Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 054 (Beginning of Preaching to the Gentiles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

9. Yuzboshi Korniliyning suhbati orqali G'ayriyahudiylarga Voizlik qilishning Boshlanishi. (Havoriylar 10:1 - 11:18)


HAVORIYLAR 10:17-33
17 Butrus gangib qolgan edi. Men ko'rgan vahiyning nima ma'nosi bor ekan, deb o'ylab turganida, Korniliy tomonidan yuborilgan odamlar Simunning uyini surishtirib darvoza bo'sag'asida to'xtab qolishdi. 18 Ular ovozlarini balandlatib: - Butrus laqabli Simun shu yerdami? - deb so'rashdi. 19 Butrus esa hanuz vahiyni o'ylab, mulohazaga cho'mib o'tirar di. Muqaddas Ruh unga: Mana, uch kishi seni izlayapdi. 20 O'rningdan turgin-da, pastga tush va hech shubha qilmasdan ular bilan birga borgil, chunki ularni men yubordim, - dedi. 21 Butrus pasga tushib, Korniliy tomonidan yuborilgan odamlarga: - Sizlar izlayotgan odam men bo'laman. Nima yumish bilan bu yerga keldingiz? - dedi. 22 Ular Butrusga: - Korniliy ismli, butun yahudiy xalqi orasida yaxshi nom chiqargan, solih, Xudodan qo'rqadigan bir yuzboshi bor. Muqaddas farishta unga, seni o'z uyiga chaqirtirib, aytganlaringa quloq berishini buyuribdi, - deyishdi. 23 Shunda Butrus ularni ichkariga chorlab, mehmon qildi. Ertasi kuni Butrus joyidan qo'zg'alib, kelganlar bilan yo'lga chiqdi. Yaffadagi imonlilardan ba'zi odamlar ham unga hamroh bo'ldi. 24 Ikkinchi kuni Kesariyaga kelishdi. Korniliy esa o'z qarindoshlari va yaqin do'stlarini bir joyga to'plab, ularni kutib turardi. 25 Butrus ichkariga kirganda, Korniliy uni qarshilab, oyoqlariga yiqilib sajda qildi. 26 Biroq Butrus: - Tur, men ham bir insonman, - dedi-yu uni oyoqqa turg'izdi. 27 Butrus Korniliy bilan suhbatlashib uyga kirarkan, to'planib turgan katta jamoni ko'rdi. 28 Ularga aytdi: - Boshqa qabila kishisi bilan aloqa qilish, inoqlashish yahudiy bir odam uchun joiz emasligini bilasizlar. Lekin Xudo hech bir odamni iflos yoki harom deb hisoblamaslik lozimligini menga ko'rsatdi. 29 Shuning uchun men chaqirilganimda, so'z qaytarmay keldim. Endi aytinglar-chi, nima uchun meni chaqirdingizlar? 30 Koriniy so'z boshladi: - Bundan to'rt kun avval , sal-kam ayni shu mahalda men uyimda ro'za tutardim. Soat uchda ibodat qilayotganimda, birdaniga porloq kiyimli bir odam ro'paramda paydo bo'ldi. 31 Korniliy! - dedi u. - Xudo ibodatingni eshitdi va sadaqalaringni maqbul topdi. 32 Endi Yaffaga odam yubor, dengiz bo'yidagi ko'nchi Simunning uyida mehmon bo'lib turgan Butrus laqabli Simunni chaqirtir. Uning senga aytadigan so'zlari bor, - dedi. 33 Men ham o'sha zahoti sening oldinga odamlarni yubordim va xayriyat, kelganing yaxshi bo'ldi-da. Endi Xudo senga buyurgan so'zlarining hammasini tinglash uchun biz barchamiz bu yerda Xudoning huzurida hozirmiz.

Xudo haqiqatdan uzoqdagi fikrlarni birga to'qiydigan falsafachi emas. Xudo yarim jonda bo'lgan Butrusga gapirganda, yuzboshi Korniliyning xizmatkorlari allaqachon uning oldiga borish uchun yo'lda edilar. Ular terichi bo'lgan Simuning uyini qidirib, tezda terining badbo'y hidi orqali topdilar. Ular yetib kelishganda Simundan Xudoning kishisi bo'lgan mehmonini so'radilar.

Butrus tushunib yetmagan vahiyning ma'nosi to'g'risida hanuz fikr yuritayotgan edi. U ko'zlarini ishqalab, kimdar uni ko'chadan chaqirganini eshitdi. U hali ham osmonda yarimjon holatidaligida to'satdan uni qamoqqa olish uchun kelgan deb o'ylagan oldida turgan askarlarni ko'rdi. Muqaddas Ruh havoriylarning orasidagi eng jasurlariga gapirgan va shunday degan: Ko'zlaringni ochinglar va Xudoning vahiysi qanday ko'rinarli bo'lyotganini ko'ringlar. Xudo nopok odamlar bilan birga edi va ularni O'ziga chaqiryotgan edi: Mana qara, Butrus, Men seni G'ayriyahudiylarga jo'natyapman. Ularni nopok deb hisoblama, chunki Men ularni sevaman, va ularni pokladim.

Butrus bu askarlardan qochib ketmadi, balki Xudoning ovoziga bo'ysundi. U qo'rqish va havotirdan ozod bo'lib, Rim askarlari bilan ketdi. Butrus ularga o'zini tanishtirib, ular nimaga kelganliklari to'g'risida so'radi. Ular Butrusga Eski Ahdning xudojo'y a'zolariga xayir-ehson bergan sodiq hukumat xizmatchisi bo'lgan Korniliyga yorqin farishta ko'ringanligini aytishdi. U Butrusdan ilohiy so'zlarni eshitishlari uchun uyiga kelishini so'rash uchun askarlarni yubordi.

Butrus buni eshitganda, u qonunni qatog'onligiga qaramay, tunni o'tkazdirishlari uchun ularni joylashtirib, uyga taklif qildi. Butrus Xudoning rahbarligini qidirib, Unga tizza cho'kib ibodat qildi, chunki hozirgacha u Masih undan nima qilishini xohlaganligini yoki G'ayriyahudiy bo'lgan Korniliy bilan gaplashish kerak bo'lgan so'zni bilmas edi. Butrus faqat Xudo bu ikki marta qaytarilgan vahiy orqali qonuniy qatog'onlarni ilojini qilib buzyotganligini bilar edi. Korniliy Xudoning rahbarligiga itoatkarona bo'ysunganiga o'xshab, Butrus ham haligacha qonun udumlari orqali bog'langan ongidan qat'iy nazar, Muqaddas Ruhning rahbarligiga bo'ysundi.

Butrus keyingi kun janubdan sharqga va oxiri Kesariyaga sayohat qilib, Falastin qirg'og'i bo'ylab sayohatini boshladi. Butrus guvohlar bo'lish uchun u bilan sherik bo'lish uchun ba'zi birodarlardan so'radi. U tushunchadan keyin nimadir boshlanishini sezdi. Bu havoriy o'zi bu ilohiy haqiqatlarni boshidan kechirishni istamasdan insoniy shahodat orqali Masihning rejalarini keyinroq aniqlab beradigan guvohlar qidirdi.

Bir kundan keyin, keyingi ertalab Kesariyada ko'rik taqdiriga yetib keldi. Hukumat xizmatchisi Butrus yetib kelganning kutilgan kunini hisobladi, chunki u Masihning ovoziga bu havoriy aniq va o'sha zahotiyoq bo'ysunganligiga ishondi. U to'la kiyimda kelgan Butrusning oldiga o'zining qarindoshlarini va do'stlarini taklif qildi. Ularga keladigan hodisani buyuk kutish bilan kutib, ibodatda birga o'tirishdi.

Butrus qaytib kelganida Korniliy yorqin farishta bilan yoki farosatli falsafachilar bilan, yoki boshiga nurli toj kiygan payg'ambar bilan duch kelmagan edi. U oddiy baliqchi bilan uchrashdi. Bundan tashqari, hukumat xizmatchisi Xudo to'la itoatkorlikni talab qilganligini bilib, Butrusga sajda qilib uning oldiga keldi. Koniliyning Butrusga bo'lgan sajdasi Qudratli uning oldiga jo'natyotgan vakil uchun chuqur hurmatda aks etgan Xudo uchun uning chuqur hurmatining ifodasi edi.

Biroq Butrus u uchun ko'zda tutilgan har bir hurmatdan bosh tortdi. Uning hukumat xizmatchisiga bo'lgan birinchi gapi Tur edi. Tezda tur, chunki men Xudo emasman, balki senga o'xshagan insonman. Ruhoniylar uchun bu Xudoning har bir elchisining qoidasidir. Hech bir kishi sajda qilinishga loyiq emas, chunki biz hammamiz oqlangan gunohkorlarmiz. Butrus ilgarigi qo'rs, ahloqsiz, qasam ichuvchi va yolg'onchi bo'lgan baliqchidek unutmagan. Biroq Rabbiy unga g'amho'rlik qildi va u odamlarga va Yahudiy Oliy Kengashiga gapirishi uchun buni unga topshirdi. Endi Rabbiy uni G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun jo'natyapdi. Korniliy Butrusga hurmat ko'rsatib unga sajda qilishiga Rabbiy halal berdi. Qisqa suhbatdan keyin, ular ikkalasi havoriyning qo'lidan ilohiy mo'jiza kutib, ularni ko'pchilik kutip turgan uyga kirishdi. U yerda Yahudiylar nafratlangan ko'p G'ayriyahudiylar bor edi.

Butrus o'zidagi ulardan nafratlanadigan tuyg'uni yengib chiqdi. Butrus boshida ularga yahudiy qonuni boshqa xalq bilan qo'shilish uchun va boshqa xalqning odamlariga tashrif buyirishi uchun qatog'on qilib qo'yganini tushuntirdi. Holbuki, u hech bir kishini nopok va oddiy deb hosoblamasligi kerakligini aytib, Xudodan yangi amrni qabul qildi. Butrus hali ham nima aytishidan yoki nima qilishidan habarsiz edi, hatto oxir oqibat bu odamlar bilan o'tirsa ham. G'ayriyahudiylarga voizlik qilish fikri haqiqiy Yahudiylarning Masihiylariga g'alati va idroksiz edi. Butrus u yerdagilardan ular undan nima xohlashlarini so'radi. Ularning hammasi hayron edi, chunki bu Xudoning kishisi ularning fikrlarini eshitishni izlayotgan edi. Keyin Korniliy gapirishni boshladi. U qayta to'rt kun oldin farishta bilan uchrashgani haqidagi hikoyani aytdi va bu buyuk bayonni qo'shib qo'ydi: Hozir biz Xudo orqali senga berilgan aniq vahiyni eshitish uchun shu yerdamiz.

Bu sizning talabalaringiz bilan, qo'shnilaringiz bilan va do'stlaringiz bilan yuzma-yuz keladigan bir hil savoldir: Sizning guvohligingiz nima? Sizning Xudo haqidagi bilimingiz qanday? Sizda aytush uchun birorta habar bormi? Yoki siz baliqqa o'xshab jim turasizmi? Siz Xudo haqida biror narsani o'rgandingizmi yoki biror narsa haqida tajribaga ega bo'ldingizmi? Agar shunday bo'lsa gapiring va jim turmang.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, bizning yuraklarimiz sekin tushunadi, va miyyalarimiz o'jar va nodondir. Sening najotingning shahodating uchun sog'ingan har bir kishini ko'rishimiz uchun ko'zlarimizni och. Biz solihlikka och bo'lganlarni topishimiz uchun va najoting bilan to'lganlarni ko'rishimiz uchun Muqaddas Ruhingning rahbarligiga o'sha zahotiyoq itoat qilishimizga bizni o'rgat. Omin.

SAVOL 54: Baliqchi bo'lgan Butrusga sajda qilishni xohlagan Rim hukumat xizmatchisi bo'lgan Korniliyni nima majbur qildi? Butrus nima uchun uni to'xtatib qoldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)