Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 037 (The Days of Moses)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

b) Musoning Kunlari (Havoriy 7:20-43)


HAVORIYLAR 7:30-34
30 Qirq yil o'tgandan keyin, Sinay tog'i sahrosida yonayotgan butaning alangasi ichidan Musoga Xudovandning farishtasi zohir bo'ldi. 31 Muso bu manzarani ko'rib hayratda qoldi. Qarash uchun yaqinlashganda, Xudovand unga xitob qilib: 32 Men otalaringning Xudosiman, Ibrohim, Ishoq, va Yoqubning Xudosiman, - dedi. Muso esa qo'rquvdan titrab, qarashga jur'at eta olmas edi. 33 Oyoq kiyimlaringni yechib qo'y, chunki sen turgan joy muqaddas yerdir, - dedi unga Xudovand. 34 – Men Misrda bo'lgan xalqimning musibatini ko'rib, nolasini eshitdim va ularni xalos qilish uchun osmondan tushdim. Endi bor, Men seni Misrga yuboraman.

Muso Taolloga sodiq bo'lib yashagan va Eski Ahddan ruhiy vahiylarni olgan Xudoning ruhoniysi bo'lgan qaynatasi Jesroning uyida yashadi. Uning Mirlik ta'limidan qat'iy nazar, va u qotillikdan ayibdor bo'lganidan qat'iy nazar, u imonsiz bo'lib qolmadi. Uning yuragi osmonni va yerni yaratgan Xudo bilan birlik uchun intiqlikka to'lgan edi. Cho'ldagi jimlik va yakkalik qiriq yil faqat Xudoga yaqinroq bo'lishga boshladi! Bu nafaqat shamolda, quyosh nurida, va havfdagi yuz minglab soatlarni ma'lum qiladi, balki Xudo bilan yaqin munosabatni ham anglatadi.

To'satdan Barhayot Xudovand yonib turgan butaning alangasida Musoga O'zini ko'rsatish uchun yashiringan joyidan namoyon bo'ldi. Farishtalarning biri Uning taxtidan o'zining nurli ulug'vorligi orqali alanga olib keldi. Hayratlangan cho'pon yonib tugamayotgan butaga yaqinroq keldi. Keyin u butaning orasidan aniq bir ovozni eshitdi, lekin u yerda hech kimni ko'rmadi. Bizning Otamiz tushunarli insoniy so'zlar bilan gapiradi. Bizning samoviy Otamiz sharpa emas yoki daydib yuradigan ruh emas, balki O'zi harakat qiladigan shaxsdir. U O'zini zikir etish nutqida Men dan foydalanadi, va bizga O'zining fikrlarini tushinishimiz uchun bizga hadya qildi va U bizning darajamizgacha kelganida bizga siz bilan deb murojat qiladi. Bizning Xudomiz sevgi Xudosi.

Ibrohimning, Isxoqning va Yoqubning Xudosi Musoga O'zini namoyon qildi, chunki Xudo O'zini doimo ota-bobolar bilan bog'ladi. Bu Xudo sodiq Xudodir, hech qachon o'zgarmas.

Muso cho'ldagi butadan bu ovozni eshitganda qo'rqib qaltirashni boshladi. U Xudoning muqaddas nuriga qarashga jur'at etmadi, lekin juda kuchli hurmatva qo'rquv bilan ulardan masofani saqlab turdi. Xudo Musoga ulug'vor muqaddaslik alomatini berib, shunday deydi: Oyoq kiyimingni yechib qo'y, chunki sen turgan joy muqaddas joydir. Har bir Masihning qadam qo'ygan joyining qarichi va Muqaddas Ruh bo'lgan joy muqaddas yerdir. Muqaddas Xudo hatto hamma gunohdan ajiralib tursa ham, lekin gunohkorlardan ajiralib turmaydi. Uning sevgisi muqaddas kiyimiga burkangan, biz nopoklar Uning barcha ulug'vorligining alangasida yonib kuymasligimiz mumkin.

Muso Xudoning yaqin ovozi orqali poklandi. Uning ruhiga va yuragiga jon kirdi; u Muqaddas Ruhning yo'llarini ko'rishni boshladi. Agar bu Ruhdan bo'lmaganida edi, Muso Xudoning huzurida erib yo'q bo'lib ketardi.

Xudo Musoga qullarning ibodatlarini eshitganini aytdi, chunki osmon va yerning Xudosi kichiklarni va nafratlanganlarni sevadi. Xudo ularni saqlab qolib, duo qilishni xohlaydi. Har bir samimiy nola Xudo javob beradigan haqiqiy ibodatdir, va har bir Taolloga murojat qilingan samimiy so'z Unga yetib boradi. Xudo sizning ovozingizni biladi va sizning haqiqiy armoningizni ko'radi.

Qudratli Xudo qullarni qutqarish uchun bizning kichkina yer sharimizga tushdi. U farishtalarning ruhini jo'natmadi, yoki U yer sharini qimirlatib momaqaldiroq jo'natmadi. Xudo ahdning odamlarini o'zining kuchsizligi bilan qutqarish uchun qo'ylari bilan doyim band bo'lgan yetmish yasharli kishini tanladi. Xudoning najodi kuch-qudrat orqali bajarilmaydi, balki faqat Muqaddas Ruhning rahbarligi orqali bajariladi. Xudo Musodan Unga itoat qilishni va Uning chaqirig'iga rozi bo'lishini so'radi. Shu orqali u o'zining xalqiga najod xushxabarining voizchisi bo'ldi.

SAVOL 37: Cho'lda yetmish yasharli cho'ponga Xudo O'zini namoyon qilishining mohiyati nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)