Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 206 (The Seventh Woe)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

9. Yettinchi Voy (Matto 23:27-28)


MATTO 23:27-28
27 Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarni holiga voy! Sizlar tashqaridan chiroyli ko'rinadigan, lekin ichi o'liklarning suyaklari va har hil qabihliklarga to'la, ohaklangan qabrlarga o'xshaysizlar. 28 Garchi tashqaridan insonlarga mo'min ko'rinsangiz ham, lekin ichlaringiz ikkiyuzlamachilik va yomonlikka to'ladir.

Yahudiylar o'lik tanalarni nopok deb hisoblashgan, va bularga tegkan kishi, garchi tasoddifan bo'lsa ham, tozalanadigan zerikarli va uzun urf-odatlarda qatnashishiga to'g'ri kelgan. Bu urf-odatiy ifloslanish qabrga tegish orqali qilingani uchun ziyoratchilarni bartaraf qilish uchun yorqin oppoq oxak bilan Quddus atrofidagi hamma qabrlarni oqlash uchun Yahudiylarning vazifasi bo'lgan.

Iso o'sha ikkiyuzlamachilarga ular o'zlari bu oqlangan qabirlarga o'xshashliklarini tushuntirib o'tdi. Ular tashqidan toza va yorqinga o'xshar, lekin ichlaridan o'lim va buzuqlik bilan to'lgan edilar. Hamma nopokliklar ularning ichida yashar edi. Ular gunohlaridan habardor bo'lishgan, biroq o'zlarini xuddi solihlardek tutishgan. Ular haqiqatni tan olishdan qat'iy nazar yovuz harakatlarini va gunoh qilishni davom ettirdilar. Masih bu ikkiyuzlamachilarni badbo'y hidli qabrlar deb nomladi va o'sha vaqtda bunday so'z jiddiy haqorat hisoblangan. Iso qattiq qo'llik bilan xalqining oqsaqollarining o'z solihliklaridan uzoqda yuraklarining haqiqiy holatini sezishlari uchun ularni qimirlatishga harakat qildi. Biroq ular tavba qilishmadi chunki ulardagi imon har bir narsaga ularni ko'r qilib qo'ygan edi. Biz ularni hukm qilmasdan balki o'zimizni hukm qilishimiz kerak, va yuraklarimizdagi nopokliklarni tozalashni Xudodan so'rashimiz kerak.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Sen Muqaddas Xudosan. Sen mening barcha ishlarimni, so'zlarimni va istaklarimni bilasan. Sen mening yuragimni va ichki tuyg'ularimni ko'rasan. Nopokligim uchun meni kechir va qimmatbaho qoning bilan meni poklab, Muqaddas Ruhing bilan meni to'ldir. Men solih bo'lishga ayyorlik qilmasdan, balki faqat Sen mening solihligim ekaningni tan olishim uchun menga yordam ber. Mening kuchim, kuchsizligim va butun hayotim faqat Senda va Sen orqali solihdir. Sen mendagi abadiy hayotsan. Menga berilgan bunday buyuk yutug' uchun Senga rahmat.

SAVOL:

  1. Dindor kishilarga eslatib o'tishdagi “oqlangan qabirlar” nima ma'noni beradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:23 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)