Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 06 (Rejoice in the LORD Always!)
This page in: -- Armenian -- Baoule -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula -- English -- French -- German? -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean? -- Lingala -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai -- Turkish? -- Twi -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract -- Next Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 6 -- Doyimo Xudoda Hursand bo'ling! (Filipliklarga 4:4)


Televizor ko'radigan kishi zamonaviy qo'shiqlarda yovvoyilarcha o'ynayotgan, havf-hatarga qaramasdan tog'larga tirmashyotgan va katta-katta sharlarda dunyo atrofini aylanyotgan yosh o'smirlarni ko'rishi mumkin. Ular faollik va insonning harakatlari orqali yuraklaridagi bo'shliqni to'ldirishga harakat qilishadi.

Boshqa guruh esa taskin topib hursand bo'lish uchun, muammolarini unutish uchun va gunoh va rohatning hayot tarzida yashash uchun pul qiladi. Biz nola qilayotgan boshqalarni ham topamiz chunki nohaqlik ularga tushgan. Ular xalqlari uchun qutqaruvchilar kabi o'zlarini portlatish bilan qasos olishga ond ichadilar.

Faqat odamlarning kichik qismi Xudoga qaytib Undan shunday so'rashadi, "Biz qutqarilishimiz uchun nima qilishimiz kerak?" "Bizni nima qilishimizni va nima qilmasligimiz kerakligini istaysan?" Xudoning shavqati singan yuraklarni Muqaddas Yaratguvchidan haqiqiy dalda olish uchun osmonga ko'zlarini qaratish uchun ruhlantiradi.

O'zlarining umidsizliklarida cho'kayotgan odamlarning soni ko'payib bormoqda, bu hayotda ularda endi maqsad ham, umid ham yo'q. Bu baxtsiz kishilar baxtsizliklarida umid topa oladilarmi? Biz hammamiz bu dunyoning odamlaridan uchdan bir qismini yo'q qiladigan yadro urishi tomon chopyapizmi?


Dalda beradigan vahiy

Havotirlar va urushlar o'rtasida Nehemiya payg'ambar o'zining ibodatlariga javob kabi ilohiy vahiyni eshitdi, "Hafa bo'lma, chunki Xudoning hursandchiligi sening kuchingdir" (Nehemiya 8:10).

Keling tirik XUDOga yuraklarimizni qarataylik, chunki faqat U bizga orom, umid va tinchlik bera oladi.

Bu vahiyda bu payg'ambar olgan muhim dalda nima edi? XUDO unga Uning O'zi hursandchilik va quvonch bilan to'ldirishini aytgan. Xudo odamlarning baxtsizligiga kulib ularga g'amho'rlik qilmasdan Buddaga o'xshab o'tirmaydi. Bizning Xudoyimiz faol rohat va qutqaradigan hursandchilik bilan to'ldiradi. U barcha insonzod uchun qutqaruv rejasini olib kelgan. Hamma narsani ko'rib biluvchi Xudo yaxshilik qiluvchi kishi yo'qligini, hamma buzilganligini, hech kim o'zini tuzata olmasligini yoki tinchlik va hursandchilik bilan yuragining bo'shlig'ini to'ldira olmasligini biladi. XUDO gunohkorlarni yangilashni va ularning hayotiga ma'no va umid berishni istaydi. Xudoning muqaddas hursandchiligi sizning kuchingiz ekanini unutmang! Xudoning oldida tavba qiladigan kishi Undan kuch, dalda va botirlik oladi. Faqat XUDO ozodlik olib keladi - va Uning ruhiy shohligi bo'sag'ada turibdi.


Qutqaruvchi tug'ildi

Podalariga qarab turgan cho'ponlar oldida XUDOning farishtasi O'zining porlab turgan ulug'vorligi bilan ko'ringan payitda, Baytlahmning tepaliklarida tun to'satdan yorishib ketdi. Ularning atrofida osmon nuri porlaganda, ular titroqdan yerga yiqildilar. Ular Qiyomat Qoyim nogahon kelib qoldi deb o'yladilar. Ular juda qo'rqib ketgandilar, chunki ularning oldingi gunohlari esga kelib, ko'z o'ngilarida namoyon bo'ldi. Ular hukmdan qochishni hoxladilar, biroq ular qocha olmadilar, chunki XUDOning ulug'vorligi ularni parchalab tashlagan edi.

Ularga ko'ringan bu farishta na ularga tanbeh berdi na ularni cho'chitib yubordi, balki u ularga shunday deb dalda berdi, "Qo'rqmanglar! - dedi ularga farishta. Men sizlarga el-xalqni cheksiz quvontirajak Xushxabarni keltirdim. Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun Xaloskor tug'ildi. U Rabbimiz - Masihdir". (Luqo 2:8-11).

Bu buyuk ko'rinish bilan, XUDOning farishtasi yangi asrni, hursandchilik va inoyat asrini ochib berdi. Qutqarish haqidagi Xudoning rejasi haqiqat bo'lishga aylandi. Bu farishta barcha odamlarni Xudodan oqib chiqadigan hursandchilik va tinchlik daryosidan olib chiqish va qabul qilishga taklif qilgan. XUDO faqat O'zining inoyatini xudojo'ylarga va solihlarga ochmagan balki yovuz va buzuq odamlarga ham ochgan. Farishta olim va donolarga birinchi taklifnoma jo'natmagan balki XUDOning zakovvati ularni yoritishi kerak bo'lgan sobotsizlaru rad etilganlarga yuborgan. Bu yagona yutuq faqat erkak kishilarga emas, balki ayollarga va bolalarga, charchagan va kasallarga ham berilgan. XUDOning quvonchi ularning hammasiga keldi. XUDOning farishtasi nima uchun barchaga hursand bo'lishni buyurdi? Chunki Qutqaruvchi tug'ilgandi va Uning shavqatli ishi boshlangan edi.

Achinarlisi shundaki, Xudoning xalqining ko'plari Tinchlik Shahzodasini rad etgan edilar. Ular fikrlarini o'zgartirishni istamas edilar. Ularning maqsadi kuch, pul va oliy yashash tarzi bo'lgan. Ular dushmanlari ustidan g'olib bo'lish uchun va g'alabali hokimyatlarini saqlash uchun o'lik qurollardan foydalanishni hoxlaganlar.


Masihning buyuk taklifi

Aksincha, Masih tavba qilganlarni va Xudoga qaytib kelgan bahtsiz bo'lgan odamlarni to'pladi. Iso Uning oldiga kelgan kasallarga shifo berdi, ularning barcha gunohlarini kechirdi, jinga chalinganlarni yovuz ruhlarini haydab chiqardi, bo'ronni tinchitdi, och qolgan tinglovchilarini to'ydirdi va ularni qabul qildi, "Mening shodligim sizlarga o'tsin va ko'nglingiz quvonchlarga to'lsin deb, men bu so'zlarni sizlarga aytdim" (Yuhanno 15:11; 16:24).

Masih O'zining hursandchiligi sevikli kishilarida to'liq yashashligini aytib, O'zining o'tinchli ibodatida bu ilohiy sirni tasdiqladi. (Yuhanno 17:13).

Maryam O'gli faqat sevgisini O'zining izdoshlariga taqdim qilmadi, balki Unga qarshi bo'lganlarga va dushmanlariga ham berdi. Iso ularning gunohlarini olib tashladi va ularning qilgan gunohlari uchun to'lov to'ladi. O'zining to'lovi orqali, Masih hammani Muqaddas Xudo bilan yarashtirdi; shuning uchun Masihda inoyat orqali Uning oqlashini qabul qiladiganlarning gunohlarini kechirish va ularda so'nmas umidni o'rnatish huquqi bor.

Maryamning tirilgan O'g'li Xudoning oldida g'alaba bilan ko'tarilganda, U barcha insonlarga Muqaddas Ruhini yog'dirgan (Havoriylarga 2:16-21). Gunohidan tavba qilib, imonda Xudo bilan birlashadigan kishi muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr-toqat va ibo Ruhini oladilar (Galatiyaliklarga 5:22-23). Taraqqiyot imonlilarning hayotida Xudoning Ruhi tomonidan yangilanishlari orqali boshlandi. Yig'laganlar tasalli topadi, umidsizlar umidga ega bo'ladi, fosihlar solih bo'ladi, va o'lim tomon boradiganlar abadiy hayotning kuchida yashaydilar. Bu vaqtdan Masih bizni Xudo bilan yarashtirdi, Uning shifolash va tozalash inoyati mo'l-ko'l va muloyimlik bilan insonzodga o'tdi.

Havoriy Pavlus o'zining ruhiy tajribasidan kelib chiqib, shunday yozgan, "Rabbingiz bilan a'loqada bo'lib, doimo xursand bo'linglar. Yana aytaman: xursand bo'linglar!" (Filipliklarga 4:4).

Xudoning xursandchiligi Uning sevgisiga qaraydigan, Uning so'zlarini o'qiydigan va ularni bajaradigan har bir kishida qoladi. Masih izdoshlarini shunday deb ruhlantirgan va ishontirgan, Nomlaringiz osmonda yozilganidan quvoninglar (Luqo 10:20).

Aziz kitobxon,
siz yakka, yo'qolgan bo'lib yoki tashlandiq bo'lib yashaysizmi? Yoki siz Tirik Masihda yashaysizmi? Maryam O'g'liga yopishib oladigan kishi Uning kuchida va hursandchiligida qatnashadi. Masihga o'zingizni bag'ishlang, toki abadiy hursandchilik, o'zining vasvasasi va quvg'inlari bilan bu xudosiz dunyo o'rtasida yuragingizda yashasin.

Siz XUDOning hursandchiligiga qo'yilganmisiz? Biz sizga Masihning Xushxabarini fikrlash bilan birga Xudoning sof kuchining bulog'ini unda topishingiz uchun uni jo'natishga tayyormiz. XUDO sizni O'zining solihlik yo'lida boshqarishi uchun Muqaddas Kitobni o'qing va har kuni ibodat qiling.
Do'stlaringiz bilan XUDOning hursandchiligini bo'lishing: agarda sizga bu sahifa yoqqan bo'lsa va siz umidsiz va adashgan odamlarga buni berishni istasangiz, biz siz uchun ba'zi nashrlarini berish uchun jo'natishdan hursand bo'lamiz. Bu sahifani qabul qiladiganlar uchun ibodat qiling.

Biz sizning hatingizni kutyapmiz. Manzilingizni to'liq va aniq yozishni unutmang. Biz XUDOning hursandchiligi sizni to'ldirishi uchun ibodat qilamiz.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)