Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 064 (Preaching in Cyprus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

2. Kiprdagi voizlik (Havoriylar 13:4-12)


HAVORIYLAR 13:4-12
4 Barnabo bilan Shoul Muqaddas Ruh buyurganiga ko'ra yo'lga tushib, Selevkiya shahriga keldilar. U yerdan esa Kipr oroliga suzib ketdilar. 5 Salamis shahriga kelib, yahudiylarning ibodatxonalarida Xudoning kalomini targ'ib qildilar. Yuhanno ham ularning xizmatida edi. 6 Ular butun orolni kezib chiqib, Pafos shahriga yetib keldilar. U yerda sehrgar va soxta payg'ambar bo'lgan Baryeshu ismli bir yahudiyga duch keldilar. 7 Beryeshu viloyat hokimi Sergiy Pavlusning xodimi edi. Aqlli odam bo'lgan hokim Barnabo bilan Shoulni chaqirib, Xudoning kalomini tinglamoqchi bo'ldi. 8 Biroq Baryeshu (boshqa oti bilan Alimo, yaniy sehrgar) ularga qarshilik ko'rsatib, hokimni imondan toydirishga tirishardi. 9 Shunda Muqaddas Ruhga to'lgan Shoul, yaniy Pavlus, unga ko'zlarini tikib dedi: 10 – Ey iblis o'g'li! Yuraging har hil hiyla va ayyorlikka to'lgandir, har qanday haqiqat dushmanisan! Xudovandning to'g'ri yo'llarini chalkashtirishni bas qil! 11 Va endi Xudovand senga qarshi qo'l ko'tardi. Sen ko'r bo'lasan va bir qancha vaqt quyoshni ko'rmaysan. Shu zahotiyoq bu odamning ko'zlari qorong'u zimistonlikka ko'mildi. Endi u atrofni paypaslaganicha o'ziga yetaklovchi izlar edi. 12 Hokim bu voqeani ko'rdi-da, Rabbimiz Iso to'g'risida ta'limotga qoyil qolib, imon keltirdi.

Muqaddas Ruh bu ikki havoriyni jo'natdi. U bularni boshqarib ularga yordam berdi chunki ular Rabbiy Isoning nomini ulug'lashgan edi. Muqaddas Ruh bu ikki kishini birinchi Antioxiyadan chamasi 25 kilometr bo'lgan dengiz bo'yidagi shahar Selevkiyaga boshladi. U yerda bu ikki havoriy ularni ko'rgani kelgan birodarlari bilan birga tizza cho'kib ibodat qilishdi. Keyin ular kemaga chiqib Barnaboning ona yurti bo'lgan Kiprga qarab suzib ketdilar. Barnabo bu orolni yaxshi bilar edi, va ular u yerda uning vatandoshlariga voizlik qilib, ularning xizmatlari yaxshi bo'ladi deb o'ylashgan edi.

Kiprning sharqiy qirg'og'idagi shahar Salamisga yetib kelishganida, ular savdo-sotiq qilish joyida G'ayriyahudiylarga gapirish uchun to'xtashmadi. Buning o'rniga, ular o'sha zahotiyoq Yahudiylar ibodayxonasiga borishdi va Xudoning so'zini ularga aytishdi. Eski Ahd a'zolari Mediteraniya Dengizining oxirgi sharqiy tomonida joylashgan bu orolda ko'payib ketishgan edi. Biz hanuz Kiprdagi birorta Yahudiy odamlari Iso Masihga ishonib va jahl bilan Uni rad etganliklari haqida o'qimaymiz. U yerda aholining hech biri ularga e'tibor bermaganidek tuyuladi. Ular bu orolga o'zgacha fikrlar bilan kelayotgan ko'plab sayohatchilarga o'rganib qolishgan edi.

Shunday qilib ular Barnaboning jiyani Yuhanno Mark bilan sherik bo'lib yo'llarida davom etishdi. U Muqaddas Ruh orqali bu xizmatga chaqirilmagan lekin ularga yordamchi sherik bo'lib yurib ularga qo'shildi. Ular tavba qilish uchun odamlarni chaqirib va Xudoning shohligini e'lon qilib, uzunligi 160 kilometr bo'lgan butun orol orqali o'tishdi. Biz biror kim ularning chaqiruviga javob berganini, ishonganini yoki suvga cho'mgani haqida o'qimaymiz. U yerda hech qanday jamoat tashkil bo'lmadi. Muqaddas Ruh orqali tanlanganlarining xizmatlari boshida obod bo'lib ko'rinmadi.

Oxiri ular Baryeshu viloyat hokimi Sergiy Pavlus va Pavlus vaqtidagi Kipr poytaxti bo'lgan Pafosga yetib keldilar. U davlatning oliy kengashiga javobgar emas bu orolning butunlay hokimi edi. Bu hokim ziyoli, ehtiyotkor va bu payitlarga dono bo'lgan. U orolidagi yangi talimot haqida eshitganda, u voizlik qiluvchilardan ularning ta'limotlari haqida surushtirish uchun jo'natdi.

G'alati narsa shundaki, uning saroyida Alimo deb nomlangan Yahudiy sehrgari yasharkan. Bu Alimo payg'ambarchilik in'omiga ega bo'lish uchun ayyorlik qildi va buni Shaytoning xizmatida bu bilan band bo'ldi. Mana shunda u insonlar va kelajak haqida ba'zi dalillarni hokimga aytib berish uchun o'ziga buni olib yolg'on payg'ambar bo'ldi. Haqiqatdan ham u undan pul olish uchun yolg'onlar orqali uni aldayotgan edi. Bu yolg'on payg'ambar o'zining yovuz ruhi orqali hokim va orol ustidan g'alaba qozondi.

U orolga yangi ruhni olib kelayotgan Barnabo va Shoul haqida hokimni ogohlantirdi. Hokim bu ikki kishi haqida eshitganda u ularning xushxabaridan xursand bo'ldi. Mana u jahannam ruhi orqali egallangan kishi buni Barnabo va Shoulga dosh berish uchun barcha nayranglar bilan buni yaratdi. U tumaniga Xudoning shohligi kelishidan buni to'xtatish uchun o'zining barcha quvg'in kuchlaridan foydalandi. U yana butun orol Masihiy bo'lishidan yangi imonga birorta tarafkashlik berishidan uning homiysi halal berishini xohladi. Bu voizlik qilishda movofaqqiyatsizlik uchun sababdir. Ba'zi mamlakatlarda xushxabar ruhining kirishiga qarshilik qilib nopok ruh o'tirib oladi. Jannatdagi bu Ruh yerdagi ruh bilan kelishuvda emas. Hamma dinlarning birlashuvi butunlay yuzaki yolg'ondir.

Barnabo va Shoul Muqaddas Ruh bilan moylangan Iso Masihga qarshi sehrgarning Yahudiycha Baryeshu nomidagi ruhni payqashdi. Bu sehrgar Eski Ahdning haqiqatini buzib ko'rsatib, Shaytonning ruhiga to'lgan edi. U hayotiga qo'shimcha yordam berish uchun o'zining diniy bilimi bilan band bo'lgan. Uning mag'rurliklari haqiqat va to'g'rilikka qarshi va aniq farqli bo'lgan yolg'on donolik bilan to'lgan edi.

Hokimning ismi havoriyning ismiga o'xshagan bir hil ism edi, xuddi sehrgarning ismi Isoning ismiga o'xshaganidek. Shuning uchun havoriylar hokim orqali butun Rim Imperiyasiga imkoniyatni va orolga Xudoning shohligining kelishi uchun tayyorgarlik bo'lishi mumkin deb o'ylashdi. Biroq ularning orzulari puchga chiqdi va Masihning haqiqati va Shaytonning yolg'oni o'rtasida urush kelib chiqdi. Pavlus deb nomlangan Shoul yolg'on sehirgar va payg'ambarning yuzidan yolg'on niqobini ochib tashlab uni olib tashladi. Pavlus sehrgarga tavba qilishni aytmadi, yoki unga kechirimni taqdim qilmadi.

Balki u Masihning nomi bilan uni hukm qilib, Rabbiyning ishlayotgan qo'lidagi imon orqali uning yovuz ruhini yengidi. Pavlus Muqaddas Ruh orqali yetaklanib yolg'on payg'ambarning ichki borlig'iga sanchdi. U bu yolg'onchini tanaviy o'limga olib kelmadi balki Iso Masih mo'jiza qilish uchun unga kuch berdi. U sehrgarni tavba qilishga imkoniyat bo'lishi uchun ko'r bo'lishiga mubtalo qildi, xuddi u ham tavbasiga tayanishi uchun imkoniyat bo'lganida Damashq yo'lida ko'r bo'lib qolganidek. Biroq Pavlus haqiqiy Rabbiy haqida Unga va najotga ishonish uchun unga tushuncha kelgan.

Iso O'zining xizmatkori Pavlusning shahodati orqali iblislar ustidan G'olib va hamma ruhlar ustidan Rabbiy bo'lish uchun Kiprda O'zini ko'rsatdi. U yerda bo'lganlar buyuk Xudoning zafarini sezishdi. Keyinchalik Pavlusga oxirgi va “kichigi” birinchi bo'ladi degan Havoriylar maktublarida birinchi eslatib o'tiladi. Masihning ulug'vorligi uchun harakat qilgan kishi Najotkorning ismini ulug'lash uchun kuchni qabul qildi. Bu ulug'vorlik Muqaddas Ruhning maqsadi edi.

Afsuski, hokim astoydil emas, faqat mo'jiza tufayli tirik Masihga ishondi. U suvga cho'mish uchun so'rashga jur'at etmadi. Hatto uning ismi “Pavlus” bo'lgan bo'lsa ham, u haqiqiy Pavlus qilganidek Masihning voizchisi bo'lmadi. U imonidan qat'i nazar betarafligicha qoldi. U o'zining ilimiliqligi orqali Xudoning shohligini tarqatishda kech qolish uchun sabab bo'ldi. Biroq u Isoning ismidan qo'rqib Uning ismiga o'zini chorlab, orolda voizlik qilishga e'tiroz bildirmadi. Biz jamoat tarixida Sergey Pavlus haqida hech narsa o'qimaymiz.

Pavlus va Barnabo Rabbiyning e'tiqodi puch fikr emas balki yuqoridan bo'lgan kuch ekanligini boshlaridan o'tkazdirishdi. Rabbiyning O'zi zafarli yurishida bu kishilarga jo'r bo'layotgan edi. Biroq safarning birinchi qadamida sodiq Barnaboning ona yurti bo'lgan Kiprda tavba qilgan imonlilar yo'q edi.

IBODAT: Ey Rabbim Iso, Sen hamma iblislar ustidan G'olibsan. Biz Sendan atrofimizdagi Sening xushxabaringa qarshi bo'lgan barcha kuchlarni nobud qilishingni so'raymiz. Xizmatchilaringning xabari orqali ularni duo qil shunda hech kim Sening zafarli yurishing yo'lida turolmasin. Biz Sening qo'lingning ishi shahodatlarimizga sherik bo'lishini va barcha xizmatkorlaring ustidan himoyangni so'raymiz. Omin.

SAVOL 64: Nima uchun Pavlus g'azablandi? Pavllusning so'zlarini aniqlash uchun Rabbiyning qo'li qanday qilib ishladi?

4 - SAVOL - JAVOB

Aziz kitobxon,
Mana siz bu birashuradagi Havoriylardagi bizning izohlarimizni o'qib chiqib siz quydagi savollarga javob berishga qobilyatlisiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizning talim olishingiz uchun keyingi qismini sizga jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va javob varog'idagi aniq manzilni yozishni unutmang.

  1. Shoulning sobiq do'stlari quvg'in qilganda, jamoatga uni tan olishmagan payitda, Iso unga qanday qilib dalda berdi?
  2. Masih Lodda Eneyni qanday shifoladi?
  3. O'lgan ayol tirilishi uchun Isoning buyrug'i qanday qilib O'zining shogirdlariga sezildi?
  4. Hukumat xizmatchisi bo'lgan Korniliyga farishtaning ko'rinishining mohiyati nima edi?
  5. Butrusga bo'lgan Xudoning so'zining ma'nosi nima edi? Sizni poklagan Xudo oddiy deb nomlanmasligi kerak
  6. Baliqchi bo'lgan Butrusga sajda qilishni xohlagan Rim hukumatchisi bo'lgan Korniliyni nima majbur qildi? Butrus nima uchun uni to'xtatib qoldi?
  7. Iso Masih barchaning Rabbiysi degan bayonning ma'nosi nima?
  8. Muqaddas Ruh qanday qilib insonzodning yuragida yashaydi?
  9. Yahudiy Masihiylarning huquqshunostlari nima uchun Butrus bilan janjallashishdi?
  10. Antioxiyadagi mashxur jamoat qanday qilib vujudga keldi?
  11. Haqiqiy Masihiyning belgilari qanday?
  12. Nima uchun Shoh Agrippa Masihiylarni quvg'in qildi? Bu quvg'in uchun uning maqsadi nima edi?
  13. Ibodat qilish uchun to'planganlar Butrus eshik oldida turganini ko'rganlarida nimaga hayron bo'ldilar?
  14. Xudoning so'zi quvg'indan qat'iy nazar qanday qilib o'sishda davom etdi?
  15. Muqaddas Ruh kim? U qanday qilib Antioxiyada ibodatlarni boshqardi?
  16. Nima uchun Pavlus g'azablandi? Pavlusning so'zlarini aniqlash uchun Rabbiyning qo'li qanday qilib ishladi?

Biz sizni Xudoning so'zidan abadiy hazinani olishingiz uchun Havoriylardan bu tekshirish imtihonini to'ldirishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzilimiz:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)