Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 068 (Our security in the union of Father and Son)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
3. Iso yaxshi Cho'pon (Yuhanno 10:1–39)

d) Bizning havsizligimiz Otaning va O'g'ilning birligidadir (Yuhanno 10:22-30)


YUHANNO 10:22-26
22 O'sha vaqtda Quddusda Ma'badni Yangilash bayrami qutlanardi. Qish edi. 23 Iso ma'badda Suloymon ravoqida aylanib yurar edi. 24 Yahudiy din arboblari Uning atrofini o'rab oldilar.-Qachongacha Sen bizlarni laqillatasan? Agar Sen Masih bo'lsang, bizlarga ochig'ini ayt,-deyishdi. 25 Iso ularga javob berdi:-Men sizlarga aytdim, ammo sizlar ishonmayapsizlar. Mening Otam nomidan qilayotgan ishlarimning o'zi Men to'g'rimda shohidlik bermoqda. 26 Sizlar esa ishonmayapsizlar. Avval aytganimdek, sizlar Mening qo'ylarimdan emassizlar.

Bag'ishlanish Bayrami eramizdan oldin 515 da Bobilga surgundan keyin Mabadning yangilanishi nishonlanib hursandchilik va hushchaqchaqlik uchun bu fursat edi. Bu Eramizdan oldingi 165 da uni qayta qurgan Makkabilar edi. Bu bayram erta Dekabr oyida sovuq va yomg'iri fasilda bo'ldi, holbuki Quddus 750 metir balandlikda bo'lgan.

Bu daf'ada quvg'in qilingan Iso, Uni eshitish uchun tashrif buyuradigan ma'batda Sulaymon rovog'ida voizlik qilib, ma'badga yana keldi. Bu sharqiy ravoq Havoriylar 3:11 va 5:12 da yana zikr etiladi.

Bunda, Yahudiylar Isoga hujm qilishga tayyorgarlik ko'rishdi. Ular U kutilgan Masihmi yoki U emasmi deb umumiy e'lon qilganligini talab qilishdi. U O'zi haqida e'lon qilgan narsa, odamlar Masihlaridan kutgan ga qaraganda balandroq va kengroq edi. Ular qidirayotgan yuksak sifatlar yiqilishga sabab bo'ldi deb bular qo'shib qo'ydi. Lekin ba'zibirlari Iso haqiyqiy Masih bo'lishi mumkin chunki Uning insoniyligi, hokimyati va ishlari savlatli isbot etganligiga ishonishdi.

Shunda, ular Masihiy milliy harakat uchun qo'zg'ash chaqirig' ovozi uchun Masihga minnat qilishga harakat qilishdi. Axir, bu bayram Makkabin qo'zg'olonining yodgorligi edi. Ular, U O'zining odamlarini qo'llariga chaqirib, yerning to'g'ri shohi bo'lishga rasman talab qiladi deb umid qilishar edi. Ular Isoga urush qilishga va o'zlaridan imperiya qonunining uyatini olib tashlash uchun Unga ergashishga tayyor edilar. Isoda boshqa rejalar bor edi: bular kamtarlik, sevgi va fikrlarni o'zgartirish edi. U Masihligini Yahudiylarga aytmadi, holbuki Samaryalik ayolga shunday qilgan edi. Iso O'zining ilohiy shuxratini hisoblab tug'ma ko'r kishiga ham tan oldi. Yahudiylar siyosatchi va ehtiyotsiz bo'lgan Masihni xohlashgandi; Iso ruhiy qutqaruvchi va rahimdil edi. Odamlar obro'-e'tiborni va ozodlikni orzu qilishgan. Iso o'zidan kechishni, tavba qilishni va yangilanishni talab qilish uchun kelgan. U O'zining buyukligini e'lon qildi, lekin buni ular tushunishmadi, chunki ular Isoda yo'q narsani talab qilishdi. Fikrlar to'g'ri kelmadi, va imon ularning yuraklarida yo'q edi. Ular o'zlarining yuraklarini Isoning Ruhiga ochishmadi. Uning ajoybotlari Uni shon-shuxratga yetaklagan va Uni boshqargan Otasining nomidan qilindi.

Yahudiylarning O'g'il va Uning Otasining o'rtasidagi rishta haqida eshitish ularning holatlari uchun negizdek bu jonlariga tekkan edi. Ular zolimlikni, pulni va ulug'lanishni, bu kungacha turishni talab qildilar.

YUHANNO 10:27-28
27 Mening qo'ylarim tovushimga quloq soladilar. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. 28 Men ularga abadiy hayot bag'ishlayman va ular abadiy halok bo'lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo'limdan tortib ololmaydi.

Iso Xudoning yuvosh Qo'zisidir; Iso tabiyatini tashkil qilgan O'zining izdosh qo'zilarini va qo'ylarini chaqiradi. Ularning birinchi sifatlari ular quloq solishidir, chunki Muqaddas Ruh ularning fikrlarini va yuraklarini ochgan, shundan keyin Isoning ovozi va Uning xohishi ularning yangi ijodga qaytarib ularning tub-tubiga uchib o'tadi. E'tiborli bo'lish bu shogirdlikning boshlanishidir.

Masih shaxsan so'zga kiradigan hammani biladi; Iso ularni sevadi, ularning sirlarini ko'radi va U ularning timsolini biladi. Haqiyqiy Masihiylar maqsadlizlikka va iltifotsizlikka cho'kmaydi. Ular tanilishadi va ularning ismlari hayot kitobiga yoziladi. Har bir odam mo'jizadir va Xudoning yangi ijodidir.

Iso Yaxshi Cho'ponga o'xshaydi; Uning qo'ylari Uning ovoziga va Uning boshchiligiga kelish hursandchiligi bilan Unga ergashishga o'rganib qoladilar. Ular o'zlarining Cho'ponlarining xohishidan boshqa narsani xohlashmaydi. Hamma yomon fikrlar uchun ularning yuraklarida joy yo'q; ular yuvosh qo'zilardi.

Bu ozgarish ularda Masihning ishi tufayli o'rin oldi. Iso ularga Xudoning sevgisini berdi va bu kuch o'lim va gunoh ustidan g'alaba qozondi. Ular o'lmaydilar balki abadiy yashaydilar, chunki ular o'zlariga Isoning hayotini va sovg'asini oladilar. Ular hukmdan yo'qotilishdan va abadiy o'limdan ozod bo'ladilar; Masihning qoni orqali oqlanadilar.

Masihning qoni orqli sotib olingan hech qaysi qo'y halok bo'lmaydi. U insonzodni saqlab qolish uchun samoviy shuxratni qoldirdi va ularga hayot berish uchun azob uqubat chekdi. U hamma narh bilan ularni saqlab qolishga qaror qildi. Siz Xudoyingizni qo'llariga ishonasizmi? Masihning qudratini va Uning qobiliyatini tanladingizmi? Siz gunoh dunyosida darbadar bo'lib yashaysiz va Muqaddas Ruhning to'la Masihda Xudoning bolalarining bola qilib olish uchun ozod bo'lasiz. Bizning Xudoyimizning himoyasi bizning ishlarimizdan ham buyukroqdir, va biz G'olibning yonida turamiz.

YUHANNO 10:29-30
29 Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo'lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi. 30 Men va Otam-birmiz.

Ba'zi imonlilarda yosh kishi bo'lgan Iso o'limdan, Shaytondan va Xudoning g'azabidan ularni saqlaydigan o'y va shubhalar bor. Bu tushunchadan narida. Shuning uchun Iso Otasiga va O'zining jabborliligiga O'zining shogirdlarini ko'rsatgan. Bu har bir shogirdini tanlagan Isodir. Hech kim Xudoning irodasisiz va Uning tanlovisiz Isoga ergashmaydi.

Ota Xudo Uning O'g'liga yopishib olganlar uchun javobgardir. Ota Buyuk va jabbor Xudodir. Iso O'zini hursand qilmadi, lekin Otasiga itoat qildi.

Bu o'zlikdan kechish o'lchovi Undagi xudojo'ylikning to'laligi edi. Ba'zilarning Masihdek gapirishlari Uning Otasiga bo'lgan pastkashlikdir. Lekin Muqaddas Ruhning holati bizlarga kim o'zini yuqori olsa pasaytiriladi va kimki o'zini past olsa yuksaltiriladi deb aytadi. Chunki Iso O'zining Otasiga hamma ulug'likni berdi va Unda shunday aytishga haqqi bor edi, "Men va Otam Birmiz." Bu oshkoralik boshqa Xudoga qo'shilamiz deydiganlarning e'tirozini noaniq qildi. Biz uchta xudolarga sajda qilmaymiz, biz bitta Xudoga sajda qilamiz. Masihning va Uning Otasining to'la birligini rad etgan odamlar mag'rurdirlar va ular yo'lni buyuklikka pastdan boshlanishini payqashmaydi.

IBODAT: Iso Tangrimiz, Sen Yaxshi Cho'ponsan. Sen qo'ylar uchun O'zingni hayotingni taqdim qilding. Sen bizlarga halok bo'lmasligimiz uchun hayot berasan. Biz rahmat aytamiz; Sen bizlarni o'limdan, Shaytondan, gunohdan va Xudoning qahridan saqlaysan. Hech kim Sening qo'llaringdan bizlarni tortib ololmaydi. Bizlarni O'zingni kamtarliginga o'rgatgin, shunda bizlar Senda Otani bilib olishimiz va kuchsizligimizda Sening kuching ko'rinishi uchun o'zimizdan kechishimizga o'rgatgin.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Masih O'zining qo'ylarini boshqaradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)