Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 017 (Spiritual Life in the Early Church)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

8. Ilk Jamoatdagi Ruhiy Hayot (Havoriylar 2:42-47)


HAVORIYLAR 2:42-47
42 Ular havoriylarning ta'limotiga, hamdo'stlikka, non sindirishga va toat-ibodatlarga astoydil berilib borar edilar. 43 Har bir jonda havotir bor edi. Havoriylar esa Quddusda ko'p ajoyib va mo'jizakor ishlar qilmoqda edilar. 44 Butun imon topganlar hamjihat bo'lib, hamma narsalari mushtarak edi. 45 Mol-mulklarini sotib hammaga, har kimning ehtiyojiga qarab taqsimlab, yordamlashar edilar. 46 Har kuni yakdillik bilan ma'badda yig'ilib turishar, uylarida esa non sindirib, shodlik va soddalik bilan ovqatlanishardi. 47 Xudoning hamdu sanosi ularning tilidan tushmas, butun xalqning ko'nglini hushlardilar. Xudo esa kun sayin najot topganlarni imonlilar jamoatiga qo'shib qo'yar edi.

Havoriy Luqo ilgarigi xabarlarida qanday qilib bu sevgi bilan birga muqaddaslik, haqiqat, hursandchilik qo'shilishi va sevgi bo'ronidek yog'ilgan otalik Ruhi va Muqaddas Ruhning yashashi uchun Iso qanda tashkil bo'lganini aniqlab berdi. Bundan buyon vrach Luqo Muqaddas Ruh qanday va nimaga ishlaganini bizga ko'rsatadi. Otaning va'dasi amalga oshdi; Masihning kuchi ta'sirli ishladi, zafar qozondi va haqiqatdan ham hatto bugun ham ishlayapdi. Inoyat yangi asri bu dunyoga kirib keldi. Masihga ishonganlardagi ziqnalik singandan keyin Xudoning sevgisi ularni qobilyatli kishilar qildi. Ular imonlari orqali Xudoning yaxshiliklari bilan to'ldilar.

Muqaddas Ruhning ishi amalda qanday paydo bo'ladi? Luqo bizga Muqaddas Ruhning ishlashi va mohiyati haqida qisqa, chiroyli va taxlit yo'lida xabar beradi. Eng muhimi, U asosan havoriylarning ta'limotini ko'rib, Xudoning so'zining to'liqligiga imonlilarni boshlaydi. Masih talabalarini har kuni o'rgatashi orqali Xushxabarga chuqur kirish, davom etishsiz ilohiy Ruhdan bo'lgan hayot yo'q. Imonimiz uchun havoriylarning ta'limotisiz asos yo'q.

Kunlik Xudoning so'zidan bo'lgan ruhiy rizq-ro'zimizni beradigan Xudoning irodasiga chuqur kirish ayrilgan tarzda sodir bo'lmaydi. Jamoatdagi ilk imonlilar boshqalarni o'zlaridan yuqoriroq hurmat qilib bir-birlari bilan sevgi birliklarida birga yashashgan. Birliksiz Masihiylik yo'q, chunki Xudoning Ruhi sevgidir.

Birinchi Masihiylar faqat najotlarida va o'zoro ta'sirli birliklarida davom etishmagan, balki Rabbiyning Kechligining qatnashuvida ham davom etishgan. Ular Rabbiy Isoning O'zi sharob va non ramzi orqali tanalarida yashagan deb ishonishgan. Shunday qilib ular hursandchilikda va minnatdorchilikda jonlanib kuchga kirdilar.

Bu asosiy Masihiylik unsurlari orqali ibodatlar, hamdu-sano qo'shiqlari, gunohni tan olishlar va voizliklar ko'tarildi. Ularning uchrashuvlarining ustidan bo'lgan belgi dunyoviy fikr yoki falsafali donolik emas edi, balki bu Otalari Xudo bilan to'g'ri birliklari va U bilan doimiy birliklari edi. Aziz birodar, siz imonlilar birligida doimiy ibodat qilasizmi?

Bu Ruh bilan to'lganlarning imoni yuzaki emas edi, chunki ular ulug'vorlikda Xudoning muqaddasligiga erishdilar. Ular Xudoning oldida titradilar. Ular Xudoni butun yuraklari bilan sevdilar va Unga ishondilar. Uning buyukligidan bo'lgan kamtarlik, buyuk hurmat va qo'rquv hatto ular bilan edi. Muqaddas Ruh bizda tirik imonimiz uchun mustaxkam poydevor bo'ladigan Xudoning sevgisini va qo'rquvini yaratadi.

Muqaddas Uch Birlik orqali shunday yashaydigan kishi azizlarning birligida samoviy kuchga ega bo'ladi. Bizning Otamiz har kuni bolalarining ibodatlariga javob beradi va ularni najot, himoya, shifo, poklanish va rahbarlik, O'zining shavqatining komolotidan bo'lgan hammasini beradi.

Azizlarning sevgisi hamyonlari bilan nixoyasiga yetmaydi, chunki Muqaddas Ruh quvnoqlik bilan berish uchun bizni boshqaradi. Rabbiy aytgandek, “olishdan ko'ra berish ko'proq inoyatlidir”. Ilk Masihiylar o'zlarining mol-mulklarini sotib, boylik sevgisidan ozod bo'lishgan va daromatlarini jamoatning mablag'iga qo'yishgan. Shunda ularning hammasi Xudoning oilasi bo'lib yashashgan va ular Masih boshliq bo'lgan hamkorlikda o'zlarini o'rgatishgan. Muqaddas Ruh ularni o'jarlikdan, hasatdan va takabburlikdan ozod qilgan va ularni amaliy sevgini bajarishda boshqargan.

Ularning hammalari Masihning kelishini kutishdi va ular yashagan payitlarida aniq Uning ulug'vorligini ko'rishardi. Ular Najotkorlarini sevardilar va Uning ulug'vorlik saltanatini kutib kunu tun U haqida o'ylar edilar. Ular imonlari haqiatmi yo'qmi, sevgilari kuchlimi yoki umidlari tirikmi yo'qmi muhokama qilishmas edi. Balki ular yuraklarining soddaligida bahtli edilar. Ular Muqaddas Ruhning haqiqatidan quvondilar va charchamasdan, holdan toymasdan Xudoni ulug'ladilar.

Ular inoyatda boshlab uylaridagi uchrashuvni tark etmadilar. Ular har kuni havoriylarning ta'limini eshitish uchun, va kichkina doirada oddiy ibodatni taqdim etish uchun yig'ildilar. Ular qo'l bilan qurilgan ma'baddan nafratlanmadilar, balki qo'l bilan qurilmagan, Ruhdan qurilgan ma'bad bo'ldilar.

Shunday jamoat juda yoqimli va ko'rkamdir. Bu sevgiga to'lganlardan ko'pchilik so'rashdi: “Siz qanday qilib o'zgardingiz?” “Bu qanday sodir bo'ldi?” Ular barhayot Masih bo'lgan Iso Muqaddas Ruhning in'omini berganligi haqida dalolat orqali javob berdilar. Bu guvohlik tufayli jamoat o'sib, yangi qalblar kunda buyuk ruhiy jonlashishda qo'shildi.

Bu so'zlarni o'qishda, Havoriylar Kitobida birinchi vaqt uchun biz “jamoat” so'ziga duch kelamiz. Biz jamoat, bu tirik tananing haqiqiy tasvirini taqdim etganimizni bu izoh ko'rsatadi. Muqaddas Ruhning ishining oxiri oddiy yakka imon emas, balki azizlarning birligidir. Chunki Xudoyimiz sevgidir, Uning sevgisi faqat birodarlarning birligida tushunib yetiladi.

IBODAT: Ey osmondagi Otamiz, biz Sening Muqaddas Ruhing insonlarni birlashtirishi uchun Seni ulug'laymiz. Sening sevging bir-birlarini kechirish uchun yordam beradi va o'zidan boshqani yuqoriroq hurmat qilish uchun bir-birlarlariga imkoniyat beradi. Bizni jamoatimiz bilan birga jonlantir. Sening Ruhing bizning o'rtamizdagi muammolarni yengib chiqsin va hamyonimizdagi pulga bo'lgan muhabbatdan bizni ozod qilgin. Omin.

SAVOL 17: Biz eslatib o'tgan izohli ko'rsatmalarning har biri uchun tirik jamoatning mohiyatini tasvirlab muhim so'zni bering.

1 - SAVOL-JAVOB

Aziz kitobxon,
Endi siz Havoriylar Kitobidagi izohlarimizni o'qib quydagi savollarga javob berishga qobilyatlisiz. Agar siz quydagi savollarning 90% ga to'g'ri javob bersangiz, biz ta'lim olishingiz uchun yozilgan bu kitobchaning keyingi qismini jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va javob varog'idagi aniq manzilingizni yozishni unutmang.

  1. Havoriylar Kitobini yozish uchun Luqoning maqsadlari nima edi? Siz Teofil haqida nimani bilasiz?
  2. Luqoning birinchi kitobining xabari nima edi? Ikkinchi kitobining maqsadi va xabari nima edi?
  3. Otaning va'dasi nima?
  4. Muqaddas Ruh kim? Uning rejasi nima?
  5. Bu ikki farishtaning bayoniga ko'ra, Masih qanday qilib yana keladi?
  6. Doimiylik ibodat uchun birga uchrashgan bu erkak va ayollar kimlar edi?
  7. Siz Yahudoning o'limidan nimani o'rgandingiz?
  8. Masihning xizmatiga qo'shilishning holatlari qanday?
  9. Elliginchi Kunda qanday qilib Muqaddas Ruh O'zini ko'rsatdi?
  10. Muqaddas Ruh havoriylarga gapirish uchun nimani o'rgatdi?
  11. Butrusning va'zining birinchi qismining asosiy joylari nimalar edi?
  12. Butrus nima uchun Yahudiylarga ular Isoning qotillari ekanliklarini aytishga to'g'ri keldi?
  13. Butrus Dovudning bashoratini eslatishda tinglovchilariga nimani aniqlab berishni xohladi?
  14. Masih nima uchun osmonga chiqib ketdi?
  15. Qanday qilib Muqaddas Ruhni qabul qilamiz? Uning imonlilarda yashashi uchun holatlar qanday?
  16. Muqaddas Ruhni qabul qilishga kim loyiq?
  17. Biz eslatib o'tgan izohli ko'rsatmalarning har biri uchun tirik jamoatning mohiyatini tasvirlab muhim so'zni bering

Biz sizni abadiy hazinani olishingiz uchun Havoriylar Kitobidan bu imtihonni to'ldirishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutamiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)