Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 055 (Beginning of Preaching to the Gentiles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

9. Yuzboshi Korniliyning suhbati orqali G'ayriyahudiylarga Voizlik qilishning Boshlanishi. (Havoriylar 10:1 - 11:18)


HAVORIYLAR 10: 34-43
34 Butrus so'z boshladi: Haqiqatan, Xudoning yuz-hotir qilmasligini, balki Undan qo'rqqan va to'g'rilik ila ish tutgan hammani millatiga qaramay qabul qilishini men endi chinakamiga tushundim. 36 Xudo O'z kalomini isroil o'g'illariga yuborib, Iso Masih nomidan tinchlik mujdasini e'lon qildi. Iso Masih esa hammaning Rabbidir. 37 Yahyo payg'ambar va'z qilib, xalqni suvda tavba qildirib yurgandan keyin, Jaliladan boshlab butun yahudiya yurti bo'ylab sodir bo'lgan voqealarni sizlar bilasizlar. 38 Nosira shahridan chiqqan Isoni Xudo yubordi. Xudoning O'zi Iso bilan birga bo'lgani uchun, U Muqaddas Ruh va qudratga to'lgan holda ezgulik qilar, iblisning zolim hukmi ostida qiynalib yurganlarning hammasini sog'aytirar edi. 39 Mana biz yahudiylarning mamlakatida va Quddus shahrida Isoning qilgan barcha ishlariga guvohmiz. Uning O'zini esa yog'ochga osib o'ldirdilar. 40 Ammo Xudo uchinchi kuni Uni tiriltirib, ko'zlariga namoyon qildi. 41 Iso tirilganidan keyin butun xalqqa emas, balki Xudo oldindan tanlagan, U bilan eb-ichgan shohidlarga – bizlargagina zohir bo'ldi. 42 Xudo Isoni tirigu o'liklarni hukm qiluvchi etib tayinlagan. Bu haqda guvohlik berib, xalqqa va'z aytishimizni Xudoning O'zi buyurgan. 43 Isoga inongan har bir kishining gunohlari Uning nomi bilan kechiriladi, deb qadimiy payg'ambarlarning hammasi ham shahodat berganlar.

Korniliy Butrus Xudo haqidagi uning bilimini ochib berishiga turib olganida, jasur havoriy ruhlanib ketdi. U Xudoning so'zi faqat yahudiylarga berilmaganligini balki barcha haqli kishiga berilganligini tushunib yetdi. Barcha insonlar Xudo haqida va U Masihda nima qilgani haqida eshitishga arziydi. Bu tushunish Butrusga va u bilan hamroh bo'lgan imonlilarga fikr ochuvchi bo'ldi. Ular Masih G'ayriyahudiylar va ularning o'rtalaridagi to'siqni buzishni boshlaganini payqadilar. Ular Xudo savob ishlarda o'zlarini o'rgatib va to'g'ri yurak bilan Uni qidirgan barcha xalqlardan, tillardan, ranglardan va madanyatlardan bo'lgan odamlarni qabul qilishni xohlaganini payqadilar.

Butrus ularga soddalik bilan barcha Masihiy imonning yig'indisini e'lon qildi. Butrus bir bayonda va bir ismda uning ma'nosini jamladi: Iso Masih barchaning Rabbiysidir. Xudoning o'rtasidagi bu Vositachini qabul qilgan fikr va yurak tinchligiga ega bo'ladi. Bu ilohiy yarashishning xabari Yahudiy shaharlarining orasida, Samariya va Jalila qishloqlarida yashagan Eski ahd bolalarida birinchi qo'yilgan edi. Bu yangilik faqat Yahudiylarga voizlik qilmagan balki hatto bir daf'ada G'ayriyahudiy bo'lgan Efiopaga ham voizlik qilgan ruhoniy Filip orqali Kesariyaga yetib bordi. Butrusning bu shaharga kelishi bilan, Masih barcha insonlarga xushxabarni tantanali ochib beryotgan edi. Ibrohimga bu so'z berilgan: 'Yer yuzidagi barcha qabilalar sendan baraka topadilar' va bu havoriyda buning yuzaga chiqishi ko'rilyotgan edi.

Bundan keyin havoriy Isoning hayotidagi eng muhim xabarlar haqida tinglovchilariga aytib berdi, Iso Jaliladagi tog'li shahardan Xudoni qo'msab to'plangan ko'pchilik bilan, va suvga Cho'mdiruvchi Yahyo bilan ko'rishgani chuqur va issiq bo'lgan O'rdun daryosiga qanday kelganligini aytib berdi. U yerda Xudo osmonni ochdi. Xudo Isoni Muqaddas Ruh bilan moyladi va Uni xizmat qilish uchun, barcha kasallarga shifo berish uchun, yovuz ruhlarni haydab chiqarish uchun, va xushxabarni voizlik qilish uchun hokimyat berdi. Iso tajribali tushunchasiz olijanob bo'lgan falsafali va hayoliy fikrlarni e'lon qilmadi. Balki U O'zining xushxabarida e'lon qilganidek Xudoning irodasini bajarib, nima aytgan bo'lsa amalda qildi. Butrus va boshqa barcha havoriylar Isoning hayotiga tirik guvoh bo'ldilar. Ular Unda ishi ko'rinarli bo'lgan Iso qanday qilib Xudo bilan to'la birlikda yashaganligini o'z ko'zlari bilan ko'rishdi. Masihning hokimyati savoldan buyukroq edi.

Keyin sodir bo'lgan narsa insoniy fikrga aql bovar qilmas edi. Odamlar Xudoning Muqaddas O'g'lini ko'rimsiz daraxtga osib o'ldirdilar, bu joy qullar qochib ketishi uchun va nopok qotillar uchun degan ma'noni berdi. Biroq Xudo O'g'li Iso o'limdan tirilganda Uning muqaddasligini e'lon qilib, O'g'lining sevgisining begunohligini isbotladi. Bundan keyin Iso tiriklar orasida yurib, O'zini ko'rsatdi. U Yahudiyaning hamma odamlari bilan uchrashmadi, balki tirilishning guvohlari bo'lish uchun oldin tanlaganlar bilan uchrashdi. Tanlangan guvohlardan biri Butrus edi. Iso tirilgan tana haqiqiyligini ularga isbotlash uchun O'zining tirilishidan keyin ular bilan yashadi, yedi, ichdi.

Tirilish va osmonga ko'tarilishning o'rtasidagi qirq kun mobaynida, Masih osmondagi Otasining shohligining sirlarini ularga o'rgatdi. Iso ularga Xudo osmondagi va yerdagi butun hokimyatni Unga berganini aytdi. Mana Iso hamma insonlarni Hukmdoridir, va o'lik va tiriklar ustidan bo'lgan Rabbiydir. Korniliy va uyda to'plangan hammalari Isoniki edilar, bugunlik kunda xuddi biz Isoniki bo'lganimizdek.

Biroq biz bu Taolodan cho'chimasligimiz kerak, chunki payg'ambarlar kimki Iso Masih nomiga ishonsa gunohlarning kechirimini qabul qiladi va hukmga kirmaydi. Xudodan kelgan Kishi ham Qiyomat Kunidan chiqqan va jannatga kirish uchun keng eshik ochgan. Shuning uchun biz gunohlarimiz tufayli qo'rqmasak ham bo'laveradi yoki Xudoning g'azabida qaltiramasak ham bo'ladi. Xudoning O'g'li qoni bilan bizning gunohlarimizdan bizni yuvdi va osmondagi Otamiz bo'lgan Xudoga bizni yaqinlashtirib, bizni to'la tozaladi.

Bu dalillarga ishongan kishi oqlanadi va najod xushxabarini qabul qilgan kishi muqaddaslanadi. Butrus bu so'zlar bilan G'ayriyahudiylarga boshdayoq Iso Masihning to'la inoyatini taqdim qilgan. U Masihning kechirimining haqiqatini ularga ochib berdi. Bu havoriy eshituvchilarni imonga va Xudoning irodasi qutqarishiga asosan bo'lgan hayotga tortdi.

Butrus teologiya bilan Masihning qutqarish ishining sirini isbotlamadi. U mantiqan yagona so'zlardan yoki chuqur zakovatlardan foydalanib o'ylamadi. Balki u tarixiy haqiqatlarga tirik guvoh bo'lib dalil keltirdi. Najot ularni ko'z yoshlar bilan tavba qildirib yoki ularning gunohlari uchun ularga malomat qilish orqali emas balki u bu hodisalarni aytib berishi orqali tinglovchilariga yo'lini topdi. Butrus ularni o'zi tomon boshlamadi, balki ularning ko'zlarini Isoga qaratdi. Faqat Isoga ishonch qutqaradi, va Unga ishongan kishi poklanadi.

Biz bu uchrashuvda Isoning xochga mixlanishining yagona tarixiy tasdig'ini topamiz chunki Rim yuzboshchisi agar bu haqiqatdan sodir bo'lmaganida Isoning xochga mixlanishi haqidagi Butrusning shahodati haqida hech qachon tasdiqlamagan bo'lar edi. Biroq bu haqiqat tanilgan edi va Butrus buni bizning najodimizning sababi qilib va poydevori qilib tushuntirdi.

IBODAT: Ey Rabbim Iso Masih, Sen barcha insonlarning Rabbisan. Sen ularni muqaddas qoning bilan sotib olding. Sening tirilishingdan keyin Sen yeru osmondagi barcha hokimyatlarni qabul qilding. Biz qo'rqmasdan faqat Sen Ota Xudoning ulug'vorligiga bo'lgan Rabbiyligingni hamma insonlarga e'lon qilishimiz uchun va Senga to'la itoat qilishimiz uchun bizlarga yordam ber. Omin.

SAVOL 55: Iso Masih barchaning Rabbiysi degan bayonning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)