Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 055 (Forbidding Adultery)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
1. INSONLARGA BO'LGAN BIZNING VAZIFALARIMIZ (Matto 5:21-48)

b) Zinoni Taqiqlash Poklikni Qidirishni Anglatadi (Matto 5:27-32)


MATTO 5:31-32
31 Yana deyilganki: “Kim xotini bilan ajralmoqchi bo'lsa, unga taloq hatini yozib bersin”. 32 Lekin Men sizga aytaman: Kim bevafolik aybidan boshqa sabab bilan xotinidan ajralsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajralgan xotinga uylansa, zino qilgan bo'ladi>>. (Qonunlar 24:1; Matto 19:3-9; Mark 10:4-12)

(Zinodan tashqari) erkak xotinidan ajralishi, bu doimo zinoga eshik ochish kabi, yettinchi amrdan bo'lgan qonunbuzarlikdir. Iso “aytilgan” deb tushuntiradi; U “qadimgilarga aytilgan” deb oldingidek gapirmaydi. Bu Farziylar ishonishni xohlagandek, boshqa amrlarga o'xshagan nizom emas edi, bu ruhsat bo'lgan.

Eski Ahd nizomlarining ba'zilari inson g'azablanganida og'izdan chiqadigan so'z bilan xotinidan ajralmasligi kerakligini ko'rsatgan. U guvohlar orqali tasdiqlangan yozuvdagi qonuniy qo'llanma bilan buni asta-sekin qilishi kerak. Agar u turmush zanjirini yo'qotsa, u buni tantanali ravishda qiladi. Shuning uchun qonunlarining ba'zilari mulohazasiz va shoshilinch ajrashishlarni to'xtatishga harakat qilgan. Ilgarigi vaqtlarda yozuv Yahudiylar orasida oddiy emas edi, va bu ba'zi noyob narsani ajralishga majbur qildi. Lekin vaqt jarayonida bu oddiy bo'lib bordi, va buni qanday qilish yo'li faqat bunga sabab bo'lganida, har qanday sabab uchun buning ruhsatdek tushunilgan.

Xudo mehribonchiligida “faqat bir ayolga uylanish” ning qonunida er-xotinlarning har biri haqiqiy sevgida va o'zaro hurmatda boshqalarga xizmat qilishlarini olib kelgan. Turmush zanjirida sir faqat tananing birligi emas balki bir-biriga ko'rsatilgan hurmat va minnatdorchilikdir. Agar er-xotinlar Xushxabar so'zida va sevgida davom etsalar, Muqaddas Ruh ularning o'rtalaridagi munosabatni muqaddaslaydi.

Agar ulardan biri zinoga berilsa, ularning o'rtalaridagi oldingi ruhiy ajralishning natijasi bo'lishi mumkin, shunda ular o'zaro ishonchni, hurmatni, xizmatni va g'amho'rlikni yo'qotishadi. Ammo agar ular xudojo'ylikda yashashsa, Xudoning sevgisi ularning sevgilarini marhamatlab, ularni mehr va birlikda saqlaydi. Agar Iso hech qanday turmush ahdini Rabbiysi bo'lmasa, zinoning tajribasi biz o'ylaganimizdan ko'ra tezroq tarqaladi. Agar er-xotinlar sodiqlik bilan Masihda bo'lishsa, U turmushda homiy bo'ladi, chunki U bizga kechirimni, sabr-toqatni, va chidamlikni o'rgatadi.

Masihga ulug'vorlik bo'lish boshqa dinlardek turmush munosabatini buzish eshigini ochmadi. Er-xotinlik munosabati ruhiy dushmanlik tufayli buzilganda, va kechirim uchun xohish yo'qolganda, shunda ba'zilar ajralishning imkoniyatini ko'rsatadi, lekin bu Masihning amriga zid ravishdadir. Ular shunday ajralish ikkala er-xotin uchun ham janjanlashish va zo'ravonlikdan bartaraf bo'lish uchun eng yaxshi yechim bo'ladi deb aytishadi. Bu bechora odamlar ilohiy sevgining kuchiga va Masihning xochdagi yarashtiruviga e'tibor qilmaydilar.

Har bir ajralish (zinodan tashqari) zinodek hisoblaniladi. Shuning uchun Xudo qo'shganni inson ajratmasin. Er-xotinning birligi faqat tana orqali o'rnatilmaydi balki qalb orqali ham o'rnatiladi. Ayol agar boshqa kishiga turmushga chiqqan bo'lsa ham birinchi eriga oidligicha qoladi. Fikrlamasdan, kechirmasdan ajrashadigan er-xotinlarning holiga voy. U kishi eng buyuk gunohkor bo'ladi. Biz hammamiz gunoh bilan g'uborlanganmiz va biz Xudoning doimiylik kechirimiga va ichki his-tuyg'ularimizning har kunlik poklanishiga muhtojmiz. Muqaddas Ruh ichki kasalliklarimizni davolashga va bizni poklashga qodir. Masihning Ruhisiz, biz turmushni yoki poklanishni amalda qila olmaymiz, chunki bu Ruh Yaratguvchini ardoqlaydi va tabiy qoidalarni rad etmaydi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen komil poklikda bizning oramizda yashading va Muqaddas Ruhing to'liq poklik bilan tanangni boshqardi. Iltimos bizning hirslarimiz va yomon hulqlarimiz uchun bizni kechir va biz kamtar bo'lib, Sen bizlarni kechirganing kabi boshqalarni kechirishimiz uchun bizda Muqaddas Ruhingning pokligini o'tqazgin. Biz zinokorni hukm qilish o'rniga uni kechirishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Masihning Qonuniga ko'ra kim zinokor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)