Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 040 (Feeding the five thousand)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
B - Iso hayot nonidir (Yuhanno 6:1-71)

1. Besh ming kishini to'ydirish (Yuhanno 6:1-13)


Quddusda Dam olish kunida Iso shifo berish orqali Xudoning sevgisi va qonunchilarning diniy fikrlari o'rtasidagi jarlikni ko'rsatib ularni fosh qildi. Ular Undan nafratlanib, Undan uzoqda bo'lishni ko'rib chiqdilar. Muqaddas Ruh Isoni va Uning yovlari boshiga keladigan ularning o'rtasidagi jazmni buzadigan shimol tomonga Jaliliyaga Isoni boshladi. Shimoliy halq haligacha Iso qayerga borsa o'sha yerga borishar edi.

YUHANNO 6:1-4
1 Shundan keyin Iso Jalila (yani Tiveriya) ko'lining nargi qirg'og'iga suzib o'tdi. 2 Uning bemorlar bilan qilayotgan ajoyib ishlarini bir talay haloyiq ko'rib, Uning orqasidan ergashib boraverdilar. 3 Iso toqqa chiqib, u yerda O'z shogirdlari bilan o'rnashdi. 4 Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashayotgan edi.

Quddusdagi Masihning Qonunchilar to'g'risidagi tanbehidan keyin, ular Isoni payidan tushdilar va Unga qarshi ayg'oqchilik qildilar. Lekin Uning vaqt-soati hali kelmagan edi. Shunda U Sanhedrinning huquqidan chekindi va Jalilaga qaytdi. Oldinroq biz uchta xushxabarda o'qiganimizda, U u yerda ko'plab mo'jizalar ko'rsatdi. Uning qaytib kelganligi haqida u yerda juda ko'p shov-shuvlar bo'layotgan edi, lekin Isoga halal berishmadi. U poytAhdda duch kelgan ruhiy bosim qishlog'larga o'tishini bilar edi, va Unga u yerda ham jabr qilishadi. Shunda U shogirdlari bilan yolg'iz bo'lish uchun O'rdunning sharqiy tomoni bo'lgan Golanga chekindi. Holbuki, Uning so'zlariga och bo'lgan haloyiq Uning ajoyibotiga ega bo'lishni xohlab Unga ergashishardi. O'sha yili Iso Fisih bayrami uchun Quddusga bormadi, chunki Uning o'limining vaqti-soati hali kelmagan edi. U O'zining atrofidagi haloyiq bilan Najotkor ulkan hursandchilik bilan O'zining ruhoniylariga qo'shiladigan osmondagi ziyofatni ko'rsatib ular bilan Fisih bayramini u yerda nishonladi.

YUHANNO 6:5-13
5 Iso bir qarasa, xaloyiq ko'plashib U tomonga kelayotgan ekan. Iso Filipdan:-Bularni to'yg'azish uchun qayerdan non sotib olamiz?-deb so'radi. 6 Bu gapni esa uni sinab ko'rish uchun aytgan edi, O'zi nima qilishni bilar edi. 7 Bularning har qaysisiga oz-ozdan bersak ham, ikki yuz kumushlik non yetmaydi-ku!-deb javob berdi Filip. 8 Shunda shogirdlaridan biri, Butrusning ukasi Idris Isoga: 9 Bu yerda bir bolada beshta arpa non va ikkita baliq bor emish, lekin ko'pchilikka bu nima ham bo'lar edi,-dedi. 10 Odamlarni yerga o'tqazinglar -dedi Iso. U yer qalin maysazor edi. Besh mingga yaqin bo'lgan erkaklar jamoati yonboshlab o'tirdi. 11 Iso nonlarni olib shukrona duosini o'qidi-yu [shogirdlariga bo'lib berdi, shogirdlar esa] kim qancha istasa, o'tirganlarning hammasiga bo'lib berdi. Baliqlar bilan ham xuddi shu yo'lni tutdi. 12 Odamlar yeb to'ydi. Bundan keyin Iso O'z shogirdlariga:-qolgan burdalarni terib olinglar, hech narsa isrof bo'lmasin,-dedi. 13 Shogirdlar odamlar yegan beshta arpa nondan ortib qolgan burdalarni terib olishdi, o'n ikkita savat chiqdi.

Iso haloyiq yaqinlashayotganini ko'rganida, ochlik g'amini Xudoga berib va ulugvorlikni, sharafni Unga berib ko'zlarini samoviy Otasi tomon tikdi. Bu bilan mo'jiza boshlandi. Yuraklarni ochishi uchun Ota O'g'liga vazifa berdi.

Birinchi Iso Filipdan taminlash uchun non haqida so'raganda shogirdlarini imonlari o'syaptimi yo'qmi yoki ularning fikrlari dunyoviy narsalardami va hali ham tanaviy narsalarga bog'lanib qolishganmi yoqmi deb ularni sinadi. Biz nonvoychilar haqida o'ylagan bo'lar edik. Iso Otasi haqida o'yladi. Biz pul masalalari haqida va yashash uchun qimmat narhlar haqida o'ylaymiz. Iso Ilohiy Yordam beruvchi haqida o'yladi. O'sha onda Filip imonga qaytishga qaraganda harajatlarning narxi to'g'risida o'yladi. Kimki pulga qarasa ilohiy imkoniyatlarni ko'rishdan maxrum bo'ladi. Shogirdlarning hisob-kitoblari ma'qul edi:U yerda hech qanday novvoychilar yoki un chiqarish uchun hech qanday tegirmonlar yo'q edi va non yopish uchun vaqt ham yo'q edi. Lekin uzoq va'zni eshitganlaridan keyin och qolgandilar.

To'saddan Ruh beshta non va ikkita balig'i bor yigitni payqagan Idrisni qimirlatdi. U bolani chaqirdi, "Sendagi bor baliqni va nonni bervor." Idris oziq-ovqat miqdori paqqos yetishmasligini bilib, u shubhalandi. Shunda Iso shogirdlarini ularning muvaffaqiyatsizliklarini ta'n olishga boshladi. Ular nima qilishni na Xudoning xohishini va Iso nima qilayotganini bilmadilar. Iso shogirdlariga odamlarni ziyofatdagidek o'tirishlari uchun buni tashkil qilishga buyurdi.

Yashil maysa haloyiqda imonning ramzi bo'lib, unib yerni qoplagandi. Bolalar va ayollar bilan besh ming kishi juda ko'p odam bo'lgan. Ulardan ko'pi oldin Isoni, na Uning ishlarini ko'rganlar. Lekin ular Uning so'ziga kirishdi.

Jimgina Iso nonni oldi-da shu daf'ada O'zining ijotkorligini ko'rsatdi. U Otasining oldiga shukrona aytib ozgina miqdordagi beshta nonni qo'ydi. U oz miqdordagi nonni ko'paytirib oshirib toshirib marhamatlashi uchun Xudoga ishonar edi. Bu ozgina narsaga shukrona aytishi va Uning Otani ulug'lashi bu mo'jizaning siri bo'lgan. Siz bu Xudo bergan ozgina miqdordagi narsani minnatdorchilik bilan qabul qilasizmi yoki olib uning uchun shikoyat qilasizmi? Siz bu ozgina narsani do'stingiz bilan bo'lishasizmi? Iso O'zi haqida o'ylamas edi; Xudoning sevgisi Unda yashardi. U Otani ulug'ladi va Xudoning marhamatini hammaga taqsimladi.

Hamma to'rtta xushxabarda yozilgan bu mo'jiza hovliqmasdan tanishtiradi. Bu hech narsa bo'lishi mumkin lekin Masihga yaqin o'tirganlar bunga guvoh bo'ldilar: va U nonni sindirganda ko'payib ketganini va bularni taqsimlashganida tugamaganligini payqashdi. Ular oldilaridagi hammaga uni taqsimlab berib, uylariga qaytib ketishdi. Hamma xohlagan miqdorida keraklicha oldi. Bu inoyat belgisidir. Xudo o'lchovsiz Ruhni va kechirimni taklif qiladi. Nima xohlasangiz oling; siz qila oladigan darajaga ishoning. Boshqalarga marhamatni ulashing. Marhamatlanganingiz kabi ularni ham marhamatlang, shunda siz boshqalarni marhamatlash uchun bulo'g' bo'lasiz.

Kanada Iso suvni sharbatga aylantirdi va Golanda besh mingta kishini beshta nonni yetarli zahiraga aylantirdi. Boshidagi miqdorga qaraganda to'ydirgandan keyingi oxiridagi miqdori ko'proq edi. Ortib qolgan nonlar bilan to'lgan savatlar o'n ikkita edi. Iso ular isrof bo'lmasligi uchun terib olishlarini buyurdi. Uyat, bugun odamlar har soatda minglab odamlar ochlikdan o'layotganini bilib turibam oshib qolgan oziq-ovqatlarini axlat honalariqa irg'itishadi. Sizning iltifotsizligingiz orqali berilgan bu marhamatni isrof qilmang. Lekin inoyat ushog'larini to'plang. Siz Xudoning noz-ne'matini ushlay olishingizga qaraganda ko'proq yig'asiz.

Iso yosh bolani qo'lidan nonni olganini va bu bola nonlarni ko'payganligini ko'rganini va uni munosabatini ko'z oldingizga keltiring. Uning ko'zlari hayron qolib ochilib ketgan. Hech qacho u buni unutmasa kerak.

IBODAT: Iso Tangrim sevging uchun va sabir-toqating uchun rahmat. Bizlarni umidsizlikda o'zimizni qobilyatlarimizga suyanmasdan, balki Sening qoidalaringa suyanishimizni va Senga qarashimizga o'rgat. Biz Sen bizga ato etgan ruhiy boyliklarni berganing uchun shukurlar aytamiz, va hatto biz ega bo'lgan kichkina tanaviy mol-mulklar uchun ham shukrona aytamiz. Sen bizlarni kamtar bisodlarimiz kunida bizlarni marhamatlaysa, va hech narsani isrof qilmasligimizga va sovg'alarimizga etiborsizlik bilan qaramasligimizga o'rgatasan.

SAVOL:

  1. Besh ming kishini to'ydirish siri qanday ?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)