Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 204 (The Fifth Woe)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

7. Beshinchi Voy (Matto 23:23-24)


MATTO 23:23-24
23 Ey ulomoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar yalpiz, arpabodiyon va zira qatori oshko'kdan ushr berib turasiz-u, lekin Ilohiy Buyruqning nihoyatda muhim amrlari bo'lgan haqqoniyat, marhamat va sadoqatga esa e'tibor bermay qo'ydingizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo'ymasligingiz kerak. 24 Sizlar chivinni pesh qiluvchi, ammo tuyani yutib yuboradigan basir peshvolarisiz!
(Levilar 27:30, Mixo 6:8, Luqo 18:12)

Biz pulga, mol-mulkka va boylikka himoyadek yopishib olamiz. Biz jannatdagi joyimizni saqlashni ham xohlaymiz, shuning uchun biz hazinalarimizni qurbon qilib, yuragimizda bu haqida o'zimizni yaxshi his qilamiz. Biz o'z ishlarimiz bilan qurbonlik qilishni va pul va kuch bilan najodimizning narhini to'lashga harakat qilamiz.

Farziylar o'zlarining xatti-harakatlariga qurilgan solihlikni o'rnatish bilan mukkasidan ketganlar. Bu tufayli, ular dindorlik qilib zirovorlarini o'z ichiga olib, hamma narsadan ushr berganlar. Ular buni Xudoning oqlashi uchun xuddi U savdogardek buni savdo-sotiqdek qilishgan.

Biroq Masih bizdan ushr to'lashni so'ramadi, balki solihlikni bajarish uchun, mehribonchilikni amalda qilishga va imonda davom etishga boshladi. Sevgidan bo'lgan qurbonlik imoni Xudoga qabul qilingan sadoqatdir. Faqat ushrni beradigan kishi Muso Qonuniga ergashadi. O'zini, vaqtini va pulini qurbon qiladigan kishi Masihga va Uning Ruhiga ergashadi.

Iso o'zini solih deb atagan huquqshunostlarni solihlik va haqqoniyat haqida “ko'r” deb atadi. Ular Xudoga bo'lgan haqiqiy yo'lni na ko'rdilar va na bildilar. Biroq, ular odamlarni jannatga boshlayotgan yo'l boshchilarimiz deb da'vo qildilar. Lekin ular muhim vazifalarga e'tibor bermasdan, kichik narsalarga e'tiborlarini qaratdilar. Masih tinglovchilariga ko'rsatish uchun Luqoning masalidan foydalandi, Uning davridagi huquqshunostlar qonunning tavsilotida qattiq qo'l edilar, ular eng muhim amrlarga e'tibor berishmagan, bular; Xudoning sevgisi, samimiy tavba, kuchsiz va muhtojlarga xizmat qilish, o'zlarini yangilash, va minnatdorchilik va olqish bilan Masihni qabul qilishni. Ular xalqlarini og'ir vazifalarni bajarishga majbur qilganlar, lekin ular Xudoning sevgisi bilan inoyat va najod orqali kechirimga e'tibor bermayotgan edilar. Ular ikkiyuzlamachilik, zino, mag'rurlik, ochko'zlik, yolg'on ont ichish, ajirashish va qasosga o'xshagan jiddiy gunohlarni e'tirof etishmagan. Bu nima uchun Masih ularni ikkiyuzlamachilar va ko'rlarni yetaklaydiganlar deb tasvirlab berishidir.

Bu biz Xudo ularni ko'radigan yo'lni gunohlarimizni bilishimiz uchun o'zimizni tekshirishga yaxshidir. Biz boshqalarning ayib-gunohlariga tezda qiziqib lekin o'zimizning gunohlarimizni ko'rmaganimizda, biz ko'r va mag'rur ikkiyuzlamachilar emasmizmi?

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Sen ularga haqiqatdan ham ular xudosiz va qonunshunost ekanliklarini ochib berganing uchun Senga rahmat aytamiz. Agar biz ular kabi gunohlarimizga ko'r bo'lsak, bizlarni kechir. Rabbiy biz Sendan bizda yashiringan har bir ikkiyuzlamachilikni ochib berishingni so'raymiz. Biz buyuk sevgingni tushunishimiz uchun muqaddasliging oldida bizni kamtar qil. Xalqimiz Sen ularni ko'rganingdek o'zlarini ko'rishlari uchun yuraklarini ochishlariga va Masihning tekin najodi bilan o'zlarini Najodkorlaridek Uni qabul qilishlari uchun xalqimiz ichidagi haqiqatning barcha izlovchilari uchun ibodat qilamiz.

SAVOL:

  1. Biz nima uchun ko'plab xudojo'y odamlarni va ustozlarni ularning holatlariga ko'ra ko'r deb topamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:21 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)