Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 093 (The world hates Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

3. Bu dunyo Masihdan va Uning shogirdlaridan nafratlanadi (Yuhanno 15:18 – 16:3)


YUHANNO 15:18-20
18 Agar dunyo sizlardan nafratlanayotgan bo'lsa, bilingizkim, sizlardan ilgari Mendan nafratlangan. 19 Sizlar bu dunyoniki bo'lsangiz edi, dunyo sizlarni o'ziniki kabi sevar edi. Holbuki, sizlar bu dunyoniki emassizlar; Men sizlarni dunyodan tanlab oldim. Ana shu sababdan dunyo sizlardan nafratlanadi. 20 Qul o'z xo'jayinidan yuqori bo'lmas, degan so'zimni eslanglar. Agar Meni quvg'in qilgan bo'lsalar, sizlarni ham quvg'in qiladilar. Agar Mening so'zlarimga roya qilgan bo'lsalar, sizlarnikiga ham roya qiladilar.

Iso O'zining Xudo bilan birligini ko'rsatgandan keyin va Yupatadigan Ruhning kelishini bashorat qilgandan keyin, U ularni dunyo ulardan nafratlanganda chidashlari uchun tayyorladi.

Bu dunyo Masihiy do'stlikka qarama-qarshidir. Nafrat dunyoni boshqaradi, lekin sevgi Masihiy do'stlikni qo'riqlaydi. Iso shogirdlarini tashvishli dunyodan ularni o'zgartirish uchun bahtli orolga olmaydi. U shogirdlarini sevgisi nafrat zo'ravonligidan ustun kelishi uchun yomon atrof-muhitga jo'natadi. Bu topshiriq bog' sayri emas, balki ruhiy kurashdir. Sevgida va donolikda barkamol bo'lgan Ularning Xudolari o'limgacha bu nafratga yuz tutdi. Bu qattiq quvg'indan qat'iy nazar, Iso bu kurash maydonidan qochib ketmadi yoki bu dunyoni tashlab ketmadi, balki Undan nafratlanganlarni sevib, ular uchun o'ldi.

Bizning hech birimiz farishta emasmiz; yuragimizdan yomon fikrlar chiqadi. Lekin Masihning inoyati orqali yangi Ruh bizga keldi. Tavba qilish fikirni o'zgarilishini anglatadi. Ruhdan tug'ilgan Iso, bu dunyodan emas balki Xudodandir. U bizni bu dunyodan tanladi. Yunon tilida "Jamoat" so'zi javobgarliklarni olish uchun dunyodan chaqirilgan va tanlanganlarning to'plamini anglatadi. Bu dunyo Jamoatga g'alatidek qaraydi. Bu ajralish Iso (Yuhanno 7:2-9) boshidan kechirgandek, oilada chuqur xafagarchilikka va jiddiy bo'linishlarga sabab bo'ladi. Bu holatda Masihga sodiq qolgan kishi uchun masxaraga va quvg'inga chidash uchun qo'shimcha donolik va kamtarlik kerak bo'ladi. Agar siz o'zingizni shunday holatda topsangiz, Iso sababsiz xuddi shunday holatdan o'tganini unutmang. Chunki Iso ularni sevgan va ularni shifolagan, ular bo'lsa Uni jinoyatchidek xochga mixlashdi.

Isoda siz uchun buyuk va'da bor, hatto odamlar sizni azoblaydi va urushadi, ulardan ba'zilari Isoning guvohligini eshitishganiga o'xshab, sizning ham guvohligingizni eshitadi. Bu dunyo eshituvchilarda gullash uchun sevgi va imonga sabab bo'lgan Ruhga ruhsat berganidek, hatto sizning shahodatingiz sizni eshituvchilarning ba'zilarida abadiy hayotni yaratadi. Har bir Masihiy bu xusumat dunyoda Masihning elchisidir. Shunday qilib o'zingizni samoviy chaqiruvingizni oqlang.

YUHANNO 15:21-23
21 Odamlar sizlarga neki qilsalar, Mening nomim uchun qiladilar; chunki Meni Yuborganni tanimaydilar. 22 Agar Men kelib ularga aytganimda edi, ularda gunoh bo'lmas edi. Endi bo'lsa gunohlari uzursiz qoldi. 23 Mendan nafratlangan Otamdan ham nafratlangan bo'ladi.

Iso shogirdlariga jannatga ko'tarilishidan keyin og'riqli quvg'in Uning nomi uchun ularga hujum qilishini oldindan habardor qildi. Yahudiylar Masihni mo'min-qobil qo'zidek kutishmagan edi, balki ular Uni mustamlaka jabr-zulumidan ularni qutqarish uchun siyosiy bahodirni kutishgan edi. Xudoning haqiqiy olijanobligi haqida ularning nodonligidan siyosiy najod umidi haqidagi tushunmovchilik qo'zg'aldi. Ular e'tiqod va bu holatni o'rtasidagi farqqa borisha olmasdi; ularda jangavor xudo bor edi. Ular butun yupanch va tinchlikning Xudosi bo'lgan Rabbimiz Isoning Otasini bilishmadi. Ha, U jazo singari urushlarning tajavvuziga ruhsat beradi, lekin shunday urushlar va tasdiqlar bu Shohlikni qurmaydi. Bu haqiqatda va poklikda uni quradigan Uning Ruhidir.

Masih Otasining aniq asoslarini vakili bo'lib keldi, lekin Yahudiylar sevgi va yarashish Ruhini rad etdilar. Ular zo'ravonlikni va urushni orqasidan quvladilar. Tinchlik O'rnatuvchi Masihni qabul qilmagan hamma halqlar Yahudiylarga o'xshab xuddi shunga qulaydilar. Bizning gunohimiz ahloqiy yetishmovchiliklar bilan teng bo'lmaslik kerak balki ular Uning Tinchlik Ruhidan rad etishimiz va biz Xudoga ko'rsatadigan dushmanlardir.

Isodan, Uning Shohligidan va tinchlikdan insonlarning rad etishining asosiy sababi, ularning haqiqiy Xudo haqida ishonmasliklaridir. Odamlar o'zlarining o'zgaruvchan fikrlariga ko'ra xudolarni tasvirlaydilar. Lekin Iso bizga sevgi Xudosini ochib berdi. Bu sevgini rad etadigan kishi buzg'unchilik va zo'rovonlik yo'lini quvadi, va Masihni rad etgan kishi, haqiqat bo'lgan Xudoni rad etadi.

YUHANNO 15:24-25
24 Agar Men ular orasida boshqalar sira qilmagan ishlarni namoyon qilmaganimda edi, ularda gunoh bo'lmas edi. Endi bo'lsa ishlarimni ko'rdilar-u, Mendan ham, Otamdan ham nafratlandilar. 25 Bu esa ularning Tavrotdagi: "Mendan nohaq nafratlandilar"- degan oyat bajo bo'lishi uchun sodir bo'ldi.

Iso Xudoning Otalik haqidagi Uning e'loni Uning Ruhiga qarshi bo'lganlarga O'zining bir necha mo'jizalar bo'yicha hukm bo'lishlarini tasdiqladi. Bu dunyodagi hech kim Iso qilgandek shifolay olamaydi yoki jinlarni quvib chiqara olmaydi, yoki bo'ronni tinchita olmaydi, va o'likni tiriltirganga o'xshab minglab odamlarni to'ydira olmaydi. Xudo yangi yaratishning belgilari va isbotlari bilan Isodagi ishda edi. Yahudiylar bu mo'jizalarda hech qanday ahamiyatni ko'rmadilar, holbuki ular siyosiy yutug'lar yoki halq uchun ulardagi iqtisodiy foydalar emas edi. Lekin ular Isoning sevgisining hokimyatini payqashganda, bu ishlar qulash tosig'i bo'ldi, chunki ular Otaga ishonishmagan edi. Yahudiylar Muqaddas Ruhning ishtiyoqiga qarshi qalblarini berkitib olishgandek, bugun ham minglab odamlar Xudoni jabrlaydigan ruhning qamog'ida yashaydilar. Masihni Xudoning O'g'li deb tan olmaydiganlar Uning izdoshlaridan nafratlanishadi, va ular Muqaddas Uch Birlikka qarshi shak keltirib, va gunohlarini davom ettirib, haqiqiy Xudoni bilmaydilar. Holbuki, Iso ularni jazolamadi, balki O'zining hizmatchilari orqali sevgi ishini bajardi. Do'stim, bu ruhiy qarshilik uchun Rabbingizdan azobga tayyor turish va sabr bilan chidash uchun kuch so'rab, o'zingizni tayyorlang.

IBODAT: Rabbimiz Iso, odamlarning nafratlanishidan qat'iy nazar Sening rejalaring borligidan minnatdormiz. Bizning dushmanlarimiz saqlanib qolishi uchun ularni sevishimizga bizni o'rgat. Yupatuvchi Ruhingni qabul qilib, Sening irodangni bajaradiganlarni va ovozingni eshitish uchun tanlanganlarning yuraklarini ochgin. Bizlarni boshqar; bizga ko'proq kuch va sabr-soqat bergin.''

SAVOL:

  1. Nima uchun bu dunyo Masihdan va Uning sevganlaridan nafratlanadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)