Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 05 (Prepare The Way of the LORD!)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean -- Lingala -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 5 -- Xudoning Yo'lini tayyorlang! (Ishayo 40:3)


Olomon hayotida kunlik nonlarini olib, hursand bo'lishga harakat qilib va ularni kutadigan o'lim haqida xabarsiz bo'lib, maqsadsiz shoshadilar. Faqat Xudo haqida o'ylaydigan, Undan qo'rqadigan va ular Uning boshqaruvini va haqiqatini olish uchun Uning qonunlariga ergashish uchun harakat qiladigan kishilar kam.

Olamning Yaratguvchisi O'zining jonzotlarini unutmaydi. Xudo ularni sevadi, ular haqida o'ylaydi, ularga gapiradi va ularning yuraklarini qidiradi. Agar ular tavba qilib, Unga qaytsalar, Xudo ularga O'zining to'liqligidan ilohiy kuchini berishni istaydi.


U bizga keladigan XUDOdir

Odam Ato va Momo Havo Xudoga itoat qilmaganda, ular mubtalo bo'lgan yovuz shaytonni bilib qolib, uyalganlaridan Xudodan yashiringanlar. Biroq Xudo ularni hukm qilmasdan, balki ularni qidirish uchun keldi va shunday dedi, "Odam Ato, qayerdasizlar?" (Ibtido 3:9). Yaratguvchi har bir kishini qidiradi va undan shunday deb so'raydi, "Qayerdasan? Hayotingda nimaga erishding?"

Xudo Ibrohimni buzuq budga berilgan jamiyatning o'rtasidan, Mesopatamiyada chaqirdi, va tozza abadiy uyni izlaydigan to'xtovsiz sayyoh qildi. Aziz kitobxon, siz ham o'zingiz uchun abadiy uyni qidirib, solihlik yo'lini izlayapsizmi?

Yoqub aqilli kishi bo'lgan. U uzoqqa qochib ketib o'sha yerda uylangan. O'zga yurtda uzoq yillardan keyin, u o'zining yurtiga qaytib kelgan. Lekin XUDOning farishtasi uning o'tgan gunohi uchun uni jazolash uchun uning yo'lida turgandi, Biroq Yoqub XUDOning buyuk shavqatiga ishondi. U Muqaddas Xudo bilan kurashib shunday dedi, "Meni duo qilmaguningcha, Seni qo'yib yubormayman!" (Ibtido 32:26). Siz Xudoga qutqargunigacha yopishib olyapsizmi?

Muso Misrdan cho'lga qochib ketgan chunki u Ibroniy bo'lgan qulni urayotgan soqchini jahlga minib o'ldirgan edi. Qirq yildan keyin Xudo unga yonayotgan butada zohir bo'ldi va unga "Men Xudoman" hech qachon o'zgarmaydigan Xudoman, deb aytdi. Hayotingiz cho'lida XUDO sizni topdimi? Yuragingiz Uning sizni tez-tez chorlayotganini eshitadimi? O'zgarmas Xudoning sodiqligini his qilganmisiz?

XUDO O'zining xalqi ustidan Shomuilni chaqirib, uni Hukmdor bo'lishga tayyorlaganda, u yosh bola edi. Xudo faqat o'smirlarni tanlamaydi, balki yosh odamlarni ham tanlaydi. Biz Xudoning so'zlarini atrofimizdagi bolalarga ularning tillarida o'rgatishimiz kerak va ularni U tomon boshqarishimiz kerak. XUDO bugun sizdek xizmatkorlardan foydalanib, yosh odamlarni kelishini istaydi.

Dovud zinoga berilgan edi, keyin bu ayolning erini o'ldirishga buyrug' bergan. Lekin XUDO uni ketishiga yo'l qo'ymadi. Xudo unga uning jinoyatini ochish uchun va unga Xudoning g'azabi yog'ilishini aytish uchun bir payg'ambarni jo'natdi. Dovud samimiy yurak bilan tavba qildi va u gunohkorlarni gunohdan Xudolari tomon boshqarishni boshladi. Dovud Xudoda inoyat va kechirim topdi. Zabur 50 o'qing; buni yod oling va Dovud kabi dalda va kechirim topishingiz uchun imon bilan bu oyatlar uchun ibodat qiling.

Ruhoniy bo'lgan, Ishayo Muqaddas XUDOning ulug'vorligining ko'rinishini ko'rdi va shunday deb baqirdi, "Mening holimga voy, chunki men komil emasman! Chunki men nopok og'izli kishiman, va nopok og'izli bo'lgan odamlarning orasida yashayman; chunki mening ko'zlarim Shohni, farishtalarning XUDOsini ko'rdi." (Ishayo 6:5).

U nola qildi chunki XUDOning nuri unga uning atrofidagi odamlarning holati bilan birga uning holatini ochib tashladi. Siz Xudoning ulug'vorligini ko'rish uchun Unga yaqin kelishni istaysizmi? Keyin siz Muqaddas Xudodan sizni ajiratib turadigan gunohni tushunasiz. Siz gunohingiz Muqaddas Yaratguvchiga yaqin kelish uchun sizga halal berishini va ularni olib tashlash kerakligini bilasizmi? "Biz Masih nomidan yolvoryapmiz: Xudo bilan yarashinglar" (2 Korinfliklarga 5:20).


Xudoning yo'lini tayyorlangiz!

Xudoni qoniqtirishni istaydiganlar Uning amrlarini bajarishi kerak. O'ylamasdan gunoh qiladigan va Uning amrlariga o'ylamasdan itoat qilmaydigan kishi gunohini tan olishi kerak va Uning shunday degan va'dasiga ko'ra Xudoning kechirimini so'rash kerak, "Agar gunohlarimizni e'tirof etsak, Xudo gunohlarimizdan o'tadi va bizni har turli nohaqlikdan forig' qiladi" (1 Yuhanno 1:9). Yolg'on gapiradigan kishi, XUDOning oldiga borsin va yolg'on gapirganini tan olsin. Uyida o'ziga tegishli bo'lmagan narsani topgan kishi, bu narsaning egasiga olib borib bersin va undan kechirimini so'rasin. Boshqa inson bilan nopok ishlarni qiladigan kishi, Xudoning oldida gunohini tan olsin va tavba qilib, qayta gunoh qilmasin. Boshqaga bosim o'tkazdiradigan kishi, bu ota-onasini, turmush o'rtog'ini va bolalarini o'z ichiga oladi, ularning kechirimini qidirsin va ularga jismoniy yordam bersin.

Suvga cho'mdiruvchi Yahyo Ishayo payg'ambarning buyuk va'dasini bajargan, u vahiyni qaytarganda u bu so'zlarni olgan, "Mana, cho'lda nido yangramoqda: Xudovand yo'lini tayyorlangiz, Ravon aylangiz so'qmoqlarin! - deya. Neki soy bor, to'lajak lim-lim, har tog'u tosh cho'kajak bir qur. Qing'ir qiyshiq yo'llar rostlanib, past-balandliklar tekis bo'lur, har bir bashar Xudo najodin ko'rur". (Ishayo 40:3-5; Luqo 3:4-6).

Suvga cho'mdiruvchi Yahyo hech kim solih emas deb voizlik qilgan. Biz hammamiz gunohkormiz va tozalanib, kamtar bo'lish uchun o'zgarishimiz kerak. Bosim ostida azoblanib nola qiladigan kishi ruhlanib yangilanishi kerak. Boshqalarni aldagan kishi, o'zining yolg'on yo'llaridan chekinsin, to'g'ri yursin va yomonlik qilgan kishilarga yaxshilik qilsin.

Quydagi oyatlar XUDOning amrlarini jamlaydi: "Xudoyingiz bo'lgan Rabbingizni butun yuragingiz bilan, butun qalbingiz bilan va butun kuchingiz bilan seving" (Iklamchi Qonunlar 6:5), va "Yaqiningizni o'zingiz kabi seving" (Levitlar 19:18). Agar Xudoni sevishni hoxlasangiz, Uning amrlarini bajaring. Shahsan sizning oldingizga XUDO kelishi uchun Uning yo'lini qanday tayyorlashni sizga ko'rsatishini so'rang.


XUDO siz uchun yo'l xozirlaydi

Maryam O'g'li ilohiy yo'lda tug'ilgan, chunki Xudoning Ruhi Unda inson bo'ldi. Masihni buzuq, gunohkor insonzodning orasiga tanada jo'natdi. Iso ular uchun O'zining sevgisini Uning oldiga kelgan barcha kasallarga shifo berish orqali va yovuz ruhga chalinganlarni jinlaridan ozod qilgan ruhiy hokimligi orqali isbotladi. Biroq Isoning xalqining ko'pchiligi Uning ulug'vorligining mohiyati pok sevgisi ekanligini tushunishmadi.

Shavqatli Xudo Uning kelishi uchun yo'l hozirlashga harakat qilganlarga yuragini ochadi. Bu dunyoning gunohini olgan, biz uchun to'lov to'lagan, bizni barcha gunohlardan tozalagan va tekinga bizni oqlagan Maryam O'g'lidir. Biz Unga rahmat aytishimiz va sevishimiz kerak chunki U bizga osmon eshigini ochdi.

Dunyomizga Masihning kelishi odamzodning qaytishining tarixi haqidagi sirli markazidir. Xudo bu dunyo Unga qaytishi uchun dunyomizga keldi. Xudo tavba qilib Unga qaytadigan har bir kishini kechiradi. Bu sirni tushunadigan kishi donodir va buni qo'llaydigan kishini Xudo qabul qiladi.


Xudo shaxsan sizning oldingizga keladi

Masih qabirdan tirildi chunki U o'limni yengdi, U osmonga ko'tarildi va Muqaddas Xudo bilan yashayapdi. U sevadigan izdoshlarini sog'inadi. Iso ularning kuchsizligini va umidlarini biladi. Bu O'zining Muqaddas Ruhini ularga jo'natganidir. Masih osmonga ko'tarilganicha, shunday degan, "Ammo sizlarga haqiqatni aytaman, Mening ketishim siz uchun foydalidir. Agar Men ketmasam, Yupatuvchi oldingizga kelmaydi. Agarda ketsam, Uni oldingizga yuboraman" (Yuhanno 16:7). Xudo Masihning izdoshlarida yashaydigan, Yupatuvchimiz bo'lgan, Muqaddas Ruh orqali bizga keladi.

Siz Masihning Ruhiga yuragingizni ochganmisiz? U sizni o'zgartirishni hoxlaydi va Uning tinchligi, hursandchiligi, sabr-toqat va muloyimlik ichingizda yashashi uchun, U sizni sevgisi bilan to'ldiradi (Matto 11:29, Gallatiyaliklarga 5:22-23). XUDO yuragingizning eshigini taqillatadi. Siz Unga yuragingizni ochasizmi? Uning oldida fikringizni tosh qilib olmang, balki sizga bo'lgan XUDOning yo'lini tayyorlangiz.

"Tur, porla; chunki sening nuring keldi! Va XUDOning ulug'vorligi senga tushdi. Qara zulmat yerni va chuqur zulmat odamlarni qoplab oladi; lekin XUDO sening ustinga keladi, va Uning ulug'vorligi senda ko'rinadi." (Ishayo 60:1-2)


Xudo har bir kishiga keladi

Masihning sevgisi do'stlariga va yaqinlariga xushxabar haqida xushxabar olib kelish uchun va Xudo ularga ham kelishni istashini aytish uchun ruhan yangilanganlarni boshqaradi. Faqat o'zingizning atrofingizga qaramasdan balki Masihga ergashing va adashyotganlarni izlang.

Agar Xudoga qanday qilib xizmat qilishni bilmasangiz, ibodat qiling va Uning rahbarligini, yo'nalishini so'rang va U sizni qanday boshqalarni oldiga borish, yaxshi harakatlarni ko'rsatish va muhtojlarga yordam berish uchun yo'naltiradi. Xudo sizning og'zingizni Uning sevgisi va muqaddasligi haqida eshitishni hoxlaydiganlarga gapirishingiz uchun ochadi. Xudo sizni quvvatlantiradi, siz bilan boradi va sizni himoya qiladi. Masihga hayotingizning boshqaryotgan g'ildiragini topshiring, shunda siz inoyatlar bilan to'lasiz. Xudo siz uchun ruhiy a'loqalarni tayinlaydi.


Masihning kelishi haqidagi sirlar ustidan fikr yuriting

Agar siz o'tmishda, hozir va kelajakda erkaklarga va ayollarga XUDOning kelishi haqida ko'proq bilishni hoxlasangiz, iltimos bizga yozing va biz siz imonda, sevgida va umidda kuchli bo'lishingiz uchun fikrlash va ibodatlar bilan Masihning Xushxabarini sizga yuboramiz.

Biz sizning hatingizni kutyapmiz, Agar siz bizga yozsangiz, bizning hatimiz sizga yetib borishi uchun to'liq manzilingizni yozishni unutmang.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)