Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 110 (Pilate awed by Christ; Pilate's unjust sentence)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
A - Dafn qilish uchun qo'lga olish hodisalar (Yuhanno 18:1 - 19:42)
3. Rim hokimining oldidagi sinov (Yuhanno 18:28 – 19:16)

d) Pilat Masihning ilohiy tabiati orqali ajablandi (Yuhanno 19:6-12)


YUHANNO 19:8-11
8 Pilat buni eshitgach, yuragi orqaga tortib ketdi. 9 Qaytadan mahkamaga kirdi va Isodan: - Sen qayerdansan?-deb so'radi. Iso unga javob bermadi. 10-Menga javob bermaysanmim?-dedi Pilat. -Seni xochga mixlatish yo bo'shatish uchun hukm yuritishga qodir ekanimni bilmaysanmi? 11 Iso javob berdi: -Agar senga yuqoridan berilmaganida edi, sen Mening ustimdan hech qanday hukm yurita olmas eding. Shu sababdan Meni sening qo'linga tutib berganning gunohi sening gunohingdan katta.

Pilat Isoning shaxsiyati haqida betayin edi. Uning to'g'riligi, pokligi va sevgisi hokimlarga yo'qolmagan edi. Shunday qilib u Isoni faqat shoh emas balki Xudoning O'g'li ham ekan deb hisoblanganligini o'rganganda, uni ogohlantirishdi. Rimliklar va Yunonlar insonlar orasida ba'zan harakatlanadigan ruhlar va farishtalar bilan to'la osmonni tasavvur qilishdi. U "Inson qiyofasida Iso Xudo bo'lish uchun o'xshaydimi?"- deb o'ylab, bundan bezilladi. Shunda u shunday deb so'radi, "Sen qayerdansan?"

Iso jazodan qochish imkoniyatini tutmadi, balki U jim turdi. Bu jimlik hislatdir. Xudo mantiq bilan yoki oddiy qiziquvchanlik bilan qiladigan savollarga javob bermaydi, biroq U bilan sirlashadigan imonliga O'zini ochadi. Xudo umuman Yunon va Rimliklardan O'zining g'oyalari bilan ajirab turadi, hech kim Unga o'xshamaydi. Iso jim turgani uchun, Pilatning jahli chiqdi va so'radi, "Men bilan gaplashishni xohlamaysanmi? Menda Seni o'ldirishga yoki qo'yib yuborishga kuch bor, Sen mening ixtiyorimdasan. Sening dushmanlaring xochga mixlanishingni talab qilyapdilar. Faqat men Seni saqlab qolaman yoki osib qo'yaman."

Iso javob berdi, "Chindan ham senda kuch bor. Mening Otam senga bu kuchni berdi. Sen o'zingcha muhim emassan. Sening befoydaliging yaqinda nohaq hukmda yuzaga keladi. Osmondagi Otam Jabbordir va Men ham shundayman. Yerda Uning roziligisiz hech qanday hokimyat yo'qdir." Bu rozilik ilohiy rozilik orqali kuchga ega bo'lgan Pilat bilan bo'lgandek harobalikda tez-tez natija beradi. Xudo tarixni tekshirib turadi, lekin odamlarga hatti-xarakatlari uchun javobgarlikdagi ulushga ruhsat beradi. Siz boshqalar bilan muomilangiz uchun javobgarsiz.

Iso Pilatga dedi, "Sen og'ir gunoh qilding, lekin faqat sen gunoh qilmading. Hamma gunohning to'riga tushadi. Sen Meni xochga mixlashni xohlamaysan, lekin sening Kayafadan qo'rqishing Meni hukm qilishinga olib keladi." Oliy ruhoniyning gunohi kattaroq edi, chunki u nafrat va hasad tufayli Isoni xochga mixlashni xohlagan edi. U oliy lovozimni ushlaganida, u Xudo bilan jinoyatchilar yarashishlari uchun achinishni ko'rsatishi kerak edi. Lekin u yovuz ruhlarga bo'ysundi va u qotillarcha Isodan nafratlandi.


e) Pilatning Isoga bo'lgan noloyiq hukmi (Yuhanno 19:12-16)


YUHANNO 19:12
12 Shu vaqtdan boshlab Pilat Isoni qo'yib yuborishga chora izlay boshladi. Ammo yahudiylar qichqirishardi: -Agar Uni qo'yib yuborsang, sen Qaysarning do'sti emassan. O'zini podshoh deydigan har bir kishi Qaysarning dushmani bo'ladi!

Pilat Isoni qo'yib yuborishni xohladi, chunki Mahbus O'zining hokimyatini e'tirof etgan edi. Hatto Masihning olijanobligi va Xudoligi bu kuchga me'yorni qo'yadi. Iso Pilatga do'q po'pisa qilmadi, balki U unga yumshoqlik bilan tanbeh berdi. Iso Pilatning gunohi va Kayafaning jinoyatining o'rtasidagi farqni ochib berdi. Iso ilohiy haqiqatlar tomon Uni tortishga harakat qilgan va Unga harakat qilayotgan kishining Hukmdori edi.

Yahudiylar Pilatning yuragini o'zgarishini payqab qolganlarida, ular muhokamani siyosatlarga o'zgartirishdi. Ularning, Iso ilohiyotga da'vo qilyapdi degan talabi Rim hovlisida foydasiz edi. Shunday qilib ular agar Pilat Isoni o'ldirmasa, Qaysarga do'st emasligini oshkor qilishga po'pisa qilib uni qo'rqitishdi.

"Qaysarning do'sti" degani Imperatorning yoqtirgani deganni anglatgan. Bu nom uning xabarchilariga va imperiya qarindoshlariga ta'luqli edi. Pilatning hotini bu qarindoshlarning biri edi. Holbuki Qaysar Avgust hech kimga ishonmagan edi va u noumidlik tabiatida edi, u o'zining xabarchilaridan chinakkamiga shubhalanishga moyil edi. U doimo bir kishi yoki boshqalar orqali boshlangan isyonlarni kutar edi. Qaysarning do'stini ayiblagan va talabni isbotlagan kishi, quvg'in qilingan va ayiblangan kishini qulashiga olib kelgan.

Yahudiy sardorlari o'zlarining isyon talablaridan qat'iy nazar Rimga, Pilat "Yahudiylar Shohi" ni ozod qildi deb yozishdi, bu degani u Qaysarning dushmanlarini o'zining atrofiga to'pladi degani edi. Binobarin, Pilatning holati titrog'da edi. U hatto haqiqat Iso tarafda bo'lsa ham, Iso uchun o'zining holatidan taslim bo'lish uchun noiloj edi. Bu po'pisa qarshiligini qulatdi va u Isoni hukm qilish uchun rasmiy hukmni o'tqazdirish uchun tayyorgarlik ko'rdi. U Masihning qono bo'yicha o'zining shaxsini aniqlash uchun qog'ozbozlikka qaytdi. U odil hukmni o'tqazdirish uchun keldi, lekin yuragining tubida u nohaq ekanligini bilar edi.

YUHANNO 19:13-16a
13 Pilat bu so'zni aytgach, Isoni tashqariga olib chiqdi va yahudiycha Gabbata degan tosh supa ustidagi hukm kursiga o'tirdi. 14 O'sha kuni Fisih bayrami arafasi, tush mahali edi. Pilat yahudiylarga hitob qildi: -Mana, Podshohingiz! 15- Yo'q qil Uni, yo'q qil! Xochga mixlab qo'y! - deb baqirdilar ular. - Sizlarning podshohingizni xochga mixlab qo'yaymi? - so'radi Pilat. - Qaysardan boshqa podshohimiz yo'q, - deyishdi oliy ruhoniylar. 16a Oxiri Pilat Isoni xochga mixlash uchun ularga topshirdi.

Pilat Yahudiylar tomonidan ushlangan Masihiylik umididan nafratlanar edi va u Rimdan bo'lgan qarshiliklarini mazax qildi, va shunday dedi, "Sizlar shohlikni tasdiqlagan Isoni ayibladingizlar! O'zingizning kuchsiz shohligingizni ko'taring! Sizlar Unga o'xshaysizlar, hechqanday e'tiborga loyiq emassizlar!"

Yahudiylar Isoga qarshi shikoyatlarini Uning ayiblovchilarining nafratiga burgan bu mazahning ma'nosini tushundilar. Ular "Uni xochga mixla, U la'natidir! Uni xochga mixla" deb birgalikda baqirishdi.

Birodar, bu baqirganlar o'zlarining qonunlariga ko'ra bo'lgan dindorlar edilar, lekin ular ko'r edilar, va Isoda amalga oshirilgan Xudoning muqaddasligi bilan ilohiylikni va sevgini tushunishga noqobil edilar. Ular Isodan nafratlanishdi va Uni o'ldirishni xohlashdi. Odamlarni na hayolparastlar va na kuch Xudoga tortadi; faqat Isoda mujassam bo'lgan sevgi bizning ko'zlarimizni Uning shavqatiga va qurbonligiga ochadi.

Pilat Yahudiylarning g'azablariga o'zining nafratini ko'rsatib, hamma odamlar Isoni o'ldirish uchun til biriktirganlariga Isoni dalil qilib Uni tashqariga olib chiqib, Uni yana "Shoh" deb atadi. Pilat o'zining ayiblayotgan vijdoni uchun kechirim topishga harakat qildi, lekin baqiryotgan olomonning maqsadi Isoni xochga mixlash edi. Odamlarning ovozlari Xudoning ovozi emas, chunki ular tez-tez o'zlarining xhishlarida munkiydilar, va dunyo ularni boshqaradi, va Shayton bu mag'lubiyatlardan foydalanadi.

Ruhoniylar Pilatning qaytarilgan mazaxidan jahllari chiqdi. Ular "Bizda Qaysardan boshqa shohimiz yo'q" deb kutilmagan bayon bilan yana javob berishdi. Bu gapning o'zi ikkiyuzlamachilik edi. Ruhoniy oilalar qo'g'irchoq shoh bo'lgan Hirodni yomon ko'rish bilan birgalikda Masihiylik hatti-xarakatlaridan cho'chidilar. Ular bu yerda qonun-qoida bilan Yunon madaniyatining himoyachisi bo'lgan Qaysarni avzal ko'rdilar. Ular Eski Ahdning bashoratlarini va Masihiylik umidlariga hoinlik qildilar. Yolg'onchilarning Otasi o'zining bolalariga ilhom beradi. Biroq, Isoning O'zi yuragida Xudoning ovozini eshitib va shuhratiga ildamlikni ushlab, haqiqat orqali Saroyda turar edi.

Oxiri, Pilat o'zlik, yovuzlik va yolg'on orqali boshqarilgan qattiq hukmni davom ettirdi. Xudoning O'g'li, Uni xochga mixlash uchun hokimga ruhsat bergan Otasining himoyasiga suyanib, jim turar edi. Bu nohaq hukm orqali Iso Xudo va Inson o'rtasidagi yarashishni amalga oshirdi. Bu yovuz ruh biz g'olib chiqdik deb faraz qildi, lekin bu do'zaxning majburliklarining yolg'on rejalaridan qat'iy nazar, bu amalga oshgan Xudoning rejasi edi.

IBODAT: Iso Tangrimiz, biz Senga bosh egamiz; Sen bu dunyoning gunohini oladigan Xudoning Qo'zisisan. Bizga rahimdil, rostgo'y va to'g'ri yurak ato etgin. O'zimizning foydamiz uchun boshqalardan foydalanmasligimiz uchun bizlarga yordam ber, va yovuzlik va yolg'onga berilmasdan o'limni avzal ko'rishimizga imkoniyat ber.

SAVOL:

  1. Nima uchun Pilat Isoni hukm qilishda davom etdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:14 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)