Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 027 (The Baptist testifies to Jesus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?

3. Suvga cho'mdiruvchi Isoga Kuyov haqida dalolat beradi (Yuhanno 3:22–36)


Masihiy harakatning o'sishida uning hursandchiligini ifodalashidan keyin va kamtarlik guvohligidan keyin, Suvga cho'mdiruvchi Masihning buyukligini va uning loyiqmas xabarini dalil qilib berdi va shunday dedi,

YUHANNO 3:31
31 Yuqoridan kelgan Zot hammadan ustundir. Yerdan bo'lgan yerga munosibdir va yerga hos gapiradi. Osmondan kelgan esa hammadan ustundir.

Insonlar dunyoviydir va yangi tug'ilishga muhtojdir. Masih bitta O'zi samoviy edi, va bizga yaqin bo'lish uchun va bizlarni qutqarish uchun inson bo'ldi. Yerga qaraganda osmon balandroq bo'lganidek, Nazariyalik Iso hamma payg'ambarlardan, filasofiyachilardan va boshqaruvchilardan yuqoridir. Insonlarning kashfiyotlari gandiraklayapdi, lekin bular Xudoning yaratgan ishlaridandir. O'g'il hayot va nurdir, U bizning yaratilishimizning sababchisidir. Hech qanday U bilan boshqalarning o'rtasida solishtiradigan narsa yo'qdir. O'g'il hammaning oldida Otaning tanlanganidir. U hamma bor mavjudodlardan yuqori va mukammaldir.

YUHANNO 3:32-35
32 U ko'rgani va eshitgani haqida guvohlik beradi, ammo hech kim Uning guvohligini tan olmaydi. 33 Uning guvohligini tan oluvchi kishi esa Xudoning haqligini tasdiqlaydi. 34 Xudo yuborgan Zot Xudoning so'zlarini gapiradi; Xudo O'z Ruhini cheksiz- o'lchovsiz beradi. 35 Ota O'g'lini sevadi, U hamma narsani Uning qo'liga topshirgan.

Inson bo'lgan Iso samoviy haqiqatga tirik guvohdir. U haqiqatdan ham Otani ko'rdi va Uning ovozini eshitdi. U Uning fikrlarini va rejalarini biladi. U Otaning bag'ridan chiqqan Xudoning so'zidir. Uning vahiysi to'la-to'kisdir. Payg'ambarlardan kelgan vahiylar to'la-to'kis emas. Iso Xudoning hohishini to'la ochib beradi. U guvohlik uchun shohid bo'lgan sodiq guvohdir. U Otani ulug'ladi, achinarlisi shundaki, ko'p odamlar Uning guvohligini rad etishadi. Ular yaqin bo'lgan Xudoni xohlashmaydi, chunki bu hayotni o'zgarishini talab qiladi. Ular O'g'illikni rad etishadi va Xudoning Otaliligini inkor etishadi.

Xudoga shukurlar bo'lsin hamma ham Xudodan va Uning Ruhidan nafratlanmaydi. O'g'ilda Otasinini ko'radigan, va Uning komil qurbonligini qabul qiladigan guruh bor. Uning vahiyiga va qutqarishiga ishongan kishi Xudoni e'zozlagan bo'ladi. Xudo yolg'on gapira olmaydi; O'g'il haqdir. Otasi kanistitutsiyada yoki kitobda Uning fikrlarining moddasini ochib bermadi, balki Isoning shaxsiligida ochib berdi. Uning so'zlarining Ruhiga o'zini ochgan kishi yangilanadi. Masih sizni faqat haqiqatni gapirishingizga chorlamaydi , balki unga amal qilib yashashingizga chorlaydi. Keyin Uning Kalomi sizda gavdalaniladi.

Iso tasavvurli narsalarni yoki mujmal narsalarni yoki hohish istaklarni gapirmadi; Uning so'zlari ijodiy, kuchli, va aniqdir. Xudoning O'zi O'g'lida gapirdi. Undagi Ruh esa cheksizdir. Otasi Unga hamma donolikni va tugamas hokimlikni taqdim etdi.

Otasi O'g'lini sevdi va Unga hamma narsani berdi. Xudoning sevgisi sovg'adir, va O'g'li Otasini e'zozlaydi. O'g'il buyukroqmi yoki Otasi buyukrog'mi degan savol savol emas. Bunday savollar Shaytondan keladi. Uch birlikning Har Biri bir birini ko'taradi va hurmat qiladi. Bu asosni mensimagan kishi Tangrini mensimaydi. Otada hech qanday Uning saltanatini tortib olganligi to'g'risida O'g'ildan qo'rquv bo'lmagan, chunki Xudo O'g'lning andishasini, itoatkorligini va to'la bo'ysunuvchanligini bilar edi. Iso, "Osmonda va yerda hamma hokimyat Menga berilgandir" deb aytganidek U hammaning ustidan hokimlik qiladi.

YUHANNO 3:36
36 Kimki Xudo O'g'liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O'g'ilga ishonmagan odam esa hayot ko'rmay, Xudoning g'azabiga uchraydi.

Yuhannoning hush-habari bizlarni formulani saqlashga o'rgatadi: O'g'ilga ishongan kishida abadiy hayot bor. Bu qisqacha gap hush-habarni o'z ichiga oladi. Kimdir Ota va O'g'ildagi o'rnak bo'lgan birlik sevgisiga va xochda oshkor qilgan Xudoning sevgisiga yaqin keladi. U, Qo'zi bizning kirlarimizni olib tashlaganini bilib Xudoning Qo'zisida sezadi. Bu bilan Masihga taaluqli Uning muruvvatini abadiy sevgisida biz tajribaga ega bo'lamiz. Xochda mixlangandagi bu imon Uning haqiqiy hayotini bizlarga o'tkazib beradi. Abadiy hayot o'limdan keyin boshlanmaydi, balki hozir boshlanadi. Muqaddas Ruh O'g'ilda imonlilarning ustiga keladi. Masihning Kalomini rad etgan, Uning O'g'illigidan va xochidan voz kechgan kishi Muqaddas Ruhni hafa qilgan bo'ladi. U uning diliga malham topmaydi. Masihga itoat qilmagan kishi Xudoning O'ziga qarshidir va u ruhiy o'limda qoladi. O'g'ilning talimotiga va xochiga qarshi hamma dinlar Xudoning haqiqatini haqoratlaydi. Uning sevgisini rad etgan kishi, Uning qahr-g'azabini tanlagan bo'ladi.

Pavlus ham Yuhannoning vaziyatini ta'kidlaydi: Xudoning g'azabi hamma xudosizlarga va yovuzliklarga qarshiligini ochib beradi. Chunki hamma gunoh qilgan va ahloqsizliklari orqali haqiqatga to'sqinlik qildilar. Siz Xudoning g'azabi insonzodga quyilishini va barbod qilishini tushunib oling.

Cho'lda ilon osilganidek , Xudoning g'azabidan bizning najodimizning ramzi xochga mixlangan Masih bo'ldi. O'g'il inoyat eshigini ochib berdi. Kimki atayin xochdan Uning inoyatini chetlab o'tsa shu odam hukmda turadi. Va bu odamda shayton fursat topadi. Masihsiz bo'lgan odamlar vayron bo'ladi. Siz qachon odamlar O'g'ilga ishonishlari uchun va qutqarilishlari uchun ibodat qilishni boshlaysiz? Qachon siz sabr-toqatlik bilan sizning guvohliklaringiz orqali Xudoning hayotini qabul qilishi haqida do'stingiz bilan gaplashasiz?

IBODAT: Iso Tangri, biz Sening sevging va haqiqating uchun Seni ulug'laymiz. Biz Otani ulug'lab mustaxkam imon va itoatkorli yurak so'rab , Senga sajda qilamiz. Biz e'tiqodimizda Sen va Ota bir ekanligini e'lon qilamiz. O'zing e'tiborsizlik bilan Seni rad etayotganlarga rahm qil. Kalomingning guvohligini ularga ato etgin. Bizlarga yuborgan insonlaringni topishshimizga O'zing yordam bergin, va biz uchun ularga O'zing haqingda va ishing haqida aytgin.

SAVOL:

  1. Qanday qilib biz abadiy hayotni qabul qilamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)