Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 205 (The Sixth Woe)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

8. Oltinchi Voy (Matto 23:25-26)


MATTO 23:25-26
25 Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar kosayu laganning sirtini tozalaysiz, ammo ularning ichi o'g'rilik va badnafslikka to'lib-toshib yotibdi. 26 Ey so'qir farziy! Sen avvolo kosa va laganning ichini tozalab ol, shunda ularning tashi ham toza bo'ladi.
(Mark 7:4, 8; Yuhanno 9:40, Titus 1:15)

Farziylarning uylaridagi harakatlari har bir kosayu idishning tashini tozalash kerak edi. Bu so'g'liq uchun sabablar emas, balki diniy burchdek edi; shunday qilmasalar agar nopok inson yoki hayvonning iflosligi idishlariga tushsa, ular nopok bo'lishlari mumkin edi. Ular o'g'irlangan kosalarga quygan ichimlik yoki zino orqali o'zlari nopok bo'lganliklaridan ko'ra bu tozalikning urf-adati haqida qayg'urar edilar. Iso bu harakatni hukm qilganida, U barcha poklik urf-odatlarini bekor qildi. U munofiqlarni hamma yomon maqsaddan yuraklarini tozalashga boshladi. Keyin, shunday qilib, ular tashqi tozalik uchun ham qayg'urishlari mumkin. Tananing tashqi tozaligi ongning pokligini anglatmaydi, va chiroqli kiyimlar yovuz fikrli insonni yashirolmaydi.

Har bir tozalanish va yuvinish yuzakidir, chunki bu insonning ruhini tozalamaydi. Barcha dinlar inson ichidan pok emasligini va unga poklanish kerakligini tushunadi. Faqat Iso Masihning qoni har bir gunohdan bizni poklaydi. Muqaddas Ruh insonni poklaydi shuning uchun Masihga ishonadigan kishi yangi yurakka va ichida to'g'ri ruhga ega bo'ladi.

IBODAT: Samoviy Ota, Sen “Menda toza yurak yarat, ey Xudo, va menda mustahkam ruhni yangila” deb tavba qilib buni bajarish uchun payg'ambaring Dovudni boshqarding. Biz bu ibodatni takrorlaymiz va Iso Masihning qonidan boshqa va Muqaddas Ruhdan qayta tug'ilmasdan samoviy poklikka ega bo'lish uchun bizda hech qanday umid yo'qligini tan olamiz. Xalqimiz, asosan imonlilar haqiqatdan ham tavba qilishlari uchun, o'zlarini solihliklari bilan emas, balki Sening oqlashingni va ilohiy poklashingni izlashlari uchun buni ularga ber. Barcha uchun najodni bajargan Isoni topish uchun toza yurakni qidiradiganlarga yordam ber.

SAVOL:

  1. Keragidan ko'proq kosayu idishlarning tozaligiga e'tibor qaratadigan Ulamoyu Farziylarning gunohlari nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:22 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)