar bahtlidir.

Yahyo qorong'u zindondaligida Masih haqida eshitgan. U Masihni kelishini va mo'jiza orqali uni ozod qilishini kutgan chunki Yahyo o'zining tavba qilish uchun chaqiruvi orqali Uning yo'lini tayyorlagan edi. Yahyo Isoning eng sevimli do'sti bo'lgan va haqiqat uchun zindonda nohaqlik bilan azoblangan. U osmonning buyuk shohligining zafari orqali nohaq hukmdorlarning yo'q bolishiga umid qilgan. Lekin, uzoq kutishdan qat'iy nazar, Iso kelmadi, va Yahyo hanuz bog'langan edi, umidsizlikka tushgan va zindonda yolg'iz edi.

Yahyo Masihning kuchiga va ilohiyligiga shubhalanishni boshlagan, shunda u ikta shogirdlarini Isodan so'rash uchun Uning oldiga yubordi, “Sen kelishi kerak bo'lgan Masihmisan yoki U emasmisan?” Masih unga to'g'ridan to'g'ri javob bermadi, ammo Iso unga Xudoning kelishi kerak bo'lgan xizmatkori kelganini va U ko'plarni kasallikdan, gunohdan va o'limdan qutqarishini tushuntirib, Ishayo 35:5-6 dagi payg'omni ko'rsatadi. Uning yagona ishlari Iso kelishi kerak bo'lgan Masihligiga javobsiz isbotdir.

Ba'zilar Yahyo bu savolni o'zining qoniqishi uchun yuborgan deb o'ylashadi. U Masihning oliyjanob shahodatini olib yurgani haqiqat. U Isoni buyuk narsalar bo'lgan “Xudoning O'g'li” (Yuhanno 1:34), “Xudoning Qo'zisi” (Yuhanno 1:29), Muqaddas Ruhga Cho'mdiruvchi” (Yuhanno 1:33), va “Xudoning Yuborilgani” (Yuhanno 3:34) deb e'lon qilgan. Lekin u Iso uzoq vaqtlar va'da etilgan va ko'plar tomonidan kutilgan Masihligiga to'liq ishontirilishini istagan.

Yuhanno hokimyati bilan dindor, siyosatchi shoh bu dunyodagi nohaqlikni olib tashlashini va Xudoning quvilgan izdoshlarini ozod qilishini kutgan. Biroq Masih yomon daraxtlarni kesish uchun boltadan foydalanmadi. U yo'qolganlarni qutqardi, kuchsizlarni shifoladi, va ikkilangan yuraklarga umid ekdi. Iso jazolash uchun siyosiy kuch bilan kelmadi, balki gunohkorlarning gunohlarini oladigan Xudoning yuvosh Qo'zisi kabi keldi.

Yahyoning shubhasi o'zining holatlaridan ko'tarildi. U mahbus bo'lgan, va u agar Iso haqiqatdan ham Masih bo'lsa, nima uchun Uning do'sti bo'lgan Yahyo bu qiyinchilikka tushgan deb o'ylash uchun vasvasaga solingan bo'lishi mumkin. Nima uchun u shuncha uzoq u yerda qolib ketdi, va nimaga Iso uning oldiga kelmadi yoki uning oldiga jo'natmadi yoki surishtirmadi? Nima uchun Iso uni zindondan chiqarish uchun shoshilmadi yoki hech narsani ossonlashtirmadi. Shubhasiz Rabbimiz Iso zindonga Yahyoning oldiga bormagani uchun yaxshi sabab bor edi. Ularning o'rtalarida kelishuv bo'lgan bo'lishi mumkin. Lekin Yahyo e'tiborsiz kabi buni to'xtatgandir, va bu Masihga bo'lgan imoniga qo'rquv bo'lgan.

Boshaqalar Yahyo Masihning oldiga o'zini qondirish uchun emas balki boshqalar uchun bu savol bilan shogirdlarini yuborgan deb o'ylashadi. Bunga e'tibor bering, hatto u mahbus bo'lsa ham, ular u bilan qoldilar, unga e'tiborlarini qaratdilar, va undan qoidalarni qabul qilishga tayyor edilar. Ular uni sevar edilar va uni tark etib ketmadilar. Yahyo boshidan talabalari bilan akademiyaga gramatika maktabidan boradigan ustoz kabi Masihga shogirdlarini qaratish uchun tayyor edi. Balki u yaqinlashib kelayotgan o'limini oldindan ko'rgandir, va shuning uchun ularni tark etishi kerak bo'lgan qorovullik ostida Masih bilan yaxshiroq tanishtirish uchun ularni olib kelayotgan edi.

Yahyo Masih sevgi ekanini, Xudoning komil Qo'zisi kabi bu gunohkor dunyoni qutqarish uchun azob tortib o'lishni xohlaganini tushunish uchun fikrining mohiyatini o'zgartirishga to'g'ri kelgan. Bu yangi fikr Yahyo uchun qiyin dars bo'lgan. Bu Yahudiylar tomonidan tushunilgan va o'rgatilgan Eski Ahdning ruhi bilan o'xshashlikda emas edi. Xudoning sevgisi mehribonchilik bilan kamtar va yuvosh bo'lgan Masihda namoyon bo'ldi, - hokimlik, yoki zo'rlik yoki siquv bilan emas.

IBODAT: Muqaddas Xudoyimiz, Sen shavqatli sevgidirsan. Biz Senga sajda qilamiz, va Senga biz hursandchilik bilan, kamtarlik bilan, sabir-toqat bilan va buyuk sabr bilan yurishimiz uchun yuraklarimizga sevgingni solishing uchun o'tinamiz. Biz Iso kishidagi Masihning haqiqiyligini tushunishimiz uchun va o'limgacha Unga ergashishimiz uchun bizga yordam ber, biz Uning yaxshiliklari bilan to'laylik, muqaddas bo'laylik va muqaddaslikda ayibsiz bo'laylik. Biz tushkunlikka tushganimizda Senga shubhalanmasdan, balki hamma sharoyitda ham Senda qolishimiz uchun bizga kuch bergin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun Yahyoni zindondan ozod qilmadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:11 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)