Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 115 (Paul Alone With the Governor and His Wife; The Second Hearing of Paul’s Trial)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

10. Pavlus Yakka Hokim va Uning Hotini Bilan (Havoriylar 24:24-27)


HAVORIYLAR 24:24-27
24 Bir necha kundan keyin Feliks yahudiy hotini Drusilla bilan keldi. Pavlusni chaqirtirib, Iso Masihga ishonish to'g'risida uni tingladi. 25 Pavlus haqiqat, nafsni tiyish va qiyomat-qoyim haqida gapirganda, Feliksning yuragi cho'chib ketdi. “Endi borgin, vaqt topganimda seni yana chaqiraman”, - dedi. 26 Ayni zamonda, Pavlus ozod bo'lishi uchun, menga pora beradi degan umidda uni tez-tez suhbatga chaqiradigan bo'ldi. 27 Ikki yidan so'ng Feliksning o'rniga Porsiy Fest keldi. Feliks yahudiylarning ko'nglini olmoqchi bo'lib, Pavlusni qamoqda qoldirdi.

Hokimning hotini Drusilla biz o'n ikkinchi bobda daxshatli o'limi haqida o'qigan Shoh Hirod Agrippaning qizi bo'lgan. Bu ayol juda chiroyli bo'lib, Suriyaning shohiga turmushga chiqqan. Lekin Feliks Yahudiy jodugari orqali yolgonni ishlatib, uning eridan ayolni ajiratib yuborgan va uni o'zi uchun olgan. Tarix E.K. 79 portlashda va matolar erib ketishidan kuyib o'lganini ta'kidlaydi.

Bu ayol erini Kesariyadaligida bu mahbusni ular sirli ilohiyligi orqali ajablantirishi uchun olib kelishiga qistadi.

Bu yonida chiroyli ayoli bo'lib, hushomad bilan yostig'iga yotib, ayyor va hordiq chiqargan boy kishi Feliks bilan o'zining ozod bo'lishi tomon ishlash havoriy uchun qanday ajoyib imkoniyat. Mahbus Pavlus ichidagi kuch insoniyatni saqlash uchun otashin vulkanga o'xshab yonib, tanasida toshlar va qamchilarning izlarini ko'tarib ularning oldilarida turdi. Pavlus vasvasaga berilib, er-hotinga tilyog'lamalik qildimi? Yo'q, chunki u o'zini saqlab qolish haqida bir minut ham o'ylamadi. Balki, u o'zlarining buzuq vijdonlari bilan hirsga cho'kkan oldidagi ikki bechora odamlarni ko'rdi.

Uning yuragi ularning najoti uchun intizor edi. Yaxshi doktor yuzaki shishishni uqalamaydi, balki kesadigan pichoq bilan o'sha ondayoq uni kesib olib tashlaydi, shunday qilib Pavlus nohaq hokimga solihsiz harakat tufayli sanchdi va unga Xudo haqiqatni, odillikni va solihlikni qidirishini ko'rsatdi. Pavlus ayolga o'zini tiyib olishi kerakligini va poklik haqida dalolat berdi, chunki zinokorlar Xudoning shohligiga kirmaydi. Mahbus havoriy uning oldida yotganlarning vijdonlarini o'yg'otgandan keyin, u Xudoning odil hukmi oldida ularni turg'izib, ularga Muqaddas Xudoning qahrini e'lon qildi.

Pavlus ularni barbot qilishni izlamadi, chunki Xudoning O'zi ularga porlayotgan nurini ochib berdi. Ismi “bahtli” ma'noni anglatgan Feliks juda qo'rqib ketdi. Hech kim bu vaqtgacha unga haqiqatni ochiqchasiga gapirishga jur'at etmagan edi. Bu ayol balki jahli chiqib Xudoning xabarchisidan nafratlangan, chunki u Pavlusni ozod qilmaganidan keyin erining jahlini chiqargan hayotidagi yolg'onni ochib tashladi. Feliks vijdonini o'ylab, ikkilanish ekldi. U oddiy holatni olishga va o'rta holatda bo'lishga harakat qildi. U tavba qilish uchun Xudoning chaqiruvini rad etmadi, lekin u Pavlusni ozod qilish qaroriga hala berganidek o'zining najotining qaroriga halal berib, vijdonining ovoziga bo'ysunmadi.

Ayniqsa, u pulni xidini sezdi, chunki Pavlus allaqachon Quddus xalqiga hayr-sadaqa olib kelganligi haqida gapirgan edi. Bu hokim jamoatning boshidan katta pulni berishiga umid qilgan edi. Shubhasiz jamoatlar xalqlarning havoriysini ozod qilish uchun pul to'plash uchun tayyor edilar. Lekin Pavlus bunday fikrlar bilan hech narsa qilmadi, va faqat o'zi uchun emas balki hayotda to'g'rilik misoli bo'lib turib, uning oldida turgan ochko'zligidan Feliksni saqlash uchun ham hech narsa qilmadi.

Chindan ham, bu hokimi havoriy unga qo'ygan haqiqatning ta'siridan o'zini halos qilolmadi. Pavlus unga insoniy va ilohiy ishlarda maslahat berishni davom ettirdi. Uning barcha yordamchilari yolg'on gapirib unga til yog'lamalik qilishar edi. Biroq, endi, u vaqt o'tgan sari Pavlusning haqiqat so'zlari uning vijdoniga kirib borganligi orqali Pavlusdagi ifodalangan Xudoning haqiqati uning oldida edi. Lekin hokim barcha ruhiy vahiylardan qat'iy nazar, Xudoning oldida o'zini kamtar tutmadi. Biz u ishonganmi yoki saqlanib qolganmi bu haqida o'qimaymiz.


11.Yangi Hokim Oldida Pavlusning Sudining Ikkinchi Eshitishi (Havoriylar 25:1 -12)


HAVORIYLAR 25:1-12
1 Fest viloyatga kelganiga uch kun o'tganidan keyin, Kesariyadan Quddusga bordi. 2 Shunda oliy ruhoniylar bilan yahudiylarning asilzodalari hokimning oldiga kelib, Pavlusdan shikoyat qildilar. 3 Muruvvat ko'rsatib, Pavlusning Quddusga chaqirtirishni o'tinib so'radilar; holbuki, yo'l-yo'lakay uni o'ldirishni qasd qilgan edilar. 4 Fest esa Pavlus Kesariyada qamoqda turganini va o'zi ham yaqinda u yerga qaytib borajagini ularga bildirdi. 5 “Shunday qilib, sizlardan kimning iloji bo'lsa men bilan birga borishsin va agar bu odamda biron yomonlik bo'lsa, uni ayibdor qilishsin”, - dedi u. 6 Fest ularning yonida sakkiz yoki o'n kundan ziyod turmay, Kesariyaga qaytib bordi. Ertasi kuni hukm kursisiga o'tirib, Pavlusni olib kelishni buyurdi. 7 Pavlus o'rtaga chiqqach, Quddusdan kelgan yahudiylar uni o'rab olganlaricha, o'zlari isbot qilolmaydigan ko'p og'ir ayiblarni unga qo'ydilar. 8 Pavlus esa o'zining himoya so'zida: - Men na yahudiylarning Qonuniga, na ma'badga va na Qaysarga qarshi biron bir jinoyat qilganim yo'q, - dedi. 9 Fest yahudiylarning ko'nglini topmoqchi bo'lib, Pavlusdan: - Quddusga borib, u yerda mening oldimda bu hususlarda sud bo'lishni istaysanmi? - deb so'radi. 10 Pavlus dedi: - Men Qaysarning hukm kursisi oldida turibman, men bu yerda hukm etilishim shart. Men yahudiylarga hech bir ahdsizlik qilmaganimni o'zingiz ham yaxshi bilasiz. 11 Agar men o'limga loyiq biror jinoyatda ayibdor bo'lganimda, unda o'limdan bosh tortmasdim. Agarda bu kishilar menga qo'yayotgan ayiblar asossiz bo'lsa, unda meni hech kim ularning qo'liga topshira olmaydi. Men Qaysarning hukmini talab qilaman. 12 Fest maslahatchilari bilan kengashganidan so'ng, Pavlusga javob berib: - Sen Qaysarning hukmini talab qilding, Qaysarning oldiga borasan, - dedi.

Bir rayonda uzoq vaqtdan beri amaldorlarning qolishlarining hodisasida sodir bo'lgan yutuqning maqsadi uchun ularning idoralari buzuqlikdan ularga halal berish uchun boshqa joyga vaqtdan vaqtga ko'chirilganliklarida Rim Imperiyasida til biriktirish bor edi.

O'zining idorasining oxirgi terminida kasal vijdoni bilan bahtli bo'lgan Feliks Pavlusni ozod qilishdan va Xudoning irodasiga ko'ra ishni echishdan ko'ra u uchun Kesariyaga ularning harakat qilishlari uchun qaytishda yahudiylar bilan marhamatga ega bo'lishni tanladi. Shunda pulga ko'zini tikkan va hokimyat lavozimida olg'a surgan hokim Xudoning hukmi kelishi tomon tezda shoshildi.

Yangi hokim Fest faollik kuchi bilan kelib, o'zining ota-bobolarining hamma ilg'or ishlarni o'rnatishni xohladi. Shunday qilib u ayyor boshliqlar birgalikda Pavlus qonunni buzishida ayiblab, Quddusga uni jo'natish uchun marhamatdek undan so'rab, bu imkoniyatni ushlab Yahudiya markazi Quddusga shu zahoti safar qildi. Ularning talablari yolg'on edi, chunki ular yo'lda Pavlusni o'ldirishni maqsad qilgan edilar.

Fest kesariyadagi uyiga qobilyatli tarzda yahudiy ustozini tortishga umid qildi. U ulardan bu ishni aniqlab bera oladigan vakilni talab qildi. Fest dengiz qirg'og'idagi poytahtiga bir necha kunlardan keyin tushganida, u amoldorni eshitdi. Yahudiylar Pavlus Qoninning haqiqatini nomusga o'ldirib, ma'badni ifloslab, dunyoning poydevorlarini ko'chirganlikdan shikoyat qilib va hatto Masihni Rabbiy va shohlarning Shohi deb nomlagani bilan shikoyat qilib, og'ir ayiblashlar bilan keldilar.

Pavlus bu barcha ayiblashlar yolg'on ekanini ifodalab, bu shikoyatlarga javob qaytardi. U birorta Yahudiylarga nohaq harakat qilmayotgan edi. Pavlus agar u birorta nohaqlikka berilgan bo'lsa o'lishga tayyor edi. Lekin ayiblovchilar unga qarshi birorta ayibni isbotlay olmadilar.

Hokim bu ish diniy tabiatning pokligini tushunib yetdi. U Pavlusga uning e'tiqodining markazini o'rab olgan savollar va ayiblar hokimga aniq bo'lishi uchun uning rahbarligi ostida Quddusdagi sudda joylanganini qabul qilishi uchun taklif berdi. Pavlus Qonun va Xushxabarni o'ylab ilohiy bahsdan qo'rqmadi, balki dushmanining xusumatidan, nafratidan va uni o'ldirish uchun qiziqqonlik jasoratidan yaxshi xabardor edi.

U ular odil sud uchun tayyor emasliklarini ham bilar edi. Shuning uchun bu hokim Rim hukm maqsadini talab qildi va o'zining harobaligi uchun ularning chaqiruvi uchun yahudiylarning o'jarliklarini rad etdi. Yahudiylarning oliy kengashi o'ttiz yil mobaynida Masihning xochga mixlanishidan Pavlusning hozirgi sudigacha bo'lganidek Nasroniylik Iso va Uning izdoshlariga shubhasiz qarshi edilar.

Pavlus bu hokim ittifoqdoshlikni boshlanishini o'rnatish istagi va uning fuqorolarining hamkorligini saqlashi uni Yahudiylarning oliy kengashiga topshirishga tayyorlanganini payqaganda, Pavlus Xudo unga tug'ilishidan Rim fuqoroligini bergani haqida oxirgi imkoniyatidan ta'sirini o'tkazishni boshladi. Bu o'zini xarobalikdan saqlash uchun qo'llanilgan bo'lishi mumkin. U zindon eshiklari yer qimirlash tufayli ochilganda va Quddusda uning kaltaklanishidan oldin ham, u bu haqiqatni Filippida bir marta ishlatgan. Endi u Quddusdagi dushmanlari orqali harakatlanishi uchun hokim uni taklif etishidan to'xtatish uchun yana buni ishlatish uchun tayyorlandi. Mana shunda, u Qaysarning oldida harakatlanishi uchun o'zining haqqini talab qilib, botirlik bilan talablarini gapirdi. Hech kim Rim fuqorosi deb uni odillik uchun bu haqiqatdan bosh torta olmadi.

Bu vaqtda, ahloqi buzuq va jinoyatchi Nero Rimda hukumronlik qilish uchun kelgan. Fest haqiqatdan zolim Qaysar orqali hukm qilish uchun jo'natganini Pavlusga tasdiqlaganida kulib qo'ydi. Rimda u davlatning eng oliy markazlarida buzg'unchilik, yolg'onchiliklarni boshidan kechirar edi. U huquqiy bo'limlarda qog'ozbozlik va shifolashlarning kechikishidan asabiylashni ko'rar va boshidan kechirar edi. Pavlus uzoq zindonbandlikni kutgan, lekin yuragida Rabbiysi uni Rimga boshqarishini his qilgan. Pavlus bu yo'lni tanlamadi. Balki, bu poytaxtga ozod qilingan g'olibdek emas, balki mahbusdek O'zining elchisini olib kesh uchun maqsad qilgan Rabbiysi edi. Shunda Pavlus uning ishiga diqqatini qaratmagan yoki qaror qilishni xohlamagan, dushmanlari bilan hamkorlik tufayli kuchsiz hokim ostida ko'p yillarni yo'qotishdan ko'ra Rimga borishni afzal ko'rdi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, men o'zimni saqlash uchun qiyinchilik vaqtlarida natog'ri yo'lni tanlamasdan, Sening haqiqatingni yashirmasdan sabr-toqatlikda o'zimni o'rgatishim uchun va barcha boshqa imonlilar bilan Sening nomingga dalolat keltirishim uchun meni donolikka, haqiqatga, botirlikka va kamtarlikka o'rgat. Omin.

SAVOL 115: Pavlus ikki Rim hokimlari ostida zindonbandligida uning qaysi harakatlari sizni hayron qoldirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)